PDA

Просмотр полной версии : Sigir va siyosat...


Bekmirzo
12.07.2010, 23:15
Dehqonning siyosiy tuzum nazariyasi haqida tushunchasi


Socializm: Senda ikkita sigir bor. Bittasini qo’shningga berishing kerak.


Kommunizm: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkisini ham tortib oladi va senga sutini sotadi.


Liberalizm: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkisini ham tortib oladi va senga sutini sovg’a qiladi.


Nacionalsocializm: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkisini ham tortib oladi va o‘zingni otib tashlaydi.


Byurokratizm: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkisini ham tortib oladi va bittasini so‘ydiradi. Ikkinchisi esa sog’iladi va suti yo’q qilinadi.


Kapitalizm: Senda ikkita sigir bor. Bittasini sotasan va puliga bir ho’kiz sotib olasan.


Anarxiya: Senda ikkita sigir bor. Ikkisi ham qochib ketadi.


Postkapitalizm: Senda ikkita sigir bor. Ikkisini ham qo’yib yuborasan va sutni chet eldan sotib olasan.



Stalinizm: Sening sigirlaring o’rtoq Popovni haqorat qiladi va natijada Sibirga surgun qilinadi.



PS: Yuqoridagini 2002 yil oktyabrda tarjima qilgan ekanman.

Anvar Atakhanov
12.07.2010, 23:34
Менда олдин сигир сотиб олишга курбим етарди, лекин хохиш йук эди. Хозир эса хохишим бору курбим етмайди, бу кайси тузумга киради? (бу хазил албатта)

Masud Mahsudov
12.07.2010, 23:54
Mana bu qolib ketibdi: Feodalizm - Senda ikkita sigir bor, davlat sigirlaringga seniyam qo'shib omochda yer haydaydi :)

Bekmirzo
13.07.2010, 10:04
Yevropa Ittifoqi byurokratiyasi: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkalasini ham tortib oladi va bittasini so'yadi. Ikkinchisi sog'iladi va suti yo'q qilinadi.



Iqtisodiy siyosat tushunchasi

Amerika firmasi: Senda ikkita sigir bor. Bittasini sotib yuborsan va ikkinchisini to'rtta sigirning sutini berishga majbur qilasan. Planni bajarolmay o'lib qolishidan esa hayratlanib o'tirasan.

Franciya firmasi: Senda ikkita sigir bor. Sen namoyishga chiqasan va uchta sigir bo'lishini talab qilasan.

Yapon firmasi: Senda ikkita sigir bor. Ularni yangidan yaratasan. Endi ular 10 baravar kichkina, ammo, odatdagi sigirga qaraganda 20 baravar ko'p sut beradi. Keyin sen ajoyib bir sigir-multfilmini yaratsan, masalan, Sigirkimon nomi bilan va butun dunyoga sotasan.

Italiya firmasi: Ikkita sigiring bor. Ularning qayerdaligini bilmaysan, shuning uchun Yevropa Ittifoqini sog'asan.

Rus firmasi: Senda ikkita sigir bor. Ularni sanab chiqasan va 5 ta sigir bor deysan. Yana bir marta sanaysan, natija: 42. Yan abir marta sanaysan, bu safar natija: 12. Sanashni bas qilasan va yangi butilkani ochasan.


:) ;)

Kahramon Jalilov
13.07.2010, 10:24
Uzbek firmasi: sigir bo'r, lekin kasal, sotish kerak, aytiladi zo'r sigir faqat 1 ta aybi bo'r hech odam bo'lmaydi bu sigir...

Anvar Atakhanov
13.07.2010, 12:35
Qo'shnimning ikkita sigiri bor. Biriga yaqinda to'y, ikkinchisi ko'zini suzishni boshladi :-)

JUS
13.07.2010, 14:18
Iqtisodiy siyosat tushunchasi
Yapon firmasi: Senda ikkita sigir bor. Ularni yangidan yaratasan. Endi ular 10 baravar kichkina, ammo, odatdagi sigirga qaraganda 20 baravar ko'p sut beradi. Keyin sen ajoyib bir sigir-multfilmini yaratsan, masalan, Sigirkimon nomi bilan va butun dunyoga sotasan.
Демак, Хитой ва Қирғиз фирмаларида қуйидагича эканда: :)

Хитой фирмаси: Сенда олдин сигир бўлмаган, лекин сен бошқа давлатлардан иккита сигир олиб келасан ва улардан "Китайский сигирлар"нинг нусхасини яратасан ва бутун дунёга тарқатасан. Сигиринг эса, икки марта соғилгандан кейин одам бўлиш у ёқда турсин, сигир ҳам бўлолмайди. :)

Қирғиз фирмаси: Сенда сигир йўқ, лекин қаердандир олиб келасан ва "без расстаножка" соғиб юраверасан :)

Husen
13.07.2010, 14:34
Сигир ем емаса, демак ўзини ўзи ўлдираётган бўлади. Шундай экан, у шубҳасиз, комикадзе! Сут соғишга қўймаса - амалдаги тузумни ўзгартиришга уринаётган исёнкор. Барра ўтларни емасдан, қуриган сомон еса - "Яшиллар ҳаракати"га аъзо. Тинимсиз маъраса - демократ!

Ustoz
13.07.2010, 15:18
Sigirimga o`qib beruvdim, yotvolib kuldi. :)

Masud Mahsudov
13.07.2010, 16:52
Bozor iqtisodiyoti: Senda ikkita sigir bor. Bittasini sotib, puliga ikkita buzoqcha olaman, deysan-u, kelasi hafta uning puliga qo'zichoq ham bermaydi. Shuning uchun o'sha pulga ikkita tovuq sotib olasan-da, yangi yil bayramini kutaverasan; mish-mishlarga ko'ra tuxumning narxi bayram arafasi oshar emish... Zora, tuxumning puliga sigir sotib olsaydim, deb reja qilasan...

Kahramon Jalilov
13.07.2010, 17:45
Qo'shnimning ikkita sigiri bor. Biriga yaqinda to'y, ikkinchisi ko'zini suzishni boshladi :-)
Sigir ko'zini suzmasa, buqa ipini uzmaydi(maqol)

axmedovshuhrat
14.07.2010, 22:58
Икки сигир бор менда иккиси ҳам меҳрибон бири менга сут берган бири эса текин гўшт. (бағрикенглик тамойили)

Nigora Umarova
30.07.2010, 12:01
Bular - mollar:

kuchlisini
qo'shga qo'shamiz,

uchqurini
uloqqa;

yuvoshini
minamiz o'lgunicha;

semizini so'yamiz;

gapga kirmaganini
qamab qo'yamiz
og'ilxonaga;

oriqlari esa o'lib ketaveradi.

Ularning tili yo'q.

Hatto
qo'llari ham
oyoqqa aylangan.

Bizni xudo deb bilganlaridan keyin
nima bo'ladi ular,
mol bo'lmay...

Usmon Azim

Gulnora Voisova
27.10.2010, 20:41
Замонавий шакли: Иккита сигирни ҳам сотиб, пулини йўл кира қилиб Россияга ишлашга кетасан.

JUS
27.10.2010, 20:53
Замонавий шакли: Иккита сигирни ҳам сотиб, пулини йўл кира қилиб Россияга ишлашга кетасан.

Кейин, отанг сени Россиядан қайтиб келишинг учун қўшнисидан 2 та сигирини сотиб, пулини қарзга бериб туришини сўрайди. ;)

Dj SHOD
17.12.2010, 15:27
Жуда ажойиб ва шу билан галати гаплар.. -))

JUS
17.12.2010, 16:12
Жуда ажойиб ва шу билан галати гаплар.. -))

Қолаверса, жуда ажойиб ва жуда ғалати одамлар :)

Javohir Mahmudjonov
17.12.2010, 19:35
O'rtog'imni sigiriga Bekmirzo aka mavzuga yozgan siyosiy tuzumlar nazariyalarini aytib berdim. Sigir qarasa nima tanlasayam yo hukumatni qo'liga tushib qolyapti, yo sutini sog'ib ketishyapti, yo so'yib go'sht qilib sotib yuborishyapti. Sigiram gapirib yubordi:
-E, meni hamma vaziyatda shilib ketishyapti. Yangi tuzum o'ylab topish kerak. Tezroq. Bo'lmasa yo uyimdan, yo sutimdan, yo jonimday ayrilaman-dedi. Bechora sigir uni gapini kim ham eshitardi Forumchilardan boshqa!

Nigora Umarova
18.12.2010, 10:36
Sigiram gapirib yubordi:
-E, meni hamma vaziyatda shilib ketishyapti. Yangi tuzum o'ylab topish kerak. Tezroq. Bo'lmasa yo uyimdan, yo sutimdan, yo jonimday ayrilaman-dedi. Bechora sigir uni gapini kim ham eshitardi Forumchilardan boshqa!

"O'ynab gapirsang ham , o'ylab gapir",-deyishgan ekan mashoyixlar.

gofurov
29.12.2010, 19:18
Сенда иккита сигир бор. Энди битта яхши бузок олсанг, иккаласини хам эмаверади.

Javohir Mahmudjonov
29.12.2010, 20:52
Сенда иккита сигир бор. Энди битта яхши бузок олсанг, иккаласини хам эмаверади.
Ikkita sigirni emish uchun buzoq olish shart emas. Buzoqlar qo'yib bersa bir birini sutini o'g'irlayveradi.

SanjaR
30.12.2010, 15:01
Dehqonning siyosiy tuzum nazariyasi haqida tushunchasi


Socializm: Senda ikkita sigir bor. Bittasini qo’shningga berishing kerak.


Kommunizm: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkisini ham tortib oladi va senga sutini sotadi.


Liberalizm: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkisini ham tortib oladi va senga sutini sovg’a qiladi.


Nacionalsocializm: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkisini ham tortib oladi va o‘zingni otib tashlaydi.


Byurokratizm: Senda ikkita sigir bor. Hukumat ikkisini ham tortib oladi va bittasini so‘ydiradi. Ikkinchisi esa sog’iladi va suti yo’q qilinadi.


Kapitalizm: Senda ikkita sigir bor. Bittasini sotasan va puliga bir ho’kiz sotib olasan.


Anarxiya: Senda ikkita sigir bor. Ikkisi ham qochib ketadi.


Postkapitalizm: Senda ikkita sigir bor. Ikkisini ham qo’yib yuborasan va sutni chet eldan sotib olasan.



Stalinizm: Sening sigirlaring o’rtoq Popovni haqorat qiladi va natijada Sibirga surgun qilinadi.



PS: Yuqoridagini 2002 yil oktyabrda tarjima qilgan ekanman.





Бунака дехкон, ва унинг фикрига кушилганлар сиёсат тепасига келса, кандай тузум булмасин инсон зотига хам, сигир зотига хам киргин келади...бу аник