|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…) |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#1 | ||
Xo'sh, haqiqatan tanqid kelajak mevasimi? Balki u "hasadning bir ko'rinishi"dir.Hayotimizda bu tushuncha ne chog'lik zarur?
Keling bu bo'limda shu haqda fikrlashaylik?
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|||
|
Ответить |
![]() |
#2 |
![]() Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
![]() |
O'rinli tanqid kelajak mevasi, tabiiy... Faqat, inson tanqidga uchramasligi uchun yozgan asari ustida ko'p ishlashi kerak, ko'p narsa o'qishi kerak... Bilasizki, o'zingiz yozganingiz ko'zingizga oy ko'rinishi mumkin, lekin qachonki yozganlaringizga chetdan qaray olishni o'rgana olsangiz, asar chiroyli chiqadi, boshqalarga ham manzur bo'ladi... Yaxshi asar; u xoh nazm, xoh nasrda bo'lsin, avvalo o'zigacha bo'lgan asarlarni takrorlamasligi, o'quvchi e'tiborini torta oluvchi va o'ziga hos bo'lishi kerak... O'shandagina, boshqalar u asarlarga qiziqadi, muhokama qiladi... Elementar qoidalarga bo'ysunmaydigan, eski fikrlarni takrorlaydigan, yengil hayotni "tarannum" etadigan va/yoki maddohlarcha yozilgan har qanday asarning umri qisqa, o'quvchilar ham sanoqli bo'ladi...
__________________
Мой ЖЖ |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#3 |
Сообщений: 624
+ 19
399/213
– 4
82/36
![]() |
Танқид қилиш ўта оғир масала. Шунинг учун психологлар "иложини топспнгиз танқид қилманг" дейишади. Бу умуман танқид масаласида.
Адабий асар танқидига келсак, асарни танқид қилиш аслида мутахассисларнинг иши бўлиши керак. Сиз ва биз оддий ўқувчи сифатида асар яхши бўлса мириқиб ўқишимиз, агар ёмон бўлса секин чеккага суриб қўйишимиз лозим. Эски советлар давридагидай бугунги кунда агар фалончи бир китоб чиқарса унга "Асаринг ёмон экан, нашр қилишдан олдин уюшмада муҳокама қилиш керак эди" деб муаллифнинг пўстагини қоқиш, бугунги ва умуман эркинлик даври адабиёти учун тўғри келмайдиган ҳолат. Менинг бу фикримга "Ўрганган кўнгил ўртанса қўймаслар" жиддий қарши туришини биламан. Нима ҳам дердим. Мен мана шундай фикрдаман. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#6 |
Tanqid ba'zida salbiy juhatlarni ham namoyon etadi. O'z mehnati tanqidga duch kelgan ayrim insonlar "qilgan mehnatlarim "bir pul" ekan" degan fikr bilan o'z ishlarini to'xtatib qo'yishgacha boradi. Ammo bu oqibatlarga yo'liqmaslik uchun tanqidlarni (agar u o'rinli bo'lsa) o'z xatoliklarini ko'rsatish uchun aytilganligini inobatga olgan holda mehnatlarini kamchiliklarini tuzatib , bundan to'g'ri xulosa chiqarib olmog'i lozim. Keling shu o'rinda Buyuk hikmat sohiblarini tanqid haqidagi fikrlari bilan tanishsak:
* * * O’zgalarning ishi to‘g‘risida qattiq gapirgan odam o‘zining ishi ham boshqalarnikidan yaxshiroq bo‘lishini o‘z zimmasiga yuklaydi. * * * Illatning sababini topish — deyarli unga qarshi davoni topish degan so‘z. V. G. Belinskiy * * * Tanqid yangilishishlikning, garchi inqilobiy bo‘lsa ham quruq gapning dushmanidir, ammo u haqiqatning eng muhim tayanchi. U haqiqatning onaizori va doyasidir; u haqiqatning rizq beruvchi do‘stidir. Haqiqat tanqid bilan tirik. G. V. Plexanov * * * Men umrim davomida ixlosmandlarimga qaraganda tanqidchi do‘stlarimdan, ayniqsa ularning tanqidi muloyim va do‘stona suxan bilan izhor etilganda, ko‘proq foyda olganman. M. Gandi.
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|
|
Ответить |
![]() |
#7 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
![]() |
Цитата:
Va tanqidning ham o'z o'rni, vaqti; kimlarga joiz bo'ladi degan tomoni ham bor. Lekin bilasizmi, tanqid agar yaxshi niyatda qilinayotgan ekan, ba'zi hollarda tanbehni tushunmaydigan kishilar uchun tanqid qilish zarur bo'lib qoladi. Ammo tanqidni hammaga ham qilish har holda unchalik unumli emas deb hisoblardim. Tanqidning zamirida bir oz bo'lsa-da yumor yotadi. Tanqidga uchragan shaxs odatda, xijolatda qoladi, kamchiligi ommada yengil mutoyiba uyg'otishi ham mumkin. U har qanday sohada bo'lishidan qat'i nazar. Shu bois tanqid qilgandan ko'ra to'g'ri ma'noda tanbeh bergan yoki insonning o'zi boshqalarga namuna bo'lgan yaxshidir. Tanqidni hamma qila oladi, bu hozirda juda oson ishga aylanib bormoqda. Ammo tanbehning yukini ko'tarish qiyin, hamma ham tanbeh bera olmaydi. Tanbeh beruvchi aytgan gapiga mas'uliyat yuklanadi. Tanqid esa, "bu mening shaxsiy fikrim" deyish bilan cheklanganlikka o'xshab ketadi. Shu bois tanbeh va tanqid tushunchalarining o'zaro farqiga borishimiz, adashtirmasligimiz; har birini o'z o'rnida qo'llay olishimiz kerak deb hisoblayman. Savolga kelsak, menimcha tanqid kerakli narsa, ammo juda zarurat tug'ilgandagina undan foydalanish kerak. "Kelajak mevasi" shiori ostida huda-behuda tanqid qilishlik kishi ruhini sindiradi, bundan ehtiyot bo'lish lozim. "Kelajak mevasi" qachon bo'la oladi, qachonki siz tanqid etgan shaxsning hayoti ijobiyga yo'nalsa, agar buning aksi bo'lsa-chi? Demak o'sha odamga qilingan tanqid noo'rin bo'lgan ekan. Eng ma'qul yo'l - inson o'zi ibrat bo'lishi kerak, hech bo'lmaganda namuna bo'ladigan boshqa bir yaxshi insonning sifatlari bilan o'sha odamni tanishtirishi kerak. Shundagina yaxshi samara kutish mumkin menimcha. (IMXO)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 11.06.2011 в 15:49. |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
|