Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Учебные заведения > Школы
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Школы Школьные темы


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 25.07.2008 21:47   #1  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
O'qituvchilarni qiynayotgan muammo - Qog'ozbozlik!

"Bugungi kunda murabbiylik qilib, “ustoz” degan sharafli nomni o’z ustilarida ko’tarib yurgan muallimlarni ko’p tanqid qilamiz. Ularning kamchiliklari, kasblariga vijdonan yondashmayotganlari haqida ko’p gapiramiz. Lekin, besh qo’l hech qachon barobar bo’lmagan. Bugun ham serg’ayrat, mohir murabbiylar, o’zlarini tarbiya-yu bilim berishga baxshida qilgan o’qituvchilar ko’p. Lekin , keyingi yillarda yaxshi muallimlar ham yayrab ishlayolmayaptilar. Chunki, maktablarda bilim berish, bola tarbiyasi emas, birinchi o’rinda qo’g’ozbozlik turadi. Bechora o’qituvchilarning bolalar bilan sinfdan tashqari turli mashg’ulotlar olib borish u yoqda tursin, hattoki ertangi darsiga yaxshilab tayyorlanib olishiga imkoni yo’q. Sababi, qo’liyam, hayoliyam doim band – bir arava qog’oz to’ldirishi kerak!

Maktablarga kelgan tekshiruvchilar kamdan-kam darslarni tekshiradi. O’zlariyam (balki ulargayam qiyindir) botmon-botmon qog’oz to’ldirib ketishadi. O’qituvchilar o’lardek ishlasa-yu, qog’ozga tushirmagan bo’lsa, tamom, ishlagani yolg’on! O’n kishi guvohlikka o’tsa ham befoyda, tekshiruvchilar faqat qog’ozga ishonadi! Qarabsizki, eng namunali o’qituvchi ham qog’ozbozlikka o’tishga majbur… Axir tirikchilik kerak, ularning esa bundan boshqa ishlari yo’q.

Bu to’g’ri yo’ldan chalg’ishmasmi? Boya ta’kidlaganimdek, o’qituvchilar o’z ustilarida kam ishlashadi deb jar solamiz, ammo, tan olishimiz kerak, bola bilan muallim orasiga qog’ozdan devor urilib ketganini. Shogirdidan tuzukroq hol so’rashga vaqt topish imkonsiz bo’lgan holatda jild-jild kitobni qanday o’qisin?

Har bir oilaning o’z maqasadlari, intilish, rejalari bo’ladi. Ha deganda, chaqirilmagan mehmon kelaversa, turmushning tinchi buziladi, ro’zg’or ishdan chiqadi, to’g’rimi? Maktab ham bir oila emasmi? Axir, u - buyuk ijodxona, ertangi kunning egalari tayyorlanadigan muqaddas dargohm-ku? U yerda “ustoz” degan fidoyilar ijod qilmoqda, ularga halaqit bermaslik kerak, menimcha. Siz nima deysiz?"
Оффтоп:

Qog’ozbozlikni yo’q ko’rgali ko’zim,
Qurib ketmaydimi har qanday qog’oz!
V.V. Mayakovskiy
* * *
“Qog’ozbozlikni yo’q ko’rgali ko’zim”
Deya o’tdi-ketdi, ko’z yumib shoir.
Bugun toqatimda qolmayin to’zim,
So’zlarman huddi shu xususga doir.

Mening yumush joyim qutlug’ bir dargoh,
Kasbim ham hurmatli: ustoz, muallim.
Ilmu go’zllikdan aylabon ogoh,
Pok dil bolalarga so’ylayman ta’lim.

Ishimiz ho’p ajib, serzavq, serzahmat,
Ishlagan sari dil ishga oshiqar.
Bir yon bolalardan yog’ilar rahmat,
Bir yonda shod edi bizdan boshliqlar.

Har kuni yangi bir yumushni boshlab,
Tashabbus ko’rsatib etdik jonbozlik.
Ammo qay kunidir ko’ngilni g’ashlab,
Oraga suqildi shum qog’ozbozlik!

Ta’blar xiralangan misli oynakday,
G’ayratlarga soya tushdi shu lahza.
Ishonch, faoliyat, yurak poygakda
To’rda qog’ozbozlik, qo’llari paxsa!

Ketma-ket keluvchi tekshiruvchidan,
Ora kunda olti desam ham ozdir.
Har bir muallimning chiqarib misin,
Surishtirar turli-tuman qog’ozni.

Kitob o’qiingmi, isbotin rostla,
Mazmunin g’ing demay qayta ko’chir, yoz!
Ko’rgan kinoyingni tushir qo’g’ozga,
Yo’qsa, tekshiruvchi also kechirmas.

Siyosiy hayotda kunda yuz xabar,
Barisin ko’rib chiq, ham ayla ro’yhat.
Zo’r olim yozibdi bir yangi asar,
O’qib chiqqanim rost, deya ber tilxat!...

Allakim boshliqni, boshliq-chi, bizni,
Tinmay qistov qilar:bo’ldir, ha bo’ldir!
Kelganlar so’ramas ish-pishingizni,
Avval bu la’nati qo’gozni to’ldir!

Ishlar o’lda-jo’lda, qo’llar qog’ozda,
Ko’zlarim darvoza oldida kezar.
Pichirlash qayoqda, baland ovozda,
Odil tekshiruvchin kutgum intizor!

Kelaqol, kutganim, qog’ozdan tezroq
Ishchan qo’llarimni aylagin xalos.
Axir ishlarim ko’p bundan tig’izroq,
Qog’ozlar ichida g’ijimlandim, rost!

Jamiki eng muhim vazifalarning,
Muhimi emasmi kasbim, yumushim?
Axir bu Vatanning zarur odamin,
Tayyorlab berishlik, mening-ku ishim!

Yurak qilmas ekan urishni kanda,
Halol mehnat bilan bergumdir ovoz.
Kelajak qurishday yumush turganda,
Qurib ketmaydimi har qanday qog’oz!!!


Tursunoy Sodiqova

Последний раз редактировалось Ibragim Yermatov; 15.08.2008 в 14:16.
Ответить 
Старый 25.07.2008 22:50   #2  
Real ID Group uParty Member Ultimate МВССО
Аватар для Ibragim Yermatov
Оффлайн
Сообщений: 1,772
+ 1,315  1,572/689
– 1  3/3

UzbekistanОтправить сообщение для Ibragim Yermatov с помощью Skype™Мой мир
Цитата:
Bugungikundamuarbbiylikqilib, “ustoz” degansharaflinomnio’zustilaridako’taribyurganmuall imlarniko’ptanqidqilamiz, ularningkamchiliklari, kasblarigavijdonanyondashmayotganlarihaqidako’pgap iramiz. Lekin, beshqo’lhechqachonbarobarbo’lmagan. Bugunhamserg’ayrat, mohirmurabbiylar, o’zlarinitarbiya-yubilimberishgabaxshidaqilgano’qituvchilarko’p. Lekin , keyingiyillardayaxshimuallimlarhamyayrabishlayolma yaptilar. Chunki, maktablarda bilim berish, bola tarbiyasi emas, birinchi o’rinda qo’g’ozbozlik turadi. Bechora o’qituvchilarning bolalar bilan sinfdan tashqari turli mashg’ulotlar olib borish u yoqda tursin, hattoki ertangi darsiga yaxshilab tayyorlanib olishiga imkoni yo’q. Sababi, qo’liyam, hayoliyam doim band – bir arava qog’oz to’ldirishi kerak!
[MOD]Азиза! Хатосиз езишингизни сураган эдим. Форумчиларни хурмат килиш керак. Юкоридаги матннинг пробелларини жойига тушуриб ва хатоларни тугирлагандан кейин менинг почтамга солинг.
Постларда хар бир суз текширилгандан кейин форумга жойлаштиринг. [/MOD]
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты
Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео
Ответить 
2 "+" от:
Старый 26.07.2008 10:03   #3  
Аватар для khikmatilla
Оффлайн
Ташкентский фармацевтический институт
Проректор по учебной работе
Сообщений: 135
+ 111  81/47
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для khikmatilla с помощью ICQ
Когозбозликни камайтириш ва маълумотларни замонавий ахборот технологиялар ёрдамида йигиш, кайта ишлаш, назорат килиш ва саклаш зарур. Кейинги вактда бир ахборотни кайта-кайта бошкармалар талаб килади ва укитувчи вактини бекорчи ишлар билан чалгитишади. Бундай бюрократияга карши курашиш керак ва ахборот технологияларни ривожлантириб, бу муаммони хал килади деб уйлайман.

Последний раз редактировалось khikmatilla; 26.07.2008 в 10:05.
Ответить 
"+" от:
Старый 11.08.2008 12:42   #4  
Аватар для Sher Mukhammad
Оффлайн
Toshkent viloyati Qibray tumani 11-maktab
O'qituvchi
Сообщений: 14
+ 5  7/3
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Har bir oilaning o’z maqasadlari, intilish, rejalari bo’ladi. Ha deganda, chaqirilmagan mehmon kelaversa, turmushning tinchi buziladi, ro’zg’or ishdan chiqadi, to’g’rimi? Maktab ham bir oila emasmi? Axir, u - buyuk ijodxona, ertangi kunning egalari tayyorlanadigan muqaddas dargohmasmi? U yerda “ustoz” degan fidoiylar ijod qilmoqda, ularga halaqit bermaslik kerak, menimcha. Siz nima deysiz?
Албатта юкори ташкилотлар (ОблОНО ва РайОНО) таълим тизимида жорий этилаётган янги карор ва буйрукларни ижросини таъминлашга мажбур, шунинг учун мактаблар билан доимий ишлашига тўгри келади.
Ответить 
Старый 11.08.2008 15:27   #5  
Заблокирован(а)
Аватар для haoshen
Оффлайн
JLU Giessen
M.A.
AKA:bellamar
Сообщений: 640
+ 355  180/117
– 0  1/1

UzbekistanОтправить сообщение для haoshen с помощью ICQОтправить сообщение для haoshen с помощью YahooОтправить сообщение для haoshen с помощью Skype™LiveJournalМой КругМой мир
Шунча қоғоз кимга керак? Хеч иш қилмай, бироқ "фаолият" кўрсатаётган чаласавод арбобларга. Қачон мана шу арбоббозлик йўқолса, ўшанда бизда таълим сохасида мутахассис ёшлар пайдо бўлади.
Ответить 
Старый 11.08.2008 15:47   #6  
Аватар для Samariddin
Оффлайн
Tarixchi
Сообщений: 66
+ 26  24/19
– 0  0/0

Uzbekistan
Yuqorida tilga olingan "qog'ozbozlik aslida o'qtuvchining ish yuklamalari hisoblanadi. Ularni bajarish esa o'qituvchining vazifasi hisoblanadi...
Ответить 
Старый 11.08.2008 16:12   #7  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Aslini olganda bu qog'ozbozlik o'qituvchini umuman boshqa narsadan chalg'ishiga sabab bo'lolmaydi. Masalan man maktabda ishlagan vaqtimda hamma narsaga ulgurardim. Xox qog'oz bo'lsin, xox o'zimni rejamdagi ishlarim. Nafaqat bularga, balki rejamga kiritmagan ishlarni ham kun davomida bemalol uddalardim. Manimcha bu qog'ozbozlik degan so'z ba'zi dangasa o'qituvchilargagina boshqacha eshitilsa kerak. O'zi aslini olganda mana shu qog'ozlarda ko'rsatilgan ishni bajarish uchun beriladi. lekin bunga hamma joylarda ham amal qilinmaydi. Ko'zbo'yamachilikka qog'ozda bor, amalda yo'q.
Shunaqa o'qituvchilarni bilaman, darsini tuzukqur o'tmaydi, lekin qog'ozda dunyoning ishini dundirib tashlashadi.

Aslida bu qog'ozbozlik degan jumla nafaqat maktablarda, boshqa tashkilotlarda ham birdek. Bunga misol qilib nufuzli UNESCO ning PSI tashkilotini ham keltirish mumkin.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 15.08.2008 14:23   #8  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Ibragim Yermatov Посмотреть сообщение

[MOD]Азиза! Хатосиз езишингизни сураган эдим. Форумчиларни хурмат килиш керак. Юкоридаги матннинг пробелларини жойига тушуриб ва хатоларни тугирлагандан кейин менинг почтамга солинг.
Постларда хар бир суз текширилгандан кейин форумга жойлаштиринг. [/MOD]

Buning uchun hammangizdan uzr so'rayman.
Ответить 
Старый 20.08.2008 15:46   #9  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,971
+ 2,743  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Samariddin Посмотреть сообщение
Yuqorida tilga olingan "qog'ozbozlik aslida o'qtuvchining ish yuklamalari hisoblanadi. Ularni bajarish esa o'qituvchining vazifasi hisoblanadi...
Келинглар аввал укитувчининг асл вазифасини билиб олайлик (агар хаккимиз булса). Болаларга билим беришми ёки РайОНО га ахборот беришми? Агар иккаласи хам булса кайси бири мухимрок? 2 та опам мактабда укитувчи. Бахорда мактабга текширувчи келган экан. Охирги 2 йилдаги конспектларини текширибди. Агар 2 йил олдинги конспект сакланиб колмаган булса укитувчи уша йили умуман ишламаган хисобланадими? Масалан вилоятларда сентябрь ойида укитувчилар деярли дарс утмайди. Чунки укувчилар пахтада. Укитувчи шу ойда хам ишлаганини канака килиб исботлайди? Менимча РайОНОга укувчиларим фалон килограмм пахта теришди деб хисобот топширмаса керак... Агар шу ойда когозсиз ишлашни ёки когозбозоликни камайтиришни иложи булса бошка ойларда хам шундай килса буладику... Шунда укитувчи купрок кучини билим беришга сарфлармиди....
Ответить 
Старый 20.08.2008 16:05   #10  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Келинглар аввал укитувчининг асл вазифасини билиб олайлик (агар хаккимиз булса). Болаларга билим беришми ёки РайОНО га ахборот беришми? Агар иккаласи хам булса кайси бири мухимрок? 2 та опам мактабда укитувчи. Бахорда мактабга текширувчи келган экан. Охирги 2 йилдаги конспектларини текширибди. Агар 2 йил олдинги конспект сакланиб колмаган булса укитувчи уша йили умуман ишламаган хисобланадими? Масалан вилоятларда сентябрь ойида укитувчилар деярли дарс утмайди. Чунки укувчилар пахтада. Укитувчи шу ойда хам ишлаганини канака килиб исботлайди? Менимча РайОНОга укувчиларим фалон килограмм пахта теришди деб хисобот топширмаса керак... Агар шу ойда когозсиз ишлашни ёки когозбозоликни камайтиришни иложи булса бошка ойларда хам шундай килса буладику... Шунда укитувчи купрок кучини билим беришга сарфлармиди....
Оффтоп:
Аввало узрку-я, озгина оширвормадингизми?
Назаримда сиз умуман когоз ишлатилмайдиган жойда ишлайсиз шекилли-а?

Последний раз редактировалось JUS; 20.08.2008 в 16:33.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх