Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ИКТ и телеком > Веб-ресурсы и доменные имена > Новости с внешних веб-ресурсов
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Новости с внешних веб-ресурсов Кросспостинг интересных новостей с различных веб сайтов наших пользователей...


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 01.08.2009 18:00   #41  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
UZBLOGGERga savol*bering

Hurmatli blog o&lsquo;quvchilari,
Agar siz ushbu blog muallifi, ya’ni kaminaga qandaydir savol berish va unga javob olish niyatida yurgan bo&lsquo;lsangiz, endi sizda bunday imkoniyat mavjud. Istagan kishi istagan mavzusida va istagan miqdorda savol berishi mumkin, barcha savollarga shaxsan o&lsquo;zim javob berishga va’da beraman. Eng qiziqarli savollarni alohida post sifatida chop etiladi.
Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 01.08.2009 18:00   #42  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Muntazam blog yuritish uchun vaqt*topish


Muntazam blog yuritish juda ham qiziq mashg&lsquo;ulot bo&lsquo;lishiga qaramay, xar doim ham buning uchun vaqt topa olmaymiz. Ayniqsa, butun kun ish yoki o&lsquo;qish bilan band bo&lsquo;lganlar uchun, oilali insonlar uchun muntazam blog yuritishga ko&lsquo;p vaqt ajratish muammo hiosblanadi. Ba’zan esa jismoniy jihatdan ham vaqt yetmasligi mumkin. Lekin, qarovini topsang, qor ham yog&lsquo;adi deyishganidek, barcha narsani to&lsquo;g’ri rejalashtirish natijasida blog yuritish uchun ham bemalol vaqt topish mumkin.
Shaxsan men blog yuritishni endi-endi boshlagan paytlarimda blogda maqola chop etish tizmi mavjud emas edi. Hohlasam 1 kunda 3-4talab maqola yozishim, hohish yo&lsquo;qligida haftalab hech narsa yozmasligim mumkin edi. Reja asosidagi muntazamlik yo&lsquo;q edi. Lekin, vaqt o&lsquo;tgan sari, bu sohada ma’lum bir malakaga ega bo&lsquo;lish natijasida shu narsani tushundimki, muntazamlikni yo&lsquo;qotish juda ham salbiy natijalarga olib kelar ekan. Eng muhimi — o&lsquo;quvchilar yo&lsquo;qoladi. O&lsquo;ylab ko&lsquo;ring, bir necha oylab mehnat qilib o&lsquo;nlab o&lsquo;quvchilarni endi topganingizda yana yo&lsquo;qotib qo&lsquo;yish bu hammamiz hohlamaydigan hodisalardan biri, to&lsquo;g’rimi?
Reja asosida blog yuritish

Muntazamlikni yo&lsquo;qotmaslikning eng samarali usullaridan biri bu reja asosida blog yuritishdir. Masalan, 1 haftada 3-5ta maqola chop etishni maqsad qilib qo&lsquo;ying, chunki xar kuni maqola chop etish ham o&lsquo;quvchilarni medasiga tegishi mumkin. Bir kunda blogda maqola yozish uchun 2 soat vaqtingizni ajrating. Iloji bo&lsquo;lsa, erta tongda turiboq darhol maqola yozishga kirishing. Maqola yozish arafasida hech narsaga chalg&lsquo;imang. Sizni chalg&lsquo;itishi mumkin bo&lsquo;lgan narsalarni, maslan Internetni uzib qo&lsquo;ying yoki brauzerni yopib qo&lsquo;ying. Maqola yozayotganda faqat yozayotgan maqolangiz haqida o&lsquo;ylang. Sizda atiga 2 soat vaqt bor xolos, shu 2 soat ichida foydali maqola yozishga o&lsquo;zingizni o&lsquo;rgating. 2 soat ichida siz hamma narsani amalga oshira olmaysiz, ya’ni xar doim qiladigan ishlaringiz bo&lsquo;lmish elektron pochtangizni tekshirish, twitter xabarlarini kuzatish va blogda maqola yozish kabi narsalarni 2 soat ichida uyg&lsquo;unlashtirish juda qiyin bo&lsquo;ladi, shuning uchun faqat maqola yozishni tanlaysiz.
Yuqoridagi uslub muntazam blog yuritishning eng asosiy uslublaridan biri hisoblanadi. Amaliyotda bu sizga qanchalik yordam berishini sinab ko&lsquo;ring.
Bundan tashqari yana qanday uslublar muntazam blog yuritishga yordam berishi mumkin? Siz muntazam blog yuritish uchun nimalarni qilgansiz yoki qilmoqchisiz? Iltimos, bu haqda o&lsquo;z fikrlaringiz bilan o&lsquo;rtoqlashing va muhokamada ishtirok eting. Rahmat.
Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 03.08.2009 06:43   #43  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
RSS*nima?


RSS nima? Internetga endi qadam qo&lsquo;yib kelayotgan foydalanuvchilarning ko&lsquo;pchiligida shunday savol tug&lsquo;ilishi mumkin, shuning uchun alohida maqola sifatida ushbu mavzu haqida ma’lumot berib o&lsquo;tmoqchiman.
UZBLOGGERda chop etilayotgan eng so&lsquo;nggi maqolalardan muntazam ravishda xabardor bo&lsquo;lib turishni hohlaysizmi?
So&lsquo;nggi maqolaalrdan xabardor bo&lsquo;lishning bir necha yo&lsquo;llari mavjud. Blog o&lsquo;quvchilari tomonidan eng ko&lsquo;p foydalaniladigan yo&lsquo;li bu RSS tasmasidan foydalanishdir. Lekin RSS nima?
RSS nima?

RSS bu millionlab internet foydalanuvchilari tomonidan o&lsquo;zlari yoqtirgan saytlarni kuzatish vositasi hisoblanadi.
Avvallari, biron-bir saytni muntazam kuzatib yurish uchun o&lsquo;sha sayt manzilini brauzerdagi xatcho&lsquo;plar ro&lsquo;yxatiga kiritishingiz va yangilik qo&lsquo;shilganligini bilish uchun qayta-qayta ushbu saytga tashrif buyurib turishingiz kerak bo&lsquo;lardi. Bu foydalanuvchi uchun albatta juda ham noqulay usul hisoblanadi. Hamma ishni o&lsquo;z qo&lsquo;lingiz bilan qilishingiz kerak; o&lsquo;nlab saytlarni kuzatish juda ham murakkab jarayonga aylanib ketadi; agar saytni qayta tekshirishni unutsangiz, yangilikdan o&lsquo;z vaqtida boxabar bo&lsquo;la olmaysiz va hokazo.
RSS barchasini o&lsquo;zgartiradi

Sodda qilib aytganda RSS saytda paydo bo&lsquo;lgan yangilik haqida o&lsquo;zi sizga xabar beradi.
Bu juda ham vaqtni tejaydi va yangilik chop etilishi bilan sizga yetib keladi.
RSS — “Really Simple Syndication” iborasining qisqartmasi hisoblanadi, bundan tashqari “RSS feed”, “news feed” kabi iboralar bilan ham ataladi. O&lsquo;zbek tilidagi saytlarda “RSS tasma”, “RSS tasma orqali kuzatish/o&lsquo;qish” yoki oddiy qilib “RSS orqali” kabi iboralardan foydalaniladi.
RSSdan foydalanish

RSSdan foydalanish uchun birinchi o&lsquo;rinda RSS o&lsquo;qish vositasini tanlashingiz kerak. Ayni paytda bunday vositalar, xizmatlar tiqilib yotibdi. O&lsquo;zingizga eng yoqqanidan foydalanishga haqlisiz. Eng avval bepul va qulay vositalardan foydalanilgani ma’qul. Masalan Google Reader va Bloglines. Men shaxsan Google Readerdan foydalanaman, chunki juda ham qulay va oson.
Bunday RSS o&lsquo;qish vositalarining ishlash usuli juda ham oson, huddi elektron pochta singari. Siz obuna bo&lsquo;lgan saytlarda yangi chop etilgan maqolalar huddi yangi kelgan elektron maktubi sifatida paydo bo&lsquo;ladi va o&lsquo;qish imkonini beradi. Hohlasangiz, maqola chop etilgan saytga o&lsquo;tib ketishingiz ham mumkin, maslan sharh qoldirish uchun.
RSS bog&lsquo;lari aksariyat saytlarda singari tasvirlar bilan ko&lsquo;rsatiladi.
Brauzerda esa quyidagicha ko&lsquo;rinishga ega bo&lsquo;ladi:

O&lsquo;ng tarafdagi sariq ikonachani bossangiz, UZBLOGGERning RSS tasmalari sahifasi ochiladi. Ushbu sahifa orqali obuna bo&lsquo;lishingiz mumkin. Yoki, RSS o&lsquo;qish vositasi orqali hohlagan RSS manzilini o&lsquo;z ro&lsquo;yxatingizga qo&lsquo;shgan holda obuna bo&lsquo;lishingiz ham mumkin.
Email orqali obuna bo&lsquo;lish

Agar RSSdan foydalanish sizga qandaydir murakkab tuyulayotgan bo&lsquo;lsa, bemalol email orqali obuna bo&lsquo;lishingiz ham mumkin. Bunda saytda chop etiladigan barcha maqolalar to&lsquo;g’ridan-to&lsquo;g’ri elektron pochtangizga yetib boradi.
Ushbu blogning chap qismida yuqorida email orqali obuna bo&lsquo;lish imkoniyati mavjud. Sizning email manzilingiz uchinchi shaxslarga ulashilmaydi, faqat blogda chop etiladigan maqolalarni yuboriladi xolos. Istagan paytda obunani to&lsquo;xtatish imkoniyatiga egasiz.
Umid qilamanki, ushbu maqola RSS borasidagi barcha savollaringizga javob beradi.
Ulashish/Saqlash</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 07.08.2009 20:00   #44  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Vaqt*ko‘rsatadi…

Blog yuritishda eng asosiy narsa vaqt ekanligini bilasizmi?
Ushbu blogda o&lsquo;nlab blog yuritish sirlarini mutolaa qildingiz va yana bir nechta saytlar orqali muvaffaqiyatli blog yuritish bo&lsquo;yicha maslahatlarni oq’idingiz, barcha maslahatlarni amaliyotda sinab ko&lsquo;rdingiz va o&lsquo;nlab qiziqarli hamda foydali maqolalarni chop etdingiz, lekin hanuz blog o&lsquo;quvchilarining soni fazoga ko&lsquo;tarilayotgan raketa singari tez ko&lsquo;paymayapti. Qachon ko&lsquo;payadi? Buni vaqt ko&lsquo;rsatadi…
Men mana 2 yildan ko&lsquo;proq vaqt oralig&lsquo;ida blog yuritib kelayotgan bo&lsquo;lsam, hozirgacha o&lsquo;nlab mashhur bloggerlar bilan suhbatlashganman, ularning muvaffaqiyat sirlari haqida o&lsquo;qiganman. Hozir ham bir nechta yirik va mashhur bloggerlarni doimiy mutolaa qilib yuraman. Barcha mashhur bloggerlar yuqoridagi “Qachon?” degan savolga yuzlab maqolalar orqali, yuzlab intervyular orqali o&lsquo;z o&lsquo;quvchilariga javob berib bo&lsquo;lishgan. Javob esa bitta — vaqt ko&lsquo;rsatadi.
Darhaqiqat, blog yuritishda ma’lum bir vaqt oralig&lsquo;ida ma’lum bir muvaffaqiyatga erishasiz, yoki 2 yildan so&lsquo;ng blogging dunyosining cho&lsquo;qqisiga ko&lsquo;tarilasiz deb hechkim sizga kafolat bera olmaydi. Buni hammasini vaqt ko&lsquo;rsatadi. Blog yuritish, ma’lum bir natijalarga erishish 1-2 oylik ish emas. Bu uzoq muddatli jarayon hisoblanadi. Vaqt o&lsquo;tgan sari ushbu sohada o&lsquo;z nomingizga, brendingizga ega bo&lsquo;la boshlaysiz, o&lsquo;ziga hos guruh yaratasiz va mana shu guruhni ergashtirib yurasiz va natijada o&lsquo;z-o&lsquo;zidan o&lsquo;zingiz intilgan shon-shuhratga ega bo&lsquo;lasiz. Lekin buning ortida juda ham katta mehnat va toqat yotadi. Sabrli bo&lsquo;lmasangiz, mehnat qilmasangiz, bunday cho&lsquo;qqilarga erisha olmaysiz.
Blog yuritishni odat qilib oling, boshqa bloggerlar bilan do&lsquo;stlashing va muntazam maqolalar chop eting, qolganini esa vaqt ko&lsquo;rsatadi.
Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 09.08.2009 20:20   #45  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Blogdagi maqola hajmi qanday bo‘lishi*kerak?

Blogda chop etilayotgan maqolalarning hajmini har bir blogger o&lsquo;zi belgilaydi. Lekin, blog maqolasi uchun optimal hajm qanday? Siz o&lsquo;zingiz uchun belgilagan hajm qay darajada to&lsquo;g’ri? Bu maqolada shu kabi savollarga javob berishga harakat qilaman.
Aslida, maqola hajmi bo&lsquo;yicha aniq bir o&lsquo;lcham mavjud emas. Lekin, bu borada avvallari juda ko&lsquo;p bahs-munozaralar olib borilgan va ma’lum bir maslahatlar vujudga kelgan. Mana shu maslahatlarga quloq tutgan holda eng optimal hajm haqida tegishli xulosalat chiqarib olishingiz va amalda sinab ko&lsquo;rishingiz mumkin.
O&lsquo;quvchi e’tibori

Juda ko&lsquo;plab o&lsquo;quvchilar avval blogingizga ko&lsquo;z yugurtirib chiqishadi. Bunda asosan blog bosh sahifasi va undagi maqolalarga ko&lsquo;z tashlab chiqishadi. Odatda bu jarayon uchun 1-1,5 minut vaqt ajratishadi. Mana shu vaqt oralig&lsquo;ida blogdagi maqolalar o&lsquo;quvchining e’tiborini qozona olishi kerak. O&lsquo;quvchining e’tiborini qozonish uchun e’tiborni tortuvchi sarlavhalardan va qisqa paragraflardan foydalanishga harakat qiling. Qisqa paragraflarga bo&lsquo;lingan paytda, maqolaning eng muhim tomonlarini bir marta ko&lsquo;z tashlab bilib olish imkoniyati paydo bo&lsquo;ladi. Maqolaning umumiy hajmi, mana shundan kelib chiqqan holda, o&lsquo;rta me’yorda bo&lsquo;lgani yaxshi.
SEO

SEO deganda blog maqolalarini qidiruv tizimlari uchun moslashni tushunamiz. Ushbu sohada mutaxassis hisoblanganlarning orasida shunday gap borki, juda ham uzun yoki juda ham kalta yozilgan maqolalarga qidiruv tizimlari salbiy baho beradi. Albatta, bu yerda ham eng to&lsquo;g’ri, aniq bir hajm ko&lsquo;rsatilmagan. Umumiy holatlarga qarab eng kami 250ta va eng ko&lsquo;pi 1000ta so&lsquo;zdan iborat bo&lsquo;lgan maqola optimal deb hisoblanishi mumkin.
Maqolalarning soni

Yana bir qiziq nazariyalardan biri shuki, qancha qisqa maqola yozsangiz, shuncha ko&lsquo;p maqola yozishingiz mumkin. Qo&lsquo;pol qilib, bir maqolani 3-4 bo&lsquo;laklarga bo&lsquo;lgan holda chop etish deyish mumkin. Bu borada ham aniq bir ko&lsquo;rsatma mavjud emas, lekin har bir maqola o&lsquo;z oldiga qo&lsquo;yilgan maqsadni aniq bajarishi kerak.
Mavzuni yoritish

Aslini olganda, maqola hajmini belgilashda ushbu kriteriya eng asosiysi bo&lsquo;lishi kerak. To&lsquo;g’ri, juda ham uzun maqolalar yaxshi emas, lekin maqolaning mazmunini ochib bera olmaydigan qisqa maqolalardan ham o&lsquo;quvchi uchun naf yo&lsquo;q.
Yuqorida keltirilgan nazariya va maslahatlardan xulosa qilib, harkim o&lsquo;zi uchun mos bir hajmni tanlagani ma’qul.
Men shaxsan o&lsquo;zim 300-500ta so&lsquo;zdan iborat maqola chop etishni ma’qul ko&lsquo;raman. Iloji boricha mavzuning po&lsquo;stkallasiga o&lsquo;tib ketaman. Lekin, men professional yozuvchi emasman, mening tanlagan yo&lsquo;lim noto&lsquo;g’ri bo&lsquo;lishi mumkin. Men bunda asosan o&lsquo;z tajribamndan kelib chiqqanman.
Hurmatli o&lsquo;quvchilar, bu borada siz nima deb o&lsquo;ylaysiz? Maqola hajmiga siz qanday qaraysiz? O&lsquo;z fikrlaringiz bilan o&lsquo;rtoqlashing, o&lsquo;quvchilar uchun bu juda ham muhim.
Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 10.08.2009 08:22   #46  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
So‘rovnoma*#2

View Poll Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 11.08.2009 20:50   #47  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Boshlovchilar*uchun

Boshlovchilar uchun maqolalar to&lsquo;plamiga xush kelibsiz.
Ushbu sahifada boshlovchilar uchun mo&lsquo;ljallab chop etilgan maqolalarning ro&lsquo;yxati berilgan. Bu maqolalar blog yuritishni yangi boshlaganlar uchun blog yuritish asoslarini yetkazib berishga xizmat qiladi.
Boshlovchilar uchun maqolalar to&lsquo;plami
Yanada ko&lsquo;proq maslahatlar kerakmi?

1. Obuna bo&lsquo;ling — agar yuqoridagi maqolalar sizga manzur bo&lsquo;lgan bo&lsquo;lsa, blog yuritish bo&lsquo;yicha muntazam chop etiladigan maqolalardan birinchilardan bo&lsquo;lib xabardor bo&lsquo;lish va ulardan bahramand bo&lsquo;lish uchun RSS orqali(RSS nima?) yoki quyidagi bo&lsquo;shliqqa o&lsquo;z e-mail manzilingizni kiritib e-mail orqali obuna bo&lsquo;lishni unutmang:
2. UZBLOGGER arxiviga marhamat — Yillar mobaynida ushbu blogda 100lab maqolalar chop etilmoqda. Aksariyat maqolalar blog yuritish bo&lsquo;yicha maslahatlar hisoblanadi. Barcha maqolalarni ko&lsquo;rib chiqish uchun blog arxiviga tashrif buyuring va yanada foydali, yanada qiziqarli maqolalardan bahramand bo&lsquo;ling.
Ulashish/Saqlash</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 18.08.2009 00:00   #48  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
O‘zbek Twitterchilar*ro‘yxati


Twitter bu mikroblogging xizmati hisoblanadi. So&lsquo;nggi yillarda juda ham ommalashib borayotgan ushbu veb-servis o&lsquo;zbek foydalanuvchilar orasida ham sekin-sekin ommaviylashmoqda. Ushbu maqolada o&lsquo;zbek tilida biror marta bo&lsquo;lsa ham “tweet” qoldirgan “Tweetter”chilarning ro&lsquo;yxati bilan tanishasiz:Yuqoridagi ro&lsquo;yxat yakuniy emas, agar sizning yoki siz bilan tweeterchining nomini unutib qoldirgan bo&lsquo;lsak, bu haqda sharh qoldirishingiz mumkin, ro&lsquo;yxat muntazam ravishda to&lsquo;ldirib boriladi.
@UZBLOGGERni ham Twitter orqali kuzatib borishingiz mumkin. Ushbu blogda chop etilgan eng so&lsquo;nggi maqolalar haqida xabar birinchi bo&lsquo;lib Twitter orqali e’lon qilinadi.
Ulashish/Saqlash</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 18.08.2009 12:10   #49  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Ilhom kelganda*yozing

Blogda chop etiladigan maqolalarning saviyasini bir maromda ushlab turish oson emas. Blog o&lsquo;quvchilariga muntazam ravishda sifatli va foydali maqolalarni taqdim etish har bir blogger uchun eng asosiy vazifa bo&lsquo;lishiga qaramay, har doim ham bu natijaga erishish oson ish emas. Oson emas degani iloji yo&lsquo;q degani ham emas. Buning iloji bor, lekin bu narsa bloggerdan matonat talab qiladi.
Ilhomning yo&lsquo;qligi

Muntazam blog yuritish davomida shunday holat bo&lsquo;ladiki, biron-bir maqola yozayotib, boshqa narsa uchun chalg&lsquo;iysiz, undan so&lsquo;ng yana maqola yozishga qaytganingizda kelgan joyidan davom etib keta olmaysiz. Chunki sizning miyangizda jamlanib turgan fikrlar tarqab ketib bo&lsquo;ldi. Maqolani yakunlash uchun esa yana fikrlarni jamlash kerak bo&lsquo;ladi.
Yoki yana bir holat, siz 3-4 kundan beri blogda maqola chop etmayapsiz, buning natijasida blog o&lsquo;quvchilarining soni ham kamayib bormoqda. Bu jarayonni to&lsquo;xtatib qolishning bir yo&lsquo;li blogda yana maqola chop etishni davom ettirish, lekin maqola yozish uchun mavzu topolmaysiz, mavzuni o&lsquo;ylaysiz lekin kerakli gaplarni yoza olmaysiz. Oddiy qilib aytganda yozish uchun ilhom topolmaysiz. Ba’zilar bunday paytda nomiga bo&lsquo;lsa ham maqola yozib qo&lsquo;yishadi. Lekin bu maqolaning saviyasi ko&lsquo;pincha avvalgilardan juda ham past saviyada yozilgan bo&lsquo;ladi. O&lsquo;quvchiga nimadur yetishmayotganday, nimadur chala qolib ketganday tuyuladi. Bunday maqolalarning muntazam paydo bo&lsquo;lishi natijasida blog o&lsquo;quvchilari keskin kamayib ketadi. Nima uchun degan savol paydo bo&lsquo;lishi mumkin. Javobi juda ham oddiy — sizning blogingizni o&lsquo;qish uchun oddiy o&lsquo;quvchi turli harakatlarni amalga oshiradi. Masalan, minglab, yuzminglab bloglarning orasidan aynan sizning blogingizni o&lsquo;qiyapti, bir necha muhim ishlarini chetga surib, sifatli va foydali maqoladan bahramand bo&lsquo;lish istagida sizning blogingizga tashrif buyuryapti, lekin siz o&lsquo;quvchi kutgan narsani bera olmayapsiz. O&lsquo;quvchi 1-2 marta sizni kechirishi mumkin, agar juda ham sodiq o&lsquo;quvchi bo&lsquo;lsa 4-5 marta kechirishi mumkin, lekin bu odat doimiy ravishda yuzaga keladigan bo&lsquo;lsa, sizning blogingini tashlab, boshqa blogga o&lsquo;tib ketadi.
Ilhom kelganda…

Eng muhimi, siz o&lsquo;quvchi uchun yozayapsiz. O&lsquo;quvchiga nima kerakligini, unga nima berishni bilishingiz kerak. Turli hil chala-chuypa maqolalar shundoq ham tiqilib yotibdi. Bunga sizning hissangiz qo&lsquo;shilishi shart emas. Aksincha, foydali, sifatli maqolalarni chop etishga harakat qiling. Buning uchun vaqtida dam oling, vaqtida ovqatlaning, vaqtida zavqlaning. Ilhom kelganda esa, fikrlarni jamlab blogingizda maqola yozing.
Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 19.08.2009 00:10   #50  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
O‘z blogingizga o‘quvchilarni qanday jalb*qilasiz?

Shu kunlarda shaxsiy ishlar bo&lsquo;yicha biroz mashg&lsquo;ul bo&lsquo;laman, shuning uchun ushbu vaqt oralig&lsquo;ida blog o&lsquo;quvchilari uchun ajoyib bir sharoit yaratib bermoqchiman. Sizlardan “O&lsquo;z blogingizga o&lsquo;quvchilarni qanday jalb qilasiz?” degan savolga javob berishingiz so&lsquo;rayman. Ya’ni, oz’ blogingizga o&lsquo;quvchilarni jalb qilish jarayonida qanday harakatlarni amalga oshirdingiz, qanday usullar qo&lsquo;l keldi, qaysilari esa umuman foyda bermadi, blog yuritishni endi boshlaganlarga bu borada qanday maslahatlar bergan bo&lsquo;lardingiz.
Ma’lum vaqtdan keyin sizning javoblaringiz asosida bir maqola chop etaman, boshlovchi bloggerlar uchun juda ham foydali bo&lsquo;ladi degan umiddaman.
Marhamat, o&lsquo;z fikrlaringiz bilan o&lsquo;rtoqlashing.
Ulashish/Saqlash</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх