Просмотр полной версии : [Проблема] "Ikki eshik orasi" O'.Hoshimov
Tulkin Yusupov
26.03.2010, 15:41
Mazkur kitobni Sharq Ziyokori kitoblar do'koniga borib topa olmadim. Kimdur qayerdadur sotilayotganini ko'rmaganmi? Iltimos, shu kitobni o'qimasam ko'nglim joyiga tushmaydi.
P.S. Birinchi esimni taniganimda o'qigan kitobim "Ikki eshik orasi" bo'lgan. O'shanda maktabga bormasdim hali . . . :)
Gulhayo Qobilova
26.03.2010, 16:28
Man ko'rganman,siz yaxshisi Alisher Navoiy shoh ko'chasidagi kitob sotadigan "prilavka"larni bir kuzating,o'shatta bo'lishi kerak.
Yana bir variant "MUM" ni yonboshdagi kitob savdosi do'kon va yoymalariniyam ko'ring.Chiqmasdan iloji yo'q.
Lutfillo Tursunov
26.03.2010, 19:15
Mazkur kitobni Sharq Ziyokori kitoblar do'koniga borib topa olmadim.
"Шарқ зиёкори"да Ўткир Ҳошимовнинг томлик асарлари орасида "Икки эшик ораси"ни кўргандек бўлувдим.
Аммо "Тушда кечган умрлар"ни Навоий кўчасидан топдим.
Камолиддин Зайнутдинов
26.03.2010, 19:26
жуда зўр китоб . неча маротаба ўқиб чиққаним эсимда йўқ хатто . бир хил да зериксам шу китобни олиб қизиқ жойларини ўқиман .
Nigora Umarova
01.04.2010, 13:04
Mazkur kitobni Sharq Ziyokori kitoblar do'koniga borib topa olmadim. Kimdur qayerdadur sotilayotganini ko'rmaganmi?
Ushbu kitobni kimgadir o'qishga berib turgandim. Kitob hali menga yetib kelmadi. Kimga berganim esa yodimdan chiqib ketibdi.
Bu ketishda endi kitobni ikkita emas, 4-5 talab sotib olaman, shekilli. :-)
"Ikki eshik orasi" kitobi 8 marta nashrdan chiqqan. O'tkir Hoshimovning "Tanlangan asarlar" majmuasining IV tomiga kiritish rejalashtirilgan. Hozircha "Tanlangan asarlar"ning faqatgina 2 tomi Sharq nashriyot matbaa konserni tomonidan chop etilgan.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot