Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Библиотеки
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Библиотеки ... в том числе электронные


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.06.2010 21:45   #41  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Кирилл алифбосида ёзилган ўзбекча китобларни тез ўқийман. Шу пайтгача русчада 2 та китоб ўқиганман. Паоло Коэлони битта китоби билан Чингиз Айтматовнинг "Бўтакўз"ини. Нимагадир русча ўқисам чарчаб кетаман.
Men ham o'zbekcha kiril alifbosidagi kitoblarni tez o'qiyman-ku, lekin anchadan beri o'qiganim yo'q.. Sizga o'xshab, oxirgi marta "Yulduzli tunlar"ni bir kechada o'qib chiqqandim (2-marta)...O'zbekchada, o'qigani yetarli adabiyot bo'lmaganidan, o'rischa o'qishga o'rganib qolgan odam...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 08.06.2010 01:26   #42  
Real ID Group
Аватар для Алишер Ашуров
Оффлайн
АО "Navoiyazot"
AKA:Alion
Сообщений: 948
+ 958  930/396
– 8  1/1

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Dan Brownning "Farishtalar va Shaytonlar", "Da Vinchi kodi" asarlarini o'qib chiqishni tavsiya qilaman, judayam qiziqarli va faktlarga boy.

"Yo'qolgan tumor" (Lost symbol) asarini esa, endi boshlaganman, oxiriga yetsam, keyin qanaqa ekanini yozaman.
Дэн Брауннинг бундан ташқари "Цифровая крепость" ва "Точка обмана" асарлари ҳам жуда қизиқарли ва одамни ўзига ром қилади.
"Утраченный символ" асарини аудиокитоб ҳолида юклаб олиб эшитяпман. Айнан "Farishtalar va Shaytonlar" ва "Da Vinchi kodi" асарларининг давоми.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 08.06.2010 03:46   #43  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Алишер Ашуров Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Dan Brownning "Farishtalar va Shaytonlar", "Da Vinchi kodi" asarlarini o'qib chiqishni tavsiya qilaman, judayam qiziqarli va faktlarga boy.

"Yo'qolgan tumor" (Lost symbol) asarini esa, endi boshlaganman, oxiriga yetsam, keyin qanaqa ekanini yozaman.
Дэн Брауннинг бундан ташқари "Цифровая крепость" ва "Точка обмана" асарлари ҳам жуда қизиқарли ва одамни ўзига ром қилади.
"Утраченный символ" асарини аудиокитоб ҳолида юклаб олиб эшитяпман. Айнан "Farishtalar va Shaytonlar" ва "Da Vinchi kodi" асарларининг давоми.

"Цифровая крепость" ва "Точка обмана" асарларини бир неча йиллар аввал укигандим, хакикатан хам яхши ёзилган... "Lost symbol" ga kelsak, avvalgilaridan boshqacharoq uslubda yozilganga o'xshadi menga... Ajoyib...

Lekin, mana shu asarlarning ichida men "Da Vinchi kodi"ga alohida e'tibor qaratmoqchiman... Bu asarni, agar muallifini bilmay o'qiganimda, ayol kishi yozgan, degan bo'lardim. Chunki, undagi qarashlar, fikr-va g'oyalar, mulohazalar aynan ayol kishi psixologiyasiga ko'ra yozilgandek... Bu bilan, jinslarni kamsitish ma'nosida emas, asar yozilish nuqtai nazaridan olib qarayapman... Shu sababli ham, menda bu asarni dan Brown o'zi yozganligiga shubham bor...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 08.06.2010 05:09   #44  
Real ID Group
Аватар для Алишер Ашуров
Оффлайн
АО "Navoiyazot"
AKA:Alion
Сообщений: 948
+ 958  930/396
– 8  1/1

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Lekin, mana shu asarlarning ichida men "Da Vinchi kodi"ga alohida e'tibor qaratmoqchiman... Bu asarni, agar muallifini bilmay o'qiganimda, ayol kishi yozgan, degan bo'lardim. Chunki, undagi qarashlar, fikr-va g'oyalar, mulohazalar aynan ayol kishi psixologiyasiga ko'ra yozilgandek... Bu bilan, jinslarni kamsitish ma'nosida emas, asar yozilish nuqtai nazaridan olib qarayapman...
Асарда ҳақиқатан ҳам аёл шахси улуғланган. Яъни барча жонли нарсаларнинг вужудга келиши аёллик ибтидосига боғлиқ ҳолда тасвирланади.
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Shu sababli ham, menda bu asarni dan Brown o'zi yozganligiga shubham bor...
Билмадим, эҳтимол фаразингиз тўғридир. Лекин, эътибор берган бўлсангиз, Дэн Брауннинг деярли барча асарлари аввалида "Блайзга бағишланади" сўзлари келади. Ким экан бу Блайз? Менинг фикримча турмуш ўртоғи, яъни аёл киши. Балки улар икковлашиб ёзгандир.
Ответить 
Старый 11.06.2010 16:03   #45  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
N. Ganjaviyning Xamsasini to'liq 5 ta dostonini o'qib chiqishni har bir insonga,ayniqsa, qiz o'stirayotgan onalarga tavsiya qilgan bo'lar edim, judayam. Erkak kishining logikasi bilan yozilgan "Xusrav va Shirin" dostoni meni judayam hayron qoldirdi. Bekorga, Pushkin, Gyote, o'zimizning Sharq mumtoz adabiyotimizga oshiq bo'lib qolmagan ekanlar degan xulosaga keldim. Aynan, ushbu Sharq adabiyotidan ta'sirlangan Gyote, keyinchalik o'zining G'arbu Sharq devonini yozgan. Ushbu devonda Gyote o'zining 30 yoshli sevgilisi Mariannani, Zulayho deb nomlagan. Albatta, o'qib chiqinglar, kimda-kim hali o'qimagan bo'lsa.
Ответить 
Старый 11.06.2010 16:12   #46  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
N. Ganjaviyning Xamsasini to'liq 5 ta dostonini o'qib chiqishni har bir insonga,ayniqsa, qiz o'stirayotgan onalarga tavsiya qilgan bo'lar edim, judayam. Erkak kishining logikasi bilan yozilgan "Xusrav va Shirin" dostoni meni judayam hayron qoldirdi.
Doston ushbu kunlarda sotuvda yo'q/
Imkoni bo'lsa qachon, qaysi nashriyotda nashr etilganini keltirib o'tsangiz, iltimos.
Asarga yozilgan adabiy sharhni o'qiganman-u, biroq doston bilan tanishib chiqish baxtiga musharraf bo'lmaganman.
Ответить 
Старый 11.06.2010 16:18   #47  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Bundan tashqari, albatta "Faust"ni o'qib chiqishlaringizni tavsiya qilgan bo'lar edim. Xususan meni, hayron qoldirgan jihatlaridan biri bu- qizning shayton alayhi la'na oldida past ketmagani. Qiz Faust bilan gunoh ishni qilib qo'ganida ham shayton alayhi la'na bilan Faust uni qamoqdan qutqarishga kelishganida, ular bilan ketmaydi. Gunohi uchun o'zi javob berishini bo'yniga oladi, ya'ni shaytonni alayhi la'na yordamini rad etadi.
Hammayam gunohkor, beayb Parvardigor, lekin hamma ham gunohini tan olib, shaytonga (a.l) past kelmasligi kerak degan xulosa chiqadi, menimcha....
Ответить 
Старый 11.06.2010 16:27   #48  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
N. Ganjaviyning Xamsasini to'liq 5 ta dostonini o'qib chiqishni har bir insonga,ayniqsa, qiz o'stirayotgan onalarga tavsiya qilgan bo'lar edim, judayam. Erkak kishining logikasi bilan yozilgan "Xusrav va Shirin" dostoni meni judayam hayron qoldirdi.
Doston ushbu kunlarda sotuvda yo'q/
Imkoni bo'lsa qachon, qaysi nashriyotda nashr etilganini keltirib o'tsangiz, iltimos.
Asarga yozilgan adabiy sharhni o'qiganman-u, biroq doston bilan tanishib chiqish baxtiga musharraf bo'lmaganman.

Assalomu alaykum Nigora. U kitob 1946- yilda chiqqan va urus tilida. Men ularni rusiy zabonda o'qidim. Ammo, o'zbek tilida 5 -dostoni tarjima qilingan va u sotuvda hozir bor. Nomi "Iqbolnoma" deb ataladi. Hayronman nega uni bunday tarjima qilishgan, maliy bu boshqa masala. Kutubxonalarda yo'qmikan? Albatta, so'rab ko'ring.
Ответить 
"+" от:
Старый 11.06.2010 17:00   #49  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
... meni hayron qoldirgan jihatlaridan biri bu- qizning shayton alayhi la'na oldida past ketmagani. Qiz Faust bilan gunoh ishni qilib qo'ganida ham shayton alayhi la'na bilan Faust uni qamoqdan qutqarishga kelishganida, ular bilan ketmaydi. Gunohi uchun o'zi javob berishini bo'yniga oladi, ya'ni shaytonni alayhi la'na yordamini rad etadi.
Hammayam gunohkor, beayb Parvardigor, lekin hamma ham gunohini tan olib, shaytonga (a.l) past kelmasligi kerak degan xulosa chiqadi, menimcha....
Fikrimcha, bu yerda gap past ketishlik haqida emas, balki har kim qilgan o'z gunohi uchun javob bera olishi kwrak degan g'oyaning borligida. Gunoh ongli tarzda- bilib turib qilingan va bilmay qilingan gunoh kabi turlarga bo'linadi.
Gunohni tan olishlik esa jasorat hisoblanadi.
Demak, qizda g'urur kuchli ekan.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 11.06.2010 17:04   #50  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Bir qiziq bo'lib qolgan edim, qishning izg'irin kunlarida. O'shanda men Paolo Koelini "Maktub" nomli kitobini sotib olaman deb, rossa oxtarib yurganman, ancha vaqt topolmay. Zo'rg'a topib olganimda, shunday o'zimni baxtli his qilganman. Kitobda keltirilgan rivoyatlari yoqqan edi. Keyinchalik Ganjaviyning "Layli va Majnun" dostonida aynan o'sha rivoyatlar yozilganini ko'rib, xafa bo'lganman. Oqqan suvni qadri yo'qday tuyulgan. Oldin o'zimizni Sharqdagi zabardast shoirlarni o'qisangchi degan xulosaga kelganman....
Ответить 
"+" от:
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх