Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET

Ответить

Опции темы Опции просмотра
Старый 06.11.2010 16:43   #21  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Собик Иттифоки даврида сувдан оқилона фойдаланилмаганлиги ҳакида кўп гапирилади. Аммо, ҳозирчи? Ёшлигимда (мустақилликнинг илк йилларини назарда тутяпман) Бухоронинг олис чўлларида ўзлаштирилган ерларда экилган пахтазорларда кўп бўлганман. Жазирама чўл бағрига томган бир томчи сув сония ўтмай қумга сингиб кетарди. Шу мақсадда, чўллардаги экин ерларига сув латок (цемент ариқ) ларда оқиб келарди. Икки ҳафта бурун насиб этиб яна ўша ерларга бориб қолдим. Не кўз билан кўрайки, латоклар чўкинди қумларга кўмилиб қолган, аксарияти илма-тешик.... Шундай экан, сувдан оқилона фойдаланмасликни сиёсий тузумга эмас, жамиятнинг экологик савиясига боғлаш мақсадга мувофиқ бўлар эди.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 06.11.2010 22:18   #22  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Lirikani yomon ko'raman

Цитата:
Сообщение от Husen Посмотреть сообщение

Ekologik saviya, ekologik madaniyat by hammasi quruq gap, puch tushunchalar - chepuxa gaplar! Hamma gap iqtisodiyotda! Pul bo'lsa hammasi bo'ladi - tomchilab ekish ham, lotoklar ham, boshqa narsalar ham.
Ответить 
Старый 07.11.2010 20:25   #23  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от starter Посмотреть сообщение

Salom starter!
Gapingiz bilan: pul bo'lmasa isrofgarchilikni, beparvolikni davom ettirimishimiz kerak, -degandek tuyulyapti. Yanglishgan bo'lsam aniqlik kiritarsiz.

Sizningcha pul hamma narsani xal qiladi, hamma narsani joy joyiga qo'yib qo'yadi. Agar shunday bo'lganida edi avvalam bor AQSh, va uning ketidan dunyo mamlakatlari moliyaviy inqirozga uchramagan bo'lar edilar. Agar quruq bozor munosabatlari ekologiyaga faqatgina ijobiy ta'sir ko'rsatganda edi, bugungi kundagi ekologik muammolar ko'tarilmagan bo'lar edi, va bu muammolarni ma'lum iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning ishlab chiqarish sektoriga bog'lanmagan bo'lar edi.

Menimcha moliyaviy sharoiti qanday bo'lishidan qat'iy nazar har bir manavaiyatli insonda intizom bo'lishi kerak. Moliyaviy sharoiti yomon ekan, inson aksincha - boridan oqilona foydalanishi kerak. Nafaqat dalalarda, balki har birimizning xovlimizda, xonadonimizda har bir narsadan, shu qatorda suvdan ham unumli va oqilona foydalanishimiz zarur.

Bularni puch tushuncha, quruq gapga chiqarish uchun yetarli asos bo'lishi kerak. Agar bunga asos bo'lmasa, demak o'z ustimizda tarbiyani davom ettirishimiz kerak. Buning uchun faqat bugun, yoki yaqin kelajak (5-10 yil) ni o'ylab emas, balki farzandlarimizni, va ularning farzandlarining kelajagini ham o'ylab ish tutishimiz kerak.
Ответить 
"+" от:
Старый 08.11.2010 12:54   #24  
Аватар для starter
Оффлайн
Офис
Офисный планктон
Сообщений: 129
+ 123  44/21
– 10  9/8

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
Gapingiz bilan: pul bo'lmasa isrofgarchilikni, beparvolikni davom ettirimishimiz kerak, -degandek tuyulyapti. Yanglishgan bo'lsam aniqlik kiritarsiz.
Gap isrofgarchiligu beparvolikda emas, gap yangi lotoklarga pul yo'qligida. Odamning prioritetlari bo'ladi. Masalan, birinchi o'rinda odam uchun pul topish, ikkinchi o'rinda yana boshqa narsa va shunday davom etadi. Masalan, men dehqon yoki fermer bo'lsam, men uchun ekologiya degan gaplar oxirgi planlardan birida turadi. Boshqa dehqon, fermerlar uchun ham shunday - foyda keltiradigan faoliyatni ekologiyadan muhimroq deb bilishadi. Shunday ekan, ilma-teshik, yirtiq-yamoq lotoklarga kim pul ajratadi? Yoki deylik kilometrlab lotoklarni kim tozalaydi? Bu yerdagi ko'pchilikning kamchiligi shundaki o'sha ko'pchilikka kiruvchi odamlar balandparvoz va hayotdan uzoqroq fikrlarni keltirishadi. Ho'p o'sha yerdagilarning o'rniga o'zingizni qo'yib ko'ring, qishloq joyda yashashning o'zi bo'lmaydi, lotokdanam muhimroq ishlar ko'p u yerdagilar uchun, shunday ekan lotoklar bilan kimning necha pullik ishi bor?
Ответить 
Старый 08.11.2010 17:00   #25  

Hurmatli starter,
mavzu, aynan, suvga nisbatan isrofgarchilik, e'tiborsizlik va beparvolik haqidadir. Birovning majburlikdan o'z oldiga tushunib-tushunmay qo'ygan prioritet (afzallik) larini argument (mubohasa) sifatida keltirishingiz, siz qoralagan Tojikiston xukumatining olib borayotgan siyosatini oqlash bilan barobardir. Go'yoki ikkilamchi standartlar bo'yicha ish tutayotgandek ko'rinyapsiz. Gap aynan, isrofgarchilik, e'tiborsizlik va beparvolikning oqibatlarini tushunib yetish, har birimizning ongimizga yetkazish haqida ketyapti.

Oddiy misol: ichimlik suvidan foydalanib mashinasini, gilamini yoki kirini yuvayotgan insonni olaylik. Suvdan foydalanmayotgan paytida, suv oqib yotaveradi. Tushungani keragidan ortiq suvni ishlatmaslikni o'ylaydi, uni vaqtincha o'chirib turadi. E'tiborsizligi, beparvoligi tufayli tushunmagani, yoki tushunishni hohlamagani suvni oqizib qo'yaveradi. Aytingchi, puli yo'qligidan qilyaptimi shu ishni? Dehqonchilikda, va umuman hayotning boshqa jabhalarida ham shunga o'xshash e'tiborsizlik va beparvoliklar mavjud.
Ответить 
"+" от:
Старый 08.11.2010 17:01   #26  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Menimcha, har bir xonadonga suv xajmini o'lchash vositalarini o'rnatmoq lozim, va suvga haq to'laydigan qilib qo'yish kerak, isrofgarchilik qilayotganlarga jarima solish shart. Suv quvurlarining yorilgan joylarini tezkor ravishda yamash ishlari bilan shug'ullanuvchi sho'balarning ish faoliyatini yahshilash va ular ustidan nazoratni kuchaytirish darkor. Joylarda suv isrofgarlchiligiga qarshi ta'birlar o'tkazib, ularni nafaqat nazariya, balki amaliyotda ham qo'llashni kengaytirish darkor.

Oqava suvlarga bo'lgan munosabatni ham yahshilamoq zarur. Joylarda oqava suvlarga har xil chiqindi, axlatlarni tashlanishiga qarshi ta'birlar o'tkazilib, bunday ish qilganlarga jarimalar solinishi va nazoratning kuchaytirilishi lozim. Buning uchun joylarda axlatxonalarni tez tez tozalab, bo'shatib turilishi darkor. Qayta ishlab chiqarsa bo'ladigan chiqindilarga alohida idishlar ajratish kerak. Bu chiqindilarni axlatga aralashtirmasdan yig'ib olish kerak. Bu borada, mahallalarda ta'birlar o'tkazish lozim

Inson har bir narsani pul bilan o'lchar ekan, demak tekiniga behurmatlik, e'tiborsizlik bilan qarayveradi. Masalani hal qilishning bu yo'li halqga jabr bo'lishi mumkin albatta, ammo halq bunday vaziyatni oldindan tushunib yetib o'zi kerakli choralar ko'rishni boshlarmikin?
Ответить 
"+" от:
Старый 10.11.2010 18:39   #27  
Аватар для Javohir Mahmudjonov
Оффлайн
"Sardorlar Maktabi" vs Ziyonet kurs
Sm&ZiyoNet
Сообщений: 235
+ 165  43/31
– 0  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Abdulaziz Muhammad Посмотреть сообщение
Menimcha, har bir xonadonga suv xajmini o'lchash vositalarini o'rnatmoq lozim
Albatta, bu borgan sari ommalashib borayotgan suv isrofgarchiligini sezilarli bartaraf etgan bo'lardi. To'g'ri biz suv muammosiga duch kelmasligimiz mukin, ammo kelajakda biz yo'l qo'ygan xatolarga nega boshqalar jabr ko'rishi kerak. Suv-bu hayot. Suvni asramasak bu hayotdagi o'ziga hos triklik tizimini buzishga katta hissamizni qo'shib qo'ygan bo'lamiz.
__________________
sardorlar.zn.uz Ziyonet mahsus kursi bilan hamkorlikda ochilgan sayt.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 12.11.2010 03:36   #28  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Suvdan tejamkorlik bilan foydalanish zarur

O‘zA, X.Mamatrayimov, 09.11.2010 18:44

Termiz shahrida “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ahamiyati, uning ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan amaliy o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi, Adliya, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat qishloq va suv xo‘jaligi sohasining mas’ul xodimlari, suvdan foydalanuvchilar uyushmalari rahbarlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, fermerlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda suv va suv resurslaridan oqilona foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni muhim huquqiy asos bo‘layotir.

Surxondaryo viloyati mirishkorlari 326 ming gektar sug‘oriladigan yerda dehqonchilik qiladi. Ana shu maydonlarning 98 ming gektarida g‘alla, 119,6 ming gektarida paxta yetishtirilmoqda. Qolgan maydonlarda meva-uzum va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari parvarishlanayotir.

Yerlarni sug‘orish uchun 15 ming kilometr kanal, o‘nga yaqin ichki daryo va boshqa suv tarmoqlari hamda yillik quvvati 1 milliard 300 million kVtga teng 113 nasos stansiyasidan foydalanilmoqda. Suv resurslari 21 yirik gidrotexnik inshoot va umumiy sig‘imi 896 million kub metrga teng beshta suv ombori yordamida boshqariladi. Vohada umumiy uzunligi 10 ming kilometrdan ortiq zovur-drenaj tarmoqlari mavjud. Xo‘jaliklarning ichki sug‘orish tarmoqlarida suvni boshqarish va undan samarali foydalanish maqsadida 156 suvdan foydalanuvchilar uyushmasi tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbarining 2007 yil 29 oktabrda qabul qilingan “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida viloyatda magistral va xo‘jaliklararo kanallarni tozalab, gidrotexnik inshoot va gidropostlarni qayta ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Amu-Zang mashina kanalining qayta tiklanayotgani ekin maydonlarini suv bilan kafolatli ta’minlashga, suv resurslarini boshqarishni yanada takomillashtirishga xizmat qilayotir.

Biroq viloyatda suvdan foydalanuvchilar uyushmalari shu kun talabi darajasida faoliyat yurityapti, deb bo‘lmaydi. “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilari javobgarligini kuchaytirish, ularni suv iste’molchilari uyushmalari sifatida Adliya organlari tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarida sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotir.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi M.Teshaboyev, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari T.Mamaraimov, Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i E.Abdullayev, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i J.Abdunazarov va boshqalar shu haqda atroflicha so‘z yuritdi.

O‘quv-seminar ishtirokchilari Amu-Zang mashina kanalidagi “Oqtepa” suv taqsimlagich inshooti, Bobotog‘ nasos stansiyasi hamda yordamchi xo‘jaliklari va boshqa qator suv inshootlari, iste’molchilar faoliyati bilan tanishdilar.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Ответить
Опции темы
Опции просмотра

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»

Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх