Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Библиотеки
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Библиотеки ... в том числе электронные


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 01.04.2008 20:44   #11  
Real ID Group
Аватар для Shuhrat Dehkanov
Оффлайн
SEC
AKA:master
Сообщений: 154
+ 28  39/24
– 0  0/0

South KoreaОтправить сообщение для Shuhrat Dehkanov с помощью ICQАккаунт на Twitter
Albert-Laszlo Barabasi ning "Linked: How Everything Is Connected to Everything Else and What It Means" kitobi.

Kitob ilmiy-ommabop tilda yoziligan, virtual networklardan tortib ijtimoiy bog'lamlargacha qanday tuzilgani, ishlash printsiplari yoritilgan. Juda qiziqarli kitob.
Ответить 
Старый 02.04.2008 09:59   #12  
Open ID Group
Аватар для G'olib Nishonboyev
Оффлайн
Аттестационный центр при Минздрав
Программист
AKA:Mirzogolib
Сообщений: 192
+ 115  56/40
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для G'olib Nishonboyev с помощью ICQОтправить сообщение для G'olib Nishonboyev с помощью YahooLiveJournalМой КругМой мир
Гладиатор сценарийси. Инглиз тилида. Тушуниш кийин бирок жудаям кизикарли.
Ответить 
"+" от:
Старый 02.04.2008 11:14   #13  
Open ID Group
Аватар для Nozima Tashpulatova
Оффлайн
Аспирант НУУз
Сообщений: 288
+ 90  134/82
– 0  2/2

UzbekistanОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью YahooОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от olimbek Посмотреть сообщение
"Партиянинг олтинлари"
Ажойиб китоб.
Ha bu kitobda ko'tarilgan mavzu va ayrim dalillarni ko'p muhokama etsa bo'ladi. Uni o'qiganimda har bir ma'lumotni alohida mushohada qilishga o'rganganman.
__________________
Siempre tengo razon:smile:
Ответить 
Старый 02.04.2008 11:58   #14  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от olimbek Посмотреть сообщение
"Партиянинг олтинлари"
Ажойиб китоб.
Хакикатдан хам Игорь Буничнинг бу тарихий романини "Жахон адабиёти" журналида укиб анча таъсирланганман. Озод Шарафиддинов узбек тилига яхши таржима килган. Аслидек чиккан.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 02.04.2008 12:21   #15  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Behzod Saidov Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от olimbek Посмотреть сообщение
Ўзбекнинг ўзбеклигини кўрсатган асар. Ҳар гал ўқиганимда янги бир маъно топаман. Ўша даврда шундай ёзиш учун Тоғай Муродда ўша Тарлоннинг юраги бўлган бўлса керак
"Otamdan qolgan dalalar" romani ham yaxshi yozilgan...
Albatta. Adabiyotda Tog'ay Murodning o'z yozish uslubi ham bor edi. Uning barcha asarlari bir xil, ya'ni Tog'ay Murodchasiga yozilgan. "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi" kitobidan o'rin olgan "Bobosi bilan nevarasi" hikoyasi ham qizqarli va chiroyli shaklda yozilgan asarlaridan biridir.
Оффтоп:
Bobosi bilan nevarasi
(hikoya)

Oyoqlariga qizil botinka, ustiga ko‘k ishton-ko‘ylak, boshiga eski ola do‘ppi kiyib olgan uch yashar nevara, hammadan oldin o‘rnidan turib, ayvonga chiqadi. Dasturxon atrofida o‘tirganlar unga parvo ham qilmaydilar. U dahlizda birpas tik turadi. To‘g‘ridan qaraganda xuddi vaqtincha o‘rnatib qo‘yilgandek ko‘rinadigan katta-katta quloqlarini ko‘rganlar nevarani tog‘asiga o‘xshatadilar. Quralay ko‘zlarini, bir oz yapasqidan kelgan burnini, keng va do‘ng, hali g‘am nimaligini bilmagan yaltiroq peshonasini ko‘rganlar esa uni otasiga o‘xshatadilar.
Nevara zinapoyadan avaylab tushadi. Orqasiga bir qarab qo‘yadi. Mayda-mayda qadamlar bilan hovli eshigi oldidagi mototsiklning yoniga borib turadi. Esida bor, otasi bilan mana shu muloyim o‘rindiqqa o‘tirgan, o‘shanda bu mototsikl degani qattiq ovoz chiqarib yurib ketgan, nevara qo‘rqqanidan otasini mahkam quchoqlab, ko‘zlarini yumib olgan edi. Mana, u bugun ham mototsiklga minadi, o‘zining minmoqchi ekanligini bildirish uchun orqa o‘rindiqqa qo‘lini tekkizib turadi. Hademay otasi ham keladi, so‘raydi:
— Yo‘l bo‘lsin?
— Men ham boraman.
— Qayoqqa?
— Ishga.
— Ha-a. Direktorimiz kecha pedsovetda seni so‘rayotgan edi, nega ishga kelmayapti, deb, — deydi otasi hazillashib.
Nevara otasi ayttan so‘zlarga deyarli tushunmaydi. Hatto ayrim so‘zlarni birinchi eshitishi. Ammo shunday bir narsani payqab qoladiki, kimdir: xolasimi, ammasimi uni kelsin debdi. Boradi, boradi.
Shu payt otasi bir narsani tepadi, pat-patlagan tovush chiqadi. Nevara bir cho‘chib tushib, kipriklarini pirpiratadi.
Agar olib ketmasangiz, yig‘layman, degandek, lab-larini buradi, yelkasini silkib, boraman, deydi. Ota-si parvo qilmay ketadi. Pat-patning orqasidan tutun chiqadi, nevara tutun ichida qoladi. Ana endi, u yerga ag‘anab, alamidan chiqquncha yig‘lamoqchi bo‘ladi. Ammo... bobosi yomon. Yumshoq tuproqqa ag‘anab, mazza qilib yig‘lab olishga qo‘ymaydi. Nevarasini qo‘lidan yetaklab ichkari olib kirib ketadi. Har qalay yomon bo‘lsa ham o‘zi bilgan odamlar ichida bobosini yaxshi ko‘radi. Shu daqiqadan boshlab bobosini avvalgiga qaraganda ham ko‘proq yaxshi ko‘radi. Sababki, bobosi hozirgina unga tokchadan shokolad olib berdi.
Nevarasining ko‘ngli nimanidir istaydi. Bir kuni bobosi uni qaergadir olib borgan, u yerda katta-katta uylar bor, odamlar ko‘p ekan, ko‘chalarda olma, bodringlarni odamlar hammaga ko‘rsatib o‘tirar ekan. O’shanda bobosi unga shirin suv olib bergan edi. Nevarasi hali-hali eslab lablarini yalab qo‘yadi. U hozir, yana shu yerga olib boring degisi keladi, lekin aytolmaydi, qaerga borganini o‘zi ham bilmaydi. Bobosining tizzasiga o‘tirib olib xarxasha qiladi.
— Jim o‘tir, jim. Qara, anavuni qara. Eh-he, bo-
lalarni qara, — deydi bobosi burchaqda turgan televizorga ishora qilib.
Nevarasi bu yarmi shisha katta qutining televizor deb atalishini yaqindagina bildi. Ammo haligacha uning nomini aytolmaydi. Bobosi televizorda qiziq tomosha ko‘rib kulib yuboradi. Nevarasi nima gapligini payqasa-da, bobosiga qo‘shilib kuladi. U tomoshaga qarab o‘tirib, hayron bo‘ladi: buncha ko‘p odamlar qanday qilib shu kichkina qutining ichiga sig‘adi?..
— Bobo, bu odamlar qaerda?
— Televizorning ichida-da, ulim.
— Shuning ichida uyi ham bormi?
— Bor, ulim, bor. Hammasi bor.
— Ularning shokoladiyam bormi?
Mittigina nevarasi o‘zicha, kishilar uchun eng shirin va kerakli narsa shokolad deb biladi. Shuning uchun hamma narsani avvalo shokoladga taqqoslab ko‘radi. Nevarasining savoli javobsiz qoladi, televizorda hech narsa ko‘rinmay qolgani uchun bobosi uni o‘chirib qo‘yib, hovliga chiqib ketadi. Nevarasi qo‘li bilan devorga suyanib o‘rnidan turadi. Ko‘rsatkich barmog‘ini og‘ziga tiqib, boshini chapga sal qiyshaytirib, televizorga birpas qarab turadi. So‘ng asta-asta kelib, televizorning orqasidan ichiga qaraydi — yo‘q. Chakkasini televizor yoniga tekkizib quloq soladi — yo‘q. Haligi odamlar yo‘q. Hozirgina shuning ichida edi... Qayoqqa ketdi ular?..
U hayron bo‘lib, uy ichiga nazar soladi. Pechka oldida turgan kichkina mashinasini ko‘rib qoladi. Mashina oldiga boradi. Shu yerda turgan singlisining qo‘g‘irchoq qizini oyog‘idan sudrab kelib mashina ustiga o‘tirg‘izadi. Mashinaning uzun iplaridan sudrab hovliga chiqadi, chekkaroqda bir nimalar qilib o‘tirgan bobosiga qaraydi. Bobosi deraza yasayapti. Oldida ustalar uchun kerakli asboblar, har xil hajmdagi yog‘ochlar sochilib yotibdi. Vaqt-vaqti bilan yog‘ochga chizadi-da, so‘ngra kichkina qalamini qulog‘i ustiga qistirib qo‘yadi. Buni ko‘rgan nevarasi zavq bilan kuladi va o‘zi ham shunday qilish uchun qalam qidiradi, biroq topolmaydi. Mashinasini sudrab daraxtlar orasiga qarab ketadi.
Bobosi ko‘z ostidan nevarasiga qarab qo‘yadi. Yana ishini davom ettiradi. Bobosi pensiyaga chiqqaniga ikki oycha bo‘ldi. Hukumat uni taqdirladi. U pensiyaga chiqmasdan oldin qachon pensiyaga chiqib mundoq dam olarkanman, deb o‘ylardi. Ish deganlari jonimgayam tegdi, deb qo‘yardi. Mana, orzusiga yetdi. Ammo o‘zini qo‘yarga joy topolmay qoldi. Nima ish qilishini bilmaydi. Ishlab o‘rgangan odam — hadeb yotavergisi kelmaydi. Hovlini kuzatib, ko‘ziga yomon ko‘ringan narsalarni — devorning ko‘chgan joylarini, buzilgan derazalarni, eshiklarni tuzatadi. Toklarning uchini kesadi. Xullas, hovlidagi beo‘xshov narsalarni o‘xshatmasa ko‘ngli orom olmaydi. Bobosi, «Manavi Ismoil... E tavba-e, qirq yil Sovet hukumatiga xizmat qilib, minglab odamlar bilan til topishdimu, ikki oydan buyon shu tirmizak bilan kelisha olmayman-a!..»
Bugun ikki kundirki, bobosi tovuq katagiga eshik tayyorlaydi. U qo‘lidagi yog‘ochni qarichlab ko‘radi, adashib ketadi. Yana qarichlab, bu safar qalam bilan boplab belgi qo‘yadi. Kesmoq uchun arrani oladi. Bobosi: «Bekor pensiyaga chiqibman. Ishdaligimda kuniga kamida o‘n kishi meni so‘rab turardi. Endi esa hech kimning men bilan ishi yo‘q». Bobosi yana ko‘p narsalarni o‘ylaydi... Nevarasining daraxtlar tarafga o‘tib ketganini eslaydi, xabar oladi. Xotirjam bo‘lib, ishini davom ettiradi. Nevarasiga achinadi: «Bunga kiyin. Birga o‘ynaydigan bolalar yo‘q. Uydagilar meniyam tashlab ketadi, uniyam tashlab ketadi. Ye ikkalang birga o‘ynayver, deganlarimikan bu... Io‘g‘-e..»
Do‘mboqqina nevarasi o‘yindan zerikadi. Mashinasini sudrab kelayotib, tovuq katagiga qarab, ichida tovuq borligini ko‘radi. Chap oyog‘ini yerga tap etib urib «kisht», deydi. Tovuq shunda ham indamay yotaveradi. Nevarasi: «Hamma tovuqlar hovlida o‘ynab yuribdi, bu tovuq nega bir o‘zi o‘tiribdi ekan?..»
Qo‘g‘irchoq qizning qo‘lini sug‘urib olib tovuqqa otmoqchi bo‘ladi, lekin ololmaydi. Yerdan mayda tosh olib otadi, tovuq qoqoqlab katakdan chiqib ketadi. Nevarasi tovuq yotgan joyda oppoq tuxum turganini ko‘radi. Qo‘lini uzatadi, yetmaydi. Urmalab katakning ichiga kirib ketadi. Tuxumni mashinasiga solib, bobosining oldiga oboradi.
— Bobo, tovuq tug‘di, mana.
— Yaxshi bo‘pti.
— Tuxumi issiq ekan.
Bobosi va nevarasi qo‘l ushlashib tok vayishi ostiga boradilar. Jajjigina nevarasi tokda osilib turgan uzumlarga qaraydi. O’z qo‘llari bilan olib yemoqchi bo‘ladi. Xuddi bobosidek qo‘lini uzumlarga cho‘zadi. Eh-he, hali juda uzoq, juda...
Bobosi nevarasiga boqib, beixtiyor o‘zining bolaligini eslaydi.. Ko‘nglida nevarasiga nimadir... nimadir paydo bo‘ldi... Nevarasining beg‘ubor peshonasi va tiniq yuzlariga uzoq boqib qoladi...

Tog‘ay Murod,
1966 yil
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:
Ответить 
Старый 02.04.2008 12:45   #16  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Komil Eriev Посмотреть сообщение
Albatta. Adabiyotda Tog'ay Murodning o'z yozish uslubi ham bor edi. Uning barcha asarlari bir xil, ya'ni Tog'ay Murodchasiga yozilgan.

Tog'ay Murod asarlari tilining xalqona yozilishiga sabab ko'proq xalq orasida yurganida deb bilaman. "Ot kishnagan oqshom" asarini yozish jarayonida chavandozlar orasida yurib, ularning hayotini o'rganib; "Otamdan qolgan dalalar" romanini yozayotganda esa 6 oylab paxtakorlar, suvchilar bilan suhbatlashib, ular bilan tengma teng mehnat qilib, o'zbeklar ishi Moskvada ko'rilayotganida qo'riqchilar bilan gaplashib sud jarayonlarini bevosita kuzatgani uchun ham asarlar xalqning diliga yaqin, xalqning dardini chuqur his etib aks ettirilgan. Yozuvchi qachonki xalqning dardini seaza olsagina o'lmas asar yaratadi.
Ответить 
Старый 03.04.2008 16:47   #17  
Pre Open ID Group
Аватар для Bahriddin Shayvaliev
Оффлайн
Xalq ta`limi vazirligi
Матбуот котиби
Сообщений: 32
+ 37  13/9
– 0  0/0

Uzbekistan
Камюнинг "Бегона"сининг биринчи жумласидаёқ қотиб қолганман. Наҳот шундай бўлиши мумкин дея.
Имкони бўлганда бир қараб кўринг, сиз ҳам ҳайратдан ёққа ушлайсиз.

Тольстойнинг "Иқрорнома" си ҳам ўқишли китоб.
Ответить 
Старый 03.04.2008 16:53   #18  
Pre Open ID Group
Аватар для Bahriddin Shayvaliev
Оффлайн
Xalq ta`limi vazirligi
Матбуот котиби
Сообщений: 32
+ 37  13/9
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Komil Eriev Посмотреть сообщение
Albatta. Adabiyotda Tog'ay Murodning o'z yozish uslubi ham bor edi. Uning barcha asarlari bir xil, ya'ni Tog'ay Murodchasiga yozilgan.

Tog'ay Murod asarlari tilining xalqona yozilishiga sabab ko'proq xalq orasida yurganida deb bilaman. "Ot kishnagan oqshom" asarini yozish jarayonida chavandozlar orasida yurib, ularning hayotini o'rganib; "Otamdan qolgan dalalar" romanini yozayotganda esa 6 oylab paxtakorlar, suvchilar bilan suhbatlashib, ular bilan tengma teng mehnat qilib, o'zbeklar ishi Moskvada ko'rilayotganida qo'riqchilar bilan gaplashib sud jarayonlarini bevosita kuzatgani uchun ham asarlar xalqning diliga yaqin, xalqning dardini chuqur his etib aks ettirilgan. Yozuvchi qachonki xalqning dardini seaza olsagina o'lmas asar yaratadi.
Tog`ay Murod chin ma`noda o`z maqsadiga etdi "O`zbek xalqiga haykal qo`di".
Esimda, bir adabiy uchrashuvda xalqimizning sevimli adiblaridan biriga "Nega hamma Muhammad Yusufni eslashadi, T. Murod yoddan ko`tarilmayaptimikan" tarzida savol berilganda "50 yildan keyin Muhammad Yusufni hech kim tanimaydi, T.Murodni esa hamma biladi" javobini olgandik.
Ответить 
"+" от:
Старый 03.04.2008 17:08   #19  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Bahriddin Shayvaliev Посмотреть сообщение

Tog`ay Murod chin ma`noda o`z maqsadiga yetdi "O`zbek xalqiga haykal qo`ydi".
Esimda, bir adabiy uchrashuvda xalqimizning sevimli adiblaridan biriga "Nega hamma Muhammad Yusufni eslashadi, T. Murod yoddan ko`tarilmayaptimikan" tarzida savol berilganda "50 yildan keyin Muhammad Yusufni hech kim tanimaydi, T.Murodni esa hamma biladi" javobini olgandik.
Muhammad Yusufni ham xalq esidan chiqarmasa kerak. Sababi u ham xalqning dardida kuyib ado bo'lgan ijodkorlardan biridir. Esimda maktabda o'qib yurganimda 1989-yilda- hali mustaqillikka erishmasdan oldin "Laganbardorlar" she'ri "Adabiyot va san'at" gazetasida bosilib chiqqandi. Sh'erni darhol yod olgandim. Bunday she'rni yozish uchun jasorat kerak edi o'sha paytlarda. Xalqning xotirasida qoladigan adib jasoratga ega bo'la olishi kerak xalqning dardini ko'rsatib bera olishi uchun. Muhammad Yusufni shamdek yonib o'zini tamom qilgan ijodkor sifatida bilaman.
Ответить 
Старый 04.04.2008 12:39   #20  
Pre Open ID Group
Аватар для Abduganiyev Murod
Оффлайн
академический лицей
Ученик
Сообщений: 73
+ 72  44/26
– 0  0/0

Uzbekistan
Muhammad Kamolning "555Nurli Hikmat" kitobi 2007 yilda Turk tilidan o'zbek tiliga tarjima qilindi. Unda hayotimizda duch keladigan voqealarga oqilona yechim berish"Aql bilan ish tutish" "Sirlari" berilgan. Tafsiya etamiz...

Faqat qo'rqib emas, muxabbatla ibodat qil...
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх