Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 13.10.2010 14:18   #11  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow O'rta Osiyo

Bu ikki va undan ortiq tomonlarning o'zaro kelisha olmay tortishuvi sababli "Sirtqi" kuchlar o'z pozitsiyasini o'nglab olish, yana neft va gaz transportirovkasini o'z jiloviga olish strategiyasi bir qismi.
Bizda esa bu erdagi ekologik muammolarni ko'tarib chiqib jamoatchilik fikrini qaratib, qo'shni Afg'on xalqini misol keltirib tinchlikni saqlashni harakat qilinyapti.
To'gri Orolboyi Ekologik ahvoli yaxshi emas nima qilish kerak.
Gulnora Voisova aytgandek ko'chib ketibgina bu muammoni hal qilib bo'lmaydi. Daraxtni ham bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish qanchalik muammolarni keltirib chiqarsa inson ham shunday.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
"+" от:
Старый 15.10.2010 01:39   #12  
Аватар для SanjaR
Оффлайн
Сообщений: 24
+ 15  11/9
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
Sizdan va boshqa Forumdoshlardan iltimos, birovga ayb qo'yayotgan bo'lsangiz, ilojisi bo'sa, bunday fikrga asos nima va muammo bo'lsa uni bartaraf etish uchun qanday chora tadbirlarni qo'llash takliflaringiz bor, shularni yozing.
Asos nima ekanligini va muammoni bartaraf etish uchun qanday choralar ko'rish kerakligini shundo'gam ko'pchilik biladiku. Yo nima bu yerda saqich chaynab yurgan maktab o'quvchilari o'tiribdimi? Irqchi, millatchi Tojikiston Rogun GESini ishga tushirmasligi uchun barcha instrumentlarni, richaglarni qo'llash kerak (amalda shunday qilayapmiz ham), siyosiy & iqtisodiy bosim o'tkazish kerak (buyam amalga oshirilayapti), blokada amalga oshirayapmiz. Markaziy Osiyoda muammoli, doimiy boshog'riq, o'zini o'zi eplolmaydigan ikkita davlat bor. Biri Qirg'iziston, ikkinchisi Tojikiston. Ikkalasining ham niyati buzuq - O'zbekistonga suvni sotish. Qirg'izistonda bir necha yil oldin ayrim miyasi aynigan poraxo'r, la'nati mansabdor shaxslar O'zbekistonga suvni sotish taklifi bilan chiqqan edi. Lekin bizning prezidentimiz tajribali siyosatchi, avtoritetniy, hurmat-e'tiborga ega lider. Shu sababli biz bilan Rossiya ham sal o'ylab gaplashadi.

Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
Haqorat so'zlarni ishlatmang, iltimos! Siz ko'targan mavzuda konstruktiv (bama'ni) suhbat yuritmoq lozim.
Qayerda haqorat ishlatibman? Irqchini irqchi deydi, millatchini millatchi, narkomanni narkoman deydida. O'tiradimi diplomatiya qilib. Tojikiston forumlariga kirib bir o'qib chiqing, ko'rasiz oddiy odamidan tortib to mansabdorlarigacha Rogun GESi tezroq ishga tushib, o'zbeklar ularning oldiga emaklab kelib suv so'rashini orzu qiladi. Fikri sog'lomlari barmoq bilan sanarli... Ular hamma muammolariga O'zbekistonni aybdor qilishni yaxshi ko'radi. Tojiklarning o'zbeklarga munosabatini bilmoqchi bo'lsangiz, Samarqand shahriga tashrif buyursangiz ham bo'ladi... Imomali Rahmon kayfiyati tez-tez o'zgarib turadigan (narkotik moddalar ta'sirida albatta, chunki Tojikiston Afg'ondan keladigan narkotik moddalar uchun eng zo'r trafik, chegara 0 bo'lib yotibdi, I. Rahmon narkoman ekanligi ko'pchilik uchun sir emas), gapiga javob bera olmaydigan, siyosatni yaxshi tushunmaydigan, kolxozchidan adashib prezident bo'lib qolgan qo'g'irchoq prezident. Gapirsa gap ko'p...
Ёзганизни куриб битта латифа эсимга тушиб колди....хайвонот оламида шер хамма колган хайвонларни мажлисга чакирибти...уларга шундай дебти...хайвонлар энди сал уёк-буёгимизга караб иш тутайлик, курганлар хайвон-да нима килса хам хайвонлигини килади деб танкид килавермасинлар, бизлар хам конун коида тузайлик дебти....бундан буёги орамизда энг куркогини еймиза....шундагина бизнинг подада кучлилар купаяди деб таклиф килибти.....хайвонлар рози булиб бир бирига караб орасида энг куркогини кидира бошлашибти....куённи иши узи эрталабдан юришмай турган экан уша куни....булди тамом мендан бошлайдилар деб уйлаб турганида хаёлига битта фикр келиб колибти.....хамма хайвонларни нигохи куёнда тухтаганда, куён югуриб бориб шерни тиззасига чикиб олиб..агар биттанг шер акамга якинлашганингни курсам синдириб ташлайман деб айтаётган эмиш.

Последний раз редактировалось SanjaR; 15.10.2010 в 02:00.
Ответить 
"–" от:
Старый 15.10.2010 10:46   #13  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от SanjaR Посмотреть сообщение

Ёзганизни куриб битта латифа эсимга тушиб колди....хайвонот оламида шер хамма колган хайвонларни мажлисга чакирибти...уларга шундай дебти...хайвонлар энди сал уёк-буёгимизга караб иш тутайлик, курганлар хайвон-да нима килса хам хайвонлигини килади деб танкид килавермасинлар, бизлар хам конун коида тузайлик дебти....бундан буёги орамизда энг куркогини еймиза....шундагина бизнинг подада кучлилар купаяди деб таклиф килибти.....хайвонлар рози булиб бир бирига караб орасида энг куркогини кидира бошлашибти....куённи иши узи эрталабдан юришмай турган экан уша куни....булди тамом мендан бошлайдилар деб уйлаб турганида хаёлига битта фикр келиб колибти.....хамма хайвонларни нигохи куёнда тухтаганда, куён югуриб бориб шерни тиззасига чикиб олиб..агар биттанг шер акамга якинлашганингни курсам синдириб ташлайман деб айтаётган эмиш.
Markaziy Osiyodagi geopolitik holat, suv muammosi haqida tasavvurga ega bo'lmagandan keyin almisoqdan qolgan bachkana latifani fikr o'rnida bildirib, o'z dunyoqarashi qay ahvoldaligini hammaga ko'z-ko'z qilish ham bir jasorat...

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 15.10.2010 в 10:53. Причина: Xabar tahrir qilinmay uzundan-uzun joylashtirilgani uchun to'g'rilandi
Ответить 
"+" от:
Старый 15.10.2010 10:55   #14  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
[MOD] starter!
Keyingi safar xabar joylashtirayotganingizda birovning xabarini kerakli o'rinda iqtibos keltirib joylashtirmasangiz qat'iy chora ko'riladi. [/MOD]
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 16.10.2010 03:06   #15  
Аватар для SanjaR
Оффлайн
Сообщений: 24
+ 15  11/9
– 0  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от SanjaR Посмотреть сообщение

Ёзганизни куриб битта латифа эсимга тушиб колди....хайвонот оламида шер хамма колган хайвонларни мажлисга чакирибти...уларга шундай дебти...хайвонлар энди сал уёк-буёгимизга караб иш тутайлик, курганлар хайвон-да нима килса хам хайвонлигини килади деб танкид килавермасинлар, бизлар хам конун коида тузайлик дебти....бундан буёги орамизда энг куркогини еймиза....шундагина бизнинг подада кучлилар купаяди деб таклиф килибти.....хайвонлар рози булиб бир бирига караб орасида энг куркогини кидира бошлашибти....куённи иши узи эрталабдан юришмай турган экан уша куни....булди тамом мендан бошлайдилар деб уйлаб турганида хаёлига битта фикр келиб колибти.....хамма хайвонларни нигохи куёнда тухтаганда, куён югуриб бориб шерни тиззасига чикиб олиб..агар биттанг шер акамга якинлашганингни курсам синдириб ташлайман деб айтаётган эмиш.
Markaziy Osiyodagi geopolitik holat, suv muammosi haqida tasavvurga ega bo'lmagandan keyin almisoqdan qolgan bachkana latifani fikr o'rnida bildirib, o'z dunyoqarashi qay ahvoldaligini hammaga ko'z-ko'z qilish ham bir jasorat...
Рахмат...танишганимдан хурсандман.....геополитикадан хам урта осиёдаги сув муаммосидан хам хабарингиз бор экан.....аммо каерда кандай гап гапиришни билмас экансиз.....президентни ёнини олиб....унинг гапига узимни гапимни кушиб нима десам хам тугри булиб кетаверади деб уйлайсизми.....тавба.

Последний раз редактировалось SanjaR; 16.10.2010 в 03:10.
Ответить 
"+" от:
Старый 16.10.2010 08:40   #16  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Suvni ezozlaylik...

Цитата:
Сообщение от SanjaR Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Markaziy Osiyodagi geopolitik holat, suv muammosi haqida tasavvurga ega bo'lmagandan keyin almisoqdan qolgan bachkana latifani fikr o'rnida bildirib, o'z dunyoqarashi qay ahvoldaligini hammaga ko'z-ko'z qilish ham bir jasorat...
Рахмат...танишганимдан хурсандман.....геополитикадан хам урта осиёдаги сув муаммосидан хам хабарингиз бор экан.....аммо каерда кандай гап гапиришни билмас экансиз...
To'g'ri, lekin har kim o'z fikrini erkin bayon qilish huquqiga ega, lekin joyida va meyorida...,
faqat bu erni jangohga aylantirib yubormaylik!
Kimdir sal oshirib yuborishi mumkin, kimdir boshqacha o'ylashi mumkin, lekin biz suv qadrini joyiga qo'yishga harakat qilyapmiz, shunday emasmi?
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 16.10.2010 17:17   #17  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
Haqorat so'zlarni ishlatmang, iltimos! Siz ko'targan mavzuda konstruktiv (bama'ni) suhbat yuritmoq lozim.
Qayerda haqorat ishlatibman? O'tiradimi diplomatiya qilib. Tojikiston forumlariga kirib bir o'qib chiqing; (narkotik moddalar ta'sirida albatta, chunki Tojikiston Afg'ondan keladigan narkotik moddalar uchun eng zo'r trafik, chegara 0 bo'lib yotibdi, I. Rahmon narkoman ekanligi ko'pchilik uchun sir emas)
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Irqchi, millatchi Tojikiston, ikkiyuzlamachi Rossiya, Bangi, narkoman Imomali Rahmon, anovi ahmoq, Rasistlar
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Fayzbek Посмотреть сообщение
Bu ham o'zi shundog'am notinch bo'lgan O'rta Osiyoda yana bir qurolli majaroni keltirib chiqarishga urinish desa bo'ladi.
Albatta, la'nati Rossiya bundan juda manfaatdor...
Salom starter! Sizni tushunishimcha, global yoki xududiy muammolarga milliy manfaatlarimizni birinchi o'ringa qo'ygan holda yondoshishimiz, va shu manfaatlarimizni ximoya qila olishimiz nuqatai nazaridan kelib chiqib gapiryapsiz. Bunday fikrga qo'shilaman. Ammo, suvni asrab avaylash, undan unumli foydalanish avvalam bor o'zimizning manfaatimizdir. Suv muammosi bugungi kunda nafaqat tashqi siyosatda, balki ichki siyosatda ham muhim o'rin tutadi.

Juda ko'p chaynalgan mavzu bo'lsada, bugungacha bu borada katta o'zgarish yuz bo'lmagan bo'lsa, menimcha bu mavzuni boshqacharoq chaynashning payti kelgan ko'rinadi. Bu masala, bugungi kunda, har doimgidan ham dolzarbroq bo'lib turibti. Biz o'zimizning bu boradagi kamchiliklarimizni tezroq bartaraf qila olsak, xududiy va global ishtirokchilarning diqqatini bu muammoga jalb etish osonroq kechadi deb o'ylayman.

Keyin, mojaro bizning emas, o'zganing manfaatida ekanligini
bilsak, bu o'zganing surnayiga o'ynab qolishdan, olovga yoqilg'i quyishdan tiyinaylik. Yana bir bor, iltimos qilaman, xissiyotga berilib ketmaylik, konstruktiv suhbat olib boraylik.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 16.10.2010 17:34   #18  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Forumdoshlar, suv haqida suhbatimiz davomida Orol muammosiga to'htalar ekanmiz, e'tiboringizni quyidagi maqolaga qaratsam degandim. Bu maqolani O'zbekiston Ekologik Harakati veb-sahifasidan oldim.

Оролбўйи ва екологик вазият
Илгари Орол денгизи ер юзидаги ёпиқ денгизлар орасида катталиги жиҳатидан тўртинчи ўринда турган. Орол табиий захираларга бой, биологик хилма-хилликлар хазинаси эди. 1960 йилда Оролнинг майдони 66.1 минг квадрат метр, сув ҳажми эса 1083 куб километр бўлиб, унга Марказий Осиёнинг икки дарёси Амударё ва Сирдарёдан сув қуйилиб турган. Орол Қорақум ва Қизилқум чўллари иқлимининг мўътадиллашувида ўзига хос вазифани ҳам ўтаган.
Афсуски, бугун биз бир неча ўн йил мобайнида жаҳондаги энг йирик ёпиқ сув ҳавзаларидан бирининг йўқолиб боришига гувоҳ бўлмоқдамиз.
Жорий йилнинг 20 сентябрида Президентимиз Ислом Каримов Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг Мингйиллик ривожланиш мақсадларига бағишланган ялпи мажлисида иштирок этди. Унда давлатимиз раҳбари Мингйиллик ривожланиш мақсадлари доирасида мамлакатимизда амалга оширилган ишлар юзасидан нутқ сўзлади. Шунингдек, минтақамиздаги долзарб муаммолардан бири - Орол масаласига алоҳида тўхталди. Маърузада таъкидланганидек, эндиликда Орол масаласи нафақат минтақа, балки дунё миқёсида оғир оқибатларга олиб келиши мумкин бўлган мураккаб ижтимоий-иқтисодий ва демографик муаммоларни пайдо қилди. Орол денгизининг қуриши давом этаётгани ва унинг атрофида гуманитар фалокат содир бўлаётгани сабабли Орол бўйининг табиий-биологик фондини асраб-авайлаш, Орол инқирозининг атроф-муҳитга, энг аввало, бу ерда истиқомат қилаётган миллионлаб одамлар ҳаётига салбий таъсирини камайтириш бугунги кунда энг муҳим вазифадир.
Дарҳақиқат, бугунги кунда денгизнинг қуриган тубида 5 миллион гектарлик Оролқум деган янги чўл пайдо бўлди. Шамол янги чўлдан тузли ва қумли чанг-тўзонни юзлаб километрга учириб кетмоқда.
ОРОЛ ДЕНГИЗИНИНГ ҲАЛОКАТИ
Собиқ иттифоқ даврида пахта яккаҳокимлигига эришиш учун иккала дарё сувидан имкони борича кўпроқ фойдаланишга ҳаракат қилинди. Сувдан бир ёқлама манфаат кўзланган ҳолда фойдаланиш натижасида Орол денгизи қурий бошлади. Ўтган асрнинг 60-йилларидан бошлаб, шўро сиёсатига хос баландпарвозлик, нореал кўрсаткичлар ортидан қувиш авж олиши туфайли инсоннинг енгилмас иродаси, куч-қудрати ҳатто табиат устидан "ғолиб" чиқишини намойиш этиш учун "улкан" ишлар бошлаб юборилганлиги ҳаммага маълум. Оқибатда, Орол денгизи икки баравар - 66900 квадрат километрдан 35600 квадрат километргача, сув ҳажми эса учдан икки қисмга - 1083 куб километрдан 310 куб километрга камайди.
Маълумотларга қараганда, 1990 йиллар охирига келиб, денгиз ўз ҳажмининг 90 фоизини йўқотди. Орол денгизининг қуриши минтақа иқлими ва биохилма-хиллиги учун ўнглаб бўлмас даражадаги салбий оқибатларга олиб келди.
СУВ РЕСУРСЛАРИ МУҲОФАЗАГА МУҲТОЖ
Бир пайтлар Орол денгизида 40 га яқин балиқ турлари мавжуд бўлиб, ҳар йили 30 минг тоннага яқин балиқ овланар эди. Бугун Орол денгизи бўйидаги ва унга қуйиладиган дарёлар делтасидаги тўқайзорлар билан бирга кўплаб ҳайвонлар ҳам бутунлай йўқолиб кетди. Ҳатто уларнинг айрим турлари, хусусан, Бухоро буғуси, жайрон, Устюрт тоғ қўйи Ўзбекистон "Қизил китоби"га киритилди.
Маълумки, Марказий Осиё минтақасидаги йирик дарёлар оқими асосан Қирғизистон ва Тожикистон ҳудудида жойлашган тоғлардан бошланади. Сув захираларининг катта қисмидан Марказий Осиёдаги барча мамлакатларнинг экин майдонларини суғориш мақсадларида фойдаланилади. Шу муносабат билан минтақадаги барча давлатларнинг манфаатлари йўлида ҳамда экология талабларига риоя қилган ҳолда дарёлар делталарида ва Орол денгизида мақбул ҳаётий шарт-шароитларни яратиш мақсадида бу ерларга сувнинг ўтишини таъминлаш зарур. Шу билан бирга Орол денгизи ҳавзасининг чекланган сув захираларини биргалашиб, келишилган ҳолда бошқариш муаммосини амалий ҳал қилиш талаб этилади.
Минтақанинг яна бир муаммоси - сув ресурсларини муҳофаза қилиш ва тежаш тадбирлари мажмуини амалга ошириш зарурияти билан боғлиқдир. Бу тадбирлар сувнинг исроф бўлишини камайтириш мақсадида суғориш тармоқлари тизими ва ўлчамларини суғориш техникаси билан мустаҳкам боғлашни ўз ичига олади. Фикримизча, эндиликда коллектор-зовур сувларини ташлаб юборишни тартибга солиш, оқова сувларни дарё ва сув омборларига оқизишни батамом тўхтатиш зарур.
Сув захиралари билан боғлиқ бўлган муаммолар мажмуаси кенг кўламли ва мураккаб, кўп тармоқли ёндашувни, минтақадаги давлатлар билан халқаро ҳамжамият ўртасида ҳамкорликни ривожлантиришни талаб қилади.
Орол муаммоси бугунги кунда бутун сайёрамизга дахлдор муаммо бўлиб қолгани, унинг таъсири ҳозирнинг ўзидаёқ биологик мувозанатни бузаётгани, аҳоли генофондига салбий таъсир кўрсатаётгани ҳеч кимга сир эмас. Халқаро тузилмалар диққат эътиборини ана шу муаммоларни ҳал қилишга жалб этиш биринчи даражали вазифадир.
2010 йил 4-5 апрел кунлари Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Котиби Пан Ги Муннинг Ўзбекистонга ташрифи дастлаб Орол бўйидаги экологик вазият билан танишишдан бошланди ва бу вазиятни яхшилаш борасидаги амалга оширилган ишларга бағишланган тақдимот маросимида иштирок этди. Пан Ги Муннинг Қорақалпоғистон Республикасида бўлиши, хусусан, Мўйноқда юзага келган экологик вазиятни ўрганиши, одамлар билан учрашиб, уларнинг фикрларини тинглаши халқаро ҳамжамиятнинг Марказий Осиёдаги экологик фожиага нисбатан бефарқ эмаслигидан далолатдир.
Хулоса қилиб шуни айтиш мумкинки, Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатасидаги сиёсий партиялар фраксиялари, Экоҳаракат депутатлари гуруҳи томонидан Орол бўйи минтақасидаги муаммолар ечимини топишда амалдаги қонунлар ва қонуности ҳужжатлари асосида бу борадаги ишларни кучайтириш, соҳага оид қонунларни янада такомиллаштириш бўйича аниқ режа асосида иш олиб борилаётгани муҳим аҳамият касб этади.
Искандар АЗИЗОВ,
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси
Қонунчилик палатасининг Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш масалалари
қўмитаси аъзоси

Halqa (link)
http://eco.uz/index.php?option=com_c...0-09&Itemid=45
Ответить 
Старый 22.10.2010 02:57   #19  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Suvdan samarali foydalanish – umumiy vazifa
UzReport.com 21.10.2010 17:46:15
13 oktyabrda Sеul va Daydjong shaharlari (Korеya Rеspublikasi)da "Iqlim o'zgarishini oldini olish uchun suv rеsurslarini boshqarish" mavzusida xalqaro o'quv sеminari o'tkazildi. Sеminar ishida O'zbеkiston Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi hamda Kishloq-suv xo'jaligi vazirligi xodimlari qatnashdilar.

O'zbеkiston dеlеgatsiyasi vakillari "O'zbеkiston Rеspublikasida suv rеsurslarini boshqarish" mavzusida ma'ruza qildilar. Mamlakatimizda suvdan foydalanishning amaliy jihatlari tadbir qatnashchilari uchun qiziqarli va tanish bo'ldi, chunki mazkur sohada muammolar Osiyoning aksariyat mintaqalarida mavjud.

Suvning tanqisligi, undan oqilona foydalanmaslik – bu masalalar birinchi navbatda o'z еchimini kutmoqda. Shu bilan birga, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, suv sifatining monitoringi, uni tozalashning zamonaviy usullarini joriy etish doimiy e'tiborni talab etadi.

Mazkur sеminarni tashkil qilgan mamlakat mutaxassislari sеminar qatnashchilari bilan atrof- muhit monitoringi va suv rеsurslarini boshqarish tizimlarini takomillashtirish borasidagi o'z tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Janubiy Korеya ekspеrtlari ilmiy ishlanmalarni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishi, jumladan suvni tozalash, uning sifatini nazorat qilish sohasidagi tеxnologiyalar haqida so'zlab bеrdilar.

Yig'ilganlar uchun qurg'oqchilik davrlarida suvni jamlash, yomg'irlar mavsumida esa – suv toshqinlarini oldini olish uchun xizmat qiladigan ko'p funktsiyali plotinalarni masofada boshqarish sohasida Korеya mutaxassislarining tadqiqotlari istiqbolli dеb qabul qilindi.

Mazkur sеminar davomida uning qatnashchilari tadbir dasturiga kiritilgan dala ob'еktlariga bordilar.

Halqa:
http://business.uzreport.com/uzb.cgi?lan=u&id=82007
Ответить 
2 "+" от:
Старый 06.11.2010 16:07   #20  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations


Suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama etildi

O‘zA, 05.11.2010 18:12

O‘zbekistonda qishloq va suv xo‘jaligi tubdan isloh qilinmoqda. Bu islohot suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishga, yerning meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha maqsadli kompleks chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishga, tuproq unumdorligini tubdan oshirishga, shu jumladan ixtisoslashtirilgan suv xo‘jaligi, qurilish va ekspluatatsiya tashkilotlari, suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyalari hamda fermer xo‘jaliklarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida 5 noyabrda bo‘lib o‘tgan davra suhbatida “O‘zbekiston Respublikasida suv resurslaridan foydalanishning dolzarb masalalari” mavzusi muhokama etildi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida suv resurslarini oqilona ishlatish va suvdan foydalanish bo‘yicha tegishli qonunchilik bazasi yaratilgani qayd etildi. 1993 yilda “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yil 31 oktabrdagi qarori bilan mintaqada birinchi marta Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi tashkil etilgan bo‘lib, uning vazifasi drenaj infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash, shuningdek, suv xo‘jaligi tashkilotlarini meliorativ texnika va uskunalar bilan ta’minlashdan iborat.

2008 yildan buyon mamlakatda Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning 2008-2012 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi amalga oshirib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 iyuldagi “Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan suv resurslaridan tejab-tergab foydalanish bo‘yicha aniq maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda, melioratsiya obyektlarini rekonstruksiya qilish va qurish, magistral kanallar, kollektorlar, drenaj tarmoqlari, nasos stansiyalarini ta’mirlash va tiklash ishlari olib borilmoqda, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilib, tegishli uskunalarni mamlakatda ishlab chiqarish tashkil qilinmoqda, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat investitsiyalari ajratilmoqda.

Shu bilan birga, suvdan limit bo‘yicha foydalanishga o‘tilganidan keyingi oxirgi o‘n yil davomida bir kompleks gektarga suv olish hajmining gektariga 13 ming kub metrdan 10,4-12,2 ming kub metrgacha kamaygani kuzatilmoqda. Ushbu ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yuqoriligicha qolayotgan bo‘lib, tegishlicha gektariga 14-16 ming kub metr va 16-18 ming kub metrni tashkil qilmoqda. Shuningdek, sug‘orish suvini transportirovka qilish chog‘ida yerga singib ketishi va foydalanilishi tufayli kamayishi ortib borayotganligi kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida suvga bo‘lgan yillik ehtiyoj tinimsiz ortib bormoqda. Misol uchun, kommunal xo‘jaligida suv sarfi aholi ko‘payib borayotganligi tufayli suv ishlatishning hozirgi darajasida yiliga 16-20 million kub metrga ortib bormoqda. Sanoat rivojlanishi bilan ushbu tarmoqning suv ishlatishi ham ko‘payib bormoqda.

Shu bilan birga, masalani muhokama qilish asnosida davra suhbati qatnashchilari suv resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, irrigatsiya tizimlari va sug‘orish texnikasini, suv hisobi tizimini yanada takomillashtirish, biznesni suvni tejaydigan progressiv ishlab chiqarish texnologiyalaridan, suv bilan ta’minlashning aylanma va takroriy-navbatli tizimlaridan keng foydalanishga va suvni behuda yo‘qotishni qisqartirishga rag‘batlantiruvchi samarali iqtisodiy mexanizmlarni joriy qilish yuzasidan qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladilar.

Muhokama yakunlari bo‘yicha davra suhbati qatnashchilari mahalliy davlat boshqaruvi organlari, vazirlik va idoralar, qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari, Suvdan foydalanuvchilar assotsiatsiyasining iqtisodiy mexanizmlarni ishlab chiqish yordamida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, suvni tejaydigan texnologiyalarni faol joriy etish, suvni muhofaza qilish zonalarida ruxsatsiz qurilishlarning oldini olish, ommaviy axborot vositalarini suv resurslarini qo‘riqlash va muhofaza qilish, suvga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish masalalariga jalb etish borasidagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirishni nazarda tutgan tegishli tavsiyalarni qabul qildilar.

Tadbirda senatorlar, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, shuningdek, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Suv muammolari instituti, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi agentligi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zkommunxizmat” agentligi, O‘zbekiston fermer xo‘jaliklari uyushmasi, “O‘zgidromet” rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar

Halqa:
http://uza.uz/uz/politics/14685/

Последний раз редактировалось Abdulaziz Muhammad; 06.11.2010 в 16:09.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх