Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 26.03.2008 17:46   #21  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Men senga intilib yashayman

Yo’llar armonlarga boshlasalar ham,
Armonlar ko’zlarim yoshlasalar ham,
Ne ko’y, azoblarga tashlasalar ham,
Men senga intilib yashayman, jonim.

Qumrilar sayragan bog’larim tinsa,
Ko’nglim sokinlikka chidolmay sinsa,
Do’stim bilmaganni dushmanim bilsa,
Mayli, men seni deb yashayman, jonim.

Umr o’taverar, g’ayratlar so’nar,
Inson judolikka ko’nikar, ko’nar.
Ko’zlarim yoshidan sarvlar unar,
Bu “bog’”dan qaylarga ketay man, jonim.

Ko’ning ko’ylaklari yirtildi, ketdi,
Nahot faryodlarim osmonga yetdi.
Ra’no yig’lay-yig’lay ushbuni bitdi,
Sensiz azoblarda netay man, jonim!

Ra'no Yarasheva
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 26.03.2008 18:27   #22  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
KO'RGANMIDING KO'ZLARIMDA YOSH

Sog'inganda izlab bir nishon,
Qabring tomon olar edim yo'l.
Keltirarding menga bir zamon,
Endi har chog' men eltaman gul.

Keldim. Uzoq qoldim men sokin,
Sening aziz boshingda yolg'iz,
Osmon tiniq edi va lokin,
Parcha bulut yetib keldi tez.

Ko'kda mening boshimda turib,
Go'yo yuragimda qalqdi u.
Kozimdagi yoshimni korib
U ham to'kdi yoshini duv-duv.

Biz yig'ladik tepangda shu kun,
Keldingmi deb ko'tarmading bosh.
Ayt-chi, senla baxtiyor onlar
Ko'rganmiding ko'zlarimda yosh?


Zulfiya
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Старый 27.03.2008 09:14   #23  
Real ID Group
Аватар для Akhmad Kodirov
Оффлайн
"Tex samara servis"
Директор
Сообщений: 59
+ 18  23/14
– 0  0/0

Uzbekistan
Kompyuter haqida hazil she'r



Bizga notanish bo’lgan,
Allaqaysi tomonda,
Bir oila bor edi,
Ayni bizning zamonda.
Havasing kelar edi
Ajoyib bu xonadon.
Bir qiz-u bir o’g’ilcha
Va ota-ona sichqon.
Qiz sichqoncha shaharda
Olar edi ko’p ta’lim,
Istardi u bo’lishni,
Sichqonlarga muallim.
Gapni ko’p cho’zavermay
O’tayin muddaoga
Ota –ona qizlarin
Bermoq bo’ldi kuyovga.
Kuyov ham topilibdi.
Naq kelishgan, basavlat,
Qo’rqmas, jasur va o’ktam
U zodagon, badavlat.
Xullas to’y arafasi,
Barcha xursand va rozi,
Lek kelin bo’lmish sichqon.,
Sal xomush va parishon.
Deydi: - Bo’lmoq istardim,
Eng bilimdon muallim.
Kompyuterdir orzuim.
Usiz bo’lmaydi to’yim,
Deb kelin turib oldi,
Hamma hayratda qoldi,
Kuyov bola ham hayron:
- Bo’ldi bu qanday zamon?
Ammo na iloj kuyov
Manglaydan sirg’itib ter
Kelin xohishi deya,
Keltiribdi kompyuter.
Orzusi bo’lib ro’yo
Kelin ham shodon bo’ldi,
Kuyovning sovg’asidan
Uning –da ko’ngli to’ldi.
Yana qoldi bir amal,
Uni ham tez tuzatdi,
Kelin endi sovg’ani
Internetga ulatdi.
-Ishlar keldi joyiga,
Muammolar endi yo’q,
Deb to’yni belgilashdi,
Ko’ngillari bo’ldi to’q.



Afsus kelinga bog’liq
Qolibdi yana bir ish
Na tikishni bilarkan,
Na bir narsa pishirish.
(Shaharda o’qigan u
Shudir sababnining bari
Kelinning bu holidan
Sovchining yo’q xabari)
O’qiyapman deya u,
Urmagan-da qo’lini.
Bo’lajak zukko kelin,
Topdi buning yo’lini.
Internetdan bilibdi,
Taomlar ro’yxatini
Pishirish, tikishlarning
O’rganibdi barini.
O’rganibdi o’ziga
Barcha-barcha keragin,
Hatto o’zin to’yiga
Tikdi kelin ko’ylagin.
Xullas, bir oy ichida
Orasta, chevar bo’ldi.
Yori shundayligidan
Kuyovning ko’ngli to’ldi.
Ikki yoshning to’ylari
O’tdi aytilib alyor,
Hamma yetib murodga
Bo’lishibdi baxtiyor.
Yuksalsin bu texnika
Shuning o’zi bir baxtdir.
Yashasin internet-u
Yashasin KOMPYUTER!
Ответить 
Старый 27.03.2008 13:13   #24  
Аватар для Komila Baxtiyor qizi
Оффлайн
Toshkent Islom Universititeti qoshidagi akademik litsey
talaba
Сообщений: 23
+ 10  24/12
– 0  0/0

Uzbekistan
NISBIYLIK
Juda yaxshi!-deymiz mana bu narsa,
Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz.
O'ylab ko'rganmizmi hech biror marta
Kimmiz o'zimiz?
Juda yomon!-mana bu narsa,
Go'yo hukm kabi yangrar so'zimiz.
O'ylab ko'rganmizmi hech biror marta,
Xo'sh,kim o'zimiz?
Kimgadir yoqamiz biz o'zimiz ham,
Kimgadir yoqmaymiz biz ham o'zimiz.
Shunaqa charxpalak ekan bu olam,
Demak,nisbiy erur har bir so'zimiz.
Abdulla Oripov.
Ответить 
"+" от:
Старый 27.03.2008 14:29   #25  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
Hurmatli Firdavs va "She'riyat" sahifasining ishtirokchilari, sahifani bahrubayt shaklida davom ettirish taklifim bor. Bu kishini kishini ko'proq izlanishga va barcha shoirlarning she'rlariga murojaat qilishga da'vat qilardi. Taklifga qanday qaraysizlar?
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:

Последний раз редактировалось Komil Eriev; 27.03.2008 в 14:32.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 27.03.2008 14:49   #26  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Komil Eriev Посмотреть сообщение
Hurmatli Firdavs va "She'riyat" sahifasining ishtirokchilari, sahifani bahrubayt shaklida davom ettirish taklifim bor. Bu kishini kishini ko'proq izlanishga va barcha shoirlarning she'rlariga murojaat qilishga da'vat qilardi. Taklifga qanday qaraysizlar?

Assalmu alaykum...Juda yahshi fikr... Men albatta tashabbusni qo'llab-quvvatlayman... Agar boshqa foydalanuvchilar ham bunga rozi bo'lsa, boshlashimiz mumkin...



P.S. Men imkon qadar o'zimning she'rlarimni qo'yishga harakat qilaman, inshallah...


Бугун Сени кўрдим баногоҳ,
Шул он юрак тўхтади зумга...
Мунгга тўла эканми нигоҳ?
Ўтиб кетдинг боқмай кўзимга...

Ўн йил ортга қайтгандай ҳаёт.
Қийнар қалбни эски дардларим.
Айт-чи ростин, этмайсанми ёд,
Йўқотганинг ёшлик дафтарим?

Қайда қолди шод, ҳазилкаш қиз?
Қани ўша шўхчан табассум?
Қаён учди порлаган юлдуз?
Қани ўша қарашлар-маъсум?

Жиз этди-ю, ичимдан бир тор,
Хушим йиғмасимдан узилди…
Онда этиб дилимни абгор,
Кўнгилгинам ёмон бузилди…

Бугун Сени кўрдим баногоҳ,
Тўхтатгани топмам тоқатим...
Бошқа сафар учрармисан ё,
Кўришмасмиз, илк муҳаббатим?

Firdavs


demak, "m" xarfiga...
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 27.03.2008 в 14:53.
Ответить 
Старый 27.03.2008 15:34   #27  
Real ID Group
Аватар для Komil Eriev
Оффлайн
Сообщений: 67
+ 52  61/35
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью YahooОтправить сообщение для Komil Eriev с помощью Skype™
YOLG‘IZ

Milyon yilda meni yaratdi hayot,
Meni so‘rab, tog‘lar qator cho‘kdi tiz.
Nahot anglamaysan, bilmaysan nahot,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Bug‘lanib, qaytadan to‘kiladi suv,
Quyoshdan ishorat – ko‘z yorar ildiz.
Men, axir ularga o‘xshamayman-ku,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Har elat o‘zicha atar shamolni,
Mingta ism bilan yashaydi yulduz.
Sen qaydan topasan boshqa Iqbolni,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Nafasim – g‘animat, so‘zim – g‘animat,
Fojia – poyimdan uzilgan har iz.
Mening nigohlarim eng ezgu ne’mat,
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz.

Yaratganga borib aytaman seni!
O‘zi hukm etsin odil va xolis.
Men qatib kelmayman, tushunyapsanmi?
Axir men bittaman, yagona, yolg‘iz...

Iqbol Mirzo
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic:
Ответить 
"+" от:
Старый 28.03.2008 10:06   #28  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Зарафшонни лойлатиб кечган
Чавандозлар бордир бу элда.
Бахор чоги пишкирган селда,
Аргумоклар кўшиги бордир,
Бу шундайин ажиб диёрдир.
Даласида ўсмас тиконлар,
Чўлларида чопмас илонлар,
Куш учганда куймас каноти,
Одам ўтса куримас зоти.
Чанков колиб йўловчи ўлмас,
Хар бурчакда бошкесар бўлмас.
Кулбаларни келиб босмас кум,
Гўдакларни ютмас оч ўлим.
Одамларга бахт-толе ёрдир,
Бу шундайин ажиб диёрдир.
* * * * *
Бунда булбул китоб ўкийди,
Бунда куртлар ипак тўкийди,
Бунда ари келтиради бол,
Бунда кушлар топади икбол,
Бунда корнинг тагларида киш,
Бахор учун сўйлайди олкиш.
Бир ўлкаки хуснга бойдир,
Унинг энг зўр кўзгуси ойдир.
Бир парча ўт бўлиб бунда кун
Пахтасига ишлайди хар кун.
Ботирлари канал казийди,
Шоирлари газал ёзади,
Куйчилари ўкийди ялла,
Жувонлари айтади алла.
Пазандаси ёпади ширмон,
Карилари кутади мехмон.
Бу шундайин ажиб диёрдир. . .
* * * * *
Шундай ўлка доим бор бўлсин,
Шундай ўлка элга ёр бўлсин.
Омон бўлсин огайнилари,
Омон бўлсин дўстларнинг бари.
Доим бўлсин ўлкаси омон,
Шундай бўлсин бу бутун жахон.
* * * * *
Шафтолизор богларни кўрдим,
Гул кўкарган тогларни кўрдим.
Мехр кўйиб ўпган сари ок,
Оппок бўлди бу азиз тупрок.
Водийларни яёв кезганда,
Бир ажиб хис бор эди менда . . .


Hamid Olimjonning "O'zbekiston" she'ridan parcha
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 28.03.2008 11:27   #29  
Real ID Group
Аватар для Dilmukhammad Kayumov
Оффлайн
Сообщений: 68
+ 56  65/27
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Dilmukhammad Kayumov с помощью MSN
Bahorda kuz kutib, kuzda bahorni
Umring o'tganini bilmay qolasan
Izlab topguningcha chin do'stu yorni
Umring o'tganini bilmay qolasan

Quvonib o'n sakkiz, yigirma yoshga
O'ttiz ham o'tadadi, qirq kelar boshga
Shirin so'z aytguncha bir qaro qoshga
Umring o'tganini bilmay qolasan

Erta kun orzudir o'tgan kun armon
Kechgan yillaringni o'ylari larzon
G'unchaga qo'l cho'zib goh titib hazon
Umring o'tganini bilmay qolasan

Suyishga ulgurmay ulg'ayar bolang
Ko'nglin olguningcha g'animat onang
Yashashga vaqt bo'lmay, goh bo'lib arang
Umring o'tganini bilmay qolasan
Ответить 
Старый 28.03.2008 11:32   #30  
Аватар для Komila Baxtiyor qizi
Оффлайн
Toshkent Islom Universititeti qoshidagi akademik litsey
talaba
Сообщений: 23
+ 10  24/12
– 0  0/0

Uzbekistan
Nahot, shuncha ma'sum, shuncha pok
Sevishmoqda alam bor shuncha
Bardosh bermas iroda, idrok
Tamoman lol aql,tushuncha...
Zulfiya
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх