|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Библиотеки ... в том числе электронные |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
15.12.2014 12:38 | #161 | ||
|
2014 йил 11 декабрь Ўзбекистон Миллий кутубхонаси кичик мажлислар залида А.Қаҳҳорнинг “Янги аср” нашриётида нашр қилинган “Муҳаббат” номли қиссасининг тақдимоти бўлиб ўтди.
Тақдимотда проф. Умарали Норматов, ф.ф.н. У.Қосимов, шоир Х.Акбаров, Ўзбекистон халқ ҳофизи Ҳ.Ражабий, “Шарқ юлдузи” журнали бош муҳаррири Улуғбек Ҳамдам, А.Қаҳҳор уй-музейи директори Н.Жалолова ва бошқалар иштирок этдилар. Тадбирни олиб борган Миллий кутубхона бош муҳаррири, шоир Шукур Қурбон Ўзбекистон халқ ёзувчиси, ўзбек адабиёти ва санъати ривожига беқиёс ҳисса қўшган адиб, ўзбек халқининг ҳаёти, инсоннинг ички ва руҳий ҳолати тўғрисида ўлмас асарлар яратган А.Қаҳҳор ҳаёти, ижоди, унинг асарларининг ҳозирги кундаги аҳамияти ва китобларига бўлган эҳтиёж ҳақида гапирди. Тақдимот маросимида сўзга чиққан проф. У.Норматов йиғилганларга адабиётга шоир сифатида кириб келиб, кейин ҳикоянавис, публицист, романнавис, драматург, журналист, таржимон ҳамда сўз устаси сифатида шуҳрат қозонган улкан адиб Абдулла Қаҳҳорнинг шогирди сифатида ўз хотиралари билан ўртоқлашди. Қаҳҳоршунос олим, ф.ф.н. У.Қосимов эса унинг ҳиқояларида ғоялар жамият қиёфасини намоён қилгани ва шу туфайли унинг асарлари чинакам ўзбекона наср намунаси деб тан олинганлиги ҳақида сўзлади ва ёшларнинг мустаҳкам дўстлиги, икки қалбнинг оташин ҳиссиётлари мадҳ этилган “Муҳаббат” қиссасининг китобхонлар томонидан севиб ўқилишининг сабабларини санаб ўтди. А.Қаҳҳор уй-музейи ходими Марҳабо Қўчқорова А.Қаҳҳор асарлариниг илмий тадқиқ этилган ва этилиши керак бўлган жихатлари ҳақида гапирар экан, мазкур музей ходимларининг шу кунгача бажарган илмий изланишлари ҳақида тўхталиб берди. Тақдимот сўнггида йиғилганларга “Янги аср” нашриётида нашр қилинган “Муҳаббат” номли китоб туҳфа этилди. |
||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
Реклама и уведомления | |
09.11.2015 11:15 | #162 | ||
9 noyabr 9:00 Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish 10:00 – 11:00 O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining chiqishi INFOLIB-2015 IV Axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilishi 11:00 – 14:00 Betgerxonlik – 2015. Foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rni 14:00 – 15:30 Akdemik Aziz Qayumov va professor Dinara Azimovaning “Pyateritsa izumleniy” Alisher Navoiyning “Xamsat ul-mutaxayyiriyn”asari badiiy tarjimasining taqdimoti 16:00 – 17:30 San’atshunoslik fanlari nomzodi Nigora Karimovaning “Muqaddima” loyihasi taqdimoti 10 noyabr 10:00 – 16:30 “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” tanlovi (respublika bosqichi, 1-kun) 11:00 – 13:00 KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha trening 17:00 – 18:30 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbkistondagi Italiya elchixonasi musiqa kechasi 11 noyabr 10:00 – 14:00 “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” tanlovi (respublika bosqichi, 2-kun) 14:00 – 15:30 O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan “Yurak, so‘yla abadiyatdan” nomli ijodiy uchrashuv 12:00 – 13:30 Toshkent shahri umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Adabiyot bilimdoni” adabiy viktorina 14:30 – 15:30 Toshkent shahri musiqa kollej va litseylari o‘quvchilari uchun “Musiqa bilimdoni” musiqiy viktorina 15:00 – 16:30 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyati va mediasavodxonlik bo‘yicha mahorat darsi 15:30 – 16:00 “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida bolalar rasm tanlovi yakunlari (Rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda) 16:00 – 17:00 “Barkamol avlod” Markazining musiqiy chiqishi 12 noyabr 10:00 – 11:00 AQShda ta’lim: AQSh oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish 10:00 – 11:00 Ingliz tili bilimlari bo‘yicha xalqaro IELTS testlari: amaliy tavsiyalar 11:00 – 12:00 Ingliz tilini o‘rganishda keng tarqalgan xatolar 11:00 – 12:30 Rassom Alisher Aliqulov bilan ijodiy uchrashuv 11:00 – 12:00 Buyuk Britaniyada ta’lim: oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tizimi to‘g‘risida ma’lumot 12:00 – 13:00 Xat va insho yozish ko‘nikmalari bo‘yicha trening 14:00 – 15:00 Nemis tilini o‘rganish bo‘yicha amaliy tavsiyalar 15:00 – 16:00 Koreys tili bilimlarini aniqlash bo‘yicha xalqaro TOPIC testi va tanlov 15:00 – 16:30 “Jahon adabiyoti” jurnali jamoasi bilan ijodiy uchrashuv 16:00 – 17:30 Xalqaro musiqiy tanlovlar g‘oliblari Sardor Milano va Sabina Mustaevalar bilan ijodiy uchrashuv 13 noyabr 10:00 – 11:00 Xalq amaliy san’ati bo‘yicha seminar-trening 12:00 – 13:30 Badiiy o‘ymakorlik bo‘yicha mahorat darsi 14:00 – 15:30 Gilamdo‘zlik bo‘yicha mahorat darsi 14:00 – 15:30 O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov bilan “Yurak, so‘yla abadiyatdan” nomli ijodiy uchrashuv 14:00 – 15:30 Kashtachilik bo‘yicha mahorat darsi 14:00 – 16:00 Ozarbayjon yozuvchisi Yunus Oguzning “Malika va jodugar” romani taqdimoti 16:00 – 17:00 Milliy madaniy markazlar chiqishlari 17:00 – 17:30 Haftalik yopilishi PARALLEL TADBIRLAR • Kutubxonaning yangi a’zolarini ro‘yxatga olishda lotereya o‘tkazish.
• O‘zbekistondagi nashriyotlarning yangi adabiyotlari yarmarkasi. • O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyida kutubxonaning 145 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma. • Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasining ko‘rgazmasi. • «KINAL FASHION HOUSE» modalar uyining xon-atlasdan milliy kiyimlar ko‘rgazmasi. • O‘zbekiston Milliy kutubxonasi musiqa fondida saqlanuvchi nodir gramplastinkalar ko‘rgazmasi. • Kutubxona bo‘ylab mavzulashtirilgan ekskursiyalar. • «Yangi resurslar – 2015» bilan tanishish imkoniyati. • Hujjatli va badiiy filmlar namoyishi. • O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini yorituvchi prezentatsiyalar va videolavhalar namoyishi. Natlib.uz
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy) |
|||
|
Ответить |
2 "+" от:
|
22.12.2015 18:02 | #163 |
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
|
Ассалому алайкум! Бизнинг ташкилотда кутубхона очилатёгани муносабати билан унда китобхоналар учун кутувбхонадан компютердан ва интернетдан фойдаланиш коидаларини ишлаб чикишимиз керак. Шу буйича тайёр матнлар булса ёрдам бера оласизми?
|
|
Ответить |
|