Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Результаты опроса: Teatrga borib turasizmi?
Ha, yangi chiqqan spektakllarni qoldirmay korgani boraman. 9 8.26%
Ba'zan-ba'zan borib turaman. 64 58.72%
Televizorda ko'rsatilayotgan yoki video lavhalarga yozilganini ko'raman. 21 19.27%
Teatr ko'rishni yoqtirmayman. 15 13.76%
Голосовавшие: 109. Вы ещё не голосовали в этом опросе

Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 22.05.2008 14:44   #21  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Mavzuni ochishdan ham asosiy maqsad, teatrga bora olmasligingizni sababini ko'rsatish emas, qaysi spektaklni ko'rishni yoqtirasiz va qaysi lavhalar sizning yodingizda qolganligini yozib qoldirgan fikringizni bilishdan iborat edi.
E'tiboringizga dramaturg Usmon Azim va rejissyor Valijon Umarovlar sahnalashtirgan "Kunduzsiz kechalar" spektaklidan foto lavhalarni namoyish qilmoqchiman.
Spektaklda har bir aktyor o'z rolini mohirona ijro etganligi uchun ham spektakl ancha paytgacha kishining yodida qoladi.
Spektaklda Cho'lponning Toshkentdagi hayoti, ijodkorlar bilan suhbati, tuhmatga uchrashi, sevgilisi Solihani zamona zo'ravonlari iskanjasidan omon saqlab qolish yo'lidagi urinishlari, qatag'onga uchrab, azob-uqubatlarga duchor bo'lishi o'z aksini topgan.



Voqealar nuray boshlagan madrasalar ichida ko'rsatiladi. Sahna o'rtasidagi quriy boshlagan daraxtda ham ramziy ma'no bor.. Makon o'zgarmasa-da, sahnalashtiruvchi rejissyor Valijon Umarov va rassom Baxtiyor To'rayev musiqa, chiroqlardan ustalik bilan foydalangan holda voqealar kech kuzda, turli joylarda bo'lib o'tayotganiga ishontiradi. Osmonda xira yulduzlar bag'rida bir yulduz alohida porlaydi. Bu - Cho'lpon yulduzi. Go'yoki,

Muhabbat osmonida go'zal Cho'lpon edim , do'stlar,
Quyoshning yorug'iga toqat qilolmay yerga botdim-ku,

deyayotgandek.



Spektaklda Cho'lpon hayotining noxush va tashvishli voqealarga boy so'nggi damlari aks ettirilgan. Voqealar tobora shiddatli tus olib boradi. Aktyor Muhammadali Abduqunduzov Cho'lponning mana shu shiddatkor hayot charxpalagida o'zligini yo'qotmagan, hamisha to'g'riso'z, haqiqatgo'y, axiri bir kun adolat va haqiqat qaror topishiga astoyidil ishongan, sho'ro iskanjasi qanchalik azob bermasin, bukilmagan, sinmagan, o'z ideallari va orzularida sobit qolgan inson sifatida gavdalantiradi.



Cho'lpon- Muhammadali Abduqunduzovning ko'z o'ngida ro'y berayotgan adolatsizlik, zulm, sotqinlikdan junbushga kelgan paytlarda tilidan quyma misralar oqib kelaveradi. Bu shunchaki oddiy she'rlar emas, balki sahnada kechayotgan voqealarga hamohang, ularni to'ldiruvchi, izohlovchi qalb iztiroblaridir.

Shu jihatdan, ayniqsa Soliha(Cho'lponning rafiqasi) - Shohida Ismoilova bilan uchrashuv sahnasi e'tiborlidir.



Bundan tashqari, Oybek- Fathulla Mas'udov; manqurt , sotqin obrazlarini yaratgan - Tohir Saidov; Botu - Mehriddin Rahmatov; Galdir - Farhod Abdullayev, Fayzulla Xo'jayev - Hojiakbar Komilov, Cho'lpon - Mahmud Ismoilovlarning yaratgan obrazlari ancha ishonarli chiqqan va tomoshabinga ta'sir qilmay qolmaydi.




Rasmlarni taqdim etgani uchun Qizaloqqa o'z minnatdorchiligimizni izhor etamiz.
Ответить 
2 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 06.06.2008 15:25   #22  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
O‘zbеk Milliy аkаdеmik drаmа tеаtridа tаniqli yozuvchi Erkin А’zаmning “Jаnnаt o‘zi qаydаdir?” nоmli qissаsi аsоsidа sаhnаlаshtirilgаn “Таlvаsа” spеktаkli mana bir necha oydirki qo‘yilmoqda.

Qissаdаgi vоqеаlаr yaqin o‘tmish, 2001 yildа sоdir bo‘lаdi. Undа оnа Vаtаnning muqаddаsligi, yurtgа muhаbbаt tuyg‘usining tоtli vа hеch nаrsаgа аlishib bo‘lmаsligi g‘оyasi ilgаri surilgаn.

Аsаr jiddiy, аmmо bоshdаn охirigаchа kulаsiz. Bu shunchаki, оddiyginа kulgu emаs, yurаkni lаrzаgа sоlаdigаn kulgu. Yozuvchi jаmiyat, undа yashаyotgаn insоn qiyofаsidаgi оdаmlаr, tаlvаsаgа uchrаgаn, mоddiy bоylikkа ruju qo‘ygаnlаr kishilаr ustidаn kulаdi. Ulаrning tаqdirini, хаtti-hаrаkаtini аchchiq istеhzо оrqаli tаsvirlаydi.

Тоmоshаbin spеktаkldа o‘zini, оilаsi, qo‘ni-qo‘shnisi, yonidаgi оdаmlаrning hаyotini аniq-rаvshаn ko‘rgаndаy bo‘lаdi. Аsаrdа hоzirgi zаmоn, bugungi kun, biz yashаyotgаn jаmiyat hаyoti tаsvirlаnаdi.

Spеktаkldа mаshhur аktyor Hojiakbar Kоmilоv va Erkin Komilovlar – dоmlа rоlini ijrо etаdi. Dоmlа bilimli, ziyoli, “Jiydаli”dаn chiqqаn prоfеssоr, chаpаni хаrаktеrli, оddiy qishlоq оdаmi. Ungа turli хil mаqtоvlаr yoqmаydi. U хоtini Rоzа Hаsаnоvаni, qizi Klаrаni vа rаis o‘rtоg‘ining o‘g‘li Тursuniyni fаn nоmzоdi dаrаjаsigа ko‘tаrаdi. O‘g‘li Melsning hаm ilm yo‘lidаn kеtishini хоhlаydi. Аmmо…

Аsаrdа Rоzа Hаsаnоvа оbrаzi оrqаli judа ko‘p nаrsа аytilаdi. U qishlоqdаn chiqqаn, bоylikkа ruju qo‘ygаn, bir qishlоq dоirаsidа fikrlаydigаn аyol sifаtidа gаvdаlаnаdi. U hоzir kаttа biznеsmеn, pul tоpmоqdа, shuning uchun оilаdа uning tili hаm uzun. Uning Аmеrikаni bir qishlоqdаy tаsаvvur qilishi kishini hаm kuldirаdi, hаm o‘ylаntirаdi.

Spеktаkl dаvоmidа sеvgi, mеhr kаbi buyuk tuyg‘ulаr ulug‘lаnаdi. Insоndаgi bоylikni hаr nеdаn ustun qo‘yish, o‘zgаlаr kulfаtidаn quvоnish kаbi jirkаnch illаtlаr tаnqid оstigа оlinаdi. O‘ylаb qоlаsаn kishi, bu illаtlаr qаchоn vа qаndаy tug‘ilаdi? Insоnning bundаy o‘zgаrishigа nimа yoki kim sаbаb? Insоn оngini buzаyotgаn insоnlаrning o‘zimi yoki jаmiyat, shu kаbi sаvоllаr оrqаli sizu biz yashаyotgаn jаmiyat qiyofаsi chizib bеrilаdi.


Последний раз редактировалось Dilya Hasanova; 06.06.2008 в 15:37.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 06.06.2008 18:00   #23  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Hurmatli forumdoshlar!
Sizlarga yana bir savol:
Nima uchun bugungi kunda ma'nosi chuqur spektakllar("Daraxtlar tik turib jon beradi", "Kunduzsiz kechalar", "Gamlet", "Makr va muhabbat", "Talvasa", "Uvaysiy")ga emas, balki yengil hazm bo'ladigan spektakllarga ("Antiqa qudalar", "Neksiya", "Andishali kelin"kabi) ehtiyoj kuchli bo'lmoqda?.. Bu narsa xalqning ma'naviyati bilan ham bog'liqmikan?!..
Ответить 
"+" от:
Старый 09.06.2008 16:24   #24  
Real ID Group
Аватар для Dilmukhammad Kayumov
Оффлайн
Сообщений: 68
+ 56  65/27
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Dilmukhammad Kayumov с помощью MSN
Teatr va kino san'atning egiz farzandlariday gap. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan engil, sayoz ma'nodagi tijorat filmlar ham aynan tomoshabinbop. Shuning-chun teatrda ham taniqli va mahoratli aktyorlar bo'lishiga qaramasdan bugungi kun tomoshabiniga yoqadigan engil spektaklar quyilmoqda. Albatta bu xalqning ma'naviyati bilan ham bog'liq.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 09.06.2008 16:28   #25  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Balkim biz yengil deyayotgan o'sha spektakllarning tag zaminida ham chuqur ma'no bordir?
Ответить 
"+" от:
Старый 09.06.2008 17:24   #26  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Balkim biz yengil deyayotgan o'sha spektakllarning tag zaminida ham chuqur ma'no bordir?
Aslida yuqorida ta'kidlab o'tganingiz, ya'ni engil spektakllarning birortasiga tushmaganmanu, lekin bir narsani qo'shimcha qilib aytib o'tish darkor, balki uni o'ta zamonaviylashtirvorganligi sabab engil spektakllar deb baho berayotgandirmiz.
Ответить 
"+" от:
Старый 09.06.2008 17:32   #27  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Fikringizga qo'shilaman. Har qanday kulguning tagida ham ma'no bo'ladi. Bugungi spektakllardagi kulgu bu shunchaki kulgu emas, balki zaharxanda kulgudir. Birgina "Antiqa qudalar" yoki Muqimiy teatrida qo'yilgan "Super qaynona" spektakllarini olaylik. Ulardagi lavhalar aynan hayotimizda bo'layotgan jarayonlar. Insonlar spektakllarga dam olgani tushishadi va o'zlaridagi illatlarni sahna asarlarida ko'rib to'g'rilashga harakat qilishadi.
Ответить 
Старый 10.06.2008 09:03   #28  
Real ID Group
Аватар для Akhmad Kodirov
Оффлайн
"Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18  23/14
– 0  0/0

Uzbekistan
So`nggi yillarda Mullato`ychi Toshmuhammedov nomidagi Qashqadaryo viloyat musiqali Drama teatrida yanada yuksak badiiy saviyadagi spektakllarni sahnalatirishga intilinmoqda. 2008 yilning o`tgan davrida Nafas Shodmonovning «Nuh kemasi» (rejissyor-Farhod Jumaev) falsafiy dramasi tomoshabinlar hukmiga havola etildi.

Shundan so`ng Men bir necha spektallarini ko`rib Qashqadaryo teatri nomi ostida uning web sahifasini tayyorlashga kirishdim. Tez orada sayt ishga to`shadi.

Последний раз редактировалось Akhmad Kodirov; 10.06.2008 в 09:14.
Ответить 
3 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 11.06.2008 10:30   #29  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Xayrli ishga qo'l uribsdiz Ahmad Qodirov!
Teatrning veb sahifasiga qanday ma'lumotlarni kiritishni rejalashtirgansiz?
Ответить 
"+" от:
Старый 11.06.2008 16:16   #30  
Real ID Group
Аватар для Akhmad Kodirov
Оффлайн
"Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18  23/14
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Xayrli ishga qo'l uribsdiz Ahmad Qodirov!
Teatrning veb sahifasiga qanday ma'lumotlarni kiritishni rejalashtirgansiz?
Ushbu teatrning web sayti Teatr haqida, Teatr tarixi, teatr Rahbariyati, Teatr yangiliklari hamda Fotolavhalar va boshqa sahifalaridan tashkil topadi. Qiziqarlisi shundagi ushbu saytning fotolavhalar sahifasida 100 dan ortiq rasmlar joylashgan. Bundan tashqari yangiliklar sahifasida yaqin kunlarda tomoshabinlarga havola etiladigan spektallar ro`yxati e’lon qilinib boriladi.
Ответить 
"+" от:
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх