Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.05.2010 15:06   #1  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Harflar marjondek tizilganda...

Tohir Qahhor

QIRG’IYAK*

(1918 yil; qo‘qonlik qo‘rboshining qo‘shig‘i)

Qirg‘iyakda, qirg‘oqlarda qirg‘ovullar qirildilar,
Qo‘tonlarda qorasondan qoramollar qirildilar,
Qoralangan qishloqlarda qirqo‘g‘illar qirildilar,
Qorako‘zlar qoldi qattol qoraqo‘lga qaray-qaray.

Qo‘g‘ayliqda, qirda quvnar qo‘sh qulunchoq, qo‘sh quralay...
Qo‘y-qo‘zini qo‘rqitadir qo‘shotarlar, quray-quray!
Qirg‘iyaqda qirg‘iy - qog‘on! Qo‘shinidir qo‘g‘ay-qo‘g‘ay,
Qoyalarda qanot qoqar qo‘mondoni - qo‘tir qumay.

Qari, qirriq qurbaqalar! Qurillama! Quring qursin!
Qo‘ri qum-qum qaroqchilar! Qo‘ring qo‘rsin! Quring qursin!
Qardoshing-la qurganlaring qon qasridir - quring qursin!
Qutulingiz, qarovchisiz qolgan qushlar, quray-quray!

Qumtoshlarni qaynatolmas qorong‘uda qora qumg‘on,
Qorabudun qayg‘usini qovuradi qora qozon,
Qirq qaroqchi! Qozonganing qora quldan qoramsiq qon!
Qirq qaroqchi! Qora qulning qonlariday qoray! Qoray!..

Qopqasiz, qoq qishloqlarda qo‘yilmishdir qopqonlaring,
Qop-qop qonni qoplatguncha qochib qolar qoplonlaring,
Qashshoqlikda qaqshatdilar qashqirlaring, qabonlaring,
Qora qishda qutqararmi qora qulni qora qumday!..

Qirg‘iyakda qo‘llab qo‘yay qo‘lsizlangan qurdoshimni,
Qirq qaroqchi qirmadimi qirlardagi qirdoshimni?
Qirg‘inlardan qo‘riyolsam qaniydi qon-qardoshimni,
Qo‘rimasam, qiripurman qirqimdayoq qariy-qariy!..

Qoraqurum, Qoraqumdan, Qizilqumdan qirq qahramon,
Qo‘llarida, qalblarida qirqmingtadan qilich-qalqon!
Qora quyun qo‘zg‘olganda, qutulolmas qora qog‘on!
Qavm-qardoshim qirganlarni quturay-da qiray-qiray!!!
____________
* Qirg‘iyak - kuz boshi; qorason - qoramollarga qirg‘in keltiradigan kasallik; qulunchoq - toychoq; qumay - o‘laksaxo‘r yirtqich kush.
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 18.05.2010 15:06   #2  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Erkin Vohidov

QARO QOSHING

Qaro qoshing, qalam qoshing,
Qiyiq qayrilma qoshing, qiz.
Qilur qatlima qasd qayrab —
Qilich qotil qaroshing, qiz.

Qafasda qalb qushin qiynab,
Qanot qoqmoqqa qo`ymaysan.
Qarab qo`ygil qiyo,
Qalbimni qizdirsin quyoshing, qiz.

1957
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 18.05.2010 15:10   #3  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Shokirbek

QATAG’ON


Qavmimni qiyratdi qatag‘on,
Qardoshlar qabrga quladi.
Qaroqchi qo‘llari qizil qon,
Qolgan-qutganlarni quvladi..

Qondoshim! Qanoat qo‘rg‘oni!
Qalbingda qotmasin qo‘rquvlar!
Quzg‘unlar qalbingdan qo‘rqajak!
Qasosing qilarlar qiy-chuvlar!
Qaroqchi qashqirni qirgani,
Qilichlar qinlarin qirqajak!

Qularlar qabrga qo‘ng‘izlar!
Qahramon qardoshlar qolajak!
Qiqirlab qaqajon qor qizlar,
Qiyqirib quvnoqlik qilajak!

Qalblarga Qur’onni qo‘ndirib,
Qaqragan qalblarni qondirib,
Qardoshlar qavmimni qo‘rajak!
Qimmatli qismatin qurajak!

O’shal kun albatta kelajak!
O’shal kun albatta kelajak!
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 18.05.2010 15:12   #4  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Shokirbek

TASVIR...


Sokin subhidamda sip-siyoh sochi,
Sutdek suratiga soya solibdi.
Sirli sinoatga suqlarin sochib,
Sabo sochin sekin silab suyibdi.

Saboyu sochlari sozanda sozi,
Singari sehrli so‘zlar so‘ylabdi.
Sunbul sochlarining savdoyi so‘zi,
Silliq sirtmoq solib seni siylabdi.
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 18.05.2010 15:24   #5  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Otabek O‘roqov

«T»LAR TIZILGANDA

TOSHKENT


Tozagul Toshkentdagi tibbiyot talabagohida talaba. Tarixda tuproq titrog‘idan titrab tomlari to‘nkarilib titilgan Toshkent tag‘in tiklandi. Tiklangan Toshkentni taniyolmaysan. Tog‘dek-tog‘dek tabaqali tomlar, turli turdagi tizilib to‘lqinlanayotgan texnikalar, talabagohlar, tibbiyot, tijorat, tikuvchilik tomlari, to‘liq, to‘liqsiz ta’limga tayyorlov tomlari, tuproq tagidan, tuproq tepasidan tez talpinar tizilib taqilgan temir tomli texnikalar...

TALABALAR TILLASHDI

Toliblarning tomini tog‘ tomonidagi tig‘iz teraklar tugagach, Tozagulning tomi. Tozagul Tohirni turli tomonlama tushunadi. Tohirimiz tog‘liklarga Tyanshini tushuntirayotganida Tozagul Tohirga tinimsiz tikilardi. Tohir Tozagulning tikilishlaridan tez tushundi. Tozagulda Tyanshist Tyanshi targ‘ibot tomiga Tozagul talpinar. Tovog‘u-tog‘oralab taom tashir. Tohirimiz Tozagullar tomonga termulaverardi. Tog‘da tun tarovati, tun tugmalari tog‘lar tepasini to‘ldirgan. Tog‘da tinchlik, tiqirlagan tovush topilmaydi. Tig‘iz teraklar tagida Tohir Tozagullar tomonga termulib turardi. Tozagul Tohirning taklifiga tayyorlanib taranardi.
Tohirning toqati toq. Tirsagida terakka tayangancha tag‘in termulardi. Termulgan tomondan tiqir-tiqir tovush taraldi. Tun tugmalarining tojdori to‘lingina tepa tom taxtidan teraklar tagidagi talabalarga tomoshabin. Tozagul Tohirdan to‘rtliklar tinglardi.

Tong tojdori, tun tojdori tug‘ishgandur,
Tug‘ishganlar taftlariga talashgandur.
Tong tojdori tun tojdorin tirnagandur,
Tangri tezda tojdorlarni tarqatgandur.

Tongla tun tojdorlarga teng taqsim.
Tog‘dan tepa taxtlarla taqdirlandi.
Tangrimizni tadbiridan topib taslim,
Tug‘ishganlar topisholmay tahqirlandi.

Taqdirlangan taxtlariga topmay toqat,
Tug‘ishganlar tag‘in taxtga talashadi.
Tepa tog‘lar tojdorlarni taxtga tutib.
Tag‘in tog‘lar tojdorlarni tushiradi.

Tohir tepaga termulib tinmay to‘rtliklar to‘qirdi. Tundan tonggacha talabalar tillashuvi tugamaydi.

"Yoshlik" jurnalining 2009 yil, 4-sonidan olindi.
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 18.05.2010 16:02   #6  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Бекободлик Баҳром билан Баҳодир болалари билан биргалашиб Баҳромнинг Бухородаги бобосининг боғига боришибди. Баҳромнинг бобоси буларнинг болаларига беҳи, бодом берибди. Баҳром билан Баҳодир боришганда Баҳромнинг бобосининг боғдаги бўрдоқи буқаси бўшанвопти. Баҳром билан Баҳодир биргалашиб буқани боғлашмоқчи бўлишибди. Боғлашолмапти. Бўлмаса Баҳромам, Баҳодирам болалигида боксёр бўлишган. Биргалашиб Болгарияга боксдан биринчиликка боришган. Болгарияда Баҳром биринчи, Баҳодир бешинчи бўлган. Баҳодир бундайроқ боксчи бўлганда. Бўлмаса бешинчиям бўладими. Бўлсанг биринчи бўл. Баҳром билан Баҳодир буқани боғлашолмаганидан Баҳромнинг бобосиям биргалашиб буқани боғлашган. Баҳромнинг бобоси буқани бўғизлаб, белини Баҳромга, бўйнини Баҳодирга, биқинини бева-бечораларга бўлиб берибди.
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
Старый 19.05.2010 14:44   #7  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Бекободлик Баҳром билан Баҳодир болалари билан биргалашиб Баҳромнинг Бухородаги бобосининг боғига боришибди. Баҳромнинг бобоси буларнинг болаларига беҳи, бодом берибди. Баҳром билан Баҳодир боришганда Баҳромнинг бобосининг боғдаги бўрдоқи буқаси бўшанвопти. Баҳром билан Баҳодир биргалашиб буқани боғлашмоқчи бўлишибди. Боғлашолмапти. Бўлмаса Баҳромам, Баҳодирам болалигида боксёр бўлишган. Биргалашиб Болгарияга боксдан биринчиликка боришган. Болгарияда Баҳром биринчи, Баҳодир бешинчи бўлган. Баҳодир бундайроқ боксчи бўлганда. Бўлмаса бешинчиям бўладими. Бўлсанг биринчи бўл. Баҳром билан Баҳодир буқани боғлашолмаганидан Баҳромнинг бобосиям биргалашиб буқани боғлашган. Баҳромнинг бобоси буқани бўғизлаб, белини Баҳромга, бўйнини Баҳодирга, биқинини бева-бечораларга бўлиб берибди.
Birjayda bir birodar bu bitiklarni berganakan. Bir beshta bomaslahat bitik bituvdim. Bitlanibdimi, bezibdimi, bilmadim, betini boshqayaqqa buribdi.
Bilmadim, birodarlar, boynagi birodar bundan buyog'iga birmillion biryuzming biryuzni baquvvatlab, beshqo'llab bersamam, byarda boshqa bunaqangi bejirim, batafsil bitiklardan bitib, bizga bahralanishga bermaydi. Bunaqasi beshyuz bahordayam bo'lmagan, birodarlar.

Последний раз редактировалось Bekmirzo; 19.05.2010 в 14:47.
Ответить 
2 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 19.05.2010 14:56   #8  
Known ID Group
Аватар для Bekmirzo
Оффлайн
Сообщений: 1,253
+ 1,042  1,526/636
– 63  80/43

Uzbekistan
3 kun oldin A'lo-FMda shu turkumdagi so'zlardan bir yosh, taniqli o'zbek aktyori latifa yasab, aytayotgan ekan. Xullas:

Sanjar (Shodiyev) sahnada sayramoqda:
- Salimjon sahardan sabzi sotvolgani savdo sentriga safarladi. Sabzi sotuvchi savdogar so'ligan sabzini sotayotganakan. So'ligan sabziniyam sotadimi... Salim so'ligan sabzi sotilmasligini savdogarga so'zlaganda, savdogar so'ligan sabzini Salimga suqvoldi. Salim savdogar so'ligan sabzini soniga suqvolganini savdo sentrida so'llayib, sigareta sotvolayotgan soliqchiga so'zladi. Soliqchi savdogarga suqlanib, "so'ligan sabziniyam sotasanmi, surbet!" sifatli so'zlar-la so'zladi. Sabzi so'lisa, sotilmaydi-da. So'ligan sabzini savdosiyam so'liydi. Savdogar soliqchidan seskandi...

...davomi esimda yo'q...
Ответить 
"+" от:
Старый 19.05.2010 15:09   #9  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Rep aytyapsilami??
Shukrullo she'ri
Sen semiz sabzi sotarmisan,
(so'yib-so'yib) sabzini setkaga solarmisan,
sinab-sinab sabrimni
sindirdingku sabzini,
so'ligan sabzini sumkangga solarmisan....
Ответить 
Старый 28.09.2010 10:53   #10  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Эргаш БОБОРАЖАБ

АЙРИЛИҚ

Айрилиқ асносида ажаб анча абгорман,
Айри айланмай аввал, айрилиқли ангорман.
Аксимни азизамдан айро айлар айрилиқ,
Азим Аршга айрилиқдан арз айлаган анҳорман.

Арши Аъло арзим Ато аржуманди аҳлидан,
Аллоҳ ато айлаганинг аҳлидинлик аҳлидан.
Аммо, айри азоблари алам айлар асҳобга,
Асра Аллоҳ айрилиқнинг асти ағёр аслидан.

Абад ағёр айрилтирмас анойингман, азизам,
Азал Аллоҳ амр айтган атойингман, азизам.
Агар, аслинг аксингдадир айрилиқдан айромиз,
Алишеру Аллоҳ аҳди адойингман, азизам.
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх