|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Колледжи и лицеи Средне-специальное образование |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
22.09.2012 17:50 | #1 | ||
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
|
12 yillik ta`lim chiqqanida hamma qatori men ham keskin fikrlar bildirmadim, ba`zi joylarda esa yoqlab chiqdim, ammo o`zimga kelib taqalganida bu yerdagi katta xatolikni ko`rdim.
O`g`lim bu yil 9-sinfni bitirdi va oshpaz bo`lishni istashini aytdi. Men uning bu niyatiga qarshi chiqmadim. Oshpazlik bo`yicha kollejga hujjat topshirayotganida unga ehtiyot shart boshqa kollejni ham tanlashni aytishdi. (Agar mabodo kira olmasa hujjatlari avtomat ravishda o`sha kollejga o`tarmish) Bu gapga o`g`lim, agar oshpazlikka o`qimasam boshqa sohaga o`qimayman deb turib oldi va rasmiyatchilik uchun hujjatga boshqa bir kollejni ikkinchi deb yozib qo`ydi. Shu joyda mening boshim qotdi. U kirmoqchi bo`lgan kolejga juda ko`p odam hujjat topshirgan, mabodo kirolmasa, bola rostdan ham bo`ynidan bog`langan itday 3 yil boshqa kollejda o`qiydimi degan savol meni qiynay boshladi. Baxtimga o`g`lim o`sha o`zi orzu qilgan kollejga kirdi va hozir og`zi qulog`iga yetib o`qib yuribdi. Endi, hudo asrasinu, mabodo kirolmaganida nima bo`lardi? Ilgari tehnikumlarga kirolmagan odamlar keyingi yili kirishga harakat qilib ko`rardi va bir yil yo`qotsa ham o`zi yaxshi ko`rgan kasbni egallardi. Endi esa bolaning kasb tanlash konstitutsion huquqi poymol qilinyapti. Bu to`g`risida biz ko`p baxslashdik, aziz forumdoshlar Sizlar nima deysizlar? Mening-ku o`g`lim kirib oldi va hozir hamma yaratilgan sharoitlardan hursand bo`lib o`qib yuribdi, kirolmaganlar esa majburan boshqa kasb o`rganyaptimi? Axir kasb bir umrga-ku. |
||
|
Ответить |
23.09.2012 18:39 | #2 | ||
Сообщений: 574
+ 440
311/211
– 78
27/20
|
Meni tog'amni qizi pedagogika sohasida o'qish istagida edi, mana shunday ahvolga tushib keyingi yil yana topshirdi. Kirdi. Faqat bir yil politexnika kollejida o'qib yurdi. Lekin O'qishni tugatib shu yili Ped. institutga kirib ketdi. Hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Faqat direktor nomiga boshqa kollejga o'qishini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida ariza yozib hujjatlarini qaytib oldi. Lekin ba'zi bir sohalar masalan: diniy soha yoki harbiy sohadagi o'rta ta'lim muassasalari boshqa kollej talabasini 1- kursga olmasa kerak yana bilmadim.
__________________
Nur bor joyda soya bor. Последний раз редактировалось Fayzbek; 23.09.2012 в 18:42. |
||
|
Ответить |
23.09.2012 19:19 | #3 |
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491
1,658/631
– 1
4/4
|
Оффтоп: Билмадимку-я, лекин ҳар бир битирувчининг истагини юз фоиз қондириш - утопия. Ну, практически битирувчиларнинг 50-60 фоизи назоратчи (прократура, юриспруденция, солиқ, МВД) , 25-30 фоизи эса врач ва педагог бўлишни истайди. Қолган 10 фоизи бошқа мутахассисликлар ;-). Ветеринарияга ихсослашган бир коллеж раҳбарининг айтишича- бу йил унинг колледжида "недобор" бўлибди ;-) |
|
Ответить |
23.09.2012 19:52 | #4 | |
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
|
Цитата:
Istashni taqiqlash huquqini kim o`ziga olgan, bunday huquq birovga berilganmikan? |
|
|
Ответить |
23.09.2012 20:14 | #5 | |
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491
1,658/631
– 1
4/4
|
Цитата:
Мен космонавт бўлишни истаганман. И что? Шунинг учун ҳам "отбор" бор - тест, имтиҳон ва х.к. Менинг қизим бу йил мактабни битирди. "Юрист международник "қилиб тайёрламоқчи эдим... Лекин ўзи врач бўлмоқчи экан. На чора, тиббиёт колледжига топширдик ("боғланган ит овга ярамас"). 450 жойга 1600 ҳужжат топширилган... Ҳеч кимдан илтимос қилмадим, ҳеч ким билан "гаплашмадим"... Билими бор экан, ўз билими билан тестлардан юқори бал билан ўтиб, ўқишга қабул қилинди... Ваҳоланки, қўшни колледжлар бор (недобор бўлиб ётган). Тушуниб турибман, "қолган 1050 таси нима қилади?" демоқчисиз чамамда... Улар ҳам медик бўлишни исташган, как никак... Бу борада мен бирор нарса айтолмайман. Бирор таклиф берасизми? |
|
|
Ответить |
24.09.2012 07:11 | #6 |
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
|
Hamma gap shunda-da. Shuni ishlab chiqishayaotganda qanday qilib buni o`tkazib yuborishganiga tushunmayman.
Taklif shu. O`sha o`n bir yillik maktab ta`limini qaytairib, maktab ta`limidan keyin o`quvchi istasa oliy o`quv yurtiga kirsin, istasa birorta kollejga kirib hunar egallasin. Yoki shunday kollejlar bo`lsin-ki 9-sinfdan keyin kirish iloji bo`lsin (ilgarigi SPTUlar kabi). Kimning kim bo`lishni istab keyin u kim bo`lgani haqida gap ketmayapti, o`sha insonning o`z istagi bilan shu kasbni tanlashi haqida gapirilyapti. Siz biror kasbni ihtiyor qildingiz, ammo uni eplolmadingiz, o`z istagigingizga ko`ra boshqa kasbni tanladingiz, biror kasbda odam kerak bo`lgani uchun kimdir sizdan so`ramasdan hujjatlaringizni boshqa joyga topshirib yubormaydi. |
|
Ответить |
27.09.2012 13:40 | #7 | |
Цитата:
Nega endi so'ramasdan?... O'quvchilar ham, ularning ota-onalari ham maktabni tugatish arafasida ogohlantiriladilar-ku... O'quvchi o'z ixtiyori bilan ikkinchi o'qish joyini tanlaydi... Tanlaganda ham dizayner bo'lishni istagan qiz 1-variant sifatida Respublika dizayn kollejini tanlagan bo'lsa, 2-sifatida veterinariyani tanlamaydi-ku. Shu yo'nalishdagi talab kamroq boshqa kollej yoki litseyni tanlaydi. O'zi sohlagan presstijniy joyga kira olish uchun esa yaxshilab harakat qilish kerak. Bugungi kunda bilimi bor odam hamma joydan o'tib kela olayapti. |
||
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
27.09.2012 13:48 | #8 | |
Цитата:
|
||
|
Ответить |
27.09.2012 15:56 | #9 |
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617
543/277
– 8
129/41
|
Men bu yerda hech qanday yechim haqida gapirmagandim, men faqat muammoni qo`yib yechimini Sizlardan so`ragandim, chunki endi qanaqasiga olib qarama bu muammoning menga aloqasi yo`q, ammo yana qanchadan-qancha odam bu muammoga kelajakda ro`baro` keladi.
|
|
Ответить |
|