PDA

Просмотр полной версии : Ривожланишни "ўзбек модели"

axmedovshuhrat
08.06.2010, 07:52
Бугунги кунда ОАВ томонидан жуда кўп маротаба ривожланишнинг "ўзбек модели" деб таърифланаётган жараён, иш, нарса ҳақида фикрингиз. Журналистлар "ўзбек модели" деб нимани тушунтиришмоқчи бўлишади? Адабиётлар мавжудми шу мавзу бўйича? "Ўзбек модели" фақат иқтисодиётга тегишлими?
Фикрларингиз кутамиз.

Shohruh Rahmat
08.06.2010, 17:51
Ривожланишнинг “ўзбек модели” - Ўзбекистоннинг ўзига хос ва мос бўлган, миллий урф-одатлар ва анъаналаримизни сақлаб қолган ҳолда халқаро ҳамжамиятига тенг ҳуқуқли аъзо бўлишга қаратилган ҳамда муҳтарам Юртбошимиз томонидан белгилаб берилган бешта муҳим тамойилларга асосоланган ва ҳалқимиз томонидан танланган ривожланиш йўлидир. Ушбу моделнинг мазмун-моҳияти тўғрисида батафсил маълумот олиш учун Президентимизнинг асарларига мурожаат этишингизни тавсия этаман.

Husen
08.06.2010, 18:10
Мана ўша тамойиллар:
- Иқтисодиётнинг сиёсатдан устунлиги
- Қонунлар устуворлиги
- Бозор иқтисодиётига босқичма-босқи ўтиш
- Давлатнинг бош ислоҳотчи эканлиги
- Кучли ижтимоий ҳимоя

Javohir Mahmudjonov
08.06.2010, 18:15
Ha albatta Shohruh aka Yurtboshimizning "Yuksak ma'naviyat-yengilmas" kuch asarida Rivojlanishimizning yangicha "o'zbek modeli"ning 5 tamoyili keltirilgan. Biz boshida rivojlanishning turkcha yo'lini ham tanlamoqchi bo'lganmiz, lekin o'zlarining dono fikrlari bilan kelajakdagi O'zbekistonni boricha tasavvur etishga zamin yaratuvchi 5 tamoil orqali prezidentimiz oldindagi yo'limizni belgilab berdi. Bu yo'l nafaqat O'zbekistonni "bozor iqtisodiyoti"ga o'tkazish balki davlatning bosh islohotchisi bo'lishi, iqtisodiyotni siyosatdan holi ekanligi va shu kabi davlatning asosiy yo'nalishlardagi islohotlarni, glaballashib kelayotgan muamolarni yechimini ham ko'rsatib berdi. Mana shu tamoyillarga asoslanib O'zbekiston o'z faoliyati olib borayotganligi sababli, "Krizis" O'zbekistonga havf solmadi va Jahon hamjamiyatida bunga juda katta baho berildi va Bu 5 tamoyilni yana bir bor maqullanishiga olib keldi.

Aaz
08.06.2010, 18:20
Мана ўша тамойиллар:
- Иқтисодиётнинг сиёсатдан устунлиги
- Давлатнинг бош ислоҳотчи эканлиги

Бу икки тамойил бир бирига зид эмасми?

Javohir Mahmudjonov
08.06.2010, 18:41
Бу икки тамойил бир бирига зид эмасми?
Davlat va Siyosatdagilarni o'zi boshqa-boshqa olam. Siyosatchilar bular davlatni ma'lum prinsiplarga asoslanib boshqaruvchi insonlar, davlat esa prezidentimiz aytganlaridek-bu biz. Biz bosh islohotchi bo'lishimiz kerak. Iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi bandi esa ko'proq Siyosatni iqtisodiyotga aralashuvini cheklashga asoslanib aytilgan.

Aaz
08.06.2010, 20:14

Иктисодиетни давлат сифатида бир ислохот килсак давлат бошкарувидагилар нима иш билан шугулланишади?

Masud Mahsudov
08.06.2010, 21:34
Hozirda "O'zbek modeli" haqida OAV da nima deyilayapti bilmadim-ku (Yaqin 1,5 ichida, yurtda emasman), lekin yuqorida ta'kidlangan ''yo'l" Prezidentning "Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida" ( Тошкент “Ўзбекистон” 1995 йил) asarida ilk bor tilga olingan edi.

Ungacha esa, AQSH, Turkiya "yo'llari'dan borishga harakat qilib ko'rdik, lekin kutilgan samarani bermadi. Sabab esa, bizdagi o'sha paytdagi iqtisodiy poydevor ma'muriy buyruqbozlik tizimi asoratlari bilan to'yingan edi... Ma'lumki, bir iqtisodiy tizimni yo'lga qo'yish uchun, ayniqsa, bizning misolimizda, tizimga o'tishni noldan boshlash kerak edi. Yoki, iqtisodiyotda "Шоковая терапия" deb nom olgan yo'lni tanlash kerak edi. Biz, bosqichma-bosqich o'tishni iqtisodiy tizmining tamoyillaridan biri qilib olganimiz uchun ham "Шоковая терапия"dan voz kechdik. Prezidentning o'sha kitobida, "bosqich"lar batafsil aytib o'tilgan bo'lsa-da, keyinchalik, iqtisodiyotimizdagi qator o'zgarishlar ularning ma'lum darajada o'zgarishiga, pirovardida sekinlashishiga olib keldi.

O'sha asarda, mamlakatda ishlab chiqarishga katta e'tibor berish, sanoat korxonlarini ko'paytirishga alohida urg'u berilganiga qaramasdan, xususiylashtirilishi boshlangan qator zavod-fabrikalarning egalari ishlab chiqarishning o'rniga ularni maydalab sotishga kirishib ketishdi, va buning natijasida, xusisiylashtirishdan kutilgan natijalar yetarlicha bo'lib chiqmadi. Shu sababdan ham, ishlab chiqarish susayishi barobarida valyuta inflyasiyasi yuqorilab bordi. Bu esa, mamlakatning pul-kredit siyosatiga, ma'lum darajda, salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Shukr, hozir yana ushbu modelni amalga oshishiga e'tibor yana kuchaytiralyotgan bo'lsa. Avval qilingan xatolarni endi takrorlamay, iqtisodiyot rivojlanishi jadal bo'lilishiga esa, umid qilamiz...

Masud Mahsudov
08.06.2010, 21:40
Бу икки тамойил бир бирига зид эмасми?
Davlat va Siyosatdagilarni o'zi boshqa-boshqa olam. Siyosatchilar bular davlatni ma'lum prinsiplarga asoslanib boshqaruvchi insonlar, davlat esa prezidentimiz aytganlaridek-bu biz. Biz bosh islohotchi bo'lishimiz kerak. Iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi bandi esa ko'proq Siyosatni iqtisodiyotga aralashuvini cheklashga asoslanib aytilgan.

Ukam, iltimos, iqtisodiyotni yetarlicha tushunib-tushunmay mulohaza qilmang. "Siz"ning bosh islohotchi bo'lishingiz uchun, xudo xohlasa, shu sohada ta'lim olib, yetarli bilimga ega bo'lishingiz, amaliy jihatdan ham tajriba orttirishngiz zarur bo'ladi... Hamma uchun javob bermang...

Masud Mahsudov
08.06.2010, 21:45
Ривожланишнинг “ўзбек модели” - Ўзбекистоннинг ўзига хос ва мос бўлган, миллий урф-одатлар ва анъаналаримизни сақлаб қолган ҳолда халқаро ҳамжамиятига тенг ҳуқуқли аъзо бўлишга қаратилган ҳамда муҳтарам Юртбошимиз томонидан белгилаб берилган бешта муҳим тамойилларга асосоланган ва ҳалқимиз томонидан танланган ривожланиш йўлидир. Ушбу моделнинг мазмун-моҳияти тўғрисида батафсил маълумот олиш учун Президентимизнинг асарларига мурожаат этишингизни тавсия этаман.

Hurmatli Shohruh aka. Iltimos, mumkin bo'lsa, ushbu yo'lning hozirgi holati haqida o'z fikringizni berib o'tsangiz. to'g'ri, biz Prezident asarlariga murojaat qilishimiz mumkin, lekin amaliy tajribalarni eshitish yanada foydaliroq...
Qolaversa, men ham davlat moliyasini boshqarish sohasida ilmiy ish qilayapman va umid qilamanki, tajribangizdan kelib chiqadigan fikr-mulahazalaringiz nafaqat menga, balki ushbu mavzuga qiziqqan do'stlarimizga ham ancha kerak bo'ladi...

Oldindan tashakkur...

Javohir Mahmudjonov
08.06.2010, 23:05
Ukam, iltimos, iqtisodiyotni yetarlicha tushunib-tushunmay mulohaza qilmang. "Siz"ning bosh islohotchi bo'lishingiz uchun, xudo xohlasa, shu sohada ta'lim olib, yetarli bilimga ega bo'lishingiz, amaliy jihatdan ham tajriba orttirishngiz zarur bo'ladi... Hamma uchun javob bermang...
Masud aka men hech bir gapimni bilib bilmay gapirayotganim yo'q men prezidentimizning Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch asarida yozilgan ba'zi ma'lumotlardan keltirdim holos, bundan tashqari men islohotchilikni talab qilayotganim yo'q meni nazarimda. Bizga Prezident asarlari mahsus fan qilib kiritilgan va Prezidentimizning bu boradagi fikrlarini aytib o'tdim. Men o'z fikrimni bildirdim, siz esa o'z fikringizni maqullab chiqishingiz mumkin, men sizga bilim, tajriba, ko'nikma borasida talablar qo'yayotganim yo'q. Agar fikrlarimda xatolarga yo'l qo'yayotgan bo'lsam marhamat aytishingiz mumkin, men albatta to'g'ri tushungan holda o'z ustimda ishlayman.

axmedovshuhrat
10.06.2010, 06:14
Демак, "ўзбек модели" беш тамойил бўлса, бу тамойиллар ўз кучини қачон ишлаб тугатади? (қанча муддатга мўлжалланган) Муҳтарам Юртбошимиз асарлари билан бирга ушбу мавзу бўйича қандай диссертация ишлари олиб борилган? Кимни хабари бор?
"Ўзбек модели" ҳақида mtrk.uz сайтидан "Таҳлилнома" кўрсатуви орқали ҳар якшанба билиб олишингиз мумкин.

Aaz
10.06.2010, 08:57

Бу модел телевидениеда мухокама килиш еки диплом ишилари, диссертацияларда еритилишдан ташкари яна каерда амалда узини курсатмокда?

axmedovshuhrat
15.06.2010, 06:30
Бу модел телевидениеда мухокама килиш еки диплом ишилари, диссертацияларда еритилишдан ташкари яна каерда амалда узини курсатмокда?
ММММ ўйлаб кўриш учун яна алоҳида мавзу бўлса керак.

Javohir Mahmudjonov
15.06.2010, 14:41
Бу модел телевидениеда мухокама килиш еки диплом ишилари, диссертацияларда еритилишдан ташкари яна каерда амалда узини курсатмокда?
Axir biz endi o'z yo'limizni topib, olg'a qadam tashlayotgan davlatmiz. Ozod bo'lib o'z qonunlarini va tamoyillarini kiritganiga ming yillab o'tgan davlatlarda haligacha o'sha qonun va prinsiplar o'z ifodasini topmagan. Biz esa yaqin besh, o'n yillar ichida bu besh tamoyilning hayotimizga katta suratlarda kiib kelishini kutsak bo'ladi.

Aaz
15.06.2010, 22:03

Сиз саволга яхши тушунмадингиз шекилли, дейиляптики "рефератлар, диплом ишлари, диссертациялардан ташкари", сизни гапингиз эса яна бирорта илмий ишдан кучирмага ухшаб кетяпти.

axmedovshuhrat
11.07.2010, 08:40
Biz esa yaqin besh, o'n yillar ichida bu besh tamoyilning hayotimizga katta suratlarda kiib kelishini kutsak bo'ladi.
Биз ҳали улуғворликларни амалга оширамиз. Биз ҳали "кузькина мать"ларга кўрсатиб қўямиз. Биз ҳали ў-ҳў-ҳў тушундинғми?!
Буюк миллат ва давлат тузамиз ва унда фаровон ҳаёт нашидасини суриб эркин ва обод мамлакатнинг ҳур ва истиқболли халқи бўламиз. Биз ҳеч нарсадан кам бўлмаймиз. Биз ҳаммадан кўра ақлли бўламиз. Биз буюклар ичра буюк бўламиз. Биз тарихимизни зарҳал ҳарфлар ила ёзажакмиз. Биз буюк, муқаддас Президентимизга ҳар доим содиқ қоламиз ва уларни ишларини давом эттирамиз. Буюк мақсадлар бизни кутиб турибди.
ҚАНИ ЭНДИ ОЛҒА БИРОДАРЛАР!!!

Abdulaziz Muhammad
11.10.2010, 20:57
Бу икки тамойил бир бирига зид эмасми?
Davlat va Siyosatdagilarni o'zi boshqa-boshqa olam. Siyosatchilar bular davlatni ma'lum prinsiplarga asoslanib boshqaruvchi insonlar, davlat esa prezidentimiz aytganlaridek-bu biz. Biz bosh islohotchi bo'lishimiz kerak. Iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi bandi esa ko'proq Siyosatni iqtisodiyotga aralashuvini cheklashga asoslanib aytilgan.

Ukam, iltimos, iqtisodiyotni yetarlicha tushunib-tushunmay mulohaza qilmang. "Siz"ning bosh islohotchi bo'lishingiz uchun, xudo xohlasa, shu sohada ta'lim olib, yetarli bilimga ega bo'lishingiz, amaliy jihatdan ham tajriba orttirishngiz zarur bo'ladi... Hamma uchun javob bermang...

Bular haqida uForumda fikr yuritish, bildirish va almashish ushun inson yuqori ma'lumotli iqtisodiyotchi bo'lishi shart emas, menimcha. Bilimi yetmagan joyi bo'lsa, qo'lingizdan kelganicha, yoritib o'tishingiz ham o'sha insonning shu sohada yetarli bilimga ega bo'lishiga yordam bo'ladi, mening fikrimcha.

Mamlakatimizda xissadorlik (aksionerlik) ning rivojlantirilishi haqida nima deb o'ylaysiz?

Abdulaziz Muhammad
11.10.2010, 21:19
Мана ўша тамойиллар:
- Иқтисодиётнинг сиёсатдан устунлиги
- Қонунлар устуворлиги
- Бозор иқтисодиётига босқичма-босқи ўтиш
- Давлатнинг бош ислоҳотчи эканлиги
- Кучли ижтимоий ҳимоя
Демак, "ўзбек модели" беш тамойил бўлса, бу тамойиллар ўз кучини қачон ишлаб тугатади? (қанча муддатга мўлжалланган) Муҳтарам Юртбошимиз асарлари билан бирга ушбу мавзу бўйича қандай диссертация ишлари олиб борилган? Кимни хабари бор?
"Ўзбек модели" ҳақида mtrk.uz сайтидан "Таҳлилнома" кўрсатуви орқали ҳар якшанба билиб олишингиз мумкин.
Бу модел телевидениеда мухокама килиш еки диплом ишилари, диссертацияларда еритилишдан ташкари яна каерда амалда узини курсатмокда?

Fikrimcha, bu tamoyillar O'zbekiston sharoitini va tashqi siyosatni tubdan o'rganish natijasida kelib chiqqan. Bu tamoyillar bir biri bilan uzviy bog'liq deb hisoblayman.

Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi => Davlat - bosh islohotchi => Qonunning ustuvorligi => Kuchli ijtimoiy siyosat => Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish => Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi => Qonunning ustuvorligi => Kuchli ijtimoiy siyosat => Davlat - bosh islohotchi..... maqsad: bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish.

Ularning ketma ketligi, har bir jarayon muddati va natijasi avvalam bor jamiyatning fikrlashi, hayoti va hatti-harakati bilan bog'liq masala deb bilaman. Jamiyatimiz birdamligi vatanparvarlikda emas, asosan qarindosh-urug'chilikka, millatchilikka tayangani tufayli manfaatparastlik juda keng tarqalgan. Bu esa iqtisodiyotning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Millatchilik => qarindosh-urug'chilik => manfaatparastlik => poraho'rlik => jinoyat => tashqi tahdidlar, mafkuralarga egiluvchanlik => terrorizm, separatizm => fuqaro urushlari => davlat parchalanishi....

Jamiyat tayyor emas ekan, uni parchalamasdan turib isloh qilish uchun kuchli davlat qurib olish dolzarb masalalardan biri bo'lib qoladi. Shundagina davlat bosh islohotchi rolini to'liq va to'sizsiz bajara oladi.

Menimcha, bugungi kungacha kuchli davlat qurib bo'lingan, kuchli ijtimoiy siyosat olib borilishi davom etmoqda va shunga tayanib davlat tomonidan taklif etilgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

SanjaR
28.12.2010, 21:45

Кечирасизу аммо хар хил нарсани бир бирига кориштириб ташлабсиз.....бу тамойиллар утиш даврининг хукмронлик килувчи ёки килиши шарт булган асосий кирраларини белгилаб беради....уларнинг сифати, уларга кай даражада таянилаётгани ва умуман утиш даврининг муддати эса сиз айтиб утган ва бошка камчиликларни енгиб утиш муддати билан боглик.

SanjaR
28.12.2010, 22:07
Мана ўша тамойиллар:
- Иқтисодиётнинг сиёсатдан устунлиги
- Давлатнинг бош ислоҳотчи эканлиги

Бу икки тамойил бир бирига зид эмасми?

Бир нарсани билингки.....ижтимоий сиёсий тизимнинг баркарорлигини иктисодиёт белгилайди....сиёсатнинг умри иктисодиётнинг самараси билан боглик....шундай экан иктисодиётнинг давлат томонидан йулга солиб турилиши айнан иктисодиётнинг сиёсатдан устунлигини курсатади....иктисодиёт хам бошка сохалар сингари бошкарилишни талаб киладиган соха...утиш даврида айнан бизнинг республикамиз мисолида у турли камчиликларга эга булади...хохланг хохламанг уни давлат уз назорати остида ушлайди ва шундай булиши хам тугри....сиёсатда хар доим хам масалани хал килишнинг ижобий вариянтлари булавермайди, вакти келганда икки ёки бер неча салбий вариантлардан оптималини танланади.....айнан бизнинг республикамиз шароитида бу вазифа янада мураккаброк

бу ерда давлат бош ислохотчи деганда эса, нафакат иктисодий соха балки катор бошка сохаларда хам факатгина давлат томонидан амалга оширилиши шарт булган ислохотларни уз ичига олади.

SanjaR
28.12.2010, 22:35
Демак, "ўзбек модели" беш тамойил бўлса, бу тамойиллар ўз кучини қачон ишлаб тугатади? (қанча муддатга мўлжалланган) Муҳтарам Юртбошимиз асарлари билан бирга ушбу мавзу бўйича қандай диссертация ишлари олиб борилган? Кимни хабари бор?
"Ўзбек модели" ҳақида mtrk.uz сайтидан "Таҳлилнома" кўрсатуви орқали ҳар якшанба билиб олишингиз мумкин.
Бу модел телевидениеда мухокама килиш еки диплом ишилари, диссертацияларда еритилишдан ташкари яна каерда амалда узини курсатмокда?

Бунинг учун Узбекистон мустакилликка эришишигача булган шароитидан у куриб битказишни умид килган эркин демократик жамият шароитигача булган утиш даврида барча камчилик ва кулайликларни, курилиши шарт булган доимий ва вактинчалик институтларни хисобга ололсакгина амалда руй берган узгаришларни тушуна оламиз.

SanjaR
28.12.2010, 22:54
Hozirda "O'zbek modeli" haqida OAV da nima deyilayapti bilmadim-ku (Yaqin 1,5 ichida, yurtda emasman), lekin yuqorida ta'kidlangan ''yo'l" Prezidentning "Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida" ( Тошкент “Ўзбекистон” 1995 йил) asarida ilk bor tilga olingan edi.

Ungacha esa, AQSH, Turkiya "yo'llari'dan borishga harakat qilib ko'rdik, lekin kutilgan samarani bermadi. Sabab esa, bizdagi o'sha paytdagi iqtisodiy poydevor ma'muriy buyruqbozlik tizimi asoratlari bilan to'yingan edi... Ma'lumki, bir iqtisodiy tizimni yo'lga qo'yish uchun, ayniqsa, bizning misolimizda, tizimga o'tishni noldan boshlash kerak edi. Yoki, iqtisodiyotda "Шоковая терапия" deb nom olgan yo'lni tanlash kerak edi. Biz, bosqichma-bosqich o'tishni iqtisodiy tizmining tamoyillaridan biri qilib olganimiz uchun ham "Шоковая терапия"dan voz kechdik. Prezidentning o'sha kitobida, "bosqich"lar batafsil aytib o'tilgan bo'lsa-da, keyinchalik, iqtisodiyotimizdagi qator o'zgarishlar ularning ma'lum darajada o'zgarishiga, pirovardida sekinlashishiga olib keldi.

O'sha asarda, mamlakatda ishlab chiqarishga katta e'tibor berish, sanoat korxonlarini ko'paytirishga alohida urg'u berilganiga qaramasdan, xususiylashtirilishi boshlangan qator zavod-fabrikalarning egalari ishlab chiqarishning o'rniga ularni maydalab sotishga kirishib ketishdi, va buning natijasida, xusisiylashtirishdan kutilgan natijalar yetarlicha bo'lib chiqmadi. Shu sababdan ham, ishlab chiqarish susayishi barobarida valyuta inflyasiyasi yuqorilab bordi. Bu esa, mamlakatning pul-kredit siyosatiga, ma'lum darajda, salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Shukr, hozir yana ushbu modelni amalga oshishiga e'tibor yana kuchaytiralyotgan bo'lsa. Avval qilingan xatolarni endi takrorlamay, iqtisodiyot rivojlanishi jadal bo'lilishiga esa, umid qilamiz...

Иктисодчи сиёсатга уз иктисодий нуктаи назаридан карайди....у масалани иктисодий томонини, иктисодиёт конун коидаларига солиб хал килишга киришади....сиёсат бироз кенгрок соха у масалага нафакат иктисодий балки бошка томонларни хам хисобга олиши шарт

SanjaR
28.12.2010, 23:30
Бу икки тамойил бир бирига зид эмасми?
Davlat va Siyosatdagilarni o'zi boshqa-boshqa olam. Siyosatchilar bular davlatni ma'lum prinsiplarga asoslanib boshqaruvchi insonlar, davlat esa prezidentimiz aytganlaridek-bu biz. Biz bosh islohotchi bo'lishimiz kerak. Iqtisodiyotni siyosatdan ustunligi bandi esa ko'proq Siyosatni iqtisodiyotga aralashuvini cheklashga asoslanib aytilgan.

Тулик булмасада фикрингизга кушиламан.....давлат ва сиёсатчи тушунчалари алохида тушунчалар хисобланади...аммо улар бошка бошка олам эмас....давлат аввалам бор бу уз чегараси, суверинети, ахолиси яъни фукаролари ва бошкарув тизимига эга бирлик.....бу бирликнинг бошкарув тизимига давлат ёки хукумат деб мурожаат киламиз.....бу бошкарувнинг давлат ичидаги ва ташкарисидаги фаолиятини сиёсат деб айтамиз ва у сиёсатчилар томонидан амалга оширилади....у уз ичига ижтимоий-иктисодий, ижтимоий-сиёсий алокаларни камраб олади...бир суз билан айтганда уз мавжудлигини таъминловчи барча сохаларни камраб олади

Давлат биз деб....шу давлатнинг жамияти сифатида айтишимиз мумкин.....давлатни давлат килиб турувчи мухим ва ажралмас омиллардан бири бу унинг жамиятидир.....жамиятнинг куллаб кувватлашисиз давлат бир бутунликни хосил килолмайди.....сиёсатчилар эса айнан шу жамиятдан униб чикади ва шу жамият учун хизмат килиши шарти билан бошкарув тизимига кириб борадилар.....ислохотлар жамият учун экан демак у ислохотларнинг амалга оширилишида, барча кийинчиликларни енгиб утишда, камчиликларни бартараф этилишида тухтамай катнашиб туради.....бошкарув эса бу жамиятнинг ички ва ташки алокаларда унинг вакили сифатида хизмат килади.

SanjaR
29.12.2010, 00:07
Axir biz endi o'z yo'limizni topib, olg'a qadam tashlayotgan davlatmiz. Ozod bo'lib o'z qonunlarini va tamoyillarini kiritganiga ming yillab o'tgan davlatlarda haligacha o'sha qonun va prinsiplar o'z ifodasini topmagan. Biz esa yaqin besh, o'n yillar ichida bu besh tamoyilning hayotimizga katta suratlarda kiib kelishini kutsak bo'ladi.
Сиз саволга яхши тушунмадингиз шекилли, дейиляптики "рефератлар, диплом ишлари, диссертациялардан ташкари", сизни гапингиз эса яна бирорта илмий ишдан кучирмага ухшаб кетяпти.

Шаршарани шовкинини эшитяпсизу...аммо узини кура олмаяпсиз....ялковлик килмасдан шовкин томон юрсангиз шаршарани узини топишингиз мумкин....амалга оширилган ва оширилаётган ишлар жуда куп......уларнинг хаммасини бу ерда ёзилишининг зарурати йук....уларни ОАВ ёки илмий ишлардан укиб билгингиз келмаса бу ерда ёзганнинг нима фойдаси бор....биргина мисолни келтираман....сиз билан шу ерда сухбатлашиб утирганимиз хам бир кадам олдинга ташланди дегани.....бундай кадамларни купини келтириш мумкин....бу саволингизга факатгина шахсий иктисодий холатни уйлабгина ёндашсангиз коникарли жавобни оломайсиз....чунки хаёт факат корин туйигизишдан иборат емас