Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 21.10.2010 16:59   #31  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от AbdulAziz Посмотреть сообщение
Toshkent shevasida kap-katta itni ham kuchuk deyilaveradi.
Aslida, kuchuk - itning bolasi.

Кучук - 1 собачка; собачонка; 2 щенок. (Ўзбекча-русча луғат)
1. Itning bolasi; yetilmagan yosh it. Kim kuchuk birlan xo'tukka necha qilsang tarbiyat, It bo'lur, eshak bo'lur, bo'lmaslar aslo odami. Uyg'un. Izzat Sulton. "Alisher Navoiy" dramasidan.
2. Umuman it. Nuri ayvonga yaqinlashgach, tuproqqa qorishib yotgan katta, pahmoq kuchuk zanjirini shaldiratib, o'rnidan turdi. Oybek. "Qutlug' qon" romanidan.
("O'zbek tlining izohli lug'ati", T-2006, 442-bet)
Ответить 
"+" от:
Старый 21.10.2010 17:07   #32  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
"It" va "kuchuk" so'zlari sinonim emasmi? Fikrimcha, "kuchuk" so'zi o'rniga "laycha" so'zini qo'llash joizmikin?
Бузоқ билан сигир синоним бўлмагандек, булар ҳам синоним эмас.
Лайча бу ит тури.
Laycha- kichkina, ixcham pastak uy iti.
Bulardan tashqari, faqat uyning ziynati uchun boqiladigan bitta laycha kuchuk... bitta baroq mushuk. G'.G'ulom. "Shum bola" qissasidan.
(O'zbek tilining izohli lug'ati, 2-tom, 485-bet)

Yuqoridagi izohlardan ko'rgazma uchun emas, foydasi tegadigan qilib itni parvarishla, degan ma'no kelib chiqmoqda. Maqol ko'chma ma'noda qo'llanilgan.
Оффтоп:
Uzr, maydakilashib ketdim.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 21.10.2010 в 17:14.
Ответить 
Старый 21.10.2010 17:23   #33  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
• Bolasiz uyda baxt bo‘lmaydi.
• O’z uyasida sichqon ham botir.
• Ho‘kizga semizlik, yigitga qotmalik yarashadi.
• Bo‘ri qaysi cho‘ponning qo‘yini o‘g‘irlash mumkinligini uning qalpog‘idan biladi.
• Qayerda yaxshi qariyalar bo‘lmasa, yaxshi yoshlar ham bo‘lmaydi.
• Agar bir erkak seni uch marta aldasa ― sen ahmoqsan, agar bir chuqurga uch marta qulasang ― sen ko‘rsan.

Adigey xalq maqollari
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 22.10.2010 07:51   #34  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Erkalatilgan it kuchukka aylanadi.

"It" va "kuchuk" so'zlari sinonim emasmi? Fikrimcha, "kuchuk" so'zi o'rniga "laycha" so'zini qo'llash joizmikin?
Балованная собака становится щенком.

Bu yerda laycha ma'nosida emas, aynan itning bolasi - kuchuk ma'nosida qollangan ekan.

щенок м, р. -нка (мн. щенки и щенята)
кучук, ит боласи; (Русча-ўзбекча луғат)
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 22.10.2010 10:34   #35  
Аватар для Ulugbek Mansurov
Оффлайн
professeur de français
Сообщений: 39
+ 50  42/21
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
1. Itning bolasi; yetilmagan yosh it.
2. Umuman it.
Луғат мақоласининг стилистик белгиларини қўйишни унутибсиз. Кучук сўзининг иккинчи маъноси, яъни, «умуман ит» маъноси сўзлашув тилига хос.
... 2. с.т. Умуман ит.
Ўзбек тилининг изоҳли луғати, II жилд, Тошкент, 2006 йил, 442-бет.

Оффтоп:
Кучук сўзи форс тилидаги «кучек» (کوﭼک) сўзидан келган бўлиб, кичкина, кичик, ёш маъноларини беради.
Тожик тилида кучук сўзи сўзлашув тилига хос бўлиб, айнан ит маъносини бераркан, ит боласига эса кучукбача дейишар экан.

Последний раз редактировалось Ulugbek Mansurov; 22.10.2010 в 10:41.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 22.10.2010 23:12   #36  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Rim - bir kunda qurilmagan.

Kulgin - butun dunyo senga qo'shiladi,
Yig'lasang - yolg'iz o'zing qolib yig'laysan.

Ingliz maqoli
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 25.10.2010 02:24   #37  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Tojik xalq maqollaridan


Guilishkrop ki kushad ? - Qassob
(Chumchuq so'ysa ham qassob so'ysin)

Zaboni murg'nro murg'on medonad
( Qush tilini qush biladi )

Davidani go'sala to kaxdon
(Buzoqning chopgani somonxonagacha )

To shamol naboshad, shoxi daraxt namejumonad
(Shamol bo'lmasa, daraxt qimirlamaydi )

Sangi vazminro ob namebardorad
(Og'ir tosh suvga oqmaydi )

Dardi kampir g'o'za
(Kampirning dardi g'o'zada )

Daraxit dar yak sabz meshabod
( Daraxt bir joyda ko'karadi )

Sari daraxti mevador xam ast
(Mevali daraxtning boshi egik buladi )

No six so'zadu no kabob
(Six ham kabob ham kuymasin )

Takka boshadu shir dixad
(Taka bo'lsa ham sut bersin)

Xuro's dar xama jo yak xil zeg' mizanad
(Xo'roz hamma joyda ham bir xil chaqiradi )

Ham la'l ba dast biyodu ham yor naranjod
(Ham la'l qo'lga kelsinu ham yor hafa bo'lmasin )

Intizor badtar az marg ast
(Kutish o'limdan battar )


Maqollar internetdan olingan. Aniq saytini yozib qo'ymagan ekanman, uzr.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 25.10.2010 12:15   #38  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
• Bir kun tilingni tiymasang, bir yil uning azobini chekasan.
• Avval eshagingni bog‘la, so‘ng Allohga topshir.
• Qurol, xotin va itingni qarzga berma.
• Ertangi tovuqdan bugungi tuxum afzal.
• O’lim ikki marta kelmaydi.

Tatar xalq maqollari
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 26.10.2010 15:08   #39  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
• Quyosh botish uchun chiqadi, inson o‘lish uchun tug‘iladi.
• Quloq ― ikkita, og‘iz ― bitta. Bas, ikki marta eshitib, bir marta so‘zla.
• Yomon xabarning qanoti bor, xushxabarning ― oyog‘i oqsoq.
• Quyon toqqa achchiq qilibdi, tog‘ sezmabdi ham.
• Ilon po‘stini tashlaydi, fe’lini tashlamaydi.

Qrim-tatar xalq maqollari
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 26.10.2010 22:08   #40  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Bugungi ishni ertaga qo'yma;
Yer xaydasang kuz xayda, kuz xaydamasang yuz xayda;
Bolali uy - bozor, bolasiz uy - mozor;

Forum uchun sag'al xunukroq maqol-u, ammo g'ij-g'ij ma'no Halqimiz o'gzaki ijodidan:

Bola - b..idan ma'lum.

Последний раз редактировалось Abdulaziz Muhammad; 26.10.2010 в 22:10.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх