uForum.uz > > ZiyoNET > ZiyoNET
, ...
... , : .
<< - - >>

ZiyoNET ,




 
06.06.2012 17:12   #21  
  Nigora Umarova
AKA:Nigorabegim
: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
37  58/50

Uzbekistan   Nigora Umarova   ICQ   Nigora Umarova   Skype™ Facebook
Shahlo Ahmedova. Internet mening hayotimda.

:
Bu quvonchli voqea meni internet tarmogiga yanada mustahkamroq boglab qoydi. Shundan song internet markazi men uchun darsdan keyingi asosiy mashgulot joyimga aylandi. Har kuni darsdan song shu erga kelib, internet orqali turli tanlovlarni izlab, ustoz yordamida darslarimga kerakli malumotlarni topib, ularni qayta ishlab, oz bilimlarimni mustahkamlab, turli internet tanlovlarda qatnashib kelyapman.
Internet tarmogdan foydalanish keyingi yillarda juda ham rivojlandi va kishilarning asosiy ehtiyojlaridan biriga aylanib qoldi. Kompyuter va internet tarmogidan keng foydalanish juda ham foydali ish ekanligini kopchilik qatori men ham aniq tushunib yetdim. Ayniqsa, bu boradagi tushunchalarim 2010 yil iyun oyida MAPRYAL tashkiloti va Russkiy Mir jamgarmasi tomonidan elon qilingan xalqaro internet tanlov paytida yanada aniqlashdi. Bu tanlov Birinchi Xalqaro Rus Tili Festivali doirasida bolib, u butun dunyodagi millati rus bolmagan va rus tilini organayotgan yoki bu tilni biladigan kishilar uchun elon qilindi. Mana shu voqeaning ozi ham internet tizimida xalqaro miqyosdagi katta shov-shuvga asos boldi. Jahon Rus tili festivalida qatnashishga talabgor bolgan internet foydalanuvchilar har kuni juda kop martalab http://mirfest.russkoeslovo.org saytiga kirib, festival doirasidagi tanlov shartlarini bajara boshladik. Bu tanlov shartlariga kora 4ta, yani - kattalar, rus tili oqituvchilari, talabalar va maktab oquvchilari nominastiyalari belgilangan edi. Men ham kopchilik oquvchilar singari internet orqali, onlayn usulda, test savollariga javoblar berdim. Bu borada internet markazi ustozi amaliy yordam korsatdilar. Rus tili festivaliga bagishlangan tanlovning birinchi turida golib bolganimni internet orqali festival saytidan bilib oldim.
Tanlovning 2-tur topshiriqlari dekabr oyida boshlandi va 2011 yil may oyigacha davom etdi. Bu turda qatnashish jarayonida internet resurslaridan keng foydalandim, zarur bolganda ustozimiz Rustam Badalovdan yordam soradim. Bu tur shartlariga kora Men Rus tili festivalidan nimalarni kutyapman degan mavzuda insho yozib, internet orqali festival qomitasiga yubordim. 2011 yil iyun oyi boshlarida tanlov natijalari elon qilindi. Bu quvonchli xabarni men avvaliga festival saytida korib, juda ham xursand boldim. 2011 yil 9 iyun kuni esa mening elektron pochtamga Sankt-Peterburg shahridan, Birinchi Xalqaro Rus tili festivali tashkiliy qomitasi nomidan tabriknoma va taklifnoma kelganda, onajonimning kozlaridan yoshlar tokildi. Bu xursandchilik yoshlari edi. Onajonim koz yoshlarini artib: Mening alochi qizim, mana kordingmi alo oqiganing uchun, kompyuterni bilib, internetdan foydalanganing uchun bu yutuqlarga erishding, - deb erkaladilar. Keyin yana, Men seni hech qachon bunday uzoq va gozal joylarga sayohatga olib bora olmas edim, bolajonim, bunday baxtga sen oz bilimlaring bilan erishganingdan juda ham mamnunman! deb, qoshib qoydilar. Men oylaymanki, bu katta ғalabani qolga kiritishimda internet, kompyuter saboqlari bergan va internet tizimidan keng foydalanishni orgatgan ustozimiz R.Badalovning xizmatlari juda katta boldi. Chunki men kabi uy sharoitida kompyuteri va internet tizimi yoq oquvchilarga Toshloq tumanidagi 11- maktabda tashkil etilgan internet markazi ayni mudao bolganligini alohida aytib otishni hohlayman. Otgan yili yozgi tatil davrida ham bu ustoz internet markazida ish olib bordilar va juda kop oquvchilarga kompyuter saboqlarini berdilar. Men esa festival boshlangunga qadar har kuni maktab internet markaziga kelib, Xalqaro Rus tili festivalining saytiga kirib, kundalik yangiliklardan xabardor bolib turdim.
Internet tizimining imkoniyatlari juda ham cheksiz va beqiyos ekanligi meni yana bir bor xursand qildi. 2011 yilning 13 sentyabr kuni mening elektron manzilimga quvochli xabar keldi. Bu xabarga ilova qilingan fayl boglamida Sankt-Peterburg shahriga samolyotda borib kelishim uchun taqdim etilgan elektron chipta qoyilgan edi. Bu voqea maktabimiz jamoasini ham quvontirdi. Ushbu elektron biletda 2011 yil 25 oktyabr kuni Fargonadan Rossiya poytaxti Moskva shahriga uchib ketishimiz, songra Moskvadan Sankt-Peterburg shahriga uchib borishimiz korsatilgan edi. Bu yangilikni ustozimiz R.Badalovga malum qildim. Ustoz ham bu yangilikdan xabardor ekanligini aytib, biz bilan festivalga birga uchib borishini malum qilganda men yanada hursand boldim.
Haqiqatdan ham 2011 yil 25 oktyabr, seshanba kuni Fargonadan Moskvaga Boing samolyotida parvoz qildik. Birinchi bor samolyotda parvoz qilishim bolgani uchun meni anchagina hayajon bosdi. Ozimni yomon his qilgan paytimda Marina ismli styuardessa darhol Fanta ichimligi bilan siyladi. Samolyotimiz kechki payt Domodedova aeroportiga qondi. Kechasi, soat 10 yarimlarda biz Sankt- Peterburg shahriga qarab uchdik. Tungi soat 12da Pulkovo aeroportiga qondik. Bizni kutib olgan yolboshlovchi hamrohligida Pulkovo aeroporti yaqinida joylashgan Park Inn Pulkovo mehmonxonasiga joylashdik va bu mehmonxonada 12 kun davomida yashab , festival tadbirlarida faol qatnashdik. Internet tarmogidan keng va orinli foydalanish menga va men singari juda kop oquvchilarga foyda keltirganini Sankt-Peterburg shahriga borganimda guvohi boldim.
Festivalning tantanali ochilish marosimi Rossiyaning shimoliy poytaxtidan 50 km masofada joylashgan Pushkin shahridagi Tsarskoselskiy madaniyat saroyida boldi. Festivalning tantanali ochilish marosimida jonajon Ozbekistonimiz nomini sharaf bilan himoya qildik. Festivalga jahonning 80ga yaqin davlatlaridan 500dan ortiq goliblar tashrif etdilar. Ular orasida 100 dan ortiq golib oquvchilar bor bolib, bizlar qadrdon dostga aylandik. Men Qozogistondan kelgan oquvchi qiz Taisiya , Tojikistonlik Farangis , Mongoliyalik Bilgunsayhan, Moldovalik Olga kabi tengdoshlarim bilan dostlashib qoldim va xozirda biz internet orqali dostlik aloqalarini davom ettiryapmiz. Men bilan birga Fargonadan kelgan goliblar orasida Margilon shahridagi 23-maktab oquvchisi Jasurbek, 25-maktab oqituvchisi K. Zinatulina, 27-maktab rus tili oqituvchisi I. Zinatulin, Toshloq tumanidagi transport kolleji oqituvchisi Sh.Nizomov, nafaqadagi pensionerlardan Sanobar opa Umarova, Shohida opa Isaeva va shifokor Gulnora opa Rozimatova, hamda mazkur festivalning Fargona viloyatidagi targibotchisi, bizlarni internet saboqlari bilan tanishtirgan ustozimiz R.Badalovlarning borligidan xursand boldim. Festival qatnashchilarning barchasi kompyuter va internet tizimidan keng va unumli foydalangani uchun bunday katta yutuqni qolga kiritganliklarini yana bir bor tushunib yetdim.
Festival davomida juda kop diqqatga sazavor joylarni maroq bilan tomosha qildik. Dunyoga mashhur Ermitaj muzeylar majmuasini, ulug rus shoiri Pushkin muzeyini, mashhur Avrora kemasini, hukmdor Ekaterina saroyi, Pushkin shahridagi Pavlov muzeylarini borib kordik. Nevskiy prospekti boylab qilgan piyoda sayrimiz davomida kopgina tarixiy binolar bilan tanishib, kopgina suratlarni oldik. Rossiya hukmdori bolgan Petr Birinchi davrida qurilgan memoriy yodgorliklar bilan tanishdib, Smolniy va Galaba maydonlarini borib kordik. Birinchi Xalqaro Rus tili festivalini tashkil etgan MAPRYaL tashkiloti joylashgan Sankt-Peterburg Rus tili universitetida boldik va festival tashkiliy komitasiga Ozbekistondan olib kelgan milliy sovga-salomlarimizni topshirdik. Festivalning yopilish marosimi Mariinskiy teatrida boldi va u erda biz katta konstert dasturini tomosha qildik.
 
06.06.2012 17:13   #22  
  Nigora Umarova
AKA:Nigorabegim
: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
37  58/50

Uzbekistan   Nigora Umarova   ICQ   Nigora Umarova   Skype™ Facebook
Shahlo Ahmedova. Internet mening hayotimda.

:
Xulosa qilib aytsam, bu festivaldan men juda katta taassurot oldim. Bu taassurotlarni olishimda va bunday sermazmun anjumanda qatnashib kelishimda kompyuter hamda internetdan foydalanishim katta rol oynadi. Shuning uchun ham oz tengdoshlarimga aytib qoymoqchiman: Aziz dostlar, kompyuter texnologiyalaridan keng va unumli foydalaning, ayniqsa internet manbalaridagi qimmatli malumotlarni dars jarayoniga tadbiq etib, alochi oquvchilar safidan joy oling. Kompyuterdagi turli-tuman, befoyda va dahshatli oyinlarni oynashga behuda vaqtingizni sarf qilmasdan, qimmatli vaqtingizni badiiy kitoblar oqishga, internetdagi foydali bolgan manbalardan foydalanishga va qiziqarli tanlovlar, oquv dasturlarida qatnashishga sarf qiling! Internet orqali dostlar izlab toping, ularga jonajon Ozbekistonimiz va uning gozalligi haqida maktublar yollab, serquyosh va jannatmakon olkada yashab turganimizni bildiring! Aziz tengdoshlar, bu ishlarni amalga oshirishda kompyuter texnologiyalaridan keng foydalanish biz yashab turgan zamonning zarur talabi ekanligini chuqurroq tushunishga xarakat qilaylik va oz tengdoshlarimizga ham bu haqda tushunchalar berib, ularni internet degan sayyorada yashashga va ishlashga orgataylik! Chunki bu sayyora XXI asr sayyorasidir!
Shahlo Ahmedova Margilon shahridagi 5-umumiy talim maktabi 6-sinf oquvchisi.
 
06.06.2012 17:25   #23  
  Nigora Umarova
AKA:Nigorabegim
: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
37  58/50

Uzbekistan   Nigora Umarova   ICQ   Nigora Umarova   Skype™ Facebook
Yoldashev Jamoliddin. Internet tizimi - XXI asr taraqqiyotining garovi

:
:
Assalomu alaykum, hurmatli Tanlov hay'ati!
Men ham o'z fikr mulohazalarim bilan sizlar e'lon qilgan tanlovda qatnashishni hohlab, ushbu inshoni yuboryapman.

Salom bilan Jamoldin
Internet tizimi - XXI asr taraqqiyotining garovi

Men,Yoldashev Jamoliddin Axatjon ogli 1996-yil 2-dekabrda Fargona viloyati Toshloq tumanida tugilganman. 2003-yili Toshloq tumanidagi 11-umumiy orta talim maktabining 1-sinfida oqiy boshladim. Hozirda shu maktabning 9-Asinfida oqiyapman.
Maktabda oqish mobaynida darslarni yaxshi ozlashtirib,berilgan topshiriqlanri bajarish bilan bir qatorda darsdan song juda kop faol sinfdoshlarim bilan maktabimiz qoshidagi kompyuter va internet markazi xizmatidan keng foydalanib kelyapman. Internet markazidagi imkoniyatlardan foydalanib, otilgan mavzularga oid malumotlarni internet manbalardan izlab topib, koproq qiziqarli va kerakli malumotlarni bilib olyapmiz. Ayniqsa internet tizimidagi va electron darsliklardagi malumotlar bizga juda ham maqul bolyapti. Natijada ozlashtirishimiz va baholarimiz alo bolayotganidan ozimiz ham, ustozlarimiz ham xursandmiz.
Kompyuter vositalari va internet tizimi hozirgi hayotimizda asosiy orinni egallab kelayotgani katta ahamiyatga ega. Qaysi sohaga qaramang, barcha yerda kompyuter yoki internet tarmogi zarur bolayotganini guvohi bolyapmiz.
Men 6 - sinfdan buyon maktabimizdagi internet markazga qatnab, kompyuter vositalari bilan ishlashni organib olganman. Hozirgi kunda esa internet markazida yetakchi-volonter sifatida oquvchlarga kompyuter saboqlarini orgatip kelyapman.
Albatta, kompyuter saboqlarini olib, internet tizimida qiynalmay ish olib borishimga ustozlarimdan R.Badalov domla va Q.Usupjonovlar sabab bolishgan. Otgan yili yozgi tatil davomida bu ustozlarimdan kompyuter sirlarini toliq organib oldim. Maktabdagi internet markazi orqali darslarimizga tegishli bolgan turli malumotlarni izlab topishdan tashqari, chet eldagi maktablar bilan ham dostlik aloqalari ornatganmiz. Masalan, Hindiston poytaxti Dehli va Kalkutta shaharlaridagi maktablar bilan internet aloqalarimiz yaxshi yolga qoyilgan. Hatto hindistonlik dostlarimiz bizga oz davlatlarining bayroq va gerblarini ham yubordilar. Maktabimiz internet orqali Argentina, Avstraliya, Yaponiya, AQSH, Braziliya, Beliz, Turkiya, Gretsiya, Rossiya, Buyuk Britaniya, Kosta Rika kabi mamlakatlardagi maktablar bilan aloqa ornatgan. Internet orqali olib botayotgan ishlarimiz haqida quyidagi saytimiz orqali bilib olishingiz mumkin:http://tashlak11fergana.zn.uz Dostlik aloqalarimizning ramzi sifatida maktabimizga kelgan bayroqlar va turli yodgorliklar maktabimiz muzeyida saqlanyapti.
Maktabimizdagi internet markazini tashkil etishda ingliz tili ustozimiz, kompyuter texnologiyalari fidokori, Amerika Qoshma Shtatlarida malaka oshirib kelgan Rustamjon Badalov katta rol oynagan. Ularning say-harakatlari bilan tashkil etilgan bu markaz xizmatidan tumanimizdagi juda kop maktablar va hatto Margilon, Quva shahar maktablari ham naf korishgan. 2009 yildan beri internet markazining tolovlari shu ustozimizning homiyligida amalga oshirilmoqda. Ustozimizning bu ishlari ham bizga yaratilayotgan imkoniyatlarning asosi bolib xizmat qilayotgani ham katta yutuq hisoblanadi.
Ana shunday ustozlarimdan olgan samarali bilimlarim natijasida 2011-2012 oquv yilida Informatika fanidan bolib otgan tuman olimpiadasida faxrli 1-orinni egallab, viloyat bosqichida qatnashdim. Viloyat bosqichida ham birinch onlikdan orin olishga erishdim. Bu yutuqni qolga kiritisghimda kompyuter vositalarini yaxsh bilishim va internet tizimidan unumli foydalanishim alohida ahamiyatga ega boldi deb oylayman
Hozirgi zamon yoshlari kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilishlari kerakligi yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan bir necha xalqaro anjumanlarda takidlab aytilgan.
Yuqorida qolga kiritgan yutuqlarim evaziga maktab mamuruyati tomonidan Maqtov yorligi va qimmatbaho sovglar bilan taqdirlandim. Bu yutuqlarni qolga kiritishimda menga yol-yoriq korsatgan tajribali ustozlarim Rustamjon Badalov va Qosimjon Usupjonovlarga minnatdorchilik bildiraman.
Shu orinda aytmoqchimanki, aziz tengdoshlar, agar imkon topsangiz,albatta, bosh vaqtingizni kompyuter saboqlari olishga va internet tizimini organishga sarflang. Chunki XXI asr kompyuter texnologiyalari asri. Maktabingizda mavjud bolgan kompyuter sinflardan unumli foydalaning. Ozingiz organib olganingizdan song boshqalarga ham orgatishni asosiy maqsad qilib oling.

Yoldashev Jamoliddin, 11-maktab, 9- sinf oquvchisi, Toshloq tumani

Bu manzillarda maktab internet markazi qilayotgan ishlar haqida malumotlar bor:
http://edugalaxy.intel.ru/?automodul...showentry=2703

http://www.epals.com/media/p/234547.aspx

 
06.06.2012 17:35   #24  
  Nigora Umarova
AKA:Nigorabegim
: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
37  58/50

Uzbekistan   Nigora Umarova   ICQ   Nigora Umarova   Skype™ Facebook
Jasurbek Jahongir ogli. Internet -bilimlar asosi

:
Bu tanlovga tayyorgarlik paytida ozining maslahatlarini bergan uctozimiz R.Badalovga minnatdorchilik bildiraman.

Internet -bilimlar asosi
Birinchi bor internet bilan tanishuvim rus tili bilan bogliq bolganligini tez-tez eslayman. Dadam va ayamlar rus tili sinflarida oqib, bilim olishgani uchun bu tilda ular juda ham ravon gapiradilar, ularga havasim keladi. Dadam viloyatimizda rus tilida chop etiladigan Ferganskaya pravda gazetasiga har yili obuna bolishadi. Ancha yillardan beri bu gazeta har juma kunlari xonadonimizga yetib keladi. 2011 yilning 22 aprel kungi voqea juda yaxshi esimda qolgan. Shu kuni Ferganskaya pravda gazetasining 21 aprelda chop etilgan 16 sonini xabarchi uyimizga tashlab ketgan edi. Kechqurun dadam gazetani kozdan kechirib otirib, birdan Juda zorku! deb hitob qildi va gazetada chop etilgan tanlov haqidagi malumotni gapirib, bu tanlov juda ham foydali ekanligi, unda qatnashgan insonlar bilimlarini mustahkamlashi va xatto Rossiyaga bepul borib kelishi uchun imkon borligi togrisida yozilganini aytdi. Shundan song men ham Ferganskaya pravda gazetasidagi Yazk do Sankt-Peterburga dovedet maqolasi bilan tanishib chiqdim. Bu maқolada butun dunyo boylab rus tilini organayotgan kishilar uchun juda katta imkoniyat sifatida qiziqarli tanlov elon qilinganini bilib oldim. Maқola songida esa, tanlovda qatnashish istagi bor kishilarni Toshloq tumanidagi 11- sonli umum talim maktabi internet markazi xizmatlaridan bepul foydalanishga taklif qilingan edi. Bu taklif ota-onamga va menga juda maqul keldi. Nega deganda biz yashab turgan ipakchilar mavzesidagi maktablarda haligacha yangi rusumdagi kompyuterlar yoq. Borlari esa eski rusumda bolib, ularning kopi ishlamaydi. Shaharchamizdagi kompyuter xizmati korsatadigan internet kafelar esa soatiga 1000 som miqdorida tolov puli oladi. Bu, kam taminlangan oila farzandlari uchun juda kop hisoblanadi. Dadamning kallasiga kelgan fikr hammamizni xursand qildi. Ularning maslahatiga kora men Toshloq tumanidagi 11-maktab internet markaziga har kuni boradigan boldim. Ota-onamning fikricha har kuni internet kafega 1000 som tolab, turli-tuman va keraksiz kompyuter oyinlarini oynab vaqt otkazishdan kora, Toshloq tumanidagi 11- maktabning internet markaziga borib, markaz xizmatidan foydalanish maqul ekanligini tushundim. Chunki u yerda bepul kompyuter saboqlarini olish va internetdan foydalanish bilan birga tillarni ham organishimga imkon borligi meni quvontirdi.
Uyimiz yonidan qatnaydigan 34-sonli Fargona Quva yonalishidagi avtobus 11-maktab yonida toxtab otishini bildik va dadam bilan shu maktabning internet markaziga bordik. Dadam bilan gaplashgan kishi 55-60 yoshlarda bolib, shu markazining kongilli mamuri ekan. Bu ustoz shu maktabda ingliz tili oqituvchisi bolib, darsdan song internet markazini boshqarar ekanlar. Shunday qilib men internet markaziga 34-avtobusda qatnay boshladim. Endi dadam menga internet kafega kirib kompyuter saboqlari olishim uchun avvalgidek, tola 1000 som emas, balki 11-maktabga borib kelishim uchun yol kiraga, faqat 400 som bera boshladilar. Chunki maktab biz turgan joydan 8 km masofada joylashgan bolib, 200 som borishga va 200 som qaytishimga sarf bolishini avtobus haydovchilaridan bilib oldim. Men har kuni qatnashim tufayli haydovchilar bilan ham yaqindan tanishib qoldim. Ulardan Botir aka, Avaz aka, Abdujabbor aka kabi haydovchilar kompyuterga va rus tilini organishga bolgan qiziqishimni korib, bazida yol kira haqini ham olmay qoydilar. Yol kira haqi orniga menga rus tilida savollar berib, javob olishga xarakat qildilar. Men kompyuter saboqlari, rus va ingliz tillarini ustozimiz Rustamjon Badalov rahbarligida, juda kopchilik oquvchilar qatori, bepul ravishda organa boshladim.
 
06.06.2012 17:36   #25  
  Nigora Umarova
AKA:Nigorabegim
: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
37  58/50

Uzbekistan   Nigora Umarova   ICQ   Nigora Umarova   Skype™ Facebook
Jasurbek Jahongir ogli. Internet -bilimlar asosi

:
Tez orada kompyuter bilan muloqat qilishni bilib oldim va internet tarmogidan foydalanishni organdim. Internet men uchun boshqa bir olam bolib qoldi. Internet imkoniyatlari juda cheksiz ekanligi meni hayratga soldi. Nega desangiz, bir tugmachani ezib, bir necha dasturga kirib anchagina yozuv ishlarini bajarish mumkin ekan. Yana bir tugmachani ezib, dunyoning turli burchaklaridagi dostlar bilan aloqa qilish mumkinligi meni qiziqtirdi. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, markaz rahbari R.Badalov komagida internet loyihalarda qatnasha boshladim. Ana shunday loyihalardan biri Birinchi Jahon Rus tili festivalida qatnashish mumkinligi togrisida ustozimiz R.Badalovdan toliq malumot oldim va bu tanlovda sirtdan qatnasha boshladim. Festivalning sirtqi topshiriqlaridan birinchisi rus tilidagi test savollari bolib, ularga javob berishda internet manbalari va xizmatidan keng foydalandim. Test savollariga bergan javoblarim togri ekanligi va tanlovning birinchi turida golib bolganimni elektron pochtamga kelgan xatdan bilib oldim. Oldinda festivalning keyingi topshirigi boyicha rus tilida Sankt-Peterburg meni qanday kutib oladi? degan mavzuda insho yozib, uni ham elektron pochta orqali festival manziliga yubordim. Albatta bu ishlarni amalga oshirishimda 11-maktab internet markazi rahbari R.Badalov oz maslahatlari bilan katta yordam korsatdi. 2011- yil iyun oyining boshlarida, anigi 9- iyun kuni tanlov goliblari elon qilindi. Bu haqdagi xabarni ham elektron pochtamga kelgan taklifnomadan bilib oldim. Goliblar orasida meni ham borligim, meni yanada koproq kompyuter va internet tarmoqlaridan foydalanishga etakladi. Bu yutuqqa juda kop sinfdoshlarimning havaslari keldi. Ularning kopchiligi kompyuter oyinlari oynashni juda yoqtiradilar, ammo internet tarmoqlarida ishlashga, tanlovlarda qatnashishga juda ham qiziqmaydilar. Bu holatlarni eslasam, men dadamning maslahatlariga kirib, 11-maktabdagi internet markaziga borib, kompyuter va internet sohalarida kerakli bilimlarni olayotganimdan xursand bolib, bazan gururlanib ham ketaman. Chunki, maktabimiz tarixida bunday xalqaro tanlovda hali hech bir oquvch golib bolmaganini eslasam, bu ulkan galabani qolga kiritishimda kompyuter texnologiyalarini bilishga qiziqqanim va internetdan foydalanishni organib olganimga xursand bolaman.
Butun Jaҳon boyicha otkazilgan rus tili festivali doirasidagi Internet tanlovda qolga kiritgan yutugim, mening hayotimdagi eng quvochli kun boldi. Internet va kompyuter tizimi mening asosiy maktabimga aylandi. Nega deganda maktab kutubxonasidan topolmagan kitoblarni yoki kerakli manbalarni albatta internet tarmogidan izlab topish mumkin ekanligini tushunib yetdim va bu haqida sinfdoshlarimga ham tushuntirdim. Hozirgi kunda ularning kopchiligi men bilan birga 11-maktab qoshidagi internet markaziga kelib, kompyuter saboqlarini olyaptilar. Yana, internet tizimi orqali jahondagi barcha mamlakatlar bilan juda tez daqiqalarda boglanish mumkinligi menga juda yoqadi. Boshqa davlatlardagi maktab oquvchilari bilan dostlik aloqalarini ornatishda ham internet imkoniyatlaridan foydalanib, dostlar orttirish mumkinligi xuddi ertakka oxshaydi. Dadamning aytishicha, ozlari ham maktabda oqib yurgan paytida Germaniya, Avstraliya, Hindiston kabi mamlakatlardagi maktab oquvchilari bilan xat orqali dostlashgan ekanlar. Ammo ular yozgan xatlar 2-3 oyda pochta orqali etib kelgan ekan. Hozir esa biz internet orqali yozgan xabarlarimiz bir necha daqiqa ichida dunyoning narigi chetida joylashgan maktablarga yetib borayotgani va darhol javoblar ham yetib kelayotgani juda ham ajablanarli holat hisoblanadi. Bu esa kompyuter texnologiyalari va internet tizimini juda tez rivojlanib borayotganidan darak beradi.
Internet tizimi bilan uchrashgan dastlabki paytda men bepul ravishda qaysidir mamlakatga borishim mumkinligini koz oldimga keltirganim yoq. Lekin Butun Jaҳon Rus tili festivali tanlovida golib chiqib, ustozlarim va tengdoshlarim bilan Sankt-Peterburg shahriga borib kelganimdan song bunday imkoniyatni yaratish har bir insonning oz qolida ekanligini yana bir bor toliq tushunib yetdim.
Internet markazimiz xizmatidan foydalangan kishlardan 9 nafari bu tanlovda golib bolganimizni eslasam, rosa quvonaman. Ayniqsa, goliblar birgalikda 2011 -yil, 25- oktabr kuni Boing rusumli havo kemasida Fargona shahridan Moskvaga uchib borganimiz, Domodedova aeroportida bolganimizni tez-tez eslab, shirin orzularim amalga oshgani bilan magrurlanaman. Domodedova aeroportida bolgan paytimizda esa, guruhimizdagi tengdoshim Shahlo bilan aeroport liftlarda va ekskalatorlarda mazza qilib uchganimizni maroq bilan esga olaman. Bu shirin orzularning barchasi internet va kompyuterdan yaxshi foydalanganim uchun amalga oshgan deb hisoblayman. Sankt-Peterburg shahri yaqinida joylashgan Pushkin shaҳarchasida Jaҳon Rus tili festivalining ochilish marosimi hozirgacha esimda. Dunyoga taniqli bolgan rus shoiri Pushkin yurgan kochalardan bizlar ham yurib otdik. Ulug Vatan urishi davrida ҳalok bolganlar hotirasi uchun tashkil etilgan Piskareva yodgorlik majmuasini borib kordik. Nevskiy nomli katta va keng kochada sayr qildik. Menga Ermitaj muzeyi juda ham yoqdi. Bu muzeyda juda kop qadimgi asori-atiqalar saqlanar ekan. Biz qadimgi rus hukmdori Petr Birinchi yashagan yogoch uyni ham kordik. Avrora kreyserida joylashgan muzeyni tomosha qildik.
Sankt-Peterburgda 12 kun davom etgan bu sayohatimiz davomida Park Inn Pulkovo mehmonxonasida yashab turdik. Mehmonxonada menga eng yoqib qolgani, nonushta, tushlik va kechki ovqatlarning tashkil etilshi boldi. Nega deganda, siz ozingizga yoqqan va istagan ovqatlarni tanavvul qilishingiz mumkin ekan. Har kim ozi uchun ozi taomlarni tanlab olib, tanavvul qilar ekan. Bunday ovqatlanish tartibi Shved stoli deb nomlanar ekan. Bu juda katta sarf- harajatlarni talab qilar ekan.
Umuman aytadigan bolsam, kompyuter va internetdan foydalanishni bilganim tufayli bolib otgan xalqaro tanlovda qatnashganimdan juda-juda xursandman. Nega deganda, ota-onam men uchun 3000 amerika dollari tolab, meni hech qachon Rossiyaga olib bormasligini juda yaxshi bilaman. Ammo kompyuter bilan yaxshi tanishib olishimda, internetda izlanib, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahriga borib Festivalda qatnashib kelishimda Toshloq tumanidagi internet markazining ustozlari, jumladan R.Badalov katta yordam berganligini doimo esda tutib kelyapman. Internet tizimi kelajak hayotimizda biz yoshlarga juda ham zarur ekanligini, u orqali biz kopgina foydali ishlarni amalga oshirishimiz mumkin ekanligini tengdoshlarim bilishlari kerak deb oylayman. Tez kunlar ichida yozgi tatil ham boshlanadi. Aziz tengdoshlarim, sizlar ham bizlarga oxshab oz maktabingizda yozgi kompyuter va internet oquvlarini tashkil eting. Bu boradagi fikr-mulohazalaringizni oz ustozlaringizga bildiring. Agar bu boradagi ishlarni tashkil etishda qiyinchilik yoki muammolar paydo bolsa, bizning internet markazimizga keling. Biz doim oz yutuqlarimizni boshqalar bilan baham korishga tayyormiz. Toshloq tumanidagi 11-umumiy talim maktabi qoshidagi internet markaziga xush kelibsiz, aziz dostlar!

Jasurbek Jahongir ogli Toshloq tumanidagi 11-maktab
Quyidagi manzilda esa internet markazining yutuqlari haqida maqolalar bor. http://news.olam.uz/nauka/4410.html
http://edugalaxy.intel.ru/?automodul...showentry=2915
 
06.06.2012 23:38   #26  
: 123
+ 7  42/31
0  27/11

Uzbekistan      ICQLiveJournal Facebook
:
Nigora Umarova
5)
Milliyligi (mos kelgani) uchun.
 
08.06.2012 11:04   #27  
  April
TPS
: 1
+ 0  1/1
0  0/0

UzbekistanLiveJournal
, TPS қ ҳ қ . ҳ ғ, қ .
TPS , ҳ - ҳ .
қ , ҳ қ. ҳ қ , қ, . , TPS , - ҳ қ. , қ. ҳ қ , TPS 9, 10 11 қ ғ қ қ қ.
9, 10 11 ( -) TPS ғ (+998 97) 783-81-68 қ қғқ қ .
 
09.06.2012 10:38   #28  
  Nigora Umarova
AKA:Nigorabegim
: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
37  58/50

Uzbekistan   Nigora Umarova   ICQ   Nigora Umarova   Skype™ Facebook
Kecha "Internet mening hayotimda" mavzusida ijodiy ishlar tanlovining marg'ilonlik qatnashchilarini taqdirladik. Marg'ilon shahar 5-11-maktab o'quvchilari o'z ijodiy ishlari-ijodiy bayonlarini yuborishgan ekan.
Tanlov e'lon qilinganiga 2 oy vaqt o'tgan bo'lishiga qaramay o'qituvchilarning befarqligi tufayli juda kam ijodiy ishlar oldik. Yuqorida raqamlari keltirib o'tgan maktab o'quvchilari o'qituvchisining tashabbusi bilan internetning o'qish faoliyatlarida tutgan o'rni haqida yaxshigina yoritib berishibdi. O'quvchilarni tashabbus ko'rsatishlarida tashabbuskor o'qituvchi-ustoz Rustam Badalovning hissalari katta. O'qituvchi Rustam Badalovga, Marg'ilon shahar 5-umumtalim maktabining 6-sinf o'quvchisi Shahlo Ahmedovaga, Toshloq tumani 11-maktabning 9-sinf o'quvchisi Yo'ldoshev Jamoliddinga, Jasurbek Jahongir o'g'liga tanlovga befarq qaramaganliklari uchun o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Marg'ilonlik o'quvchilarga o'z esdalik sovg'alarimizni berib yubordik.


Nigora Umarova; 12.06.2012 15:46.
 
12.06.2012 14:57   #29  
  Nigora Umarova
AKA:Nigorabegim
: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
37  58/50

Uzbekistan   Nigora Umarova   ICQ   Nigora Umarova   Skype™ Facebook
UZINFOCOM ZiyoNET ғ ҳ "" " " ҳ ҳ қ " ҳ" ғ қ .
310- қ .

1-. . 310- 7-"" қ (6, 7,8,9, 10, 11- ).
2-. ғ . 310- 6-"" қ (5- )
3-. ғ . 310- 8-"" қ. (1- ).

ғ :
310- 5-"" қ (2-3- )
310- 5-"" қ ҳ (4- ).

ZiyoNET ғ ҳ қ ғ қ ҳ қ TPS .
Ғ TPS ҳ ZiyoNET ғ ғ .


Nigora Umarova; 12.06.2012 16:05.
 
12.06.2012 15:18   #30  
  Nigora Umarova
AKA:Nigorabegim
: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
37  58/50

Uzbekistan   Nigora Umarova   ICQ   Nigora Umarova   Skype™ Facebook


TPS қ Ҳ ғ ғ қ қ.







Ҳ . қ қ ҳ ҳ .
 



- - uForum.uz - - -

: UZINFOCOM, , , PC.UZ, Microsoft, IBM, HP, Fujitsu, D-Link, Intel, IT, InfoCOM.UZ, BANK.UZ, ActiveCloud, Sarkor Telecom, BUZTON, Cisco Systems, NetDec, EVO, Sharq Telekom, EPSON, Cron Telecom.
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2018, Jelsoft Enterprises Ltd. : zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
UZINFOCOM


24