Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 17.09.2009 03:20   #11  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Qamchiq dovoni bo'ylab sayohat. 8-qism





Qamchiq daryosida qish
5 Sentabr, 2009
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 19.09.2009 04:51   #12  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
SHOHIMARDON SAYOHATI

Bundan yuz yillar avval shoir Muqimiy Qo’qondan Shohimardonga sayohat qilar ekan, o’zi kunlar yurib o’tgan qishloqlari haqida hikoyalarini hajviy usulda nazm etgan edi. Mening nazmga qalamim o’tmaydi. Ko’rgan-kechirganlarimni silliqqina qilib taqdim etgim keldi.


Shohimardon qishlog'iga kirish qismidagi Oqsuv daryosi

Shohimardon qishlog’i haqida

Shohimardon – Farg’ona viloyati, Farg’ona tumanidagi qishloq. Hamma tarafi Qirg’iziston bilan chegaradosh O’zbekiston hududi. Aholisi 5000 kishidan ziyodroq. To’rttala tarafi ham tog’lardan iborat. Hududidan Oqsuv va Ko’ksuv soylari oqib o’tadi. Bu soylar Shohimardon qishlog’i markazida birlashib, Oqsuv nomi bilan Qirg’iziston hududi orqali Vodil qishlog’iga yetib, Marg’ilonsoy nomi bilan Marg’ilon shahri va undan keyingi qishloqlargacha yetib boradi.


Ikki tog' orasidan oqib o'qtuvchi Oqsuv daryosi

Shohimardon Oqqiya, Yordon qishloqlari orasida joylashgan. Shu yerda toshbo’ron qilingan Hamza Hakimzoda Niyoziy xotirasiga sovet yillarida Hamzaobod deb atalib kelingan. Keyinchalik uning tarixiy nomi qaytarilgan.


Shohimardon tog'lari
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 19.09.2009 11:23   #13  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Bizning qishloq Uchqo'rg'on tumanidagi Norin daryosi shunday!!!
Ответить 
"+" от:
Старый 19.09.2009 18:24   #14  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Qishloqlardagi dala hovlilarimizdan namunalar!!! Erta Bahor paytlari!!!
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 22.09.2009 10:33   #15  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Bizning tog'lar!!!
Ответить 
Старый 23.09.2009 07:06   #16  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Hazrati Ali va Shohimardon
Shohimardon atamasining kelib chiqishi mardlar shohi, to’rtinchi xalifa hazrati Ali bilan bog’liq. Mahalliy rivoyatlarga ko’ra, hazrati Alining qabri to’rt tomoni tog’ bilan o’ralgan, ikki daryo tutashgan joyda emish. Dunyoda bunday geografik joy va ziyoratgohlar ko’p. Shohimardon shulardan biridir. Lekin bu afsonalar ilmiy jihatdan isbotlanmagan. Hazrati Alining qabri Iroqning Kufa shahridadir, u zot hech qachon Farg’ona vodiysiga kelmagan. Qishloq markazida Hazrati Alining ramziy maqbarasi bo’lib, mahalliy aholi ichida unga Sherdargoh pirim deya e’tiqod qiladiganlar ko’p topiladi. Qishloq va uning atrofidagi geografik manzillarda ham hazrati Ali bilan bog’liq birqancha afsonalar uchraydi.
Shohimardondagi Hazrati Alining ramziy maqbarasi
Shohimardon aholisining aksariyati o’zlarini xo’jalar – hazrati Ali avlodlari deb hisoblaydilar. Qishloq aholisi asosan servis (qishloqqa kelgan mehmonlarga xizmat ko’rsatish) va savdo-sotiq bilan shug’ullanadi. Teparoq joydagi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. Erkaklarning ko’p qismi Rossiya va boshqa davlatlarda ishlab keladi.
Jome' masjid hovlisida jum'a namozidan chiqayotgan otaxonlar
Farg’ona Shveysariyasi
Shohimardon – Farg’ona viloyatining eng mashhur kurort maskani. U yerga bir mavsumda 200 000 dan ortiq dam oluvchi tashrif buyuradi. Bu ko’rsatkich sovet yillarida 5-6 baravar ko’p bo’lganligini e’tirof etish lozim. Iqtisodiy sharoit, chegara bilan bog’liq muammolar tufayli dam oluvchilar va turistlar soni kamayib ketgan. Ayni paytda mavjud sanatoriy, bolalar lagerlari boshqa maqsadlarda foydalanilmoqda yoki aholiga uy-joy sifatida bo’lib berilgan.
Yordonda Oqsuvga qo'shiluvchi soy vodiysi
davomi bor...
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
Старый 25.09.2009 16:23   #17  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Shu yer juda qiziq joy Toshkentda hamma kelin-kuyovlar Yapon bog'ida sayr qilishsa bizda esa shu yerlarda sayr qilishadi!!!
Ответить 
Старый 26.09.2009 10:20   #18  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Kahramon Jalilov
Оффлайн
Аналитик
админ ДСИ
AKA:designer
Сообщений: 1,104
+ 781  680/330
– 24  11/7

UzbekistanОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью YahooОтправить сообщение для Kahramon Jalilov с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мир
Mana o'sha manzara davomi!!!

Ответить 
Старый 28.09.2009 07:53   #19  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Shohimardon tomon yo’l

Shohimardonga borish uchun Marg’ilon, Farg’ona, Qo’qon shaharlaridan doimiy marshrutlar yo’lga qo’yilgan. Marg’ilon shahridan avtobus 5000 so’m, “Damas” 7000 so’m, “Nexia” 8000 so’mdan. Farg’ona shahridan ham deyarli shu narhda. Ushbu narhlar yo’lning holati, chegara nazorati muammolari va boshqa sabablarga ko’ra yana ko’tarilishi mumkin. Marg’ilon va Shohimardon orasi 80 kmga yaqindir.


Shohimardon ko'chalaridan biri

Sayohatga necha kunga borishingizni rejalashtirib, avvalo pasportingizdagi muammolarni hal qilib oling. Passport muddati o’tmaganligi, propiska va yumaloq muhrning mavjudligi, avval ham chegara hududidan o’tgan bo’lsangiz, kirish va chiqish muhrlarining bosilganligini tekshiring. Aynan shu muammolar sabab sizni chegara zonasidan o’tkazmasliklari mumkin. 1-2 kunlik oziq-ovqatingiz va harajatni shaharning o’zida tayyorlab oling. Chunki u yerda narhlar shahardagidan 1,5-2 baravar qimmatdir. Issiq ust kiyim olishni ham unutmang. Kechalari tog’da juda sovuq bo’ladi.
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
"+" от:
Старый 28.09.2009 07:54   #20  
Аватар для AbdulAziz
Оффлайн
www.ziyouz.com
Главный редактор
AKA:AbdulAziz
Сообщений: 1,932
+ 273  2,100/980
– 3  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью MSNОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью YahooОтправить сообщение для AbdulAziz с помощью Skype™LiveJournalFacebook
Mehmonlarga boshpana

Endi siz vaqtinchalik dam olish uchun joy topishingiz kerak. Sharoiti, joylashgan o’rniga qarab boshpanalar kuniga 3 mingdan 15-20 minggacha boradi. Odatda bunday boshpanalar, aholi xonadonlari yoxud dachalar bo’ladi. Dachalarning ko’p qismi soy yoqasida joylashgan. Boshpanadan siz yotoq uchun joy, ko’rpa-to’shak, idish-tovoq va boshqa ashyolarni ijaraga olishingiz mumkin. Ko’p dachalarga tushishdan ehtiyot bo’lish kerak. Avval sharoitni tekshirib, so’ng joylashish maqsadga muvofiq. Chunki ko’p joylarda sanitariya-gigiyena qoidalariga kam amal qilishadi. Eng qulayi, yuqoriroqdagi shinam xonadonlardan ijaraga olishdir.


Qishloq ko'chalaridan biri

Xonadonlarda dam olish uchun kelgan ijarachilarga haqiqiy mehmonlardek muomala qilishadi. O’zaro suhbatlarida ham uylariga kelgan ijarachilarga qandaydir kelgindi emas, “mehmonlar kelishdi” deb gapirishadi. Mehmonlar o’zlari olib kelgan mahsulotlardan u yerda xohlagan taomlarini pishirib yeyishlari mumkin. Agar mehmonlar ovqat qilishmasa, xonadon egasi albatta o’zi qilgan taomidan ularga ilinadi. Ko’pincha mehmonlar va xonadon egalari o’zaro do’st-birodar bo’lib ketishadi. Keyingi yili esa o’sha mehmon albatta shu xonadonga tushadi.


Qishloq markazining yuqoridan ko'rinishi
__________________
www.ziyouz.com | www.ziyouz.uz - Зиё истаган қалблар учун!
Ответить 
2 "+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх