Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ИКТ и телеком > Веб-ресурсы и доменные имена > Новости с внешних веб-ресурсов
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Новости с внешних веб-ресурсов Кросспостинг интересных новостей с различных веб сайтов наших пользователей...


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.06.2009 12:00   #31  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
WordPress 2.8

WordPressning orziqib kutilgan 2.8 versiyasi e’lon qilindi.
WordPress 2.8ni ushbu sahifa orqali ko&lsquo;chirib olishingiz mumkin yoki Boshqaruv paneli orqali (Tools » Upgrade) yangilab olishingiz mumkin.
Shaxsan men bir necha bloglarni yangilashda bir muammoga duch keldim. WordPress boshqaruv paneli orqali yangilamoqchi bo&lsquo;lganimda, eng so&lsquo;nggi versiyadan foydalanayotganligimni va yangilashga hojat yo&lsquo;qligi haqida xabar ko&lsquo;rsatildi. Aslida esa, eng so&lsquo;nggi versiya — 2.8 edi. Ushbu muammo nima sababdan yuz berganini bilmadim, lekin bu muammoni hal qildim.
Bu muammoni hal qilish uchun, yangilash sahifasidagi(Tools » Upgrade) “re-install Automatically”, ya’ni avtomatik tarzda ayni versiyani qaytadan o&lsquo;rnatish tugmasini bosamiz. Mavjud versiya yangilangandan so&lsquo;ng, 2.8 versiyasi nashr etilganligi va yangilash talab etilishi haqida xabarni o&lsquo;qiymiz. Shundan so&lsquo;ng, odatdagidek eng so&lsquo;nggi versiyaga yangilab olamiz.
Albatta bir narsani unutmangki, yuqoridagi muammoni hal qilishdan oldin ma’lumotlar bazasi va WordPress fayllarini kompyuterimizga ko&lsquo;chirib qo&lsquo;yamiz. Yangilash paytida kutilmagan xatolik yuzaga kelib, ma’lumotlarga putur yetadigan bo&lsquo;lsa, oldindan saqlab qo&lsquo;yilgan nusxa yordamida yo&lsquo;golganlarni qayta tiklash imkoniyat bo&lsquo;ladi.
Ushbu maqolaga tegishli bo&lsquo;lishi mumkin bo&lsquo;lgan maqolalar:
  1. WordPress 2.7.1 Beta 1
  2. WordPress 2.7.1
  3. WordPress 2.7 Beta 3
</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 14.06.2009 13:24   #32  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Oddiy WordPress Theme Beta 2

Yangi versiyani ushbu sahifa orqali ko&lsquo;chirib olishingiz mumkin.
O&lsquo;zgarishlar ro&lsquo;yxatini o&lsquo;qish uchun ushbu sahifaga o&lsquo;ting.
Foydalanuvchilar tomonidan avval so&lsquo;ralgan tuzatishlar, o&lsquo;zgarishlar qisman amalga oshirildi. keyingi nashrda til faylini to&lsquo;liq amalga oshirish rejalashtirilgan.
Yana qanday o&lsquo;zgarishlarni yoki qo&lsquo;shimchalarni hohlaysiz?
Ushbu maqolaga tegishli bo&lsquo;lishi mumkin bo&lsquo;lgan maqolalar:
  1. Oddiy WordPress Theme Beta 1
  2. WordPress 2.7 Beta 3
  3. WordPress 2.6 Beta 2
</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 10.07.2009 22:00   #33  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
WordPress 2.8.1

WordPress 2.8.1 e’lon qilindi.
O&lsquo;zgarishlar ro&lsquo;yxati, ko&lsquo;chirib olish sahifasi.
Tegishli maqolalar mavjud emas.
</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 20.07.2009 12:50   #34  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
WordPress 2.8.2

Hozirgina WordPressning 2.8.2 versiyasi e’lon qilindi.
Ushbu versiya XSS xavfsizlik xatosini tuzatadi, shuning uchun bu juda muhim. Darhol blogingizni yangilashni unutmang.
Yangi versiyani ko&lsquo;chirib olishingiz yoki Boshqaruv paneli orqali avtomatik tarzda yangilab olishingiz mumkin.
Ushbu maqolaga tegishli bo&lsquo;lishi mumkin bo&lsquo;lgan maqolalar:
  1. WordPress 2.8
  2. WordPress 2.6.1 e’lon qilindi
  3. WordPress 2.6.3
</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 28.07.2009 02:20   #35  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Mutaxassis bo‘lishda blogning*o‘rni.

Blog yuritishdan maqsad hammada xar hil bo&lsquo;lishi mumkin. Kimdur blog yuritishdan zavq olsa, yana kimdur vaqtini bekorchi narsalarga sarf qilmasdan, blog o&lsquo;quvchilariga foydasi tegishi uchun yuritadi. Lekin blog yuritishdan nima foyda? To&lsquo;g’ri, hamfikrlar topish mumkin, do&lsquo;stlar orttirish mumkin, lekin blog yuritish yana qanday yordam berishi mumkin?
Ushbu savolga blog yuritish ma’lum bir sohada mutaxassis bo&lsquo;lib yetishishga yordam beradi deb javob olsangiz hayron bo&lsquo;lishingiz turgan gap. Qanday qilib deysizmi? Juda ham oson. Blog yuritish uchun biron-bir sohada mutaxassis bo&lsquo;lishingiz shart emas. Lekin, blog yuritish natijasida siz mutaxassis bo&lsquo;lib yetishishingiz mumkin. Masalan, o&lsquo;zingiz yaxshi tushunmaydiga sohani oling — futbolga tushunmasangiz futbol, Linux OT haqida bilmasangiz Linux va hokazo.
Endi ushbu mavzu haqida blog yuritasiz. Blog yuritish uchun sizga mavzu kerak, lekin siz bu sohani tushunmasangiz, nima haqida yozasiz? Javobi oddiy — o&lsquo;rgangan narsangiz haqida yozasiz. Yangi narsa haqida o&lsquo;rganishning eng yaxshi yo&lsquo;li bu o&lsquo;sha mavzuda izlanish.
Buning uchun tanlagan mavzuingiz haqida eng mashhur 3-4ta vebsaytni topasiz, masalan qidiruv tizimi yordamida. Ushbu sohada chop etiladigan 1-2ta gazeta va jurnallarni o&lsquo;qishni boshlaysiz. O&lsquo;sha saytlarda sharh qoldirishga harakat qiling, muhokamada qatnashishni boshlang. Mana shu qadam sohani o&lsquo;rganishdagi ilk qadamingiz hisoblanadi. Blog yuritar ekansiz, o&lsquo;zingiz tushunmagan joylarini ham chop etishdan uyalmang. Chunki sizning blogingizni o&lsquo;quvchilari sizga tushuntirib berishi yoki siz bilan birgalikda o&lsquo;rganishi, izlanishi mumkin. Shuning uchun blog o&lsquo;quvchilarini muhokamaga chorlang, ular bilan suhbatlashing. Qisqa muddatdan so&lsquo;ng, tanlagan sohangizda mutaxassis bo&lsquo;lib yetishishingiz mumkin. Hech bo&lsquo;lmaganda ushbu sohaning pirlari bilan bemalol tortishadigan bo&lsquo;lasiz. Oddiy blog yuritish orqali mana shunday imkoniyatlar yuzaga kelishi haqida o&lsquo;ylab ko&lsquo;rganmisiz?
</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 28.07.2009 02:20   #36  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Blog yuritish*odati.

Inson ulg&lsquo;aygan sari turli hil odatlarni o&lsquo;zlashtira boshlaydi. Hammamiz ham uyg&lsquo;ongandan so&lsquo;ng va uyquga yotishdan avval tishlarimizni yuvishni odat qilib olganmiz, taom iste’mol qilishdan avval qo&lsquo;llarmizni yuvishni odat qilib olganmiz va hokazo.
Inson ma’lum bir sohaga kirib kelishi bilan, o&lsquo;sha sohaga oid hilma-hil yangi odatlarni ham o&lsquo;zlashtira boshlaydi. Bloggingda ham bu narsa mustasno emas. Blog yuritishni boshlagan odam ham bu narsani odat sifatida o&lsquo;zlashtirib oladi. Blog yuritish bu boshida bir mashg&lsquo;ulot sifatida qaraladigan narsa. Blog yuritishni kimdur bekorchilikdan qilsa, yana kimdur ma’lum bir natijani o&lsquo;ylab qiladi. Lekin muvaffaqiyatli blog yuritish uchun, blog o&lsquo;quvchilarini ko&lsquo;paytirish uchun, bu sohada nom chiqarish uchun blog yuritish ham bir odat bo&lsquo;lib qolishi kerak.
Blog yuritish aslida ham oson, ham murakkab narsa. Osonligi shundaki, hechkim sizni majburlamaydi. Blog mavzusi, yozish uslubi, foydalaniladigan materiallar va hokazolarning barchasini faqat o&lsquo;zingiz hal qilasiz. Boshlovchi bloggerlar uchun murakkab tomoni shundaki, ma’lum bir muddatdan keyin ular blog yuritishni to&lsquo;xtatib qo&lsquo;yishadi. Xar doim ham foydali va qiziqarli mavzuda maqola chop etish oson ish emas, to&lsquo;g’ri. Lekin, bu narsani odat qilib olgan odam hech qachon bunday muammoga duch kelmaydi.
Blog yuritishni odat qilib olish bu ertalabdan kechgacha blogda maqola chop etish degani emas. Xar bir blogger o&lsquo;zi qandaydir reja asosida blog yuritishi kerak. Aytaylik, 1 haftada minimum 3ta maqola chop etishni odat qilib oling. 1 oy davomida rejani bajarishga harakat qiling. 1 oydan so&lsquo;ng o&lsquo;z-o&lsquo;zidan bu narsa odatga aylanib qolganini sezmay qolasiz. To&lsquo;g’ri, ko&lsquo;nikish degan narsa bor va bu narsa hammada ham bir xil bo&lsquo;lmasligi mumkin. Agar 1-oy buning uddasidan chiqaolmasangiz, aslo tashvishlanmang, keyingi oyda ham harakat qiling. Hech qachon qo&lsquo;l siltamang. Blog yozishdan to&lsquo;xtadingiz degani, blog o&lsquo;quvchilarini yo&lsquo;qotishni boshlaganingiz degandir, buni hech qachon unutmang.
</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 28.07.2009 14:30   #37  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
“Blog yuritishdan charchadim!” — Blog yuritishni tashlash vaqti*keldimi?


Hamma bloggerlar bir kun kelib albatta mashhur blogger bo&lsquo;lib yetishishadi yoki ularning blogi albatta minglab o&lsquo;quvchilarni o&lsquo;ziga jalb qila oladi degan qonun-qoida mavjud emas. Faqatgina hohish va ishonch bilan harakat qilgan, mehnat qilgan bloggergina bunday martabaga erishishi mumkin va bu hammaning qo&lsquo;lidan keladigan narsa. Lekin kimdur ma’lum muddatdan so&lsquo;ng blog yuritishni tashlab yuboradi. Ushbu maqolada bunga sabab bo&lsquo;lishi mumkin bo&lsquo;lgan omillarni ko&lsquo;rib chiqamiz.
Blog yuritish odati” deb nomlangan maqolamni muhokama qilish jarayonida bir qiziq holatga duch keldim. Blog o&lsquo;quvchilarmizidan biri “Blog yuritish men uchun emas ekan” degan xulosaga kelibdi. Sababini so&lsquo;raganimda blog uchun aniq bir mavzu tanlanmaganligi, blog yuritish odati shakllanmaganligi va blog oq’uvchilarini jalb qilish qobiliyati yetarli emasligini sabab qilib keltirdi. Keling, ushbu sabablarga birma-bir to&lsquo;xtalib o&lsquo;tamiz va buning oldini olish yo&lsquo;llarini o&lsquo;ylab ko&lsquo;ramiz.
Blog mavzusi

Blogimning doimiy o&lsquo;quvchilari UZBLOGGERda bu mavzuda maqola chop etilganini bilishadi. Maqola “Blogging asoslari: Mavzu tanlash” deb nomlanadi. Bir parchani ushbu muammoga yechim sifatida keltirmoqchiman:
Qaysi mavzuni eng yaxshi bilishingiz haqida o‘ylab ko‘ring va shundan kelib chiqqan holda bir xulosaga keling. Juda ham keng mavzu bo‘yicha blog yuritish ham juda mukammal vazifa. Shuning uchun iloji boricha torroq va aniq bir mavzu bo‘yicha blog yuritishga harakat qilib ko‘ring, agar ushbu vazifani uddasidan chiqsangiz, borgan sari mavzu jabhalarini kengaytirib borishingiz mumkin bo‘ladi.
To&lsquo;laroq ma’lumot uchun ushbu maqolani yana bir-bor boshidan o&lsquo;qib chiqishingiz mumkin.
Blog yuritish odati

Blog yuritish odati shakllanmaganligi bu boshlovchi bloggerlar uchun odatiy holat deyishimiz mumkin. Ushbu muammoni hal qilishning bir yo&lsquo;li sifatida ushbu mavzuga doir bir maqolamdan parcha keltirsam:
Inson ma’lum bir sohaga kirib kelishi bilan, o‘sha sohaga oid hilma-hil yangi odatlarni ham o‘zlashtira boshlaydi. Bloggingda ham bu narsa mustasno emas. Blog yuritishni boshlagan odam ham bu narsani odat sifatida o‘zlashtirib oladi. Blog yuritish bu boshida bir mashg‘ulot sifatida qaraladigan narsa. Blog yuritishni kimdur bekorchilikdan qilsa, yana kimdur ma’lum bir natijani o‘ylab qiladi. Lekin muvaffaqiyatli blog yuritish uchun, blog o‘quvchilarini ko‘paytirish uchun, bu sohada nom chiqarish uchun blog yuritish ham bir odat bo‘lib qolishi kerak.
Yuqoridagi fikrning davomini “Blog yuritish odati” deb nomlangan maqola orqali bilib olishingiz mumkin, ilitmoq, boshidan o&lsquo;qib chiqing.
Blog o&lsquo;quvchilarini jalb qilish

Uchinchi sabab qilib ko&lsquo;rsatilgan narsa bu blog o&lsquo;quvchilarini jalb qilish qobiliyatining yetishmaganligidir. Blog o&lsquo;quvchilarini jalb qilish va borgan sari o&lsquo;quvchilar sonini ko&lsquo;paytirib borish bu albatta juda ham murakkab lekin juda ham qiziq bir jarayon hisoblanadi.
Blog o&lsquo;quvchilarini hamfikr sifatida qabul qiling, ularning fikrlariga quloq tuting, ular bilan munozaraga kirishing, kezi kelganda salbiy sharhlarni ham qabul qiling. Blog yuritish bu ma’lum bir sohada izlanish, o&lsquo;rganish ham demakdir. Ma’lum bir yerda sizga tanbeh berilishi yoki tuzatishlari bu odatiy hol sifatda qabul qilinishi kerak.
Blog o&lsquo;quvchilarini jalb qilishning yana bir usuli bu o&lsquo;z blogingiz mavzusiga tegishli bo&lsquo;lgan boshqa bloglarda sifatli maqolalar chop etish, muhokamalarda ishtirok etish. Hamma ham sizning blogingiz haqida ma’lumotga ega emas, shuning uchun boshqa bloglarda o&lsquo;zingiz yozgan maqolalar haqida aytib o&lsquo;ting. Bu spam degani emas. Albatta muhokama qilinayotgan mavzuga doir bo&lsquo;lsin. To&lsquo;g’ri kelgan-kelmagan joyda tiqishtirib ketish yaxshi emas.
Ushbu qoidalarga amal qilsangiz, blog o&lsquo;quvchilaringiz kun sayin ko&lsquo;payib boradi. Lekin eng muhim bir qoida bu sifatli, mazmunli va foydali maqola yozish. Kontent bu QIROL. Turli hil usullar orqali, yo&lsquo;llar orqali blogingizga kelganlarni ushlab qoluvchi va sodiq o&lsquo;quvchilarga aylantiradigan narsa bu sifatli va mazmunli maqola, buni hech qachon unutmang.
Agar UZBLOGGERda o&lsquo;z maqolangizni chop etmoqchi bo&lsquo;lsangiz, sizda bunday imkoniyat bor. Buning uchun ushbu sahifaga marhamat.
Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 29.07.2009 02:31   #38  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
So‘rovnoma*#1

View Poll Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 29.07.2009 14:40   #39  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
Bilishingiz shart bo‘lgan 10 ta o‘zbek bloggerlarining*ro‘yxati

Adham Kurbanov*— IT bo&lsquo;yicha mutaxassis.

Behzod Saidov — Yosh dasturchilarni tayorlash va qo&lsquo;llab quvvatlash markazi instruktori.

Shuhrat Dehkanov — simsiz sensorlik tarmoqlar bo&lsquo;yicha mutaxassis.

Mashrab Buranov — CSS guru.

Tulkin Yusupov — Dasturlash, sayt yaratish, forum, blogging kabi sohalarga qiziqadi.

Farhod Fayzullayev — HTML koder, veb dizayner.

Diora Karimova — talaba.

Otabek Nuritdinov — dizayner.

Farhodjon Chinberdiyev — qiziqishlari: dasturlash, dizayn, tipografiya, veb.

Avaz Ibragimov — kaminaning shaxsiy blogi. Veb, dizayn, futbol haqida.

O&lsquo;zbek bloggerlarining ro&lsquo;yxati hech qayerda mavjud emas, bu birinchi ro&lsquo;yxat. Balkim shuning uchun bu ro&lsquo;yxatni tuzish kutganimdan ancha qiyin bo&lsquo;ldi. Agar kimnidur qoldirib ketgan bo&lsquo;lsam, hafa bo&lsquo;lish yo&lsquo;q, o&lsquo;z blogingiz manzilini yozib qoldiring va keyingi bundan ham kattaroq bo&lsquo;ladigan ro&lsquo;yxatdan joy olasiz degan umiddaman.
Yuqorida nomlari tilga olingan bloggerlar butun o&lsquo;zbek blogosferasini yelkalarida tutib turishibdi desam mubolag&lsquo;a bo&lsquo;lmasa kerak, shuning uchun bu ro&lsquo;yxatni iloji boricha ko&lsquo;proq do&lsquo;stu-birodarlaringizga ulashing, chunki bu bloglarni barcha o&lsquo;qishi shart.
Ulashish/Saqlash</img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Старый 30.07.2009 14:50   #40  
Аватар для Avaz Ibragimov
Оффлайн
code.blogger.uz
AKA:deluxe
Сообщений: 421
+ 287  58/44
– 4  1/1

UzbekistanLiveJournalАккаунт на TwitterFacebook
UzNet bloggerlarining boshqa bloggerlardan*ustunligi.

Taniqli bloggerlarning bunday shohsupaga ko&lsquo;tarilishlarini kuzatadigan bo&lsquo;lsak, deyarli bir hil jarayonni kuzatish mumkin. Boshlovchi blogger ma’lum muddatdan keyin, masalan 3-4oydan so&lsquo;ng, mashhur bloggerlardan birining blogida o&lsquo;z maqolasi bilan chiqadi va bu orqali o&lsquo;z blogiga bir necha ming foydalanuvchilarni olib keladi. Natijada homiylar blogdagi reklama uchun mo&lsquo;ljallangan joylarni sotib olishni boshlashadi, boshlovchi blogger butun vaqtini endi bloggingga qaratadi va natijada ham yaxshi mablag’, ham yanada ko&lsquo;proq o&lsquo;quvchilarga ega bo&lsquo;ladi.
O&lsquo;ylab ko&lsquo;ring, o&lsquo;zingiz qiziqqan mavzu bo&lsquo;yicha o&lsquo;z fikrlaringizni yozsangizu, buning evaziga pul ham berishsa, qanday mazza. Yaxshigina pul kelib turgandan keyin, bola-chaqa, oila tashvishi degan narsalar o&lsquo;z-o&lsquo;zidan yo&lsquo;q bo&lsquo;ladi va bemalol faqat blogging bilan shug&lsquo;ullanish mumkin. Shu xorijliklarga juda ham oson-da…
Endi keling UzNetdagi holatni ko&lsquo;rib chiqamiz.
Internet foydalanuvchilarining soni

Birinchi o&lsquo;rinda Internet foydalanuvchilarining kamsonligi haqida to&lsquo;xtalib o&lsquo;tishimiz kerak. Internetdan bizda juda ham kamchilik foydalanadi (ko&lsquo;plab xorij davlatlarga nisbatan). Shuning uchun ham UzNetdagi birorta blogda minglab, o&lsquo;n minglab obunachilar yo&lsquo;q.
Bloggerlarning soni

Bloggerlarning soni ham shunga yarasha. Men kecha chop etgan “Bilishingiz shart bo‘lgan 10 ta o‘zbek bloggerlarining ro‘yxati” deb nomlangan maqolani tayyorlashda bunday qiyin bo&lsquo;lishini kutmagandim, to&lsquo;g’risi. Ya’ni, bloggerlarni topish uchun 1 kun vaqtim ketdi. Shunda ham maqolaning sarlavhasini o&lsquo;zgartirishga to&lsquo;g’ri keldi. Birinchi variantida 20ta bloggerlar ro&lsquo;yxati edi, afsus faqat 9tagina topildi xolos. Hisobga to&lsquo;g’ri bo&lsquo;lsin uchun eng oxiriga o&lsquo;zimning shaxsiy blogimni ham qo&lsquo;shib qo&lsquo;yishga majbur bo&lsquo;ldim(aslida bunday niyat yo&lsquo;q edi).
Daromad manbaai

Barcha bloggerlar uchun eng asosiy daromad keltiruvchi qurollardan biri sanalmish AdSense reklamari o&lsquo;zbek tilidagi kontent uchun mumkin emas, chunki reklama beruvchilar yo&lsquo;q.
Bundan tashqari, Internet orqali reklama beruvchi kompaniya va firmalar birorta ham blogda reklamalarini berishmagan. Bunga ularda qiziqish yo&lsquo;q bo&lsquo;lsa kerak.
Yuqorida muntazam blogging bilan shug&lsquo;ullanishdan voz kechishga olib kelayotgan eng asosiy faktorlarni ko&lsquo;rib chiqdik, lekin nima uchun UzNet bloggerlari boshqalardan ustun?
Ustunligi shundaki, mana shunday daromadsiz, minglab o&lsquo;quvchilarsiz ham blog yuritishda davom etishmoqda. Hech narsadan nolimasdan o&lsquo;zlari yoqtirgan mashg&lsquo;ulot bilan shug&lsquo;ullanib kelishmoqda, o&lsquo;z bilimlarini boshqalar bilan beminnat baham ko&lsquo;rib kelishmoqda.
Bloggerlarimizga yupanch sifatida shu narsani aytishim mumkinki, bir kun kelib bizning bloglarda ham 10, 100 minglab o&lsquo;quvchilar bo&lsquo;ladi. Blogdagi reklama uchun mo&lsquo;ljallangan joylarni sotib olish uchun oldindan to&lsquo;lovlarni qilib kutib o&lsquo;tirishadi. Va bu kunlarning kelishiga juda ham oz vaqt qoldi. Lekin, hozirgi kunlarni barchamiz hali so&lsquo;ginib yashaymiz. Nimaga deysizmi? Javobini 120,000dan ortiq doimiy o&lsquo;quvchilariga ega bo&lsquo;lgan, shaxsiy samaradorlik mavzusida blog yurituvchi mashhur blogger Leo BabautaningMen qanday qilib 100,000 obunachiga erishdim” deb nomlangan kitobidan bir parcha keltirgan holda javob bersam va maqolaga yakun yasasam:
Bunday muvaffaqiyatga erishib, arz qilish yaxshi emas lekin, bu qadar ko&lsquo;p o&lsquo;quvchiga ega bo&lsquo;lishning salbiy tomonlari ham bor. Ulardan biri shuki, men o&lsquo;z o&lsquo;quvchilarim bilan avvalgidek yaqin bo&lsquo;la olmayman. Bir necha yuzlab o&lsquo;quvchilarim bo&lsquo;lgan paytlarda men ko&lsquo;pini tanir edim, hech bo&lsquo;lmaganda muhokamada doimiy ishtirok etadiganlarini. O&lsquo;zimni ularga juda ham yaqin tutar edim. Hozirgi paytda esa, bu qadar ko&lsquo;p sonli o&lsquo;quvchilar bilan bunday aloqada bo&lsquo;lishning ilojisi yo&lsquo;q va juda ham katta yo&lsquo;qotishdir. Hozir ham o&lsquo;z o&lsquo;quvchilarimni yaxshi ko&lsquo;raman, lekin avvalgi paytlarni ham so&lsquo;ginaman.
Ulashish/Saqlash </img> </img> </img>


Дальше...
__________________
Blogmisan blog
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх