Avvalom bor barcha forumchilarimizni "Uforumning 5 yilligi" bilan tabriklayman. Aynan shu forum orqali barchamiz do'stlashdik. Mehr degan kuch barchamizni ushbu forum orqali birlashtirdi. Zero shoir M.Yusuf aytganidek:
O'tar qancha yillar to'zoni,
Yulduzlar - ko'z yoshi somoni.
O'tar inson yaxshi-yomoni,
Mehr qolur, muhabbat qolur.
Ilohim oramizdan Mehr-oqibat va do'stlik yo'qolmasin. UFORUM esa hamisha mehridaryo insonlar bilan yashayversin!!!
__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
|