Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Библиотеки
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Библиотеки ... в том числе электронные


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 05.05.2011 16:31   #51  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Kitob mundarijasi: u qayerda bo’lishi kerak?

Kitob mundarijasi: u qayerda bo’lishi kerak?


Bilim manbai bo'lgan kitoblar zahirasi - kutubxonalarda tasniflash tizimi bo'lmaganida kitobxonlar u yoqda tursin, hatto kutubxonachilarning o'zlari ham minglab kitoblar orasidan keraklisini topishlari mushkul bo'lardi. Ayni shu maqsadda ББК, Dewey O'nlik Tasniflash Tizimi, Kongress Kutubxonasi Tasniflash Tizimi va hokazolar ishlab chiqilgan. Kutubxonalarga kartochkali yoki elektron kataloglar o'rnatilgan.

Kutubxona emas, alohida kitob darajasida o'ladigan bo'lsak, har bitta asarning (xoh ilmiy, xoh adabiy bo'lsin) o'z strukturasi, undan foydalanishda qulaylik beradigan mundarijasi bo'ladi. Mundarijani kitobning o'ziga xos xaritasi desak ham xato qilmagan bo'lamiz: negaki unga bir nazar tashlagan holda (1) asarning nima haqida ekanligi, (2) bizni qiziqtirgan mavzular qaysi sahifalarda joylashganini bilib olishimiz mumkin.

DAVOMI >>
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 05.05.2011 16:33   #52  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Istiqbolsiz texnologiyalar: taraqqiyot tendensiyalari mushohadasi





Elektronika bozorining rivojlanish sur'atlari shuni ko'rsatmoqdaki, bir qator ixtisoslashgan apparatlar o'z o'rnini ko'pfunksiyali gadjetlarga boy berib qo'ymoqda. Oddiygina misol: bundan bir necha yillar muqaddam cho'ntak kalkulyatorlari ancha ommabop edi. Ammo ilk qo'l telefonlarining deyarli barcha modellarida asosiy hisoblash funksiyalari (qo'shish, ko'paytirish, foiz va shu kabilar) ko'zda tutilgani sababli cho'ntak kalkulyatorlari o'z dolzarbligini yo'qotdi.



Yuqori texnologiyalar taraqqiyotini o'rganib boruvchi bloggerlar va matbuot vakillari u yoki bu texnologiyaning kelajakdagi o'rni haqida bir qator farazlarini ilgari surishmoqda. Bir qator nashrlar qatorida, BusinessWeek haftaligining veb-saytida ham o'tgan yili shu mavzuda bir material chop etilgan edi. Unda DVD-pleyyerlar, statsionar kompyuterlar, ixcham fotokameralar, faks apparatlari, peyjerlar, elektron riderlar, o'yin pristavkalari va boshqa birqancha vositalarning o'z o'rnini yo'qotib borayotgani ta'kidlangan. Bugun biz ushbu texnologiyalarning ayrimlari to'g'risida bildirilgan fikrlarning qanchalik haqiqatga yaqin ekanligini mushohada qilib ko'ramiz.

__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 05.05.2011 16:36   #53  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan

Цитата:
Amerikalik yozuvchi T.J.Watersning muxlislari uning "Hyperformance" kitobi bosh sahifasiga dastxat qo'ydirib olish uchun navbatda kutib turishardi. Shunda bir qizning navbati yetib keldi va u yozuvchiga yaqinlashib: "Afsuski, Kindle bukriderimga imzo qo'ya olmas ekansiz...", dedi. Janob Waters esa bunga javoban: "Vo ajabo, nahotki insonni oyga yetkazgan taraqqiyot meni elektron kitobga dastxat qo'yishimga yo'l qo'ymasa?!"
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 13.05.2011 15:55   #54  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Apple gibrid displey ishlab chiqmoqchi



Apple kompaniyasi tomonidan AQSh Patent va Savdo Belgilari Ofisi (USPTO)ga kiritilgan arizaga ko’ra, kompaniya video displey (LCD yoki OLED) va elektron siyoh displeylarini o’zida ham qiluvchi yangi tipdagi, gibrid ekran ustida ishlayotgan ko’rinadi. USPTO da paydo bo’lgan ushbu arizadan birinchi bo’lib, “Apple Insider” sayti xabar topgan.

Bu haqda yangilikni va patent arizasini o’qiy turib, meni ajablantirgan narsa shu bo’ldiki, gap e-ink va video displeylarini bitta apparatda yonma-yon joylashtirish (kitob sahifalari singari) emas, balki ularning vertikal joylashtirilishi haqida ketyapti. Ya’ni ikki displey ustma-ust quriladi va qaysi biri faollashtirilsa, ikkinchisi shaffof holga kelib, unga yo’l beradi. Masalan, video displey ustida e-ink turgan bo’lsa, interaktivligi yuqori kontent ko’rsatilayotgan mahal e-ink shaffoflashadi. Matn ko’rsatilsa, video displey o’chadi va bu bilan energiya tejaladi. Kontent fragmentlarga bo’linadigan bo’lsa, ikkilova bir-birining o’rnini to’ldiradi.

DAVOMI >>
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 13.05.2011 15:58   #55  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan

Ҳислар оламига ташриф (1/6)

Ҳaмдaм ўғли Нapзyллo, 1981-2008



1.“Oдaм қaнчaлик eнгил xaётни иcтaмacин, y шyнчa мocлaшгaн бўлмacин, y бapибиp xaётнинг oғиp тoмoнлapини ўйлaшгa, вaқти кeлиб мaжбyp бўлиб қoлишини билapмикин?”

2.“Ҳaётингдa xap кyни, илoжи бўлca xap coaтдa янгилик билиб,-биpop нapca opтиpиб бopиш кepaк, Aгap биp нapca кaмaйгaн бўлca ҳaм, ceн шyни йўқoтгaнингни, opттиpгaн бўлacaн.”

3.“Ҳap дoим, ҳap вaқт – мeнгa яxши, мeн яшaяпмaн, oдaмлap қaтopи тaшвиш тopтaяпмaн, ҳaётмaн, мeнгa яxши бўлaди, - дeя oлгин вa бyнгa қалбинг билaн ишoнгин.”

4.“Ҳaётнинг янa биp қизиқ тoмoни бop, y, ceн ҳeч қaчoн иcтaмaгaнингга мaжбypлaб қўяди… Иcтaгaнинггa эca еткaзa oлмaйди.”


DAVOMI >>
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 13.05.2011 16:13   #56  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Sirli uchburchak



Bu yerda ko‘plab kema va samolyotlar izsiz g‘oyib bo‘lgan, minglab odamlar halok bo‘lgan. Biroq qidiruvlarda birorta jasad yoki kema-yu samolyot parchasi topilmagan!

Bermud uchburchagi – bu Bermud orollari, Floridadagi Mayami va Puerto-Riko oralig‘idagi hudud bo‘lib, uning maydoni million kvadrat kilometrdan ziyodroq. Mazkur hudud sohillarining rel'efi yaxshi o‘rganilgan, ular neft va boshqa foydali qazilmalar izlab bir necha bor qazilgan. Yilning turli davrlarida suv oqimi, uning tuzlilik darajasi va harorati, okean ustida havo massalarining harakati – barcha tabiiy ma‘lumotlar o‘rganilib, maxsus kataloglarga kiritilgan. Bu hudud shu kabi boshqa geografik joylardan unchalik jiddiy farq qilmaydi.

DAVOMI >>
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 25.05.2011 11:46   #57  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Thunderbolt: ma'lumotlarni yashin tezligida uzatish


Turli hajmdagi ma’lumotlarni bir platformadan ikkinchisiga uzatish uchun lokal tarmoq (LAN)Wi-Fi, Bluetooth, USB portlari, Firewire va boshqa usullardan foydalanamiz. Keyingi vaqtlarda kata hajmdagi fayllarni juda katta tezlikda ko’chirish quvvatiga ega yangidan-yangi texnologiyalar ishlab chiqilmoqda. Ular orasida USB 3.0 va Thunderbolt deganlari bor. Xo’sh, ulardan qaysi boshqasidan ustunroq va tezroq?

DAVOMI >>
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 25.05.2011 11:49   #58  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan

Konspekt olishni o’rganamiz (I-qism)




Har bir ma’ruza uslubi va shakli o’ziga xos, boshqacha. Ammo, har qanday domlaning ma’ruzasini uch qismga bo’lishimiz mumkin: kirish, asosiy qism va xulosa. Keling, har bir qismga yaqindan nazar tashlasak.



Kirish darsning eng boshida taqdim etiladi va asosiy qismning nimadan iborat ekanligi bilan tanishtirib o’tadi. Agar ma’lum mavzudagi turkum ma’ruzalar taqdim qilinayotgan bo’lsa, kirish qismi oldingi ma’ruzaning muhim nuqtalarini ham o’z ichiga oladi. Bu narsa talabalarga mavzu haqidagi endigina olgan bilimlarini mustahkamlash yo’lida xizmat qiladi va keying tashlanadigan qadam uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ma’ruzaning asosiy mazmuni nima haqda bo’lmasin, kirish so’zi boshlanaytotgan dars uchun o’ziga xos bir badantarbiya mashqidir. Siz bu paytda ma’ruzachining nutqni diqqat bilan eshitib, dars oldidan kitobning kerakli paragraflari bilan tezda tanishib chiqish (browsing) jarayonida eslab qolgan atama va turli fikrlarni izlahingiz lozim bo’ladi. Avvalroq ta’kidlab o’tganimizdek, ozingizga qaysidir ma’noda tanish bo’lgan har qanday atama yoki g’oyaning eslatib o’tilishi sizning materialni yaxshi o’zlashtirshingizga xizmat qiladi.

DAVOMI >>


A'lochilar uchun o'quv ko'nikmalari kitobidan
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 30.05.2011 12:16   #59  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Hayot uchun o’qish: Opra Uinfri


Bu ayolni nafaqat amerikaliklar, balki butun g’arb olami juda yaxshi biladi. Qoramag’izdan kelgan, istarasi issiq bu ayolning ismi Opra Uinfri bo’lib, AQSh OAVlarida juda ommabop bo’lgan ko'rsatuv (yoki talk-show)lardan birining boshlovchisi, dunyodagi eng badavlat teleboshlovchilardan biri hisoblanadi. U, shuningdek, kutubxonalarni, xususan, kitoblarni targ’ib etish bo’yicha faoliyati bilan ma’lum va mashhurdir.

“Men omadsizlikka ishonmayman”, deb ta’kidlaydi Opra Uinfri. Darhaqiqat, mashhur kishilar orasida hech kim Amerika jamiyatida mutolaa darajasini oshirish ishiga Unfrichalik katta hissa qo’sha olgan emas. U mamlakat bo’ylab olib boriladigan turli loyihalar, maqsadli dasturlar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etadi va ularni targ'ib qiladi.

DAVOMI >>
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 31.05.2011 15:11   #60  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 183  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Arrow


Oddiy maslahatlar: print screen, ALT+TAB va hokazo



Ko’pchligimiz kompyuterdan u yoki bu darajada erkin foydalana olamiz. Bundan bir necha yillar oldin kompyuterni o’rganish uchun bir necha oy davom etadigan kurslarga qatnash zarur edi, endilikda esa ko’pchilik uni o’qish yoki ish joyida, ayrimlar esa o’z uylarida o’rganadilar. Kompyuter savodxonligiga ega bo’lish uchun bugun o’qituvchi yollashingiz shart emas, do’stingiz yoki hamkasbingizdan iltimos qilgan holda bir-ikki kun davomida shug’ullansangiz bas, shuning o‘zi yetarli. Hatto, 4-5 yashar go’daklar ham (beshikdan endi chiqib, hali o’z ehtiyojlarini to’la qondira olmasalar ham), kompyuterni yoqib, sichqonchani u yoq bu yoqqa siljitib dasturlarni ochib tashlamoqdalar. Paint dasturini ochib bersangiz-ku, tuppa-tuzuk shakllar, rasmlarni ham chizib beradilar.

DAVOMI >>
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Ответить

Метки
библиотеки, kutubxonalar, texnologiyalar
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх