Знаете ли Вы, что ... | |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Новости с внешних веб-ресурсов Кросспостинг интересных новостей с различных веб сайтов наших пользователей... |
Ответить |

Опции темы | Опции просмотра |
16.12.2008 12:20 | #11 | ||
WordPressga oid foydali resurslar rukni ostida ushbu blog haqida ma’lumot berib o‘tmoqchiman. WpRecipes.com blogi WordPressga oid turli hil xaklar, modifikatsiyalar va boshqa foydali maslahatlarga bag‘ishlangan blog bo‘lib, deyarli har kuni yangi bir maslahat bilan tanishtiradi. Undagi forumda esa istagan kishi WordPressga oid savollariga javob olishi mumkin. Ushbu blogda chop etilayotgan barcha maslahatlar qachonlardir sizga albatta as qotadi degan umiddaman. Ushbu maslahatlarni o‘tkazib yubormaslik uchun uning RSS manziliga obuna bo‘lin va kuzatishda davom eting. Yaqin kunlarda ushbu blogda ham WpRecipes.com blogidan ba’zi-bir maslahatlarni o‘zbek tilida chop etishni niyat qilib qo‘yganman. Blogni kuzatib yuring. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:   Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |
"+" от:

01.01.2009 00:00 | #13 | ||
Blog, blogging, blogger, blogosfera… Bu so’zlarni ohirgi paytlar ko’p eshitadigan bo’ldik. Blog nimaligi, “uni nima bilan yeyish mumkin”ligi haqida avval gapirib o’tgan edik. Bugun bloggerlarning ko’plab muammolaridan biri, trafik yig’ish haqida to’xtalib o’tmoqchiman. O’ylaymanki, bilmaganlarga yangilik, bilganlarga takrorlash bo’ladi.
Trafik blogingizning “obro’yi”ni belgilab beruvchi omildir. Ya’ni blogingizga qancha ko’p odam kirsa shuncha trafigingiz yuqori bo’ladi. Bu avvalambor sizning qilgan ishlaringiz bekorga ketmayotganligini ko’rsatsa, yana bir tomondan trafik, reklama beruvchilarning blogingizni baholash mezoni ham hisoblanadi. Trafik ko’tarishning, yoki boshqacha qilib aytganda blogingizni ommabop qilishning aniq bir yo’rig’i, yoki biror bir tez samara beradigan yo’li yo’q. Bu avvalambor sabr, intiluvchanlik” va shijoatga bog’liq. Quyida trafikga ijobiy ta’sir qiladigan ba’zi omillarni keltirib o’taman: 1. Qanday mavzuda yozmoqchisiz? Blogingizni mavzusi eng avval sizga qiziq va siz yaxshi biladigan mavzu bo’lishi kerak. Siz blogingizga mehr bermasangiz boshqalarning mehrini qozonishingiz qiyin va hatto imkonsiz. 2. Mavzu qanchalik ommabop? Siz blogingizni omma uchin mo’ljallagansiz va yozishga qaror qilgan mavzuingiz ommaga qiziq bo’lishi kerak. Juda tor doirada, ozchilikni tashkil qiladigan auditoriyagagina qiziq bo’lgan mavzudagi bloglar katta trafikga ega bo’lishi qiyin. Shuning uchun imkon boricha ommabop mavzuda yozishga harakat qiling 3. Postlaringizda qanday yangilik bor? Internetdagi resurlsar soni cheksiz desak mubolag’a bo’lmaydi. Turli xil mavzularda turli xil forumlar, portallar, bloglar serob. Bu informatsiya ummoni orasida sizning blogingiz o’zining ovoziga ega bo’lishi kerak. 4. Davomiylikni saqlang. Blogingizni doimo yangilab turing. Blogingizdan bir martta foydali ma’lumot olgan odam ertaga yana yangi ma’lumot uchun qaytib keladi, va bu qayta qilingan tashriflarda biror bir yangilik ko’rmasa, albattaki uchinchi yoki to’rtinchi martta yana saytingizga kirishi ehtimoldan xoli. 5. Ijtimoiylashing. Trafik yig’ishning yana bir yo’li boshqa forum, blog va sotsial saytlarda faol qatnashib borish. Katta trafikga ega bo’lgan boshqa bloglrada fikr qoldiring(comment) yoki ommabop forumlarda o’z imzoingizga(signature) blogingiz adresini qo’shib qo’ying, va u forumlarda qanchalik faol qatnashsangiz, shunchalik blogingizga boshqalarning diqqatini tortasiz. Boshqalarning blogida mehmon yozuvchi(guest poster, writer, blogger…) bo’lish ham sizga va blogingizga bo’lgan qiziqishni orttirishi mumkin. Yuqoridagi maslahatlarga amal qiling va saytingizni qanchalik ommalashishini kuzating. Agarda sizda yana qo’shimcha maslahatlar bo’lsa biz bilan baham ko’rishingizni so’rab qolamiz. Biz bilan qoling Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:   Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |
21.01.2009 04:22 | #14 | ||
UzNet blogosferasi, sekin bo‘lsa da rivojlanib borayotganini kuzatishimiz mumkin. Biz o‘zimizning bloggerlar orasida tanilgan va muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan bloggerlar bilan intervyular tashkillashtirib Sizlarning e’tiboringizga havola qilamiz. Marhamat bugungi ilk mehmonimiz, ko‘pchilikka tanish bo‘lgan blog.shavkatov.com muallifi Azizbek Shavkatov.
Bizga o’zingiz haqingizda biroz ma’lumot bersangiz.
Ismim Shavkatov Azizbek. Toshkentda tug’ulib o’sganman. Ayni paytda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Univesitetining Xalqaro Huquq fakulteti talabasiman. Bo’sh vaqtimda blog va boshqa loyihalar bilan shug’ullanaman.
O’z blogingizni qachon va qay maqsadda yo’lga qo’ydingiz?
Shavkatov.com bu mening ilk domenimdir. Bu domenga ega bo’lishimdan oldin, shunchaki pochta yurgazish uchun, familyamdan iborat domenim bo’lishini xohlagandim. Domenni sotib olganimdan so’ng esa, unda shaxsiy blogimni ochishga qaror qildim. Avvaliga blogda shaxsiy hayotim, rejalarim haiqda yozib bordim. Keyinchalik web 2.0 bilan qiziqib qoldim va bu blogimning asosiy mavzusiga aylandi.
Siz uchun blog yurgazishning eng qiyin tomoni?
O’quvchini yo’qotmaslik uchun blogni qanday kayfiyatda bo’lishimdan qat’iy nazar yangilab turishim kerakligi. Juda charchagan yoki asabiy bo’lishim mumkin. Lekin blog yangiliklarsiz qolib ketmasligi shart.
Blogingiz orqali qanday daromad ko’rasiz, yoki blog yurgazishga ketadigan chiqimlarni qanday qoplaysiz?
Blog asosan sponsorlar dastagidan, bog’lamalar (ssilkalar) sotish orqali, va reklama maqolalaridan daromat keltiradi. Shuni ta’kidlab o’tishim kerakki, blogdan yaxshigina daromad keladi :=)
Uz.Netning kelajagini qanay tasavvur qilasiz?
Kelajakda har holda bizning internet foydalanuvchilar chet el saytlariga murojaat qilmasdan hamma kerak ma’lumotlarni UzNet tarmog’idan topa olsalar kerak. Shuningdek, bu tarmoqda arzigulik saytlar bo’lsa.
Rejalaringiz?
Ko’pdan beri ustida ishlab kelayotgan bir loyihamni yo’lga qo’yish, hatto hozirdan domen ham olib qo’yganman, yaqinda muddatini uzaytirish uchun pul to’lashim ham kerak :=). Shuningdek blogni tas-ix loyhasiga joylashtirish rejasi ham bor.
Yangi boshlagan blogchilarga qanday maslahatlar bera olasiz?
Eng asosiysi muallifning boshqa joylardan ko’chirmachilik qilish bilan shug’ullanmasdan o’zi yozishidir. Hamma narsa haqida yozavermasdan, blog uchun asosiy bo’lgan bir mazu tanlash kerak. Shuningdek, blogni to’g’ri kelgan vaqtda emas, balki ma’lum bir vaqt oraliqlarida yangilab turish kerak.
Qimmatli daqiqalaringizni ajratib, savollarimizga javob berganingiz uchun rahmat, ishlaringizda omad!
Rahmat, sizning loyihangizga ham omad!
Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:   Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |
Реклама и уведомления | |
23.01.2009 17:00 | #15 | ||
WordPress MUning 2.7 beta versiyasi e’lon qilindi. Eslatib o‘taman, WordPress MU bu WordPressning multi blog versiyasi hisoblanadi va wordpress.com, blogger.uz kabi saytlarda foydalaniladi. Ushbu versiya deyarli to‘liq versiya hisoblanadi, lekin beta bo‘lganligi uchun ma’lum xatoliklar yuzaga chiqishi mumkin. To‘liq versiyasi tez orada e’lon qilinadi, lekin hozirgi 2.6.5 to‘liq versiyadan ko‘ra ushbu versiyadan foydalanilgani ma’qul. Ko‘chirib olish: WordPress MU 2.7 beta Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:   Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |
04.02.2009 13:40 | #16 | ||
WordPressning 2.7.1 Beta 1 versiyasi e’lon qilindi. Ushbu versiya foydalanuvchilar tomonidan xabardor qilingan xatoliklar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan. WordPressning 2.7 versiyasidan 2.7.1 Beta 1 versiyasiga avtomatik tarzda o‘tish uchun(yangilash uchun) wp-includes/version.php faylidagi versiya nomerini 2.7dan 2.7.1ga o‘zgartirish lozim va Tools → Upgrade orqali yangilab olish mumkin. Yoki WordPress 2.7.1 Beta 1 zip faylini ko‘chirib olgan holda yangilashingiz mumkin. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:   Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |
07.02.2009 02:10 | #17 | ||
Maqola muallifining gravatarini maqola sahifasida ko‘rsatish uchun single.php faylining istalgan qismiga quyidagi kodni kiriting:
< ?php $author_email = get_the_author_email(); echo get_avatar($author_email, '96'); ?> (via) Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:
Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |
09.02.2009 02:41 | #18 | ||
WP-Testers xabarlar ro‘yxatida WordPress 2.7.1 RC1 nashri e’lon qilindi. Avvalgi nashr — WordPress 2.7.1 Beta 1dan so‘ng quyidagi xatoliklarni tuzatilgan:
Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:   Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |
11.02.2009 15:10 | #19 | ||
WordPress 2.7.1, birinchi tuzatishlardan tashkil topgan versiya e’lon qilindi. Ushbu versiya jaami 68ta tuzatishni o‘z ichiga olgan.
WordPressni 2.7 versiyasidan 2.7.1 ga yangilash uchun Tools → Upgrade sahifasidan foydalanishingiz yoki WordPress 2.7.1ni to‘la ko‘chirib olgan holda, eski fayllarni yangilab chiqishingiz mumkin. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:   Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |
26.02.2009 19:10 | #20 | ||
O‘zbekiston haqida eshitganmisiz? Eshitgan bo‘lsangiz, bizning mamlakatimiz va UzNet haqida nimalarni bilasiz? Matt: Yo‘q, eshitmaganman. Qanday omillar o‘zbek blogosferasining rivojlanishi va bloggerlar sonining o‘sishiga tezlashtirishga yordam berishi mumkin? Nima deb o‘ylaysiz? Matt: Mening fikrimcha, eng muhim narsa bu jamoaviy ruhni rivojlantirish, xato va muvaffaqiyatni boshqalar bilan bo‘lishish. Tez muddatda juda ham yirik bo‘lib ketishni o‘ylash kerak emas — har bir jamoa bir vaqtda faqat bir kishini rivojlantiradi. WPMU asosida yaratilayotgan yangi ijtimoy tarmoq qurish dasturi BuddyPress menda juda ham chuqur taassurotlar qoldirdi, uning yaratilish bosqichini boshidan kuzatib yuribman. Bundan tashqari yangi forum dasturi — TalkPress yaratmoqchi ekanligingiz haqida ham eshitgandim. Uning imkoniyatlari, foydalari va uning qachon e’lon qilinishi haqida ma’lumot bera olasizmi? Matt: WordPress.com WordPress dasturi uchun qanday bo‘lsa, TalkPress ham bbPress uchun shunday bo‘ladi. (Ya’ni u yerda istagan kishi o‘zining forumini yaratish imkoniga ega bo‘ladi.) Agar qiziqsangiz bbPressni kuzatib boring. WordPressni yaratish jarayonida nima sizni ilhomlantirgan? Bu jarayonni oxiriga yetkazishga nima yordam bergan? Matt: Men barcha narsadan ilhomlanganman, lekin end asosiysi uning dizaynidan, foydalanishdan va men o‘zim yoqtirgan blog standardlaridan ilhomlanganman. Men o‘zim ham WordPressdan foydalanaman, shuning uchun dastur tayyor bo‘lmasdan va uni qobiliyatli qo‘llarga topshirmasdan turib bu ishni tashlab qo‘ya olmasdim. WordPressning inqilobiy blog dasturi bo‘lishiga qachon tushunib yetgansiz? Uni yaratishdan avvalmi yoki bir necha yuz ming yuklab olinishlardan keyinmi? Matt: Yaratilish jarayonidan 4 yil o‘tgandan so‘ng, balki. WordPressni bu qadar mukammal va kuchli qiluvchi asosiy omillar nima? Matt: Dasturning o‘zagini biz tez, yengil va barcha uchun yaroqli qilishga chin dildan harakat qilamiz. Ko‘pchilik foydalanuvchilarni esa WordPress minglab plaginlar va shablonlari bilan o‘ziga tortadi. Nima deb o‘ylaysiz, yaqin kelajakda WordPressni orqada qoldirib ketadigan, uni yo‘q qilib yuboradigan yangi blog dasturi yaralishi mumkinmi? Matt: Albatta, har paytda har narsa yaralishi mumkin. Lekin WordPress GPLligi uchun uning o‘rniga keladigan dastur WordPressning o‘zagi asosida bo‘ladi. Bilaman, qarta borasida omadsiz ekansiz, lekin qaysi sohada o‘zingizni eng baxtli deb bilasiz? Matt: Sevgida. Dunyo bo‘ylab juda ko‘plab WordCamp tadbiri uyushtirilmoqda va aksariyat hollarda siz ham ularda ishtirok etib turasiz. Agar O‘zbekistonda ham mana shunday WordCamp tadbiri tashkil qilinsa, bu yerga kelib, ko‘rishni hohlarmidingiz? Matt: Balkim. Men oldin uni(O‘zbekistonni) xaritadan topib olishim kerak Men iloji boricha ko‘proq WordCamp tadbirlarida ishtirok etishga harakat qilaman lekin, to‘g’risini aytsam, 20dan ortig‘ida ishtirok etolmayman, aks holda WordPressni rivojlantirish uchun vaqtim qolmaydi. Bizning o‘zbek o‘quvchilarimiz va WordPress foydalanuvchilarimizga tilaklaringiz? Matt: Internet barcha uchun teng imkoniyat yaratib beradi, o‘rganishingiz mumkin bo‘lgan narsani sizning intilishingizdan bo‘lak hech narsa ta’qiqlay olmaydi. Televizorni o‘chirib qo‘ying. Bunday boy ma’lumotlar makonida o‘zingizni doimiy ravishda rivojlantiring. Matt Mullenweg haqida ushbu maqola orqali tanishib olishingiz mumkin. Ushbu maqolaga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan maqolalar:
Дальше...

Blogmisan blog → |

Ответить |