Просмотр полной версии : uForum.uz da mualliflik huquqi
Muhayyo Turdialiyeva
23.11.2009, 11:16
Ushbu mavzuni Kun mavzusida ham tahlil qilsak bo'lardi, ammo...
uForumdagi mavzularda barcha o'zining shaxsiy fikrlarini bildirishadi. Mavzularda bildirilgan fikrlarni hozirda juda ko'p joyda keng foydalanilayotganidan habaringiz bormi? Masalan, o'qituvchilarimizning ma'ruzalarida, talabalarimizning doklarida (ishonavering bu faktlar asosida) esa nuqta verguligacha oqizmay-tomizmay foydalanilayotganlaridan biz forumchilar g'urulanishimiz kerakmi yoki aksincha?
uForumda quyidagi postlarni o'qib mavzu ochishga qaror qildim:
Ушбу баҳсда фаол иштирок этишган барча форумдошларимнинг танқид ва танбеҳга ҳамда мақтовга бўлган муносабатлари мени ғоят мамнун этмоқда. Яширмайман, улардан келгусида ёзажак ҳикоям учун фойдаланаман!
Бирорта дўстим менинг назаримдан четда қолмайди! Барчасининг фикрлари замиридан гўзал маънолар кашф этяпман.
Hurmatli shoirimizdan ming bor uzr so'rayman, ammo fikrlar zamirida to'g'ridan-to'g'ri "plagiat" yotmayaptimikin? Talaba Kursdoshlarimda Nimaga savodsizlashib ketyapmiz? (http://uforum.uz/showthread.php?t=6508) mavzusidagi Ma'sud Maqsudov va Lutfillo Tursunovlarning fikrlarini xuddi yangilik kashf etganday doklad qilishayotganini ko'rib jahlim chiqqan bo'lsa, ustozlarmizning ma'ruzalarida lotin alifbosi kamchiliklari haqida eshitib hayratda qoldim. Talaba qizga "Buni qayerdan olding?" desam "Internetdan" deydi. "Qayeridan olding?" desam "Qanaqadir forum edi shekilli..." deydi. Bu haqida forumdoshlarimning fikrini bilishni istardim.
Gulnora Voisova
23.11.2009, 13:40
Ma'sud Maqsudov va Lutfillo Tursunovlarning fikrlarini xuddi yangilik kashf etganday doklad qilishayotganini ko'rib jahlim chiqqan bo'lsa,... Қайтанга менга ёқди :smile:. Демак форумимиздаги билдирилаётган фикрлар, ғоялар кимлар учундир "қўлланма" вазифасини ўтаяпти.
Husniddin Ato
23.11.2009, 17:52
Unda qandaydir qoida ishlab chiqish kerak.
Bu forumdan foydalanilgan fikrlarga forum nomi (balkim shart ekas) va fikr egasining nomi eslatilgan holda foydalaninsin.
Nigora Umarova
23.11.2009, 18:02
Unda qandaydir qoida ishlab chiqish kerak.
Bu forumdan foydalanilgan fikrlarga forum nomi (balkim shart ekas) va fikr egasining nomi eslatilgan holda foydalaninsin.
Har qanday referat yoki ma'ruza tayyorlanilayotganda labatta, foydalanilgan adabiyot nomi, adabiyot bosmadan chiqarilgan nashriyot, muallif, beti ko'rsatiladi.
Shunga ko'ra forum nomi, fikrning egasi va fikr bayon etilgan mavzu nomi ssilka bilan ko'rsatilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Javohir Mahmudjonov
23.11.2009, 20:43
Ushbu mavzuni Kun mavzusida ham tahlil qilsak bo'lardi, ammo... uForumdagi mavzularda barcha o'zining shaxsiy fikrlarini bildirishadi. Mavzularda bildirilgan fikrlarni hozirda juda ko'p joyda keng foydalanilayotganidan habaringiz bormi? Masalan, o'qituvchilarimizning ma'ruzalarida, talabalarimizning doklarida (ishonavering bu faktlar asosida) esa nuqta verguligacha oqizmay-tomizmay foydalanilayotganlaridan biz forumchilar g'urulanishimiz kerakmi yoki aksincha? uForumda quyidagi postlarni o'qib mavzu ochishga qaror qildim: Цитата: Сообщение от Tulqin Eshbekov Ушбу баҳсда фаол иштирок этишган барча форумдошларимнинг танқид ва танбеҳга ҳамда мақтовга бўлган муносабатлари мени ғоят мамнун этмоқда. Яширмайман, улардан келгусида ёзажак ҳикоям учун фойдаланаман! Цитата: Сообщение от Tulqin Eshbekov Бирорта дўстим менинг назаримдан четда қолмайди! Барчасининг фикрлари замиридан гўзал маънолар кашф этяпман. Hurmatli shoirimizdan ming bor uzr so'rayman, ammo fikrlar zamirida to'g'ridan-to'g'ri "plagiat" yotmayaptimikin? Talaba Kursdoshlarimda Nimaga savodsizlashib ketyapmiz? mavzusidagi Ma'sud Maqsudov va Lutfillo Tursunovlarning fikrlarini xuddi yangilik kashf etganday doklad qilishayotganini ko'rib jahlim chiqqan bo'lsa, ustozlarmizning ma'ruzalarida lotin alifbosi kamchiliklari haqida eshitib hayratda qoldim. Talaba qizga "Buni qayerdan olding?" desam "Internetdan" deydi. "Qayeridan olding?" desam "Qanaqadir forum edi shekilli..." deydi. Bu haqida forumdoshlarimning fikrini bilishni istardim.
Bilasizmi Muhayyo opa:
-Menimcha bu holatdan mag'rurlanishimiz kerak. Axir Forumdagi fikrlardan referat va turli-tuman "Doklat", "Ilmiy ish", Kurs ishilar tayyorlanayotganini sababi oddiy:
Demak forumdagi fikrlarda mana shu yuqorida sanab o'tilganlarni manan, mazmunan boyitadigan faktlar, o'ziga hos yangiliklar bordirda!
Axir, bu degani forum ommaviylashmoqda. Referat yoki boshqa bir narsani qo'liga olib o'qib tugatib bo'lgach tagiga qo'yilgan "ssilka"ni ko'radi va qiziqib, bizning saytga kiradi va bu orqali sayt ham shu odamning o'zi ham, hatto shu inson bilan fikrlashgan biz ham foyda ko'ramiz. Men bu o'rtaga tashlagan savolingizga ijobiy javob berishdan boshqa choram yo'q.
Tulqin Eshbekov
23.11.2009, 22:45
urmatli shoirimizdan ming bor uzr so'rayman, ammo fikrlar zamirida to'g'ridan-to'g'ri "plagiat" yotmayaptimikin? Talaba Kursdoshlarimda Nimaga savodsizlashib ketyapmiz? mavzusidagi Ma'sud Maqsudov va Lutfillo Tursunovlarning fikrlarini xuddi yangilik kashf etganday doklad qilishayotganini ko'rib jahlim chiqqan bo'lsa, ustozlarmizning ma'ruzalarida lotin alifbosi kamchiliklari haqida eshitib hayratda qoldim. Talaba qizga "Buni qayerdan olding?" desam "Internetdan" deydi. "Qayeridan olding?" desam "Qanaqadir forum edi shekilli..." deydi. Bu haqida forumdoshlarimning fikrini bilishni istardim.
Сизнинг куюнчаклик билан айтган фикрларингизга юз фоиз қўшиламан. Менинг сўзларим ўша "танқид ва танбеҳ"дек нозик мавзудаги ўзаро баҳсларга тегишли эди. Бировнинг дилини оғритмасдан бу борадаги фикрларини ўрганишга ҳаракат қилгандим.
Модомики, талабаларимиз форумимиздан материаллар олиб фойдаланишяптими, демак, шунга яраша мантиқли, маъноли фикрлар ёритишга интилишимиз лозим. Бу барчамиздан катта масъулият талаб қилади.
Изланишга, фикрлашга даъват этганингиз учун ташаккур.
Tulqin Eshbekov
23.11.2009, 22:50
Har qanday referat yoki ma'ruza tayyorlanilayotganda labatta, foydalanilgan adabiyot nomi, adabiyot bosmadan chiqarilgan nashriyot, muallif, beti ko'rsatiladi.
Shunga ko'ra forum nomi, fikrning egasi va fikr bayon etilgan mavzu nomi ssilka bilan ko'rsatilsa maqsadga muvofiq bo'lardi.
Ахир, бусиз ўша инсон муаллифлик ҳуқуқини поймол этган, таъбир жоиз бўлса, бировнинг фикрини ўзлаштирган ҳисобланади. Узр, бирор зийрак журналистнинг қўлига шундай фактлар тушиб қолса борми, аёвсиз танқид қилиши ҳам ҳеч гапмас!
Masud Mahsudov
23.11.2009, 23:58
Assalomu alaykum!
Hurmatli singlim - mavzu boshlovchisi!
Shaxsan men o'z yozganlarim uchun mualliflik huquqini talab qilmayman... Aksincha, kimgadir o'sha yozganlarim foyda berayotgan bo'lsa, xursandman... Demakki, yozganlarimiz shu forumning o'zida qolib ketmay, talabalar o'rtasida tarqalayapti, demak samara yaxshi... Faqat uni to'gri yo'lda foydalansalar, shu fikri ojizim orqali, kimningdir xatosi to'g'rilansa, maqsadga erishgan bo'lar edim...
Shaxsan men o'z yozganlarim uchun mualliflik huquqini talab qilmayman...
Бу гапингиз ёзган шеърларингизга ҳам тегишлими?
ПС: Аслида мен ҳам талаб қилмайман.
Masud Mahsudov
24.11.2009, 10:54
Shaxsan men o'z yozganlarim uchun mualliflik huquqini talab qilmayman...
Бу гапингиз ёзган шеърларингизга ҳам тегишлими?
ПС: Аслида мен ҳам талаб қилмайман.
:) Yo'q, albatta... Men mavzu boshlovchisi nazarda tutgan - savodsizlik ostiddagi fikrlarni nazarda tutgan edim... She'rlarimga esa, garchi mualliflik huquqini qattiq talab qilmasam-da, birovning nomi bilan chiqib ketishi tarafdori emasman...
Yo'q, albatta... Men mavzu boshlovchisi nazarda tutgan - savodsizlik ostiddagi fikrlarni nazarda tutgan edim... She'rlarimga esa, garchi mualliflik huquqini qattiq talab qilmasam-da, birovning nomi bilan chiqib ketishi tarafdori emasman...
Вақти келганди бир нарсани сўраб олай :) Шеъларингиздан муаллифини кўрсатган ҳолда бошқа жойларда фойдалансам бўладими?
Lutfillo Tursunov
24.11.2009, 15:08
Talaba Kursdoshlarimda Nimaga savodsizlashib ketyapmiz? mavzusidagi Ma'sud Maqsudov va Lutfillo Tursunovlarning fikrlarini xuddi yangilik kashf etganday doklad qilishayotganini ko'rib jahlim chiqqan bo'lsa,
Майли, "ош бўлсин". Талаба зоти барибир қаердандир кўчиради. Бошдан ўтган :)
Қайтанга менга ёқди . Демак форумимиздаги билдирилаётган фикрлар, ғоялар кимлар учундир "қўлланма" вазифасини ўтаяпти.
Лекин, менга ёқмади. Сабаби бир вақтлар зўрға, қийналиб уч-тўрт баҳо олганман, булар бўлса, кўчирмачиликдан беш олиб ётишибди. Шуям инсофданми :)
Tulqin Eshbekov
24.11.2009, 23:22
Shaxsan men o'z yozganlarim uchun mualliflik huquqini talab qilmayman...
Бу гапингиз ёзган шеърларингизга ҳам тегишлими?
ПС: Аслида мен ҳам талаб қилмайман.
Муаллифлик ҳуқуқи борасида бунақа "олижаноблик" қилмасликларингизни истардим. Унда бировларни ўғриликка ўрганишига йўл очиб берасиз.:cray: Иккинчидан, ўзингизга яхши туюлган фикр балки акси бўлиб чиқар...:dash2: Ҳар ким ўз гапига, айтилган ё ёзилган фикри учун масъул эканлигини яхши биласизлар-ку дўстларим!:187:
Masud Mahsudov
25.11.2009, 01:17
Вақти келганди бир нарсани сўраб олай :) Шеъларингиздан муаллифини кўрсатган ҳолда бошқа жойларда фойдалансам бўладими?
Aha, bemalol foydalanishingiz mumkin... Ism-sharifimni to'liq yozishingiz shart ham emas, shunchaki "Mas'ud" deb qo'ysangiz bo'laveradi...
Shomurodov Shohruh
25.11.2009, 12:55
Муаллифлик ҳуқуқи борасида бунақа "олижаноблик" қилмасликларингизни истардим
Муаллиф хукукини хурмат килиш нафакат бировнинг ёзганини тугри ишлатиш, балки хозирги кунда компьютер технологияларни тугри, конуний куллаш билан хам боглик. Бир савол, бу ерда куп бериладиган, ишлатадиган компьютерингиздаги программаларнинг хаммасининг лицензияси туланганми?
Бу гапим билан нима демокчиман, баъзи бир масалаларда муаллифлик хукуки моддий фойдага боглик. Мавзунинг бошидаги савол эса, менимча нотугри. Дейлик, укувчи шу форумдаги фикрларни укиб, урганиб, хулоса килиб ёзиши мумкин (балки шундай килиш керакдир). Хар бир кишининг дунёкараши китоблар, информация ва хоказолар билан кенгаяди. Шундай экан, хар бир фикримиз кайсидир бошка фикрдан олинган. Фактларни ва мутахассисларнинг фикрларини урганиш, кайси сохада булмасин, объектив ва тугрирок тушунчанинг/куникманинг/бирламчи информациянинг пайдо булишига олиб келади.
Oygul Rasulova
25.11.2009, 15:18
ўзингизга яхши туюлган фикр балки акси бўлиб чиқар...
Демак, муаллифлик ҳуқуқи деганда танганинг иккинчи томонини ҳам ўгириб қараш керак, унда шундай маъно мужассам: муаллифлик масъулияти!
Shuhrat Ismailov
25.11.2009, 22:55
Shunga ko'ra forum nomi, fikrning egasi va fikr bayon etilgan mavzu nomi ssilka bilan ko'rsatilsa ....
Балки муаллифлар форумдаги постларига © белги қўйиб чиқардирлар???.
http://uz.bir.uz/law/obj1145862941/obj1148279796/obj1148279845/obj1157622181.html
Gulhayo Qobilova
03.03.2010, 16:40
Сообщение от Kumushoy http://www.uforum.uz/images/buttons2/viewpost.gif (http://www.uforum.uz/showthread.php?p=307383#post307383)
Қайтанга менга ёқди . Демак форумимиздаги билдирилаётган фикрлар, ғоялар кимлар учундир "қўлланма" вазифасини ўтаяпти.
Hurmatli Kumushoy,siz qattiq yanglishyapsiz.g'oya va fikrlar o'zidan yangisini,aqliy va ruhiy taraqqiyotga o'z ijobiy ta'sirini ko'rsata oladigan natija qoldirishi kerak - bu ma'lumotdan foydalangan shaxsda.Agarki o'sha siz nazarda tutgan "kimlar" fikrni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo'lishmasa-yu,tayyoriga o'rganib qolishsa bu katta
Fojia.Har qanday vaziytda ham insonning o'z shaxsiy fikri bo'lgani maqsadga muvofiq.
Masud Mahsudov
04.03.2010, 00:20
Hurmatli Kumushoy,siz qattiq yanglishyapsiz.g'oya va fikrlar o'zidan yangisini,aqliy va ruhiy taraqqiyotga o'z ijobiy ta'sirini ko'rsata oladigan natija qoldirishi kerak - bu ma'lumotdan foydalangan shaxsda.Agarki o'sha siz nazarda tutgan "kimlar" fikrni tahlil qilish qobiliyatiga ega bo'lishmasa-yu,tayyoriga o'rganib qolishsa bu katta
Fojia.Har qanday vaziytda ham insonning o'z shaxsiy fikri bo'lgani maqsadga muvofiq.
G'oya, fikrlash va mafkurasi sayoz odamning o'z shaxsiy fikridan ko'ra birovning aqlliroq fikrini "ko'chirib", ishlatishi yaxshiroqdir. Chunki, o'sha ko'chirish jaroyoni ham ko'chirilgan fikrdan to'gri xulosa chiqarib, o'zining fikrlash doirasini yuksaltirishga yordam berishi mumkin. Agar har qanday vaziyatda ham inson o'zining fikriga tayanadigan bo'lsa, unda o'zimizdan o'tgan fozil kishilarnig fikrini o'rganib nima qilardik? Inson o'z aqlini kitob o'qish, o'zidan avval o'tgan fozil kishilarning hayot tajribalari bilan tanishish, o'rganish barobarida orttirib boradi.
Kitob o'qisa boshi og'riydigan, ilmga mehr qo'ymagan imoni va aqli qashshoq ko'plab talabalarda jo'yali shaxsiy fikr chiqishiga kim kafolat beradi? Shunday "shaxsiy fikrlovchilar" amal kursisiga o'tirib qolishidan Yaratganning o'zi asrasin.
Gulhayo Qobilova
09.03.2010, 14:38
Agar insonning o'z fikri bo'lmasa, u nafaqat siz nazarda tutgan fozil odamlarning tarbiyaviy va komillikka yetaklovchi fikrlari,balki ular bilan bir qatorda tajovuzkor g'oyalar ta'siriga ham tushib qolishga moyilligi kuchli bo'ladi-ku?!
Shomurodov Shohruh
09.03.2010, 15:34
Agar insonning o'z fikri bo'lmasa, u nafaqat siz nazarda tutgan fozil odamlarning tarbiyaviy va komillikka yetaklovchi fikrlari,balki ular bilan bir qatorda tajovuzkor g'oyalar ta'siriga ham tushib qolishga moyilligi kuchli bo'ladi-ku?!
Уз фикрини каердан шакллантириши керак, уша фозил одамларнинг китобларидан эмасми ахир? Канчалик куп яхши фикрларга якин юрса, оз-моз булса хам томиб колади.
Ва яна бир илтимос, жавоб ёзаётганингизда, кайси хабарга жавоб колдирганингизни курсатиб утсангиз, бошка форумдошларга фикрингизни кузатиш осонрок булар эди
Agar insonning o'z fikri bo'lmasa, u nafaqat siz nazarda tutgan fozil odamlarning tarbiyaviy va komillikka yetaklovchi fikrlari,balki ular bilan bir qatorda tajovuzkor g'oyalar ta'siriga ham tushib qolishga moyilligi kuchli bo'ladi-ku?!
Ҳеч ким ўз фикри билан туғилмайди-ку. Ҳамманинг фикри фозил одамлар фикри ва тажовузкор ғояларни тарозига солиш орқали олинган натижага кўра шаклланади. Улардан ўзига маъқули танлаб олинади.
Nigora Umarova
09.03.2010, 15:46
Menimcha, insonning dastlabki fikr yuritishi oilada shakllanadi. Keyinchalik jamiyatdagi hayotga aralashgach (bog'chada, maktabda, o'quv dargohida) fikr shakllanadi. Fikrni rivojlantirish uchun kitob o'qish kerak. Ana shundagina u teranlashadi. Har kimning "o'z fikri" esa bu fikrlarning sintezlashgan shaklidir.
vBulletin® v3.8.5, Copyright ©2000-2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot