Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ИКТ и телеком > Веб-ресурсы и доменные имена > Новости с внешних веб-ресурсов
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Новости с внешних веб-ресурсов Кросспостинг интересных новостей с различных веб сайтов наших пользователей...


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 03.03.2012 22:00   #61  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Android uchun WordPress 2.0

WordPress blog platformasining Android operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar uchun yangi 2.0 versiyasi e’lon qilindi. Yangi versiya bilan birgalikda Android versiyasining sayti ham yangi ko&lsquo;rinishga ega bo&lsquo;ldi.



Demak, yangi versiyadagi muhim o&lsquo;zgarishlardan:

  • Yangi UI: boshqaruv sahifasi va paneli
  • Yangi yozuv tahrirchisi
  • “Tabletka”lar bilan o&lsquo;rtoq
  • Statistika grafiklaridagi yangiliklar
  • Yozuvlarni fonda yuklash
  • Yozuv turlari
Yuqoridagilardan tashqari yana bir nechta o&lsquo;zgarishlar kiritilgan va mavjud kamchiliklar bartaraf etilgan.

Relizdan so&lsquo;ng ko&lsquo;p vaqt o&lsquo;tmay, WordPressning Androidchilari 2.0 dagi bir xatolik haqida xabardor qilishdi:
#bbpBox_149259794786697216 a { text-decoration:none; color:#2582ad; }#bbpBox_149259794786697216 a:hover { text-decoration:underline; }Warning: Don't tap the 'Cancel' button while creating a link, the app will crash. We'll get a fix for this out soon.21.12.2011 03:48 via CoTweetReplyRetweetFavorite

@WPAndroidWordPress






Ushbu tvitda aytilishicha, link yaratilayotganda “Bekor qilish” tugmasidan foydalanmaslik kerak, aks holda dastur ishdan chiqadi. Tez orada ushbu kamchilik bartaraf etiladi.

Ayni paytda WordPressning Android uchun 2.0.1 versiyasi ham nashrdan chiqishga ulgurdi. Lekin, ushbu versiyada yuqoridagi xatolik to&lsquo;g’irlanmaganligini hisobga olgan holda, yaqin orada 2.0.2 versiyasini kutib olishimiz mumkin.

Mavzuga doir yozuvlar:




Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 17.03.2012 04:06   #62  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Sport saytlari

UzNetda so&lsquo;nggi paytlarda turli hil sport saytlari, aniqrog&lsquo;i futbol mavzusiga oid resurslar ko&lsquo;paydi. To&lsquo;g’ri, undagi xabarlarning aksariyatini xorijiy saytlardan avvalroq o&lsquo;qib bo&lsquo;lganim uchun bir hil ma’lumotni o&lsquo;zbek tilidagi tarjimasini o&lsquo;qishim shartmas. Shuning uchun ham bunday saytlarga deyarli kirmayman. Lekin xorijiy saytlarda ham, mahalliy saytlarda ham bir o&lsquo;ta muhim funksiya yetishmaydi.

Aytaylik, barcha sport saytlari turli hil musobaqalarning teletranslyatsiya jadvalini chop etib borishadi. Aytaylik, bir kunda bir nechta o&lsquo;yin bor va hammasining qaysi payt va qaysi telekanal orqali uzatilishini eslab qololmadim. Shunda menga SMS orqali xabardor qilib turadigan funksiya juda ham as qotgan bo&lsquo;lardi.

Deyarli hamma saytlarda ro&lsquo;yhatdan o&lsquo;tish imkoniyati yo&lsquo;lga qo&lsquo;yilgan. Ro&lsquo;yhatdan o&lsquo;tgandan so&lsquo;ng, o&lsquo;z sahifam orqali menga qiziqarli bo&lsquo;lgan turnirlani belgilab chiqaman va menga shu musobaqalar doirasida bo&lsquo;lib o&lsquo;tadigan barcha o&lsquo;yinlarning boshlanish vaqti(albatta O&lsquo;zbekiston vaqti bilan ) va telekanal nomi SMS shaklida, o&lsquo;yin boshlanishidan men belgilagan muddat oldin(10, 20, 30 va hokazo daqiqa), eslatma keladi.

Mobil olamida yashayotganimiz bir paytda bunday funksiyaning aktualligi haqida gapirib o&lsquo;tish shart emas deb o&lsquo;ylayman.

Mana shu funksiyani UzNetda birinchi bo&lsquo;lib amalga oshirgan saytni so&lsquo;nggi nafasim qolguncha barmoqlarim charchab ketguncha PR qilishga va’da beraman.

Mavzuga doir yozuvlar:



Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 18.03.2012 04:11   #63  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Chempionlar ligasi taqvimi

Kechagi postda yozgan funksiyamni amalga oshirish haqida bosh qotirib qulay bir yechimni topdim.

Bir paytlar, hisobotlarni vaqtida tayyorlashni unutmaslik uchun Google Calendardan foydalanardim va undagi SMS xabarnomasi aynan men hohlagan ishni bajarib berishi mumkin ekanligi esimga tushib qoldi. Hozir o&lsquo;tirib, Chempionlar ligasi taqvimini yaratdim va uni sinab ko&lsquo;rdim. Hammasi men hohlagandek ishlayapti.

Quyida sizga ushbu taqvimni havola qilmoqchiman. Ushbu taqvimdan foydalanish uchun sizda Google hisobi va mobil telefon bo&lsquo;lishi kerak.

Ushbu taqvimning pastida, o&lsquo;ng tarafda +Google Calendar linkini bosib ushbu taqvimga obuna bo&lsquo;lasiz. So&lsquo;ng kalendar moslamalari sahifasini ochib, Mobile Moslamalar (Mobile Setup) bo&lsquo;limi orqali mobil nomeringizni tasdiqlatasiz. Undan so&lsquo;ng kalendar moslamalari sahifasidagi Kalendarlar (Calendars) bo&lsquo;limidan Chempionlar ligasi taqvimiga tegishli Xabarnomalar (Notifications) qismiga o&lsquo;tasiz va SMS orqali necha daqiqa avval xabardor qilinishingiz kerakligini belgilaysiz. Tamom. Mana endi chempionlar ligasi o&lsquo;yinlarining birorasini ham o&lsquo;tkazib yubormaysiz degan umiddaman

Ushbu yo&lsquo;l bilan bir nechta kalendarlarni yaratish yoki hammasini bir kalendarga kiritish mumkin. Qaysi biri qulay bo&lsquo;lsa, o&lsquo;sha yo&lsquo;ldan borganingiz ma’qul.



Mavzuga doir yozuvlar:



Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 03.06.2012 01:00   #64  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Vakum

Harakatchan, o’z kuchi va bilimiga ishongan, intiluvchan insonlar doim biror-narsani boshlab yurishadi. Faqatgina bir narsaning o’zi bilan kifoyalanib qolmasdan turli yo’nalishlarda faollik ko’rsatishadi. Boshqalar ishonmagan, boshqalar urinib ko’rishga ko’zi qiymagan ishlarni qilishadi. Albatta, bunday ishlarning barchasi ham muvaffaqiyatli bo’lib chiqadi degani emas. Aksincha, juda ham ko’p hollarda bunday ishlar inqirozga uchraydi. Ma’lum va noma’lum sabablarga ko’ra rivojlanishdan to’xtab qoladi. Boshidan ishonmaganlar aynan mana shu holatni kutib o’tirganday hursand bo’lishadi. Ana, aytgandim-a, bu narsani oxirigacha olib bora olmaysan!

Mard insonlar esa hayotida barcha imkoniyatlardan foydalanib ko’rishdan qo’rqmaydi. Boshlagan ishi inqirozga uchragan paytda esa mard bo’lib bu faktni tan oladi. Barchaga ochiq-oydin qilib, ko’zlagan maqsad va vazifalarni bajara olmagani uchun boshqa yo’nalishda faoliyat olib borishi haqida e’lon qiladi. To’g'ri-da, vaqt o’tib, “afsus o’sha ishni bir qilib ko’rmagan ekanman” deb pushaymon bo’lgandan ko’ra, muvaffaqiyatsiz bo’lsa ham, urinib ko’rganligi haqida eslab, hotirjam bo’lib yuradi. Chunki, har bir qilingan amal bu hech qayerdan topib yoki sotib olib bo’lmaydigan tajridadir.

Muvaffaqiyatsiz ishni qaysarlarcha davom ettirish, uni rivojlantirishga behuda kuch-g’ayrat sarflash nodonlikdir. Shuning uchun boshlangan ishni o’z vaqtida to’xtatib yoki undan voz kechib oq qog’ozdan boshlashni ham bilishi kerak.

Barcha stereotiplarni unutib, boshqalarga e’tibor bermasdan vakumga sho’ng’igan holda inson o’z qadamini tahlil qilib chiqishi kerak. Bir narsa aniqki, ikkinchi safar birinchisidan ko’ra kuchliroq, aqlliroq va tajribaliroq inson sifatida ish boshlaysiz.





Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 03.06.2012 01:00   #65  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
ZTE MF180 USB modemini Ubuntu’ga moslash

Ubuntu operatsion tizimiga (OT) kecha o’tib, bugun unda ishlash bo’yicha yo’riqnoma yozishim qanchalik to’g'ri bilmadim, lekin boshqalarga ham yordam bo’ladi degan niyat bilan shunday qilishga qaror qildim.

ZTE MF180 3G USB modemi Ubuntu’da,*mendan boshqalarda ham, barqaror ishlamaganligi bois, ushbu muammoning yechimini izlashga tushdim. Muammo shundaki, aslida, modem ishlaydi, internet ham, faqat juda tez uzilib qolaveradi.

Muammoning o’zagi shunda ekanki, modem ulanganda tizimga kompakt disk (CD) rejimida ko’rinar ekan, har 2-4 daqiqada tizim unga murojaat qilgani uchun (chunki CD yo’q) aloqa uzilib qolaverar ekan. Shuning uchun “no cd” rejimidan “download” rejimiga o’zgartirib qo’yish kerak ekan, mening tushunishimcha. Ushbu muammoning aniq sababini soha mutaxassislari batafsil tushuntirib berishadi degan umiddaman.

Demak, USB modemni moslash uchun bizga Unix-sifat tizimlarda ketma-ket portlardan foydalanish imkonini beruvchi “Minicom” dasturi kerak bo’ladi. Ushbu dastur deyarli barcha distributivlarning omboriga (repository) kiritilgani uchun uni o’rnatishda hech qanday muammo yuzaga kelmasligi kerak. Terminalni ochib, Minicom dasturini o’rnatamiz va dasturni ishga tushiramiz:

sudo apt-get install minicom

sudo minicom -s

Terminalda dasturning boshqaruv menyusi paydo bo’ladi. Menyudan “ketma-ket portlarni moslash” (serial ports setup) qismiga o’tamiz, klavishdagi “A” tugmasini bosib, u yerdagi ma’lumotni quyidagi shaklga keltiramiz:

/dev/ttyUSB1

“Enter” tugmasini bosib, Minicom dasturining bosh menyu sahifasiga qaytamiz. Endi Minicom dasturining konsoliga o’tish uchun menyudagi “chiqish” (exit) qismini bosamiz (“Minicomni tark etish” (Exit Minicom) qismi bilan adashtirmang).* Konsolda*ati0 buyrug’ini yozamiz va quyidaginga o’xshash javobni olamiz:

Manufacturer: ZTE INCORPORATED
Model: MF100
Revision: BD_BLNP671A1V1.0.0B02
IMEI: 12345678901234
+GCAP: +CGSM,+FCLASS,+DS

OK

Endi konsolga quyidagi buyruqning nusxasini qo’yamiz (copy+paste (Ctrl+C,*Ctrl+P)):

echo -e «AT+ZCDRUN=E\r\n» > /dev/ttyUSB1

Javob quyidagicha bo’ladi:

Enter download mode result(0:FAIL 1:SUCCESS):1

Ctrl+A*tugmasini bosgandan so’ng, klavishdagi “Q” tugmasini bosamiz va Minicom dasturini tark etamiz.

Minicom dasturini yordamida modemni moslash ishlari yakunlandi. Endi “Tarmoq moslamalari” (Network Manager) orqali odatdagiday 3G mobil internetni moslab, barqaror internetdan foydalanamiz.





Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 04.06.2012 01:10   #66  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
HTTPS

Ba’zi-bir foydali va kerakli saytlarga kirishda muammo yuzaga kelgan hollarda HTTPS protokoli orqali kirish mumkin. Agar muntazam ravishda HTTPS protokoliga o’zgartirishdan charchagan bo’lsangiz, bu jarayonni avtomatlashtirish mumkin. Buning uchun “Use HTTPS Options” deb nomlangan Chrome kengaytmasidan foydalanishingiz mumkin.

Kengaytmani o’rnatib bo’lgandan so’ng, uning moslamalar sahifasi orqali HTTPS protokoli orqali ochilishi kerak bo’lgan saytlarni birma-bir kiritib chiqishingiz mumkin bo’ladi.

HTTPS &mdash; HTTP va SSL/TLS protokollarining birikmasi bo’lib, siz bog’lanayotgan veb serverni xavfsiz aniqlash va unga xavfsiz bog’lanish imkonini beradi.





Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 04.06.2012 01:10   #67  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Adobe CS6 to’plamini sotib olish jarayoni haqida

How is it that a small, independent Mac development shop can make this experience so incredibly pleasing, while Adobe—a company with over 9,000 employees and 30 years of experience—can’t process an order quicker than 24 hours?

Pat Dryburgh





Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 06.06.2012 01:40   #68  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Servis

O’zbekistonda servis=0. Hohlagan soha yoki yo’nalishni oling—barida xizmat ko’rsatish saviyasi juda ham past: oshxona va kafelar, banklar, davlat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, bolalar bog’chasi, dam olish maskanlari, maishiy xizmat uylari, ko’ngilochar joylar, bozor va do’konlar, jamoat transportlari, sog’liqni saqlash muassasalari, turizm, veb xizmatlar, reklama va hokazolarning barchasida servis eeeng oxirgi o’rinda.

Yuqoridagi sohalarning istalgan bir turida muvaffaqiyat qozonishning yagona yo’li bu eng yuqori darajadagi servisni taqdim etishdir.





Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 22.08.2013 23:20   #69  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Кирилл ёки лотин

Сўнгги пайтларда кўпчилик блоггерлар ?айси алифбода ёзиши ?а?ида ?ай?урадиган бўлиб ?олди.
Аслида, шунча кучни блог мазмунига сарфлаганда тузукро? блоглар кўпайган бўларди.





Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 14.10.2013 20:40   #70  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
?улайлик

Ёшлигимда нонвойчиликни ўрганиш учун шогирдликка тушганман. Бошланишига, кўп гапирганим учунми, сотувчи сифатида ишлатишган. Эсимда бор, уша пайтлари доимий мижозларимнинг барчасини таниб олган эдим ва улар ?афтанинг ?айси куни, куннинг ?айси пайти, ?атто ?андай нон олишларигача билиб олган эдим.

Доимий мижоз нон растасига я?инлашар экан унинг доимий оладиган нарсасини тайёрлашни бошлар эдим. Масалан, бир мижоз доим 5 дона нон сотиб оларди ва доим ор?аси яхши пишганларини танлаб оларди. Мен унинг келишига ор?аси ?изариб пишган 5 та нон тайёрлаб ?ўярдим.

Яна бир мижоз фа?ат ширдо?да пишган нон оларди. Тандирнинг тепа ?исмини ширдо? дейилади. Унинг келишига ширдо?да пишганларидан олиб берардим, ширдо?да пишган ноннинг орка-олди ?изариб пишади ва ширин бўлади. Агар бундайлари ?олмаган бўлса, тў?рисини айтардим: сиз оладиган нондан ?олмади, ?о?ласангиз ?олганларини ичидан ўзингизга ё??анини танлаб олишингиз мумкин.

Яна бири исси? нон олмасди, уйим узо?, боргунимча эзилиб кетади дерди, шунга совиб ?олганларини унга сотардим.

Хуллас, бозорда мен нонларимни сотиб бўлганимдан кейин бош?аларнинг нони сотиларди. Мен ?еч бир мижозни алдамасдим, савдо ёки хизмат кўрсатиш бир марталик нарса бўлмаслиги керак дердим.

Уйимни олдида супермаркет бор. ?ар сафар ўша ердан савдо ?иламан ва ?ар сафар деярли бир хил нарса сотиб оламан. ?ани энди шу супермаркетда мижозларни таний оладиган бир тизим мавжуд бўлса-ю, келишимга мен доим сотиб оладиган нарсаларни тайёрлаб ?ўйса… ёки, менга керак кунлари уйимга олиб чи?иб берса…





Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Реклама и уведомления
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх