Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 26.03.2008 15:07   #11  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Men ko’rmagan kunlarni ko’rsat,
Tunlaringga olib Kir bir-bir.
Netay, jonim, oz qoldi fursat –
Netay, umrim oz qoldi axir.
Chiziqlardan og’riydi kaftim,
Taqdir shuncha yozilganmi jo’n?
Mening tugab bormoqda vaqtim –
Hayot bergin o’lganimdan so’ng…
Men ko’rmagan kunlarni ko’rsat,
It ko’rmagan kunlarni emas.

Xosiyat Rustamova
Ответить 
2 "+" от:
Старый 26.03.2008 15:11   #12  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Vatan

Ehtimol, o’ldirur bir kuni ko’rlar,
Tomiringda olov qoning bo’laman.
Jonbaxsh quchog’ingga jimgina singgan
Bir halol qurboning bo’laman.

Otamday rozi bo’l,
onamday sevgin,
Men ham senikiman, o’ksik qizingman.
Bag’ringda ming yillik toshlar to’sig’in
Yorib chiqayotgan bir ildizingman!

Hayqirmadim pastu balandda turib
Ammo tola nurddek o’tarkan yodim,
Ko’kka olib uchar ozod Ruhimni
Ko’ksimni qilichday kesgan faryodim!..

Yashayman eng so’ngsiz dardlaring bilan,
Hech kim yuragimga bo’lolmas qozi!
Hali mudrab yotgan dunyolaringni
Uyg’otib uchadi ruhim ovozi!

Men kimman?
Gamingga g’amdosh bo’lmasam,
Og’rimasam yorug’ qiynoqlaringdan?
Boshiga osmonni ko’targan tog’dek
O’sib chiqolmasam tuproqlaringdan?

Uzoq-uzoqlarga qarab angladim:
Qaydanman, qayonman va kimnikiman?
Ko’nglimniki edim va bir kun bildim,
Undan ham oldinroq Rabbimnikiman.

Hukm et, shahiding bo’lmog’im uchun
Jannat bog’larini tashlab kelurman.
Chorlasang, ortimdan butun bir xalqni
Hisor tog’laridek boshlab kelurman.

Sevmasang ham qattiq sevaveraman,
Chidayman xorlaring ta’na toshiga.
Shunchaki o’lmayman,
Shuncha ishq bilan
Ko’tarib o’lurman seni boshimga!

Bir oz ko’nglimniki bo’ldim- o’ksigan,
Rabbimniki edim, shubhasiz, biroq
Borim-yo’g’im bilan seniki edim,
Seniki bo’lurman, ey Ona tuproq!..

Zebo Mirzo
Ответить 
"+" от:
Старый 26.03.2008 15:12   #13  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Сир

Мен Сизга изҳорим этмайман ошкор,
Юрак-юрагимдан кулмайман ортиқ.
Дунё юзин кўрмас беҳисоб ашъор.
Қучоқ гуллар бошқа қилмайман тортиқ.

Тушларим бугундан сизники эмас,
Тўлин ой кечалар келтирмас илҳом.
Кўзингиз сеҳрига қилмайман ҳавас,
Самимий сўзингиз этолмайди ром.

Маҳлиё бўлмайман ҳуснингизга ҳам,
Майли Сиз дунёда якка-ягона.
Дардингизга ҳатто қўймайман малҳам
Шу кундан бизлармиз буткул бегона.

Сабаби айтмайман...сўраманг асло,
Хиссиз кўнглингизги қийнаб нетаман?
Оллоҳим билгувчи бу сирни танҳо,
Ўзим-ла қабрга олиб кетаман...


Kamina
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 26.03.2008 15:15   #14  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Vatan

Ehtimol, o’ldirur bir kuni ko’rlar,
Tomiringda olov qoning bo’laman...

...Borim-yo’g’im bilan seniki edim,
Seniki bo’lurman, ey Ona tuproq!..

Zebo Mirzo
OFF: agar mumkin bo'lganda 100 ta thanks bergan bo'lar edim... judayam chiroyli she'r ekan... Alloh rozi bo'lsin Sizdan
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 26.03.2008 15:21   #15  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Firdavs Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Vatan

Ehtimol, o’ldirur bir kuni ko’rlar,
Tomiringda olov qoning bo’laman...

...Borim-yo’g’im bilan seniki edim,
Seniki bo’lurman, ey Ona tuproq!..

Zebo Mirzo
OFF: agar mumkin bo'lganda 100 ta thanks bergan bo'lar edim... judayam chiroyli she'r ekan... Alloh rozi bo'lsin Sizdan
Darhaqiqat, har bir misrasi inson ruhiga kuchli ta'sir qiladi
Ответить 
"+" от:
Старый 26.03.2008 15:22   #16  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Tog’lar

Tog’larga ishonib adashdim,
Qoyalar aldarkan odamni.
Men bugun bexosdan bo’shashdim-
Tushunib yo’l qo’ygan xatomni.

Tog’larga tosh otmoq bekordir,
Shubhasiz o’zingga qaytadi.
Ularning bilgani inkordir,
Bukilmas tog’larning tosh qaddi.

Cho’qqiga sir aytsang mabodo
Dardingni dasturxon qilarkan.
Chorlasang bergandek aks-sado,
Tap tortmay ustingdan kularkan.

Buyuklik-tasodif aslida,
Qachondir Yer bilan teng bo’lgan.
Tog’lar ham yerning naslidir,
Ularning ham bag’ri keng bo’lgan.

Tosh ko’ngil nedandir to’lmaydi,
Bulutlar boshida uchsa ham.
Baribir ishonib bo’lmaydi,
Falokat yuz berur ko’chsa ham.

Ulardan olisroq ketaylik,
Bosh egib kamtarin bog’larga.
Tuproqni balandroq tutaylik,
Uvoldir tosh otsang tog’larga…
Zamira Eganberdiyeva
Ответить 
"+" от:
Старый 26.03.2008 16:21   #17  
Аватар для Komila Baxtiyor qizi
Оффлайн
Toshkent Islom Universititeti qoshidagi akademik litsey
talaba
Сообщений: 23
+ 10  24/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Keldi ayomi bahor, olam gulistondur bu kun,
Lolalar ochildi, sahro bog’u bo’stondur bu kun.

Jahr-zikru xonaqahdin yuz o’girmoq vaqtidur,
Dahrning zavqi safosi bizga mehmondur bu kun.

Etti navro’z gul chaman husni rasolar husnini,
Ishqida dil bulbuli behud mastondur bu kun.

Boq, niqob oldi yuzidin sarv bo’yluk yorlar,
Lazzati la’li labi vah menga armondur bu kun.

Rang-barang oqu qizil ko’ylak kiyib dildorlar,
Bizni shaydo aylagan gulgun zanoxdondur bu kun.

Chun alarming husnidin olam hamadur lolazor
Oshiqu ma’shuqqa boqib mastu hayrondur bu kun.

Nozaninlar noz birla zeb-ziynatlar taqib,
Sumbuli zulflar parishon rayhon namoyondur bu kun.

Nozima, naming bila madh et bahor ayomini,
Gar falak kajravligidin yurt vayrondur bu kun.

Nozimabegim
Ответить 
2 "+" от:
Старый 26.03.2008 16:48   #18  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Ишқим пинҳон тутгум, асло ошкор этмам ёрима,
Изтироб-азоб ўтини бермагум дилдорима.

Кузги япроқ сингари дил сарғайиб сўлди тамом,
Келди кўклам, лек яшилдан қатра йўқ гулзорима.

Айни фасли ёшлигимда келди-ю, кетди шитоб,
Энди қилмам қанча афсус, эшитмайди зорима.

Қўлим ишда, ёр ёнима, кўнгул бунда шод эди
Йўқотиб лол ўлтирибман, ҳеч унум йўқ корима.

Қай ерни ул этди макон осмонними, ё замин?
Мен-ки тайёр кетишликка, қурбон айлаб борима

Оразини кўрмоғим чун интиҳодан қайтмагум
Майли қўйсин икки устун ва сиртмоқни дорима.

Оҳларимга қулоқ тутмас дўсту ёрон минг тараф,
Баён этдим дардларимни шу мўжаз ашъорима.



Kamina
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 26.03.2008 17:05   #19  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Ey sabo, arzimni ayt ohista ul dildorg’a,
Hech rahmi kelmadi yo’lida yotgan zorg’a.

Iltimos etgil g’ubori maqdamidin zarraye,
Xoki poyi doru bo’lg’ay bu tani bemorg’a.

Shiddati za’fim bila raglar so’ngakka chirmashib,
Huv savdosidin chekar monand o’lib setorg’a.

Qon yoshimdin ko’rki domonim qizrdi loladek,
Ahli dillar ko’rib oni o’xshatur gulzorg’a.

Ma’rifatni mevasin yoshirgali dil bog’iga,
O’tkuribman ko’p tikan monand etib simxorg’a.

Bul riyolik tasbihimni gulxan ichra kul qilib,
Ham musalloni garov qo’ymas butu zunnorg’a.

Amri ma’rufimni munkirdin agar qilsam bayon,
Kufr aydi deb yig’ilib qilurlar dorg’a.

G’am shamoli ko’nglum avroqin parishon ayladi,
Bor umidim, eltibon ko’rsatsa deb dildorg’a.

Har kishini do’st deb sirringni izhor aylama,
Ta’na toshidin alam yetgay dili afgorg’a.

Ko’nglimi bo’stoni ichra hech gul ochilmadi,
Qon yutubon g’unchalar o’rnini berdi xorg’a.

Bir g’aribi puralam g’am nolasini nazm etib,
Tahrir etmish, hech kim olmas sotsalar bozorg’a.

Shumlig’ingdin, ey Muazzam, tortasan ranju alam,
Hech doru naf’ qilmas san kabi bemorg’a.
Muazzamxon
Ответить 
"+" от:
Старый 26.03.2008 17:37   #20  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Сени кутиб-кутиб чарчадим ғоят,
Соғинмасдан қўйдим висолингни ҳам.
Армонларни туйиб, мана, ниҳоят,
Тақдирга тан бердим. Кўзларимда нам.

Кўзим эмас, менинг йиғлайди қалбим,
Юрак ҳам бир меъёр урмайди сира.
Сенга аён эмас сўнгсиз дардларим,
Билмасдинг эканинг хислар бокира.

Севгандим...Иложсиз ишқимдан кечдим,
Ҳаётга қизиқиш йўқолди тугал.
Севганим – гуноҳим, умидим – айбим,
Ноумид хаёллар бошимда чигал.

Сен бошқа келмайсан – бу менга аён,
Сени эслаганда дардга тўламан.
Кун келиб сен мени қўмсаган чоғинг,
Хижрон азобида ўлган бўламан.


Kamina
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх