06.06.2012 17:10
|
#20
|
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360
10,318/4,529
– 37
58/50
|
Цитата:
Цитата:
Assalomu alaykum, hurmatli tanlov tashkilotchilari,
Sizlar e'lon qilgan tanlov juda ham menga yoqdi. Men Internetni qanday o'rganib, qanday ishlatayotganim haqida yozishga harakat qildim.
Sizlarning fiklaringizni onam va ustozlarim bilan kutib qolaman.
Salom bilan Shahlo Ahmedova.
|
Internet mening hayotimda
Birinchi bor internet bilan uchrashganimni juda yaxshi eslayman. O’shanda men Marg’ilon shahridagi 5- maktabda o’qir edim. Maktabimizga kelgan mehmon barcha o’quvchilar oldida so’zga chiqib, hohlovchilarni Toshloq tumanidagi 11- umumiy ta’lim maktabi qoshidagi Kompyuter- internet markaziga taklif qilib, bu markaz yozgi ta’til paytida bepul ish olib borishini aytdi. Lekin juda ko’pchilik o’quvchilar va o’qituvchilar bu taklifni aldov deb tushundilar. Bu xabar haqida onamga aytganimda, onam hayratlandi va ertasiga ertalab onam bilan shu maktabga bordik. Maktab internet markazi rahbari, ingliz tili o’qituvchisi Rustamjon Badalov bilan uchrashib, internet markazi bilan yaqindan tanishdik. Tanishuv davomida haqiqatdan ham internet markazining faoliyati bepul ekanligini bilib oldik. Men esa 2009 -yil oktabr oyidan boshlab shu maktabga qatnab, internet markazida kompyuter saboqlarini o’rgana boshladim. Keyinchalik esa internet tarmog’ida ishlashni o’rgandim. Internet men uchun boshqa bir olam bo’ldi. U boshqa bir sayyoraga o’xshaydi, bu sayyorada faqat kompyuterni tushunadigan, u bilan ishlay oladigan va internet sayyoraning barcha burchaklariga bir zumda etib borishni biladigan kishilargina yashar ekan, degan tasavvurga keldim. Bu menga ertaklar olamini eslatdi. Chunki kompyuterdagi tugmachalarini bosib, ma’lum soniyalar ichida boshqa mamlakatlarga borib қolganimni, yoki darslarni yaxshi o’zlashtirish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni kattalar va ustozlar yordamida tezda topib olganimni eslasam, quvonib ketaman. Albatta, kompyuter va internetdan foydalanishni yaxshi o’rganib olishimda shu markaz rahbari R.Badalov domlaning roli katta bo’lganligini doim dilimda saqlab kelyapman.
2009- yil noyabr oyida ustozimiz R.Badalov Amerika Qo’shma Shtatlarida ish olib borayotgan www.epals.com ta’lim portali e’lon qilgan xalqaro internet tanlovi haqida xabar berdi. Ko’pchilik o’quvchilar qatnashish istagini bildirdilar, ammo internet markaziga qatnaydigan 3ta o’quvchi – men, Jasur, Mahliyo opa o’z ishlarimizni yozib, ustozga ko’rsatdik. O’qituvchimiz yozgan ishlarimizni ko’rib, yo’l qo’yilgan hato va kamchiliklarni to’g’rilash kerakligini tushuntirdilar. Hatolarimizni to’g’rilab, insholarimizni www.epals.com tanlovga yubordik. Bu tanlov global isib ketishing oldini olish va planetamizni saqlash haqida edi. Yozgan ishlarimiz dunyodagi ko’pgina o’quvchilarning ishlari qatori ko’rib chiqildi. 10 dekabr kuni ustozimiz R.Badalov bizni tabriklab, ishlarimiz tanlov hay’atiga ma’qul kelganligini aytdi va men yozgan insho esa birinchi o’ntalikka kirib, maxsus diplom bilan mukofotlangani bilan tabrikladi. 2009- yil dekabr oyida Kopengagenda bo’lib o’tgan global isib ketish muammolariga bag’ishlangan xalqaro Konferenstiyada, bu insho boshqa g’olib insholar qatori dunyo olimlariga o’qib berilishi meni quvontirdi. Men bundan juda g’ururlandim va ustozimiz Badalov domlaga, kompyuter saboqlarini o’rgatgani uchun minnatdorchilik bildirdim. Xalqaro internet tanlovda mukofotli o’ringa ega bo’lgan bu insho hozirgi kunda mana bu internet manzilda turibdi: http://www.epals.com/media/g/student...n/default.aspx
|
|
|
Ответить
|