|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
10.08.2010 19:05 | #12 | ||
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491
1,658/631
– 1
4/4
|
Оффтоп: Цитата:
Цитата:
|
||
|
Ответить |
"+" от:
|
10.08.2010 19:07 | #13 | |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
|
Цитата:
Iskandar Makedonski (Iskandar Maqduniy deb ham yuritiladi. m.av. 356-323) ensiklopedia. Lekin Qur'oni Karimda ham Zulqarnayn ismi bir nech oyatda keladi. Kahf surasi. http://www.quran.uz/tarjima/quran/18 91, 94 oyatlar. To'liq javobni Mas'udbekni o'zlaridan kutib qolaman yana. Shu paytgacha men ham bunga ahamiyat bermasdim, savol uchun ham, javob uchun ham rahmat.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
|
Ответить |
"+" от:
|
10.08.2010 19:19 | #14 | ||
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
|
Цитата:
O'rinli savol. Javob: Faqat payg'ambarlarga nisbatan alayhissalom (unga salomlar bo'lsin) ishlatiladi. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v.) ga esa har ikkisi ham (a.s.) va (s.a.v.) qo'llaniladi. Lekin Zulqarnayn haqlarida turli qarashlar bor. Ba'zilar uni payg'ambar, ba'zilar esa avliyo zot deyishadi. Asosan manbalarda u kishiga (hazratlari) deya murojaat qilingan. Bu haqda "Ibodati Islomiya" kitobining19-sahifasi yoki Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy" kitoblarida aytilgan. "Payg'ambarlar tarixi" (Rahmatulloh qori Obidov) kitoblarida ham Zulqarnaynga (a.s) deb murojaat qilinmagan. Arab tili ustozim (s.a.) deyilsa ham bo'ladi, chunki u kishi haqda payg'ambar yo valiy zot deb qaraladi deganlari uchun (a.s) ni yozib qo'yganman. Lekin bu kitob nashrga chiqqanida "Bilmasdilar" hikoyati Zulqarnaynning o'zi bo'lib kirgan. Kitob do'konlarda sotuvga qo'yilgan . "Sirli Ibratli va hayotiy voqealar" 3-qism. Toshkent 2010. Yurist-media nashriyoti.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
||
|
Ответить |
3 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
10.08.2010 21:19 | #15 | ||
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053
3,248/1,245
– 266
151/145
|
Цитата:
Manba ni yaxshilab o'qib chiqsangiz, bu haqda ma'lumot bor. Iskandar Zulqarnayn bilan Makedonskiyning ikki odam ekanligi haqidagi manbani hozircha topolmadim, qayergadir saqlagandim kompimda, topolmayapman... Topishim bilan, albatta joylashga harakat qilaman P.S. Yuqoridagi bir xil 2 post uchun uzr, telefonimdan yozgandim, bittasi post qilinmagan ko'rsatgandi, shu sabab, ikki marta yozibman
__________________
Мой ЖЖ Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 10.08.2010 в 21:24. |
||
|
Ответить |
"+" от:
|
10.08.2010 22:49 | #16 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
|
Sukut saqlamoq, gapirmoq
Aqlli bir yigit bo'lib, uning o'rganishga bo'lgan ishtiyoqi nihoyatda baland edi. Va bu qiziqish ortidan turli xil ilmlarni o'rgandi. Yigit ayni chog'da go'zal bir tabiatga sohib edi. Juda ko'p majlisda qatnashar, ammo bo'lar bo'lmas gaplarga qo'shilmasdi. Qayerda, qachon, qanday gapirishga e'tibor berardi. Yana bir majlisga yig'ildilar. Otasi ham yonida edi. Juda uzun suhbat bo'ldi, ammo yigit gapga aralashmadi. Bu holat otasi e'tiborini tortdi. Majlis tugashi bilan: - O'g'lim! - dedi. - Sen ham bilgan narsalaring bilan nega bahsga qo'shilmading? Yigit javob berdi: - Qo'rquvdan, otajonim. Bilmaganlarimni so'rab qolishsa juda uyalaman! Donolarning, "Sen gapirmaguningcha hech kimning sen bilan ishi yo'qdir. Ammo, gapirishing bilan so'zingni dalilini keltirishing kerak bo'ladi", - deganlarini eshitmaganmidingiz? Hikmat Gapirish foydali va chiroyli narsa bo'la oladi. Ammo sukut undan yaxshidir. Chunki gap inson boshiga bir talay ishlarni sola biladi. "Gulistondan javohirlar" kitobidan. 2010, Nasaf.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
5 "+" от:
|
11.08.2010 11:09 | #18 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
|
http://info.islom.uz/content/view/1424/1012/
юқорида берилган манбадан "Қуръонда келган Зулқарнайн тўғрисида Азроқий бундай дейдилар: «Байтуллоҳни Иброҳим (а.с.) билан бирга тавоф қилишган, вазирлари Ҳизр (а.с.) бўлган..Искандар Мақдунийнинг вазири эса Арасту бўлган ва милоддан тахминан 300 йил олдин ҳукмронлик қилган. Қуръондаги Зулқарнайн Иброҳим (а.с.) замонларида яшаган».(Ибни Касир. Тафсирул Қурьанил Азим, Каҳф сурасининг тафсири. Дарул маърифа, Байрут. 3 жузь, 1989 й. 106-бет.) " "Зулқарнайнни пайғамбар дейдиганлар ҳам бор. Ҳазрати Алидан (р.а.) пайғамбар бўлганми деб сўралганида: «Одамларни тўғри йўлга бошлаган Аллоҳнинг солиҳ бандаси бўлган»,(Ибни Касир. Тафсирул Қуръанил Азим, Каҳф сурасининг тафсири. Дарул маърифа, Бай-рут, 3 жузъ, 1989 й. 106-бет.) деб жавоб берганлар. Қуръони каримда номи зикр этилган учта шахснинг пайғамбарлиги баҳслидир. Улар Луқмони Ҳаким, Ҳазрати Ҳизр ва Зулқарнайнлар. Турк олими Мустафо Осим Кўксол ўзининг «Пайғамбарлар тарихи» китобида Зулқарнайнни ҳам киритган. Лекин, Зулқарнайннинг пайғамбарлигини инкор этувчилар ҳам бор, дея изоҳ беради. (М.О.Кўксол Пайғамбарлар тарихи, 2 жилд Анқара, 1993. 286-бет.)" Демак, Зулқарнайнга ҳам (а.с)ни ишлатсак хато бўлмас экан. Манбаларда Хизр (а.с) келади. Тахминий қаралган пайғамбарлар орасида Зулқарнайн ҳам бор. Ўзи 124 минг пайғамбар ўтган деб тахмин қилинса, шундан адашмасам 25 таларининг исмлари Китобда учрайди. Тахминий баҳс бўлганлари эса Луқмон, Хизр, Зулқарнайнлардир. Биз кўп жойда Хизр (а.с) деганимиздек, Зулқарнайн (а.с) десак хато бўлмас. Агар у киши шунчаки оддий одам бўлганида у кишига "Мағрибга боринг" мазмунидаги оят келмаган бўларди: Ана шундай, батаҳқиқ, Биз унинг олдидаги нарсанинг хабарини иҳота қилдик. (Яъни, мағрибдаги ҳақ сўзлар ва ишлар машриқда ҳам жорий қилинди. Зулқарнайн мағрибда ҳукмронлик қилганидек, машриқда ҳам ҳукмронлик қилди. Биз, шубҳасиз, Зулқарнайннинг ҳузуридаги ҳамма нарсанинг хабарини тўлиқ биламиз.) (Каҳф, 91.) - (К.) Масалага ойдинлик киритилгани яхши бўлди, албатта. Лекин бу ҳикоятни маъноси учун киритган эдим. "Умринг сувдек оқиб кетади, ҳар бир нарсани вақт ўтгандан сўнг қадри билинади" деган мазмунни тушунганман. Умуман, шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф "Тафсири Ҳилол"нинг 1-қисмида шу мазмунда шарҳ ёзган эдилар: Жаннатдаги тақиқланган мева хусусида кўплаб баҳслар бўлиб келган аҳли илм орасида, лекин муҳими бу эмас. Агар Аллоҳ истаганида уни ўзи очиқ-ошкор айтган бўлар эди китобида. Бу мева нималигини билишдан ҳам кўра шу баён этилган ҳикоятдан олинадиган фойдалар муҳимроқдир.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy Последний раз редактировалось Kavsar; 11.08.2010 в 11:12. |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
12.08.2010 09:39 | #19 |
QO’SHNINING HAQI
Taqiy Usmoniy hikoya qiladi: “Makkai mukarramada bozorga kirib, bir matoni so’radim. Do’kondor o’sha matoni topgunga qadar oldimga 20 tacha o’ramdagi gazlamalarni to’kib soldi. Ularning ichgidan bittasi menga ma’qul tushib, shuni sotib olmoqchi bo’ldim. Narhiyam ma’qul keldi. Sotuvchi: - Siz shu ma’qul keldi-a? - Albatta ma’qul keldi. - Unda yo’lning uyog’iga o’tsangiz, huv anau do’konda ham shu gazlamadan bor. O’sha yerdan sotib oling. - Iye, nega endi. Hamma narsani shu yerda savdo qildim, sizning ham qancha vaqtingizni oldim. Nega endi undan sotib olarkanman. Buning siri nimada? - To’g’ridagi sotuvchi mening qo’shnim, ko’ryapmanki, ertalabdan beri hech narsa sotmadi. Men esa ancha narsa sotib qo’ydim…” |
|
|
Ответить |
12.08.2010 22:52 | #20 |
Сообщений: 769
+ 2,104
1,209/531
– 1
2/2
|
Dunyoni sevmoq
Bir necha kishi to'planib, "Zolim nafs, xoin dunyo, musibatlarning eng avvali..." kabi sifatlar bilan dunyoni yomonlashar edi. Qizig'i shundaki, ular dunyoni yomonlagani sari kayfiyatlari chog', go'yo boshqa bir olamga "sayr" qilishardi. Ittifoqo, bu majlisga kelib qolgan haqiqiy bir olim ularga: - Siz dunyoni naqadar sevishingizga hayron qoldim! - deya xitob qildi. Bu gapdan majlis ahli dovdirab qoldi, hamma sukut saqladi. Nihoyat, oralaridagi bir olim chiqib: - Biz dunyoni maqtamayapmiz, aksincha yomonlayapmiz, basharti dunyoni sevganimizda uni maqtardik. Binobarin, sening bu so'zlaring ma'nosiz, mantiqsiz, - dedi. Orif zot shunday javob qildi: - Yo'q, unday emas. Dunyo sizga yor bo'lmagani uchun ham uni yomonlash bilan qalbingiz taskin topmoqda. agar qalbingizda dunyoga qiziqish bo'lmaganida, u bilan ovora bo'lmas edingiz. Inson sevgan narsasini gapirib tasalli topadi. Siz yomonlash orqali yashirin sevgingizga tarjimon bo'lib, qalbingiz taftini bosmoqdasiz. Hissa Til ko'ngil tarjimonidir. Tillar ko'ngillarga bog'langan. Oshiqning fikri nima bo'lsa, zikri ham o'shadir. Qalbi pokiza, komil inson boshqasining qadrini yerga urishni ep ko'rmaydi, biroq voqealarga ibrat nazari bilan qaraydi, kerakli xulosalar chiqaradi. Hikmat Dili pokning - tili pok. (Turk tilidan Sanobar Nuriddinova tarjimasi) "Bolalar uchun hikmatli hikoyatlar"
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy |
|
Ответить |
3 "+" от:
|
|