Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 14.08.2010 09:17   #21  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
- Biz dunyoni maqtamayapmiz, aksincha yomonlayapmiz, basharti dunyoni sevganimizda uni maqtardik.
Odam bo'lib keldik odam bo'laylik,
Bu dunyo dardiga malham bo'laylik...(qo'shiqdan)
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 16.08.2010 08:10   #22  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Bir sheryurak, dushmanlar dodini beradigan er kishi bor edi, bir necha yil bir ayolga oshiq bo‘lib yurdi. Ul ayolning bir ko‘zida tirnoq uchiday kichkina oq nuqtasi bor edi. Ayolga ko‘p marta diqqat bilan qaragan bo‘lsa ham bu oqlikdan erkak bexabar edi. Oshiq boshi ishq shavqi qiyomida yor ko‘zining aybini ilg‘armidi?
Bir vaqt erkakning ayolga nisbatan ishqi kamaydi, oshiqlik dardiga darmon topilganday, ayolga bo‘lgan muhabbatida nuqson paydo bo‘ldi. Ayolga boshqacha qo‘z bilan qaraydigan bo‘ldi shekilli, uning ko‘zidagi oq dog‘ni ilg‘ab qoldi. U ayolga dedi:
- Ko‘zingdagi oq dog‘ qachon paydo bo‘ldi?
Ayol dedi:
- Sening muhabbating kamaygan kundan beri shunaqa bo‘ldi. Senda ishqaro nuqson paydo bo‘lgach, mening ko‘zimda ham shu sabab nuqson paydo bo‘ldi.
Ko‘nglingda vasvasadan ming g‘avg‘o bor. Avval o‘z aybingni ko‘r, ey ko‘ngil ko‘zi basir odam! Qachongacha boshqalardan ayb qidirasan, o‘z yoqangni hidlab, o‘z aybingni qidirsang-chi. O’z aybing o‘zingga ayon bo‘lib, og‘irligini sezsang, boshqalar aybiga parvo qilmaydigan bo‘lasan.


"Mantiqut-tayr"dan (Fariduddin Attor).

www.ziyouz.com dan olindi
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 17.08.2010 14:28   #23  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Kechirishning yuki

Bir kuni o'qituvchi litseydagi o'quvchilariga ajoyib taklifni aytdi:
- Bir hayotiy tajribada ishtirok etishni istaysizmi?
O'quvchilar taklifga rozi bo'lishdi.
- Unday bo'lsa, men nima desam, shuni bajarishga so'z bering.
O'quchilar so'z bergach:
Endi ertangi vazifangizga tayyor turing, dedi o'qituvchi. - Ertaga hammangiz yelim xalta va ko'pi bilan besh kilocha kartoshka olib kelasizlar.
O'quvchilar bu qanday "tajriba" ekanini bilmasalar ham? ertasi kuni hamma aytilgan narsalarni olib kelishdi.
O'qituvchi shunday dedi:
- Endi hozirga qadar siz kechirishni xohlamagan kishi uchun bittadan kartoshka oling-da, uning ismini yozib xaltaga joylang.
Bu antiqa va qiziq topshiriqdan so'ng, ba'zilarning xaltasiga uchta, beshta kartoshka kirgan bo'lsa, ba'zi o'quvchilarning xaltasi esa kartoshkadan to'lay deb qoldi Shunda "Bu yog'i qanday bo'larkan?" deb qarab turgan o'quvchilarga o'qituvchi o'zining keyingi topshirig'ini aytdi:
- Bir hafta davomida qayerga borsangiz ham, bu xaltalarni doim o'zingiz bilan olib yurasiz. Xoh yotog'ingizda, xoh avtobusda yoki maktabda bo'lsin, har doim xalta siz bilan bo'lishi lozim.
Oradan bir hafta o'tdi. O'qituvchilari sinfga kirar-kirmas, topshiriqni bajargan o'quvchilar shikoyat qila boshladilar:
- Ustoz, bu og'ir xaltani ko'tarib yurish juda qiyin.
- Ustoz, kartoshkalar ayniy boshladi. Odamlar ham menga g'alati qarashyapti.
- Ham zerikib ketdik, ham charchadik, ustoz...
Shunda o'qituvchi jilmayib turib, o'quvchilariga ibratli bir gap aytdi:
- Buni qarang, kechirmasdan aslida o'zimizni jazolayotgan ekanmiz. Ruhimizni mana shunday og'ir yukni tashib yurishga mahkum qilib qo'yibmiz. Kechirimli bo'lishni birovga nisbatan qilinayotgan yaxshilik, ehson deb o'ylaymiz. Aslida, bu eng avvalo, o'zimizga qilingan yaxshilikdir.

(Turk tilidan Muna va Sumayro Xolmurodovalar tarjimasi)
"Sirli, ibratli va hayotiy voqealar" kitobidan 2-qism. T.-2009
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 30.08.2010 10:06   #24  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Ҳикоят

Бир куни мусулмон, христиан ва яҳудий йўлда кетаётган эди. Улар кўп юриб, бир уйда меҳмон бўлдилар. Уй эгаси эса уларга ҳурмат-эҳтиром кўрсатди, қуюқ зиёфат берди. Охирида ширин бир ҳолва ҳам келтирди. Бироқ уларнинг қоринлари тўқ эди. Улардан бири:
- Дўстлар, ҳозир ҳаммамизнинг қорнимиз тўқ. Кимда-ким уйқусида чиройли бир туш кўрса, ҳолвани ўша киши есин, - деди.
Яҳудий, насроний уйқу дардида ётдилар. Мусулмон ярим тунда туриб, ибодатини қилди ва оч қолди. Кейин ҳолвани олиб еди. Тонг ёришгач:
- Эй дўстлар! Тушингизда нималарни кўрдингиз? Кўрган тушларингизни айтинг, - деди.
Яҳудий:
- Бугун мен тушимда Ҳазрати Мусони (а.с.) кўрдим. У менга йўлбошчи бўлди. Ҳазрати Мусо алайҳиссалом билан биргаликда Тур тоғига чиқдик. Сўнгра Мусо (а.с.) менга табассум ила назар солдилар. Бу кишининг қарашларидан Тур тоғи парча-парча бўлди. Аллоҳ таолонинг марҳамати ила бу нурдан вужудим титраб кетди. Таърифлашга эса ожизман, - деди.
Шундан сўнг насроний ҳам ўз тушини баён этди:
- Бу кеча тушимга Ҳазрати Исо (а.с.) пайғамбар кирди. Мен ул зот билан тўртинчи осмонга кетдим. Унинг мақомини зиёрат қилдим. Шубҳасиз, мен кўрган бу туш, мақомимнинг юксак эканига бир далил эмасми? - деди.
Мусулмон уларнинг кўрган тушларини тинглаганидан сўнг:
- Эй, менинг йўлдошларим! Бирингиз самода, бирингиз эса Тур тоғида юрганингизда, султони анбиё бу кеча менинг олдимга келди:
- Эй ғариб умматим! Яҳудий Тур тоғига кетди. У ерда Калимуллоҳ билан суҳбатлашиб қолди. Насроний эса тўртинчи осмонга кетди ва Ҳазрати Исо пайғамбар билан кўришди. Сен-чи, сен уйингда ёлғиз қолдинг. Сен ҳам ўрнингдан тур. Улар катта зиёфатларда ўтиришибди.Сен мана шу ҳолвани егин, - деди. Мен эса дарҳол амрга итоат қилиб, ҳолвани едим. Тушларингиз муборак бўлсин, - деди.

Буни кўрган яҳудий ва насроний ҳайратда қолиб, инсоф юзасидан дедилар:
- Худо ҳаққи, энг ҳақиқий тушни сен кўрибсан. Уйғоқ одам албатта ҳақиқатни кўради. Ҳолвани ҳам ўша инсон ейди.

Ҳисса

Мусулмон киши ҳолва ейиш умидида ухламади, аксинча ибодати ила ўз вақтида ухлаб нафсига эргашмагани учун ҳолва унга насиб этди. Улар эса ҳолва ейиш мақсадида ухлаган эдилар.

Қиссадан ҳисса шуки, ақл билан қилинган иш ўзининг гўзал натижасини беради.

"Болалар учун ибратли ҳикоятлар", Турк тилидан Санобар Нуриддинова таржимаси.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 28.09.2010 11:20   #25  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
YASHIRIN SAVDO

Abbosiylar halifalaridan Horun ar-Rashid ayoli Zubayda bilan tungi sayrga daryo qirg’og’iga chiqishibdi. Daryo bo’yida Bahlul degan avliyoulloh qumdan uy yasayotganini ko’rgan halifa undan so’rabdi:
- Ayo, Bahlul nima qilyapsiz?
- Qumdan uy quryapman.
- Uni nima qilasiz?
- Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
Horun ar-Rashid Bahlul Dononing gapiga kulimsirab, o’tib ketaveribdi. Halifaning orqasidan yetib kelgan xotini Zubayda ham Bahluldan nima qilayotganini so’rabdi.
- Uy quryapman, begim. Kim sotib olsa, uni duo qilaman, Alloh taolo unga jannatdan bir qasr beradi.
- Qurgan uyingizning narhi necha pul?
- 1 dinor.
Zubayda 1 dinorni unga berib, duo olibdi.
Kechqurun halifa tushida jannatda yurganmish. Qarasa, qizil yoqutdan qilingan qasr tepasiga Zubayda deb yozib qo’yilibdi. Xotinimning qasri ekan, kirib ko’ray-chi, deb borsa, posbon kiritmabdi va:
- Bu yerga kimning ismi yozilsa, o’sha kiradi, - deb, ko’kragidan itarib yuborgan joyida xalifa uyg’onibdi.
“Kecha xotinim haqida Bahlulning duosi qabul bo’libdi. Men ham duo olib kelay”, - deb yana kechqurun xalifa daryo bo’yiga kelibdi. Bahlul hamon uy qurayotgan ekan, undan so’rabdi:
- Uyingizni qanchaga sotasiz?
- Uyimning narhi butun yer yuzining podsholigi.
- Butun dunyoning podsholigiga hatto men ham egamasman, nega bugun qimmat qilib yubordingiz?
- Kecha ko’rmagan savdo edi, bugun ko’rgan savdo.
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
"+" от:
Старый 24.10.2010 13:20   #26  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Shoh Bahouddin Naqshbandiyning sukuti...

Shoh Bahouddin Naqshbandiy(q.s) hazratlari huzurlariga bir kishi kelib nasihat qilishlarini so'rabdi. U kishi (q.s) unga o'tirishini buyurib, bir oz sukut qilibdilar. Oradan o'n-o'n besh daqiqa o'tibdi, shayxning sukutlari davom etaveribdi. Oradan biror soatcha vaqt o'tgach, boyagi kishi sabri to'lib, "Sizning yoningizga nasihat, ibrat olgani kelgan edik, ozgina gapirib nasihat qilsangiz", debdi. Shoh Naqshbandiy (q.s) hazratlari "Bizning sukutimizdan ibrat ololmagan odam gapirgan gaplarimizdan qanday ibrat oladi?" degan ekanlar.

http://www.uzislam.com/News/article/sid=346.html hikoyat shu saytdan olindi.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 24.10.2010 13:28   #27  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Boyazid Bistomiy hazratlarining hayotlaridan


Boyazid Bistomiy kichikligidan ta’lim olishni boshladi. Qunt bilan o’qishni davom ettirdi. Kunlarning birida bir oyati karimadan ta’sirlanib (Luqmon, 14) uyga qaytdi. Onasidan tashvishlanib, nega erta qaytganining sababini shunday bayon qildi: "Bugun o’rgangan oyati karimada Alloh O’ziga va sizga itoat etishimni amr etibdi. Yo faqat sizning xizmatingizni qilayin yo faqat Alloh taola ibodati bilan mashg’ul bo’layin"- dedi. Onasi: "Sen meni qo’y, Allohga ibodat qil", dedi. Shundan so’ng o’zini Allohga bag’ishladi, hech bir amriga nisbatan sustkashlik qilmadi; onasining xizmatlarini-da e’tiborsiz qoldirmadi. Uning kichkina orzusini ham farzi ayn bilib, aytgan har bir shartini bajo etmoqqa hozirlandi. Zero, Yaratganning amri ham shunday edi.



Sovuq bir qish kechasi bo’ldi. Onasi yotarkan, suv istadi. U ham darhol o’rnidan turdi. Ammo chelakda suv qolmagandi. Chashmaga borib chelakka suv to’ldirdi. Uyga kelganida onasining yana qaytib uyquga ketganini ko’rdi. Shirin uyqusini buzmay deb, qo’lida chelak bilan kutib o’ltirdi. Bir ozdan so’ng, „Suv, suv“, deya onasi yana bezovta bo’lib uyg’ondi. O’g’lining bu holda turganini ko’rib: „Bolaginamey, nega satilni qo’lingda ushlab turibsan“, dedi . U esa, „Uyg’onishingiz bilan suvni sizga bera olishim uchun chelak qo’limda kutayotgandim“, dedi. Onasi: „Yo Rabbim, men o’g’limdan roziman. Sen ham rozi bo’l“, deya duo qildi. Balki, onasining ushbu duolari sabab Alloh unga avliyolikning yuksak maqomiga erishmoqni nasib etdi.



http://www.uzislam.com/News/article/sid=326.html
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 24.10.2010 23:32   #28  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Feruza Xodjayeva Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение

Grek qo'mondoni Aleksandr Makedonskiy bilan Iskandar Zulqarnayn bir odam emas... Ular yashagan yillar ham, davlatlar ham boshqa boshqa... Kechroq, manbasini topib, qo'yishga harakat qilaman...
Балки адашаётгандирман, лекин алайҳиссалом сўзи пайғамбарларга нисбатан қўлланилмайдими? Иложи бўлса шу ҳақда ҳам маълумот бера олмайсизми?
Assalomu alaykum, Feruza opa.

O'rinli savol.
Javob: Faqat payg'ambarlarga nisbatan alayhissalom (unga salomlar bo'lsin) ishlatiladi. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) ga esa har ikkisi ham (a.s.) va (s.a.v.) qo'llaniladi.
Payg'ambarimiz s.a.v qolgan payg'ambarlardan farqli o'laroq, xatim an-nabiiy bo'lib, ya'ni payg'ambarlarning oxirigisi bo'lib, Haq din, Islom dinini yetqaza olgan Rasuldirlar. Shu sababli, qolgan payg'ambarlarga nisbatan a.s deyilsa, Payg'ambarimizga nisbatan s.a.v deyiladi.

Forumda, Shokirbek aka borlar, fikrlarini to'la, batafsil yozsalar yaxshi bo'lar edi, chunki men mantiqqatayanib yozdim, aslida esa manbaga tayanib yozilsa yaxshiroq.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 24.10.2010 23:41   #29  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Forumda, Shokirbek aka borlar, fikrlarini to'la, batafsil yozsalar yaxshi bo'lar edi, chunki men mantiqqatayanib yozdim, aslida esa manbaga tayanib yozilsa yaxshiroq.
Rahmat, Ra'no opa. Haqiqatan yaxshi bo'lardi, men ham anig'ini uncha bilmaymanu, lekin negadir shunday deb o'ylagan ekanman.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 24.10.2010 23:58   #30  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Payg'amabarimizga (s.a.v) ikkalasi ham aytiladi deganingiz xato...fikrimni yuqorida bildirdim...
rahmat, sizni tushundim albatta nega xatoligi haqida dalil bo'lsa yaxshi bo'lardi, menga ham. Biron hadis yo allomalar fikridan keltira olasizmi, mumkin bo'lsa? Chunki mantiqan (a.s. - bu unga salom bo'lsin degani, menimcha) shunchaki salom yo'llash va bu Payg'ambarimiz Mustafo (s.a.v) ga ham nisbatan lozim bo'lsa kerak deb o'ylaganman. Lekin dalilim yo'q meni, uzr. Bu shaxsiy fikrim. Shu sabab bu fikrim xatoligini tasdiqlab olmoqchi edim..
Oldindan tashakkur
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх