Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Учебные заведения > Колледжи и лицеи
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Колледжи и лицеи Средне-специальное образование


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.04.2009 14:14   #1  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Abiturientlarga!

Hurmatli abiturientlar – akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlari o’quvchilari, bo’lajak talabalar, bu bo’limda siz test topshirish borasida, oliy o’quv yurtiga kirishning ushbu tizimi haqida o’zingiz uchun kerakli va foydali bo’lgan ma’lumotlarni topasiz, sizni qiziqtirayotgan savollarga javob olasiz deb umid qilaman.
Ответить 
Старый 06.04.2009 14:16   #2  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Test topshirig’i anatomiyasi
Quyida taqdim etilayotgan maqola test topshirig’ining tarkibiy tuzilishi va uning turlari to’g’risida ma’lumotlar beradi.
Оффтоп:

Standart test topshirig’i ikki asosiy qismdan iborat bo’ladi : muammo (o’zak) va taklif etilgan javoblar (muqobil javoblar). Test topshirig’i o’zagi savol yoki tugallanmagan gap shaklida bo’lishi mumkin, muqobil javoblar esa bitta to’g’ri javob va bir nechta noto’g’ri (chalg’ituvchi) javoblardan tashkil topadi.
1.O’zbekistonning poytaxti qaysi shahar? - o’zak
chalg’ituvchi - a) Samarqand
to’g’ri javob - b) Toshkent - muqobil
chalg’ituvchi – c) Buxoro javoblar
chalg’ituvchi – d) Farg’ona

Chalg’ituvchi javoblarning maqsadi test o’tkazilayotgan fan bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lmagan abiturientlar uchun o’ziga xos “qopqon” vazifasini o’tashdir, ya’ni bu javoblar bilimsiz abiturientlar uchun to’g’ri javobdek tuyulishi kerak. Aksincha, mazkur fan bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lgan abiturientlar uchun esa noto’g’ri javob sifatida yaqqol ko’zga tashlanishi lozim.

Muqobil javoblarning nechta bo’lishi ko’plab munozaraga sabab bo’lishi mumkin. Aslida bu testning maqsadiga bog’liq bo’ladi. Masalan, ba’zi psixologik testlar faqatgina 3 ta muqobil javobni talab qiladi va ba’zilari esa savolning xususiyatidan kelib chiqqan holda 6 ta va undan ko’p javoblarni ham talab qilishi mumkin. Xorijiy davlatlar tajribalariga nazar soladigan bo’lsak, ta’lim sohasida ishlatiladigan testlarda muqobil javoblarning odatda 4 ta yoki 5 ta bo’lishini kuzatishimiz mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, muqobil javoblar soni qancha ko’p bo’lsa, sifatli test topshiriqlarini ishlab chiqish shuncha qiyinlashadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, biz uchratayotgan ko’plab testlarda muqobil javoblarni topish qiyin bo’lgan holatlarda test tuzuvchilar “yuqoridagilarning barchasi to’g’ri” yoki “yuqoridagilarning barchasi noto’g’ri” kabi javoblarni kiritishga uringanlar. Bunday muqobil javoblar test topshirig’ining sifatiga o’ta salbiy ta’sir o’tkazadi

Test topshiriqlarining turlari
1. Yagona to’g’ri javobli test topshirig’i:
Ushbu turdagi test topshirig’ida faqatginabitta to’g’ri javob mavjud bo’ladi. Qolgan muqobil javoblarning hammasi noto’g’ri bo’lib, chalg’ituvchi vasifasini o’taydi.
1-misol:
Quyidagi asboblardan qaysi biri uzoqdagi jismni kattalashdirib ko’rsatish uchun ishlatiladi?
A) Spidometr
B) Barometr
C) Teleskop
D) Ampermetr

2. Eng maqbul to’g’ri javobli test topshirig’i
Ushbu turdagi test topshirig’ida muqobil javoblar o’zlarining to’g’rilik darajalariga qarab bir-birlaridan farq qiladi. Biri to’laligicha to’g’ri bo’lmasligi, boshqasi esa to’g’riroq bo’lishi mumkin. Lekin ularning orasidan faqatgina bittasi eng to’liq va eng to’g’ri javob bo’ladi.
2-misol:
BMTning asosiy maqsadi nima?
A) Dunyo xalqlari orasida tinchlik va hamjihatlikni ta’minlash
B) Xalqaro qoidalarning amal qilinishini qat’iy nazorat qilish
C) Mamlakatlar qurolli kuchlarining faoliyatini nazorat qilish
D) Mustaqillikka erishgan yangi davlatlarga yaqindan yordamlashish

Yuqoridagi misoldagi barcha muqobil javoblar to’g’ri keltirilgan, lekin ular orasida faqatgina A javob eng to’liq va eng to’g’ri javob hisoblanadi. Chunki B, C va D muqobil javoblar qisman to’g’ri va ular masalaning faqatgina bir tomoninigina yoritgan. A muqobil javob esa umumlashtirilgan to’g’ri javobni o’zida mujassamlashtirgan.

Ushbu turdagi test topshiriqlarini tuzishda test tuzuvshilar juda ehtiyot bo’lishlari lozim. Chunki bu turdagi topshiriqqa muqobil javoblarni topish juda mushkul vaziyat hisoblanadi. Shu sababli agar test tuzuvchilar aniq va ishonchli muqobil javoblarni topa olmasalar, bunday topshiriqlarni tuzishga intilmaganlari ma’qul.

3. Negativ test topshiriqlari
Negativ turdagi test topshiriqlarida abiturientdan muqobil javoblar orasidan noto’g’risini topish talab qilinadi.
3-misol.
Gripp epidemiyasi tarqalgan sharoitda kishi o’zini bu kasallikdan asrashi uchun quyidagilardan qaysi birini qilmasligi lozim?
A) Ovqatlanishdan oldin qo’lni har doim sovunlab yuvish
B) Jamoat joylarida xona havosini almashtirib turish
C) Grippga uchragan bemor bilan bir idishdan ovqatlanish
D) Jamoat joylarida og’izda maxsus niqob bilan yurish

Negativ turdagi test topshiriqlarini tuzishda quyidagi ikki qoidaga qat’iy amal qilinishi shart. Birinchisi, testga negativ ma’no beruvchi so’z muqobil javoblar orasida emas, balki aynan test topshirig’i o’zagida kelishi lozim. Ikkinchisi, testga negativ ma’no beruvchi so’z tagiga chiziqcha chizish yoki boshqa usul orqali ajralib ko’rsatilishi lozim. Aks holda abiturient uni ilg’ab ololmay qolishi mumkin.

Bu o’rinda shuni aytib kerakki, negativ turdagi test topshiriqlaridan keng foydalanib kelinishiga qaramay, bu uslub ko’p tanqidga uchramoqda. Tanqidchilarning fikriga qaraganda o’quvchining bilimi uning noto’g’ri javobni topa olish qobiliyati orqali emas, balki uning to’g’ri javobni topa olish qobiliyati orqali baholansa yaxshiroq bo’ladi. Shu sababli hozirgi paytda negativ test topshiriqlariga talab ancha pasaygan.

4. Bir nechta to’g’ri javobli test topshirig’i
Ushbu turdagi test topshiriqlarida bir yoki undan ortiq muqobil javoblar to’g’ri javob hisoblanadi. Qolgan muqobillar esa chalg’ituvchi vazifasini o’taydi. O’quvchidan to’g’ri muqobil javoblar keltirilgan qatorni aniqlash talab qilinadi.
4-misol
Quyidagi asarlardan qaysilari A.Navoiy qalamiga mansub?
1. Nasoyim-ul muhabbat 2. Hazoin-ul maoniy
3. Muhokamatul lug’attayn 4. Mahbub-ul qulub
5. Mantiq ut-tayr
A) 1,3,4,5
B) 1,2,4,5
C) 1,2,3,4
D) 2,3,4,5

Abdurashid Solijonov
Davlat test markazi yetakchi mutaxasisi

Ответить 
Старый 06.04.2009 15:16   #3  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
“-lagan”mi yoki “-magan”?
Test sinovi, umuman, umuman test tushunchasi hayotimizga kirib kelganiga salmoqli vaqt o’tganiga qaramay, hozirga qadar test topshiruvchilarda test topshirig’ini bajarish malakasi yetishmayotganligi ba’zan yaqqol ko’zga tashlanib qolmoqda.

Оффтоп:
Yillar davomida o’quvchilar bilan ishlash, bevosita test tuzish va uni aprobatsiyadan o’tkazish jarayonida shaxsan o’zimiz bunday holatga juda ko’p guvoh bo’lyapmiz.

Ma’lumki, yaratilayotgan test topshiriqlarning salmoqli qismini savol matni tasdiq, ya’ni kesimi bo’lishli shaklda ifodalanganlari tashkil etadi.
Misol:
Issiq so’zi qaysi qatordagi gap tarkibida ko’chma ma’no ifodalagan?
A) Olovning issig’idan uning atrofida o’ynayotgan bolalarning yuzlari kulchadek qizargan.
B) Onamning tonglari turib yopib bergan issiq nonlarida bildim, Vatan ta’mini.
C) Men suratda ko’rgan kishining yuzlari issiq, menga boqib turgan ko’zlari issiq.
D) Cho’l quyoshining issig’i jaz-jaz kuydirar, chanqoqlik tinkani quritar edi.

E’tibor bergan bo’lsangiz, mazkur testning topshiriq matni kesimi bo’lishli shakldadir. Bunday ko’rinishga ega bo’lgan test topshiriqlarining ko’pchiligi o’quvchilarda shunday test topshirig’ini bajarishga bo’lgan ko’nikmaning yuqoriligi bilan baholanadi. Natijada test topshiruvchilarning ko’pchiligi test topshirig’i javobini ijobiy hal etish uchun yetarli nazariy bilimga ega bo’la turib, shoshma-shosharlik bilan topshiriq savolini oxirigacha o’qimay, topshiriq savoli bo’lishsiz, inkor shaklda bo’lgan holatda xatolikka yo’l qo’ymoqdalar. Mana yuqorida misol tariqasida keltirilgan test topshirig’ining mazkur shakldagi ko’rinishi:

Issiq so’zi qaysi qatordagi gap tarkibida ko’chma ma’no ifodalamagan?
A) Men suratda ko’rgan kishining yuzlari issiq, menga boqib turgan ko’zlari issiq
B) Onajonlar mehrining taftidan-da issiqroq narsa bormi, dunyoda!
C) Olovning issig’idan uning atrofida o’ynayotgan bolalarning yuzlari kulchadek qizargan.
D) Bu gapimdan keyin oyim issiq-issiq choy ichirib, qalin ko’rpa bilan o’rab qo’ydilar.

Ushbu test topshirig’i savolini shoshma-shosharlik bilan “ifodalamagan” emas “ifodalagan” tarzida tushunib, topshiriqni bajarishga kirishgan o’quvchi xuddi shunday shoshilinch ravishda “A” muqobil javobni tanlab olishi tabiiy hol.

Bundan tashqari “to’g’risini toping” yoki aksincha “noto’g’risini toping” tarzidagi topshiriqli test savollarida ham yuqoridagi holat juda ko’p uchraydi. Ko’pincha o’quvchilarning “Iye, men “to’g’risini toping” deb tushunibman” degan so’zlari qulog’imizga chalinadi.

Misol: Qaysi qatordagi so’zda tutuq belgisi noto’g’ri qo’yilgan?
A) ma’sum
B) ma’sul
C) ma’qul
D) ma’mur

Yoki: Qaysi qatordagi so’zda tutuq belgisi to’g’ri qo’yilgan?
A) mas’ul
B) ta’qiqlamoq
C) manb’a
D) ma’sud

Takomillashgan, o’quvchining bilimini sinay oladigan, shu bilan birga, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy tarbiya bera oladigan mukammal ko’rinishdagi yangi test topshirig’ini ishlab chiqishda test tuzuvchi oldida qanchalik ma’suliyatli talab va vazifalar tursa, test topshiruvchidan ham shunchalik ma’suliyat talab etiladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari hamda akademik litseylarda ustozlarimiz oraliq, yakuniy baholash yoki amaliy mashg’ulotlarda test topshiriqlari ustida ishlash jarayonida o’quvchilarga test topshirig’ini bajarish texnikasini muntazam ravishda o’rgatib borsalar, yuqoridagi kabi holatlarning oldi olingan bo’lardi.

Sherali Turg’unov
Davlat Test Markazi
Test tizimini takommilashtirish loyihasi a’zosi
NamDu qoshidagi 2-akademik litsey o’qituvchisi
Ответить 
2 "+" от:
Старый 08.04.2009 13:29   #4  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
To'g'ri javob sari bir qadam
Bilamizki, har bir abiturientdan ajratilgan ma’lum vaqt ichida test topshiriqlarining barchasini bajarib ulgurishi talab etiladi. Aksariyat hollarda abiturientlar sinov testlarini barchasini bajarish uchun vaqt yetarli bo’lmaganidan shikoyat qiladilar. Buning uchun kim aybdor? Yoki test topshiriqlarini bajarish uchun belgilangan vaqt xususida yana bir bor o’ylab ko’rish kerakmikin?

Оффтоп:
Mening nazdimda, kirish imtihonlariga o’rtacha, me’yoriy ravishda tayyorgarlik qilgan va sinov topshirayotgan fandan yetarli bilimga ega bo’lgan abiturient uchun ajratilgan vaqt yetmay ham qolmaydi, ortib ham. Faqatgina test topshiruvchi test topshirig’ini bajarishning ma’lum sirlaridan voqif bo’lsa bo’lgani.

Test topshirig’ining to’g’ri javobini topishning usullaridan biri tanish qoida va tushunchalarga tayangan holda notanish tushunchalar haqida xulosa chiqarish va shu orqali to’g’ri javob sari intilish.

Shu o’rinda ushbu test topshirig’iga e’tiboringizni qaratmoqchimiz.
Misol:
Qaysi qatorda aqliy faoliyat fe’llari keltirilgan?
A) fikrlamoq, sevinib ketmoq, chaqirmoq
B) fahmlamoq, pichirlamoq, ma’qullamoq
C) imzolamoq, susaymoq, sergaklanmoq
D) ijod qilmoq, tushunmoq, o’ylanmoq

Mazkur test topshirig’ini yechish uchun yetarli nazariy bilimga ega bo’lgan abiturient ham har bir muqobil javobda berilgan uchtadan so’z tahlili ustida bosh qotirib o’tirgan taqdirda vaqtan yutqizib qo’yishi tabiiy hol. Bunday test topshiriqlarini hal etishda abiturientning quyidagicha yo’l tutishi maqsadga muvofiq bo’lar edi.

Demak, topshiriq matnida faqat aqliy faoliyat fe’llarini ajratish talab etilyapti.

“A” muqobil javobga e’tibor beramiz: fikrlamoq, sevinib ketmoq, chaqirmoq. Ushbu javob qatoridagi “chaqirmoq” so’zining nutqiy faoliyat fe’li ekanligining o’ziyoq ushbu qator to’g’ri javob qatori emasligini ko’rsatib turibdi. Bundan ko’rinadiki, abiturient “fikrlamoq” va “sevinib ketmoq” so’zlari ustida behuda mulohaza qilib o’tirishi shart emas. Xuddi shu kabi, “B” javob variantidagi nutqiy faoliyat fe’liga mansub bo’lgan “pichirlamoq” so’zi ushbu muqobil javobning ham to’g’ri emasligidan dalolat beradi. “C” javob varianti boshidagi “imzolamoq” so’zi esa jismoniy faoliyat fe’li bo’lib, bu harakat jarayoni uchun inson tafakkurining bog’liqlik jihati yo’q. Demak, test topshirig’ining to’g’ri javobi “D”.

Aqliy faoliyat fe’llari haqida nazariy tushunchalarni unutib qo’ygan abiturient ham, agar nutqiy faoliyat hamda jismoniy faoliyat fe’llari haqida tushunchaga ega bo’lsa, yuqoridagi kabi yo’l tutgan holda, noto’g’rilarini ajratish orqali to’g’ri javobni aniqlab olishi mumkin. Ushbu yo’l bilan test topshiruvchi, agar xulosa chiqara olsa, to’g’ri javob haqidagi nazariy bilimlarni eslab yoki o’zlashtirib olishi ham mumkin. Bu test topshirig’ining ta’limiy vazifasi hisoblanadi.

Quyidagi ko’rinishga ega bo’lgan test topshiriqlari ham test topshiruvchilarni cho’chituvchi xarakterga ega.

Misol:
Ergashgan qo’shma gaplarning qaysi turida shart mayli qo’shimchasi gaplarni bog’lovchi vosita sifatida ishtirok etishi mumkin?
1) kesim ergash gapli qo’shma gap
2) ega ergash gapli qo’shma gap
3) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
4) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap
5) hol ergash gapli qo’shma gap

A) 2,3,4,5
B) 1,2,3,4,5
C) 1,3,4,5,
D) 3,4,5

Bunday test topshiriqlari abiturientdan bir vaqtning o’zida to’rt-besh mavzuga aloqador nazariy bilimlarni amalda qo’llashni talab etadi. Lekin, bundan cho’chib, tushkunlikka tushish o’rinsiz. Javob variantlariga e’tibor berilsa, 3,4,5 raqamlari ostidagi tushunchalar har to’rttala javobda ham aks etgan. Bu esa ularning, shubhasiz, to’g’ri ekanligidan dalolat beradi. Endi abiturinetning oldida u qadar qiyin bo’lmagan 1 va 2 raqami ostidagi tushunchalarning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanini aniqlash qolmoqda.

Abiturient kesim ergash gapli qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapga –ki bog’lovchi vazifasidagi vosita yordamida bog’lanishini, ega ergash gapli qo’shma gaplarda ergash gap bosh gapga nisbiy so’zlar yordamida bog’langanda ergash gap kesimi shart mayli shaklida bo’lishini yaxshi bilgan taqdirda to’g’ri javob “A” ekanini qiynalmay topadi.

Sherali Turg’unov
Davlat Test Markazi test tizimini
Takomillashtirish loyihasi a’zosi
NamDU qoshidagi 2-akademik
litsey o’qituvchisi
Ответить 
2 "+" от:
Старый 08.04.2009 13:32   #5  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Ingliz tili testlaridagi yangi o'zgarishlar
Davlat test markazi mana bir necha yildirki oliy ta’lim muassasalariga kirish testlarining ingliz tili bo’limini takomillashtirish va uni jahon standartlari darajasiga yetkazish uchun Test tizimini takomillashtirishi loyihasi ustida Britaniya Kengashi bilan yaqin hamkorlikda ishlab kelmoqda. 2006-2008 yilgi test sinovlarida ingliz tili fani bo’yicha tushgan yangi turdagi test topshiriqlari mana shu hamkorlikning mevasi hisoblanadi.
Оффтоп:
Ushbu maqola yangi turdagi test topshiriqlarining o’ziga xos xususiyatlari va afzalliklari hamda 2009 yilgi test sinovlarida kiritiladigan yangi turdagi test topshiriqlari to’g’risida ma’lumot berish uchun e’tiboringizga havola etilmoqda.

Ingliz tilidan an’anaviy test topshiriqlarida abiturientlarga qisqa va bitta gapga asoslangan test topshiriqlari beriladi. Bunday testlarning o’ziga xos jihati shundaki, ular qisqa, lo’nda va abiturient uchun tushunishga oson tarzda ishlab chiqiladi. Lekin bu kabi topshiriqlar abiturientga juda qisqa kontekst taklif qiladi, ya’ni abiturient bu testlarga javob berishi uchun faqat bitta gapda keltirilgan ma’lumotgagina tayanishi mumkin.

Misol: Choose the correct answer
When we met Mike yesterday, he looked … and unhappy.
A) sadness B) sadden C) sadly D) sad
Ko’rib turganingizdek, ushbu test topshirig’ida juda qisqa kontekst berilgan. Abiturient testga to;g;ri javob berishi uchun matnni tushunishi va bo’sh qoldirilgan joyga sifat (sad) kerakligini bilishi talab qilinadi, xolos. Shu yerda bir savol tug’iladi: real hayotda har doim ham shunday qisqa va lo’nda gaplar uchraydimi? Yo’q, albatta. Real hayotda turli holatlarga qarab murakkabroq matnlarni o’qish va ularni tushunishga ehtiyoj tug’ilishi mumkin. Ingliz tili testlarini takomillashtirish loyihasi o’z faoliyatini mana shu ehtiyojni hisobga olish va bo’lajak talabalarni mana shunday holatlarga tayyor turishga o’rgatishdan boshlanadi. Buning uchun o’quvchilarga hajmi kattaroq matnlarni berish maqsad qilib olindi. Bu yondashuvning qat’iy qulayliklari mavjud bo’lib, ulardan asosiysi o’quvchida bilimni real hayotda qo’llay olish malakasining rivojlanishidir. Chunki matnlarning hajmi kattaroq va ular maqolalardan o’zgarishsiz olinadi. Abiturient ushbu matnlarga asoslangan test sinovlariga javob berishi uchun avval matnni to’laligicha tushunishi kerak. Bu kabi test topshiriqlariga javob berish uchun tayyorgarlik jarayonining o’zi o’quvchilarning ingliz tilidan o’qib tushunish malakalarini rivojlanishiga turtki beradi.

Misol: Choose the correct answer for each gap in the text
Chairs go back to the time of the pharaohs. Few people today (1)… of the fact that for much of its history the chair was reserved for kings, lords, and bishops. (2) … people sat on backless chests, benches, or stools.
1. A) are aware B) aware C) were aware D) been aware
2. A) Little B) Usual C) Ordinary D) Comfortable

Ko’rib turganingizdek, ushbu matnning hajmi an’anaviy test topshiriqlarinikidan ancha katta va matn asosiy manbada qanday bo’lsa, shu holicha olingan. Ya’ni u o’z tabiiyligini yo’qotmagan. Birinchi test topshirig’iga javob berish uchun o’quvchi nafaqat grammatika bo’yicha bilimni qo’llashi, balki matnni tushunishi ham kerak bo’ladi. Matndagi ko’plab ma’lumotlar (pharaohs, chair was reserved for …, people sat on …) o’tgan zamonga tegishli bo’lsa ham, “Few people today” iborasi oddiy hozirgi zamon fe’lini (are aware) qo’llanilishini talab qilmoqda. Ikkinchi test topshirig’i esa leksika bo’yicha bilimni baholash uchun mo’ljallangan bo’lib, o’quvchi unga javob berishi uchun ham matnni to’laligicha tushunishi kerak. Matndagi dastlabki ikkita gapda fir’avnlar, qirollar, lordlar va ruhoniylar uchungina xizmat qilgan o’rindiqlar to’g’risida ma’lumot keltirilmoqda. Oxirgi gapda esa o’tirishi uchun foydalanilgan qutilar (chests), uzun umumiy o’rindiqlar (brenches) va taburetkalar (stools) kabi oddiy o’rindiqlarda qanday odamlar o’tirganligi aytilmoqda. Demak, matn ma’nosidan kelib chiqadiki, ikkinchi test topshirig’ining javobi “Ordinary”, ya’ni “oddiy” odamlar.

Test tizimini takomillashtirish loyihasi a’zolari hozirgi paytda o’z ishlarini davom ettirmoqdalar va test sinovining ingliz tili bo’limiga keyingi yillarda yana yangi o’zgarishlar kiritishni rejalashtirganlar. Umuman ingliz testlari yaqin kelajakda sifat va ishonchlilik borasida yanada takomillashadi deb ishonch bilan aytish mumkin.

2009 yilda ingliz tili testlariga kiritiladigan o’zgarishlar.
2009 yildagi test sinovlarida grammatika bo’yicha bilimni hajmi katta bo’lgan matnlarga tayanib baholash amaliyotiga yanada ko’proq e’tibor qaratish rejalashtirilmoqda. Muhim o’zgarishlar shundan iboratki, bu yilgi testlarda bir matnga uchta test topshirig’ini berish ko’zda tutilgan. Buning uchun matnlarning hajmi yanada kattalashtiriladi va natijada abiturientlar test topshiriqlariga javob berishlari uchun yanada kengroq ma’lumotga ega bo’ladilar.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 31.05.2011 16:38   #6  
Real ID Group
Аватар для Yulduz Atadjanova
Оффлайн
ГУП "Сувсоз"
Ведущий инженер
AKA:Zvyozdo4ka
Сообщений: 100
+ 68  72/31
– 3  4/3

UzbekistanОтправить сообщение для Yulduz Atadjanova с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Советую поступать в МГУ им.М.В.Ломоносова, т.к. конкуренция идет между абитуриентами, а не "папиными сыночками" и "толстыми кошельками".

Важно отметить, что экзамены проводятся заранее, до 1 августа, чтобы если не удастся поступить, вы могли бы поступать в другой ВУЗ Узбекистана.

http://tanlov.uz/2784

http://msu.uz/

http://msu.ru/

http://zvyozdo4ka.livejournal.com/ta...BC%D0%B3%D1%83
__________________
Suvsoz.uz
Ответить 
"+" от:
Старый 02.06.2011 15:12   #7  
Real ID Group
Аватар для Yulduz Atadjanova
Оффлайн
ГУП "Сувсоз"
Ведущий инженер
AKA:Zvyozdo4ka
Сообщений: 100
+ 68  72/31
– 3  4/3

UzbekistanОтправить сообщение для Yulduz Atadjanova с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Результаты о поступлении в МГУ в этом году будут объявлены 25-27 июля.
__________________
Suvsoz.uz
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 09.06.2013 13:33   #8  
Аватар для iWorld
Оффлайн
Сообщений: 59
+ 33  6/6
– 1  0/0

Uzbekistan
DTM elektron test haqida eshitganmisiz menga usha programma kerak , Bizning litseydagi kompyuterlarda bor ammo ular sotib olingan , uyda ishlatib bo'lmayapti klyuch so'raydi , domlalaruni davlat test markazidan olganmiz deyishadi , uning uchun pul ko'chirish kerak ekan. Iltimos kim uni qayerdan sotib olish mumkinligini bilsa usha xaqida ma'lumot bering !
Ответить 
Старый 03.01.2014 15:04   #9  
Аватар для akbaronaldo
Оффлайн
Сообщений: 1
+ 0  0/0
– 0  0/0

Uzbekistan
2013-2014 ўқув йили

2013-2014 ўқув йили учун Республикамизнинг қайси коллежларида 11-синфни тугатганлар учун сиртқи таълим олиш учун квоталар берилганлигини қандай билсам бқлади?
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх