Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 18.12.2007 12:22   #1  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Европада оила инкирози кучаймокда. Шаркда-чи?

Маълум булишича, АКШ да қамалганларнинг ярмидан кўпи бузилган оилалар фарзандлари экани, ота-онасининг ажрашгани туфайли етказилган кучли рухий зарба эркак ва аёлларга ўрта ёш, хатто кексалик чоғ‘ида хам салбий таъсир кўрсатиб туриши аникланган.

Айрим парламент аъзоларининг котибалари иккинчи хотинларидир. Аслида улар махфий жазманларнинг иккинчисидир. Кўпхотинлилик тасодифий истисно эмас, худди мусулмон мамлакатларидаги каби, одатий холдир. Факат меъёрни билмайдиган телбалик ёки мутеликкина тийиксиз шахватпарастликка мубтало бўлган сиёсатдоннинг карама-карши жинс вакиласи билан ярим тунгача ишлашини, ўйиндан ўт чикиши эхтимолдан холи эмаслигини кўриб, кўрмасликка олиши мумкин.

Ислом хилват ёки «ноконуний тарзда ёлғииз яшаш»ни Ғарб кишиси тасаввур хам килолмайдиган даражадаги жиноят деб билади.

1997 йили уч нафар америкалик академик бесоколбозлик амалиёти ВИЧ инфекцияси таркалишига сабаб бўлади, деб гомосексуализмни мазах килгани учун ишдан бўшатилган эди. Улар миллиондан ошик америкаликларнинг хаётини зимистон килаётган ушбу вабонинг табиати тўғри хаёт кечираётган инсонларга нисбатан замонавий хакоратдан
бошка нарса эмаслигини кўрсатиб берган эди.

Ғарбдаги ижтимоий тамойиллардан хавотирга тушмаслигимиз мумкин эмас. Ғарб оиласининг омон колиши мусулмонларни хам хавотирга соладиган масаладир, биз дўстларимиз ва Кўшниларимиз, уларнинг акидалари хакикий хаёт сандонига урилиб синган ва эшитишга ярамайдиган даражада ерга урилган вакт келгунга кадар ўз нуктаи назаримизни таклиф этишимиз керак.

Бундан-да кизик фактлар "Европада оила инкирози" номли маколада мавжуд.
Манбаа: Tимоти Уинтернинг "XXI асрда Ислом: Постмодерн дунёда киблани топиш" асари

МАВЗУ БУЙИЧА ФИКРЛАРНИ КУТАМИЗ

Последний раз редактировалось Husen; 20.12.2007 в 14:47.
Ответить 
Старый 25.12.2007 14:16   #2  
Open ID Group
Аватар для Nozima Tashpulatova
Оффлайн
Аспирант НУУз
Сообщений: 288
+ 90  134/82
– 0  2/2

UzbekistanОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью YahooОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью Skype™
Nafaqat balki Sharqda ham oilaviy inqirozlarga ko'plab misollar keltirishimiz mumkin. Yevropa uchun balki bu kuchli inqiroz bo'lmas, lekin jamiyat oilaviy rishtalar asosida shakllangan sharq jamiyati uchun bu albatta yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.Men oilaviy muammolarni yana bir tomoni haqida to'htalmoqchi edim. Inqirozi muqarrar bo'lgan oilani zo'rma-zo'raki faqat yohud odatlarni deb yolg'ondakam iplar bilan bog'lab turilishi ham o'zini oqlarmikin? Odamlar uchunginina mavjud bo'lgan? har kuni turli janjallaru er- hotin tushunmovchiliklariga guvoh bo'lib katta bo'lgan bola asabiy bo'lib jamiyat uchun ko'proq havf tug'dirmaydimi?
__________________
Siempre tengo razon:smile:
Ответить 
"+" от:
Старый 04.01.2008 16:05   #3  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Yaqinda bir tanishimni uchratib qoldim. Avzoyi buzuq, tushkun kayfiyatda edi. Sababini so‘rasam:
«Ie, nimasini aytay, ota-onam meni uylantirmoqchi», — dedi.
— Xo‘sh, unda nimadan xafasan?
— Koshkiydi, ular aytgan qiz menga yoqsa. Uzilishib ketmaylik, deb xolam bilan quda bo‘lishmoqchi. Qarshilik ko‘rsatdim. Bo‘lmadi. Noiloj rozilik bildirdim.


Afsuski, bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Shu o‘rinda bir mulohaza. Deylik, do‘kondan bironta buyum xarid qildingiz. Olgan narsangiz yoqmasa, uni boshqasiga almashtirasiz. Hech bo‘lmasa pulingizni qaytib olasiz. Qurilgan oilani esa ikkinchi marta almashtirib bo‘lmaydi. Unda oila degan mo‘’tabar nomga putur yetadi. Shuning uchun ham bu borada tavakkalchilik, shoshma-shosharlik qilish yaramaydi.

Zebiniso IBRAGIMOVA, psixolog:
Yaqin qarindoshlarning quda-andachiligi ko‘pincha er-xotin o‘rtasida tushunmovchilik va sovuqchilik paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu fiziologik jihatdan ham isbotlangan. Shu o‘rinda bir narsa, ba’zi ota-onalardagi qizlar taqdiriga nisbatan befarqlikni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi. Negaki ularning nazarida qiz bola palaxmon toshi. Uni qayerga uzatsa, o‘sha yerda yashab ketaveradi. Aslidachi? Qiz bola taqdiriga sovuqqonlik bilan, uning baxtli turmush kechirishini o‘ylab emas, aksincha boy-badavlat xonadonga kelin bo‘lishini xohlab uzatilayotganlar hayoti nima bo‘layapti?

Mashhura MALLAYEVA, Oqdaryo tuman FHDYo bo‘limi mudiri:
— Bugungi kunda bizni o‘ylantirayotgani nafaqat yoshlar, balki ota-onalar, mahalla faollarining nikohga bo‘lgan e’tiborsizligidir. Odamlar tibbiy ko‘rik xulosasini olmasdan, iloji bo‘lsa nikohni «bir amallab» hal qilishsa bo‘lgani.

Yaqinda qabulimizga bir ayol kirib keldi. Uning ta’kidlashicha, bir yil oldin o‘g‘lini uylantirgan ekan. Kelini homilador emish. Biroq, shuncha urinishlarga qaramasdan ular ajrashishga qaror qilishibdi. Endi nima qilmoqchisiz, deb so‘raganimda, haligi ayol: «Bularning ajrashishga qarori qat’iy. Boshida o‘z-o‘zchilik deb nikohni rasmiylashtirmagandik. Endi, shuncha mol, buyum bo‘linsa, biznikiga ega chiqmasmikan, deb qo‘rqayapman», — deydi. Mana sizga hali rasmiy qurilmasdan turib buzilgan oila taqdiri. Agar o‘sha ayol bu to‘g‘rida biroz ilgariroq o‘ylaganda edi, o‘z kelini moli-yu dang‘illama imoratlariga ega chiqib qolishidan qo‘rqib idorama-idora yugurib yurmasmidi?

Manzura TO‘YChIYEVA, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘limi bosh mutaxassisi:
Joriy yilning olti oylik ma’lumotlariga qaraganda, Farg‘ona viloyatida nikohdan o‘tish uchun ariza bergan 8725 nafar fuqarodan 8432 nafari tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Tekshirishlar jarayonida 62 ta ruhiy, 18 ta sil, 7 ta teri-tanosil, 4 ta giyohvand, 3 ta SPIDga chalinganlar aniqlangan.

To‘g‘ri, Farg‘ona viloyatida soha xodimlarining o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashishi tufayli ajralishlar soni biroz kamaygandek. Biroq, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ahvol qoniqarli emas. Misol uchun, Namanganda nikohdan o‘tish uchun ariza berganlar soni 5944 nafarni tashkil qilgan bo‘lib, shundan 5159 tasi tekshiruvdan o‘tkazilgan. Shulardan 37 ta ruhiy, 6 ta sil, 2 ta teri-tanosil, 2 ta giyohvand kasalliklari aniqlangan...

Biz bu raqamlarni bejiz keltirmadik. Chunki bunday raqamlar ortida insonlar taqdiri yotibdi. Afsuski, shuncha sa’y-harakatlarga qaramasdan ba’zi fuqarolarimiz hamon nikohga loqayd qaramoqda.

Bektosh ISMOILOV

"Узбекистон овози" газетасидаги маколадан олинган ушбу фактлар буйича фикрингизни кутамиз. Оилавий инкирозлар Шаркда жадалми ё Гарбда?
Ответить 
"+" от:
Старый 07.01.2008 15:15   #4  
Open ID Group
Аватар для Nozima Tashpulatova
Оффлайн
Аспирант НУУз
Сообщений: 288
+ 90  134/82
– 0  2/2

UzbekistanОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью YahooОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью Skype™
Мақоланинг ҳар бир абзацида кўтарилган мауммо юзасидан алохида мухокама олиб борсак бўлади. Дарҳақиқат, бугун оила қуриш бизнес даражасига тушириб қўйилган. Бундай манфаат устига қурилган оиланинг ажралиши сиз айтгандай инқироз эмас, балки хатонинг тузатилиши хисобланади.
__________________
Siempre tengo razon:smile:
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх