|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
18.08.2011 07:02 | #21 | |
Цитата:
Биринчи марта бу ғояни эшитганимда қойил қолгандим, Президент Назарбоевнинг гапи: улкан ўлка, 80 млндан зиёд аҳоли, нефть-газ, буғдой, паҳта, жамийки бойликлар... |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
18.08.2011 07:22 | #22 | |
Цитата:
Викидан цитата: " Экономика Афганистана Афганистан — крайне бедная страна, сильно зависящая от иностранной помощи (2,6 млрд долл. в 2009 году, при государственном бюджете 3,3 млрд долл.)." Туркияга келсак 1923 йилда Россия билан кўп асрлик урушлар натижасида парчаланиб кетди. Кимлар уларни йўқ килган, кимларнинг қўллари билан? |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
16.03.2012 06:50 | #25 |
Ўзбекистон халқ шоири Сирожиддин Саиднинг мана бу шеъри бор...
Ўзи гулдай ўғлонларин сайлаб бериб, Рўйхатларга номларин жойлаб бериб, Чўлпонларин ўзи итдай боғлаб бериб, Изларидан ўзи гирён юрт эди бу. Муҳаммад Юсуф шеърини ҳам кўринг... Қодирийни берган замин, Қодирийни сотган кун. Қўлин боғлаб, Дилин доғлаб, Етаклашиб кетган кун, Воҳ болам! деб айтолмаган. Дудуғимсан, Ватаним.. |
|
|
Ответить |
2 "+" от:
|
20.04.2012 10:03 | #26 |
Imom al-Buxoriy: hayot yo‘llari
Imom al-Buxoriyning ismi Muhammad, kunyasi Abu Abdulloh, laqabi ba‘zan imom al-muhaddisiyn (muhaddislarning imomi, peshvosi), ba‘zan amir ul-mu‘miniyn fil-hadis (hadis ilmining amiri, sultoni) va nasabi Muhammad ibn Ibrohiym ibn al-Mug‘iyra ibn Bardazbah ibn Bazazbehdir. So‘nggi ikki ismi ibn Bardazbeh ibn Bazazbeh)dan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning asl nasabi ajamlarga borib taqaladi. Bu fikr talay adabiyotlarda qayd qilingan bo‘lib, ko‘pchilik muhaddislarning ta‘kidlashlaricha, "Bardazbeh" so‘zi arabcha "zori‘" (ziroat, dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi kishi) ma‘nosini bildiradi. Mashhur olim imom as-Subkiy o‘zining "Tabaqot ash-shofi‘iyya al-kubro" ("Shofe‘iy ulug‘ tabaqalar") nomli yirik asarida Bardazbehning otasini Bazazbeh deb ko‘rsatgan.Imom al-Buxoriy haqida yozgan ko‘pchilik olimlar esa uning nasabini faqat Bardazbehga bog‘lab tugatganlar. Afsuski tarixchilar Bardazbeh, uning otasi Bazazbeh haqlarida deyarli hech qanaqa ma‘lumot keltirmaganlar. Ba‘zi olimlarning xabarlariga ko‘ra ular ikkovlarining kelib chiqishi ajamdan bo‘lib, ularning dinlariga e‘tiqod qilganlar. Imom al-Buxoriy otasining bobosi al-Mug‘iyra Buxoro hokimi Yaman al-Juafiydan islom dinini qabul qilgan bo‘lib, Buxoroni vatan tutib yashab qolgan. O‘sha paytdagi taomulga ko‘ra, agar biron kishi islom dinini kimdan qabul qilsa, o‘sha kishining qabilasiga mansub hisoblangan. Bu odat qabul qilingan dinga sodiqlikning belgisi bo‘lib, arabcha nisbat ul-vilo’ fil-islom (islom diniga sodiqlik nisbati) deb atalishi odat tusiga kirgan edi. Albatta al-Mug‘iyra ham o‘sha davrda ommaviy tus olgan ushbu urfdan holi bo‘lmaganligidan uning o‘zi ham, undan keyingi tug‘ilgan avlodlari ham, shu jumladan imom al- Buxoriy ham Ju‘afiy deb atala boshladilar. Imom al-Buxoriyning nasli-nasabi haqida tarixchilar keltirgan ma‘lumotlardan yana shuni qayd qilish kerakki, uning bobosi Bardazbehning ismini ba‘zilar aslida al-Ahnaf deb keltirganlar. Ahnaf deb odatda eng aqlli, dono kishilarganisbat berilgan, go‘yoki saxiy, qo‘li ochiq kishilar "Hotamtoy" deb aytilgani singari. Bundan ko‘rinib turibdiki, imom al-Buxoriyning bobosining haqiqiy ismi Bardazbeh bo‘lsa-da, u oqil, zukko inson bo‘lganligidan al-Ahnaf laqabi bilan ham atalgan. Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=92
__________________
Qadriyat.Uz Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 30.04.2012 в 17:37. |
|
|
Ответить |
20.04.2012 10:05 | #27 |
Imom al-Buxoriy: ustozlari va shogirdlari
Imom al-Buxoriy o‘z vatanida va xorijiy yurtlarda mingdan ortiq ustoz (shayx, mashoyih)lardan hadis rivoyat qilgani haqida manbalarda aniq ko‘rsatilgan. Al-Buxoriyga ta‘lim bergan dastlabki ustozlari haqida aniq gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda o‘sha davrda Buxoroda ko‘zga ko‘ringan muhaddislardan Muhammad ibn Salom al-Poykandiy, Muhammad ibn Yusuf al-Poykandiy, Abdulloh ibn Muhammad al-Masnadiy, Ibrohim ibn al-Ash‘as va boshqalarni ko‘rsatish lozim. Hadislar bo‘yicha dastlabki saboqni al-Buxoriy mana shu ustozlardan olib, o‘n olti yoshga yetmasdan burun ko‘pdan-ko‘p hadislarni o‘zlashtirib, Abdulloh ibn al-Muborakning kitoblarini yod oldi. Tez fursatda al-Buxoriyning noyob qobiliyati va zukkoligi ko‘pchilik ulamolar tomonidan, shuningdek, al-Buxoriyga ustozlik qilgan yetuk muhaddislar tomonidan ham yuksak baholana boshlandi. Bu hol shu darajaga yetdiki, hatto taniqli olimlar ham al-Buxoriyning o‘z darslariga hozir bo‘lishidan tashvishlanib, uning huzurida biror xato yoki kamchilikka yo‘l qo‘yishlaridan xavotirlanadigan bo‘lib qoldilar. Ular hatto o‘z kitoblaridagi xatolarni tuzatish uchun al-Buxoriyga murojaat qilardilar. Manbalarda keltirilishicha, hadislar talabida al-Buxoriy xorijiy yurtlarga safarga chiqishdan oldin bir voqea sodir bo‘lgan ekan. Shu haqda buxorolik olim Salim ibn Mujohid shunday hikoya qiladi: "Bir kun do‘stim Muhammad ibn Salom al-Poykandiyning uyiga borgan edim, u menga: "biroz oldinroq kelganingda yetmish ming hadisni yod olgan bir yosh bolani ko‘rar eding-da,-dedi. Men shu zahoti orqamga qaytib ko‘chaga chiqdim va o‘sha bolani uchratib: "Yetmish ming hadisni yod bilaman, deydigan bola senmisan,-deb so‘rasam, u ha, undan ham ortiqrog‘ini bilaman",-dedi. Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=93
__________________
Qadriyat.Uz Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 30.04.2012 в 17:37. |
|
|
Ответить |
19.12.2012 11:52 | #28 |
Imom al-Buxoriy: ilmiy-ma‘naviy meroslari
Manbalarda keltirilishicha, imom al-Buxoriy o‘z ijodiy faoliyati davrida yigirmadan ortiq asarlar yaratgan. Allomaning mana shu asarlari xususida qisqacha to‘xtalamiz: 1. Imom al-Buxoriyning shoh asari "Al-Jomi’ as-Sahih" (ishonchli to‘plam") haqida keyinroq batafsil fikr yuritamiz. 2. Al-Adab al-mufrad ("Adab durdonalari"). Imom al-Buxoriyning odob-ahloq xususidagi eng sahih hadislarni o‘zida mujassam etgan ushbu asari katta tarbiyaviy ahamiyatga molik benazir to‘plamdir. Uning arabcha nashri ikki marta bosilib, 1990 yilda esa, olim Sh.Boboxonov tomonidan asarning o‘zbekcha tarjimasi ham nashr etilgan. Imom al-Buxoriyning bu asarida 1322 hadis va xabarlar 644 bobda ja‘mlangan bo‘lib, u Hindiston, Turkiya va Misrda bir necha marta chop etilgan. Asarning bir qancha qo‘lyozma nusxalari ham saqlangan. Hindistonlik olim as-Sayiyd Fazlulloh al-Jiloniy bu asarning tanqidiy nashrini sharhi bilan birgalikda "Fazlullohisamad fi tavziyhil-Adab al-Mufrad" nomi bilan chop etgan. Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=94
__________________
Qadriyat.Uz |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
Реклама и уведомления | |
19.12.2012 11:53 | #29 |
Imom al-Buxoriy: Shoh asar - "Al-jome‘ as-sahih"
Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi’ as-sahih" asari islom dini ta‘limotlariga ko‘ra Qur‘oni karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi. Bu asarning to‘lig‘icha "Al-Jomi’ as-sahih al-musnad min hadis Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi" yoki bo‘lmasa tarixchi Badruddin al-Ayniyning yozishicha, "Al-Jomi’ al-musnad as-sahih al-muxtasar min umuri Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi” degan nomlar bilan atalsa-da, hadis ilmida qisqacha "al-Jomi’ as-sahih" ("Ishonchlito‘plam"), aksar holda esa "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan mashhurdir. Asarning qirqga yaqin qo‘lyozma nusxalari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida va yana bir qancha nusxalari O‘zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanadi. Davomi > http://www.qadriyat.uz/index.php?act=4&way=2&nid=95
__________________
Qadriyat.Uz |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
03.09.2013 19:27 | #30 |
Al-Hakim at-Termiziy
Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma‘lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o‘zining qalamiga mansub «Bad‘u sha‘ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.
__________________
Qadriyat.Uz |
|
|
Ответить |
|