PDA

Просмотр полной версии : Mening kitob javonim


AbdulAziz
07.10.2010, 08:44
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzu ochilishiga forum.ziyouz.comdagi ushbu (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4146.0) mavzu asos bo'ldi.

Bu mavzuda o'zingizniung shaxsiy kutubxonangiz, kitob javoningizdagi durdonalar haqida ma'lumot berishingiz mumkin.

Mavzuda quyidagi savollarga javob bo'ladigan ma'lumotlar joylanishi mumkin:

1. Shaxsiy kutubxonangizda nechta kitob mavjud?
2. Shaxsiy kutubxonangizdagi eng qadimiy kitob qaysi?
3. Shaxsiy kutubxonangizdagi eng ko'p kitobi bor muallif kim?
4. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblarning tili qanday? Necha foizi o'zbekcha?
5. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblarning janr va mavzulari qanday?
6. Shaxsiy kutubxonangizdagi siz eng ko'p mutolaa qiladigan kitoblar qaysi?
7. Shaxsiy kutubxonangizga so'nggi qo'shilgan kitoblar qaysi?
8. Shaxsiy kutubxonangizda mavjud bo'lgan qaysi asarlarni boshqalarga ham tavsiya etasiz?
9. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan birovga o'qish uchun berasizmi? "Qarz"ga olingan kitoblardan qanchasi qaytmagan?
10. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan qancha foizini to'liq o'qib chiqqansiz?

AbdulAziz
07.10.2010, 08:45
MENING KITOB JAVONIM

Ayni paytda mening kitob javonimda qayd etilgan quyidagi manbalar mavjud:
Kitoblar - 415 ta;
Jurnallar - 14 ta;
Bukletlar - 15 ta.

Kutubxonamdagi kitoblarning eng qadimiysi - xattot sayyid Muhammad Ali tomonidan 1892 yili ko'chirilgan Qur'oni karim qo'lyozmasidir.

Eng yangi kitob esa "Sharq" nashriyoti tomonidan 2010 yilda chop etilgan, Gabriel Garsia Markesning "Yolg'izlikning 100 yili" kitobidir. 2008 yilda chop etilgan kitoblar soni 61 ta bo'lsa, 2009 yilda chop etilgan kitoblar 29 tani tashkil etadi.

Eng ko'p kitobi bor muallif Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bo'lib, u kishi mualliflaridagi mendagi kitoblar soni 49 tadir.

Menda mavjud kitoblar ichida "Sharq" nashriyotida chiqqan kitoblar soni boshqa nashriyotlarnikidan ko'pdir. Bu nashriyot kitoblari soni 102 tadir. Keyingi o'rinlarni "O'qituvchi", "Movarounnahr", "G'afur G'ulom" nomidagi nashriyotlar band etgan.

Eng ko'p kitoblar Toshkentda chop etilgan. Toshkentdan keyingi safda Almaty va Moskva shaharlari kelyapti.

Kitoblarning 333 tasi ўзбекча (кирилл алифбосида), 45 tasi ruscha, 14 tasi arab yozuvidagi, 8 tasi turkcha, 7 tasi lotin alifbosidagi o'zbek tilida, 6 tasi inglizcha, 2 tasi qozoqchadir.

Mavzusi bo'yicha eng ko'p kitoblar hadis ilmiga oiddir. Romanlar, tarixiy adabiyotlar va poetik janrdagi kitoblar ham ko'p.

06 Mart 2010

AbdulAziz
07.10.2010, 08:53
Айни пайтда китобларим сони 460 тага етган.

Шахсий кутубхонамга куни кеча қўшилган янги китоблар:

«МУТАФАККИРЛАР» туркумидан:
1. Бурҳониддин Марғиноний (Шукрулло Умаров, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
2. Маҳмуд Замахшарий (Олим Жўраев, Абдуҳалим Муҳиддинов, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
3. Абу Али ибн Сино (Йўлдошхон Исаев, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
4. Абу Райҳон Беруний (Бахтиёр Тўраев, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
5. Абу Наср Форобий (Нодир Қобилов, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
6. Имом Мотуридий (Фахриддин Муҳаммадиев, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
7. Имом Термизий (Саидазим Мамадалиев, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
8. Ҳаким Термизий (Убайдулла Уватов, Олим Жўраев, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
9. Аҳмад Фарғоний (Сарвархўжа Бобоев, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
10. Имом Доримий (Қодирхон Маҳмудов, Ёқуб Мансуров, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)

11. Киракашликнинг киройи ҳангомалари (Мухтор Худойқулов, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
12. Ҳар каллада ҳар хаёл (Азиз Несин, "Тафаккур" нашриёти, Тошкент - 2010)
13. Сардоба (Жумақул Қурбонов, "Муҳаррир" нашриёти, Тошкент - 2010)
14. Ҳуснихат дурдоналари (Абдулғафур Раззоқ Бухорий, "Мовароуннаҳр" нашриёти, Тошкент - 2010)

Pfefferminze
07.10.2010, 21:20
Menimcha, bu manmanlikka kiradi, qolaversa, Insonni o'qigan kitoblari uni baholamaydi.



uzr....

AbdulAziz
08.10.2010, 10:07
Menimcha, bu manmanlikka kiradi, qolaversa, Insonni o'qigan kitoblari uni baholamaydi.

Bu yerda asosiy urg'u o'qilgan kitoblarga berilmayapti. Balki shaxsiy kutubxona tashkil etishga undalmoqda.
Bunda kimgadir foyda, manfaat tegib qolsa ne ajab.
O'zingizga ravo ko'rganingizni boshqalarga ham ravo ko'rishda hikmat ko'p.

starter
08.10.2010, 10:31
Shaxsiy kutubxonam yo'q. Badiiy adabiyotga qiziqmay qo'yganimga ancha bo'lgan. Texnik adabiyotlarni internetdan yuklab kompyuterda o'qiyman (rus, ingliz tillarida). Diniy adabiyotlarni ham internetdan topib o'qiyman. O'zbekistonda chop etilgan diniy adabiyotlarni o'qimoqchi bo'lsam, avval ayrim forumlarda odamlar fikrini o'rganib, keyin bir qarorga kelaman.

Pfefferminze
08.10.2010, 21:36
Assalomu alaykum!
Ushbu mavzu ochilishiga forum.ziyouz.comdagi ushbu (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=4146.0) mavzu asos bo'ldi.

Bu mavzuda o'zingizniung shaxsiy kutubxonangiz, kitob javoningizdagi durdonalar haqida ma'lumot berishingiz mumkin.

Mavzuda quyidagi savollarga javob bo'ladigan ma'lumotlar joylanishi mumkin:

1. Shaxsiy kutubxonangizda nechta kitob mavjud?
2. Shaxsiy kutubxonangizdagi eng qadimiy kitob qaysi?
3. Shaxsiy kutubxonangizdagi eng ko'p kitobi bor muallif kim?
4. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblarning tili qanday? Necha foizi o'zbekcha?
5. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblarning janr va mavzulari qanday?
6. Shaxsiy kutubxonangizdagi siz eng ko'p mutolaa qiladigan kitoblar qaysi?
7. Shaxsiy kutubxonangizga so'nggi qo'shilgan kitoblar qaysi?
8. Shaxsiy kutubxonangizda mavjud bo'lgan qaysi asarlarni boshqalarga ham tavsiya etasiz?
9. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan birovga o'qish uchun berasizmi? "Qarz"ga olingan kitoblardan qanchasi qaytmagan?
10. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan qancha foizini to'liq o'qib chiqqansiz?

Qisqacha javoblarim quyidagicha:

1. O'zimning shaxsiy kutubxonamdagi kitoblar soni 300 ga yaqin.
2. Aslida meniki emasu, lekin uyumizda eng qadimiy kitob bu Qur'oni Karim bo'lib, u XVIII asrga oid.
3. Mualliflar har-xil.
4. Asosan, nemis, ingliz, rus, o'zbek, farang( bir paytlar bu tilni qiziqib o'rganishni boshlaganman), turk tilida tarixiy manbalar, arab tilini o'rganishni boshlaganimda ancha kitob sotib olgan edim grammatikasiga oid.
5. Birinchisi bu darsliklar, ya'ni o'zimni sohamga oid: matematika,(judayam ko'p), makro-mikroiqtisodiyot, bank-kredit, moliya, sug'urta, siyosat, iqtidosiy siyosat, xalq xo'jaligini boshqarishi( judayam sevaman shu kitobni), sarmoya, xarajatlarni hisoblash turkumi, pul siyosatiga oid kitoblar bir talay, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodini ko'tarish yo'llari( buniyam sevib o'qiyman qayta-qayta), export-import siyosatiga oid kitoblar, ekonometrika,empirik izlanish, statistika, spss, bir paytlar informatika bilan qiziqib Linux jinnisi bo'lib, ushbu programmaga oid kitoblar sotib olganman. Qizqishlarim ichida tibbiyot bo'lgani uchun unga oid ham kitoblarim bor.

Ikkinchisi bu jahon adabiyoti durdonalaridan: Bularni, asosan, uydan olaman, uyimizda Dadamlarni kutubxonalari bor. U yerda yo'q asarning o'zi yo'q. Butun Jahon adabiyoti yig'ilgan.
O'zimda qisman yig'ilgan, masalan, Navoiyni asarlari bor, Xisrav Dehlaviyniki( judayam sevib o'qiganman), N. Ganjaviyniki, Gyote, Shiller, Alixonto'ra Sog'uniyning kitoblari, Dostoevskiy kitoblari, T. Dreiser...v.h.k...juda ko'p qaysi birini sanab o'tishni bilmayman...Pikul, B. Pasternak...esimga kelganlarini yozayapman..:-) O'zimizni yozuvchilarning asarlarini yaqinda sotib olgan edim, ayniqsa, T.Murodni kitoblarini kulib-kulib o'qigan edim...
Austen asarlarini hammasini yiqqanman...Bronte (uchta opa-singilarning )asarlarini yiqqanman...

Uchinchisi bu Islom ilmi....Bir nechta Qur'on kitoblarim (O'zbekcha tarjimasi, nemis tilida, albatta, arab tilida) o'zbek, arab olimlarining qalamlariga mansub bo'lgan Tafsirlar judayam ko'p, hadislar, tajvid qoidalariga oid kitoblar v.h.k.

To'rtinchisi bu yoshligimdagi ertak kitoblarim: har safar uyga borsam, bir ko'z yugurtirib chiqaman, qani hammasi joyida eson-omon, men qo'ygandek turibdimi deb. :-) O'qishga-ku o'qimayman, lekin birma-bir qo'limga olib varaqlab chiqaman ularni. Men ularni asrab avaylab qo'yganman hanuz...Peppi dlinniy chulok, Merri Popins, Piter Penlarga o'xshagim kelar edi nimagadir :-) maktabda doim Belosnejkani rolini o'ynar edim :-)

6. Eng ko'p mutoala qiladigan kitoblarim bu Qur'oni Karim (Qur'on tarjimalarini solishtiraman) va uning tafsiri...Bir necha mualliflarning tafsirlarini olib, solishtirib, o'rganishni yoqtiraman, judayam...yoqadi menga tafsirlani o'qish.
Bundan tashqari Hadis ilmi yoshligimdan meni o'ziga rom eta boshladi. Men yoshiligimda judayam ko'p hadislarni yod olar edim, insho yozganimizda ham hadis ilmidan parchalar keltirib yozar edim. 7 yoshimda arab alifbosini she'r bilan yodlattirishgani uchun bo'lsa kerak, mehrim boshqacha bo'lgan Islom ilmiga nisbatan.
Internetdan esa, asosan, tibbiyotni o'rganaman, xalq tabobati yoqadi menga. Odamlarni davollashni yoqtiraman. Men sababchi bo'lib, shifo topishlarini istayman doim.
Judayam ko'p bu sohada maslahat bergim keladi...avtobus, kafelarda odamlar salomatlik haqida gaplashishsa, bemalol qo'shilib, ularga maslahat beraman.
Yana eng yoqtirganim rivoyatlarni bilish...judayam ko'p rivoyat bilgim keladi nimagadir... rivoyatlarga ko'zim tushib qolsa, ishimni tashlab o'qiyman.
O'zimni sohamga oid esa ko'pincha taraqqiyot haqida fikr yuritaman.
Dadam bilan bo'lsam, suhbatimiz adabiyotdan boshlanib, siyosatga borib to'xtaydi. Mening Ustozim-Dadamlar. Mutoala qilishni ham o'sha kishi boshlab beradilar har bir sohadan olib. Men Allohga hamdu sanolarni aytaman bu uchun.

7.Turk tilini mukammal o'rganayotganim uchun turk tili adabiyot, grammatikasi qo'shildi. Dreiser asarlarini yaqinda sovg'a qilishdi....

8. Eng avvalo musulmon degan inson Islom tarixini obdan bilishi kerak, ayniqsa, xotin-qizlar, chunki ular farzand tarbiyasi uchun ko'proq javobgardirlar. Shu uchun iloji boricha, Islom aqoidlariga oid kitoblarni o'qib chiqishlarini, Qur'on tarixi, Payg'ambarlar tarixini bilishlarini tavsiya qilaman. Alixonto'ra Sog'uniyning Tarixi Muhammadiya asarini o'qib chiqsinlar, mabodo, o'qimagan bo'lsalar.
Keyingisi qatorida, tajvid qoidalarini o'rganishlarini istar edim. Bu uchun men ularga qo'ldan kelguncha yordam berar edim, chunki men tajvid ilmini misrlik o'rtog'imdan o'rganganman. Tajvid ilmiga oid kitoblar ham o'zimizda chiqqan. O'zim ham harakat qilganman tajviddan dars bergani. Farzand, eng avvalo, Onadan tajvidni o'rgansa yaxshi, chunki erta o'rganadi. Onasi yoshligidan o'rgatsa, bir umr esida qoladi. Bolasi o'zini dinini yaxshi bilishi zarur va o'zini dinida chalkashib ketmasligi uchun ota-onasini o'zida ilm bo'lishi kerak deb o'ylayman. Buning uchun, nazarimda, yosh oilalar, eng avvalo, shu narsalarga tayyor bo'lib, turmush qurgan bo'lishlari kerak. Qisqacha shu...

9. Birovga o'qishga berar edimu, ammo birovni o'zi yo'q yon atorfimda, deyarli hammasi nemislar...:-)))

Nemislarga kitoblarni tavsiya qilsam, albatta, o'zlari borib, sotib oladilar. Bu yerda o'zlaringiz bilasizlar 3 qavatli kitobga boy do'konlari bor.

10. Kitobni olishim bilan o'qib chiqishga harakat qilaman, shu uchun men ularni deyarli hammasini adashmasam o'qib chiqqandirman.

Feruza Xodjayeva
13.10.2010, 17:42
Mavzudan tashqari savol berayotganim uchun uzr so'rayman.

"Me'mor" romanining word formatdagi ko'rinishi bormi? Iltimos, agar kimdadir bo'lsa olsam bo'ladimi?

Kavsar
13.10.2010, 22:24
1. Shaxsiy kutubxonangizda nechta kitob mavjud?

Yaxshi mavzu ekan. Meni ilk bor kitob yig'ishga undagan inson ona tili ustozim edi. Darsda xuddi shu savolni berib bizlarda kitobga havas va qiziqish uyg'otgan edilar. Va bir ibratni aytganlari hamon yodimda: "Onam menga "tilla taqinchoq olgin", deb ancha pul bergan edilar. Lekin men taqinchoqdan ko'ra kitobni yaxshi ko'rardim. Bu pullarga birdaniga hamma kitoblarni ola bilmasdim; sababi - gap eshitishim mumkin edi. Shunday qilib har kuni men sumkamda o'zimga kerakli ikkitadan kitob olib kela boshladim. Ancha vaqt o'tgach, kitoblarim ko'payib qoldi, onam sezib qoldilar...
Shunday qilib mening shaxsiy kitob javonim yig'ildi. Sizdek paytimda mening 150 ta kitobim bor edi. Hozir sanog'ini bilmayman... Sizda hozir nechta kitob bor? Sanaganmisiz? Sizning o'z shaxsiy kitob javoningiz bo'lishi kerak. Chunki u hayotingizda doim kerak bo'ladi..."

Men ilk bor shunda kitobga mehr qo'ygan edim.. Hozir ham sizlar keltirayotgan ro'yxatlar foydadan xoli bo'lmaydi degan umiddaman. Chunki yangi, o'zimga notanish bo'lgan ba'zi manbalar nomini bilib olmoqdaman. Boshlagan ishingiz xayrlikka bo'lsin..

Kavsar
13.10.2010, 23:03
9. Shaxsiy kutubxonangizdagi kitoblardan birovga o'qish uchun berasizmi? "Qarz"ga olingan kitoblardan qanchasi qaytmagan?

Mana shu yaxshi savol ekan. Kitobni qadrlaydigan kishiga o'qishga bersangiz baraka topasiz. Ba'zan menda shunday hol bo'ladiki, o'qilmagan kitoblarim kimgadir juda kerak bo'ladi, shunda bu kitob o'qilishi kerak ekan deb o'ylayman. O'zim tez-tez murojaat qiladigan kitoblarni negadir so'rashmaydi. Menimcha, kitob uyda behuda yig'ilib turmasligi kerak. Javonda bitta kitob o'qilmadimi, demak uning o'quvchisi boshqa yerdan topilishi bu tabiiy hol deb o'ylayman.

Bir ustozim (Abdumurod Tilavov) kim kitob so'rab kelsa, ayamay beraveradilar. U qanaqa talaba bo'lsa ham. Hatto notanishlarga ham. Lekin qizig'i shundaki, oradan 10 yillar o'tsa hamki o'sha talaba domlani kitoblarini albatta qaytarib olib keladi. :) Domlamiz hech "kitobim yo'qolib ketadi" deb xavotir olmaydilar. Bu ham bir yaxshilikni ilinish bo'lsa kerak.

AbdulAziz
14.10.2010, 08:46
"Me'mor" romanining word formatdagi ko'rinishi bormi? Iltimos, agar kimdadir bo'lsa olsam bo'ladimi?

Menda mavjud. Lekin tahrir qilinmagan.
Skanerdan o'tkazilib, FineReaderda o'qitilgan.
Agar shu variant ham zarur bo'lsa, yuborishim mumkin.

AbdulAziz
07.12.2010, 11:45
Ассалому алайкум.

Китобсиз уй руҳсиз танага ўхшайди.
Инглиз халқ мақоли

Китоб жавонимга янги қўшилган китоблар:

Сунани Термизий. 1-жилд. Абу Исо Муҳаммад ат-Термизий
(Тошкент, «Шарқ» НМАКда 2010 йили чоп этилибди. Таржимон - Мирзо Кенжабек. Бу китобнинг биринчи нашри 1999 йилда «Адолат» нашриётидан чиқаан эди. Янги нашрда эса тўлдирилган ва кўпроқ изоҳлари билан берилган)
Хадисы и жизнь. 1-том. Введение. Шейх Мухаммад Садык Мухаммад Юсуф
(Издательство «Sharq», Ташкент 2010)
Хадисы и жизнь. 2-том. Ислам и Ийман. Шейх Мухаммад Садык Мухаммад Юсуф
(Издательство «Sharq», Ташкент 2010)
Хадисы и жизнь. 3-том. Намерение, ихлас, знание. Шейх Мухаммад Садык Мухаммад Юсуф
(Издательство «Sharq», Ташкент 2010)

Юқоридаги каби китобларни чиқиши билан зудлик билан сотиб олиш тавсия қилинади. Чунки сотувда қолмагандан сўнг маърифий китобларнинг нархи жуда баландлаб кетмоқда. Биргина «Тафсири Ҳилол» (6 та жилд) 97000 сўм эди. Ҳозир эса 350000 дейишяпти. «Саҳиҳи Бухорий» (2 жилд) 32000 эди. Ҳозир 150000 дейишяпти.

Узоқ танаффусдан сўнг яна китоб жавонимга қайтган (мен унутган) китоблар:

Саломон ва Ибсол. Абу Али ибн Сино
(Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, Тошкент 1980)
Танланган асарлар. Фурқат
(Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, Тошкент 1975)
Суворов ҳақида ҳикоялар. Сергей Алексеев
(«Чўлпон», Тошкент 1990)
Қабр ҳаёти - азобми ё роҳат?. Ҳасан Закариё Фулайфул
(«Мовароуннаҳр», Тошкент 2003)

Шунингдек янги китоблардан:
English-Uzbek Uzbek-English Dictionary 70000 words. Shavkat Butayev, Abbos Irisqulov
(«Fan», Toshkent 2009)
Умр биттадир. Турсуной Содиқова
(«Davr-Press», Тошкент 2010)

albatros
29.04.2011, 13:04
Kutubxonamda hozirda:
1.70 dan ortiq kitob bor(Elektron kutubxonam bilan hisoblaganda 200dan ortiq).Ular har oyida o'zgarib turadi(oshib boradi);
2.Eng qadimiysi G.Gulom (1926-y) ning she'rlar kitobi;
3.Eng ko'p kitobi bor adiblar:M.Yusuf.O'.Hoshimov, D.Karnegi;
4.Asosan o'zbek tilida, 10-15% rus tilida;
5.Ko'proq nazm (she'riyat)60%,Psixologik va dediktiv-30% qo'llanmalar va diniy kitoblar 10%
6.Deyl Karnegning kitoblari, A.Konan Doyl "Doktor Vatson va Sherlok xolms haqida hikoyalar" kitobi,She'riy barcha kitoblar;
7.Iroda Umarova ning "Uchinchi dunyo" she'riy kitobi (12.03.2011);
8.Boshqalarga O'.Hoshimovning "DAftar hoshiyasidagi bitiklar",A.Konan Doyl "Doktor Vatson va Sherlok xolms haqida hikoyalar" kitobi,Deyl Karnegining "Odamlarga ta'sir ko'rsatish(do'stlar ottirish)" haqidagi va "Bezovtalik ofati"kitoblarini tavsiya etaman;
9.Agar chin dildan qiziqsa beraman.BErgan kitoblarimni deyarli barchasi qaytgan(qaytarmasa qo'ymaymanda )
10.70 %ni o'qib chiqqanman.