Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Учебные заведения > Колледжи и лицеи
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Колледжи и лицеи Средне-специальное образование


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 24.02.2008 16:04   #1  
Аватар для Akbarova Mehribonu
Оффлайн
Сообщений: 31
+ 29  14/11
– 0  0/0

Uzbekistan
Internetdan foydalanish o'quvchilarni izlanishdan to'xtatib qo'ymadimi?

Biz hayoyimizda internetdan juda ko'p foydalanamiz, hayotimizni u siz tassavvur eta olmaymiz. Bugungi kunda internetda hohlagan mavzuda referatlar, turli xil ma'lumotlar chiroyli rasmlarni ko'rishimiz, ulardan nusxa olib chiqarib olishimiz mumkin. Lekin bugungi kunda o'quvchilar tayyor referatlarni, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni internedan olishadi bu ularni izlanishdan to'xtatib qo'ymadimi? Agar biz o'zimizga keraki ma'lumotlarni tuli kitob va jurnallardan, ensiklopediyalardan qidirsak o'zimizga kerakli ma'lumotlardan ortig'ini olishimiz mumkin-ku, biz ma'lumotlarni qidirayotganimizda boshqa ma'lumotlarga ko'zimiz tushib uni o'qiymiz va u yodimizda saqlanib qoladi. Biz ma'lumotlarni bittagina kitobdan qidirib cheklanib qolmaymiz, balki bir necha kitoblarni kutubxonalardan qidiramiz, kitoni topgach uni ko'zdan kechiramz agar u kitobdagi ma'lumot ozroq bo'lsa boshqa kitoblarni ham ko'zdan kechirib chiqamiz. shu tariqa bizning kitobga bo'lgan mehrimiz so'z boyligimiz oshadi eng asosiysi o'z ustimizda izlanamiz. Men bu bilan internetni yomon demoqchi emasman, chunki internetning ham ijobiy tomonlari ko'p. Faqatgina bzga kerakli ma'lumotlarni o;zimiz qidirib, izlab topsak nur ustiga a'lo nur bo'lar edi
Ответить 
Старый 24.02.2008 23:47   #2  
Real ID Group
Аватар для Yulduz Alieva
Оффлайн
ЦРК ЭЦП ЦНТМИ
AKA:Alieva Yulduz
Сообщений: 143
+ 44  61/44
– 0  0/0

UzbekistanОтправить сообщение для Yulduz Alieva с помощью Skype™Мой мир
Цитата:
Сообщение от Akbarova Mehribonu Посмотреть сообщение
bugungi kunda o'quvchilar tayyor referatlarni, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni internedan olishadi bu ularni izlanishdan to'xtatib qo'ymadimi?
Хурматли,
Akbarova Mehribonu, бу укувчиларни изланишдан тухтатмайди. Чунки тайер реферат дегани, бу кандай холда булса, шундай холда топшириш дегани эмас! Уни кучириб олгандан кейин, "корректировка" килиш деган нарса булади. Буни амалга ошириш натижасида укувчи уни бир неча бор укуб чикади.
Ответить 
"+" от:
Старый 25.02.2008 12:30   #3  
Open ID Group
Аватар для Nozima Tashpulatova
Оффлайн
Аспирант НУУз
Сообщений: 288
+ 90  134/82
– 0  2/2

UzbekistanОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью YahooОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью Skype™
Men umuman maktab o'quvchisini internetdan va kompyuterdan foydalanishiga qarshiman. buning bir qancha sabablari bor:
Birinchidan, bolani rivojlanish davrida ortiqcha kompyuter oldida o'tirishi uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Ikkinchidan, bola kompyuter oldidagi vaqtini har doim ham siz hoxlagandek, referatu ma'lumotlar qidirishga sarflamaydi. turli o'yinlar va musiqa kino ko'rishga sarflaydi. Bu uning psixologik rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Uchinchidan salbiy kontentning mavjudligi bolani ahloqiy va ma'naviy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Bundan xulosa shuki o'quvchilarga amaliy topshiriqlar berilishi kompyuter misolida bo'lmasligi kerak. Undan ko'ra, darsda oddiy mashg'ulotlar orqali topshiriqlar berish samaraliroq bo'ladi. masalan Kimyo darsida ishqorlar reaksiyasini amalda ko'rsatilsa, yoki botanika darsida hujayralarni mikroskop ostida ko'rsatish bolada fanga bo'lgan qiziqishni ortishiga olib keladi. Shuning uchun ham hozir makltablarni kompyuterlashtirishdan kora fanga yonaltirilgan labaratoriya jihozlari bilan ta'minlash ko'proq foyda bo'lardi. Internet va kompyuter darslari esa litsey va kollejlarda o'qitilsa kifoya.
__________________
Siempre tengo razon:smile:
Ответить 
Старый 25.02.2008 15:30   #4  
Аватар для Akbarova Mehribonu
Оффлайн
Сообщений: 31
+ 29  14/11
– 0  0/0

Uzbekistan
Nozima Tashpulatova, ba'zi bir fanlar borki ular kompyuter bilan bog'langan. agar co'quvchilar kompyuter bilan ishlamasalar o'sha fan rivojlanmay qoladi-ku
Ответить 
Старый 25.02.2008 16:28   #5  
Open ID Group
Аватар для Nozima Tashpulatova
Оффлайн
Аспирант НУУз
Сообщений: 288
+ 90  134/82
– 0  2/2

UzbekistanОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью YahooОтправить сообщение для Nozima Tashpulatova с помощью Skype™
Цитата:
Сообщение от Akbarova Mehribonu Посмотреть сообщение
Nozima Tashpulatova, ba'zi bir fanlar borki ular kompyuter bilan bog'langan. agar co'quvchilar kompyuter bilan ishlamasalar o'sha fan rivojlanmay qoladi-ku
Maktabning 1-9 sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan qaysi fan o'quvchi kompyuterdan foydlanmasa o'zlashtirilmaydi?
__________________
Siempre tengo razon:smile:
Ответить 
"+" от:
Старый 26.02.2008 14:21   #6  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Nozima opa, sizning fikringizga to'iq qo'shilaman. Bu fikrni maktab o'qituvchilariga ham tushuntirish ayni muddao. Umuman tushunmayman, ayrim ustozlar bolaga referat tayyorlab kelishni buyuradilar, bola uni komputerdan chiqarib oladi. Bugungi kunda referat tayyorlayotgan bolalar Yulduz Aliyeva aytganlaridek, "korrektirovka" qilib o'tirmaydigan bo'lib ketishgan. Chunki referat tayyorlashni buyurgan o'qituvchining o'zi ham bola tayyorlab kelgan referatni o'qimaydi ! ! !
Ответить 
"+" от:
Старый 26.02.2008 14:30   #7  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Akbarova Mehribonu Посмотреть сообщение
Nozima Tashpulatova, ba'zi bir fanlar borki ular kompyuter bilan bog'langan. agar co'quvchilar kompyuter bilan ishlamasalar o'sha fan rivojlanmay qoladi-ku
Mehribonu, siz bu fikringiz bilan menimcha informatika fanini nazarda tutyapsiz. Lekin, maktab o'quvchilari uchun har hafta bo'ladigan informatika fanida komputerdan foydalanishlari yetarli, menimcha. Ularning bu fan rivojiga qo'shadigan hissalariga kelsak... Ulardan hozircha faqat berilgan programmani o'zlashtirishgina talab qilinadi. Bu yoshlarida fan rivojiga qo'sha oladigan ilmiy hissalaridan ko'ra, komputerda o'tirib o'zlariga orttiradigan zararlari ko'proq. Men sizni yaxshi taniyman, hurmat qilaman. Ilmiy faoliyatingizni qadrlayman. Lekin, hamma ham siz kabi izlanuvchan emas.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 27.02.2008 14:11   #8  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Akbarova Mehribonu Посмотреть сообщение
Biz hayotimizda internetdan juda ko'p foydalanamiz, hayotimizni u siz tassavvur eta olmaymiz. Bugungi kunda internetda hohlagan mavzuda referatlar, turli xil ma'lumotlar chiroyli rasmlarni ko'rishimiz, ulardan nusxa olib chiqarib olishimiz mumkin. Lekin bugungi kunda o'quvchilar tayyor referatlarni, o'zlariga kerakli ma'lumotlarni internetdan olishadi bu ularni izlanishdan to'xtatib qo'ymadimi?!
Hurmatli Mehribonu!

Bugungi kunda o'quvchilarning, talabalarning referatlarni internetdan ko'chirib olishlari tabbiy hol bo'lib qoldi. Bu albatta, haqiqat va achinarli holdir.
Internet ham, kitob, jurnallar ham bu bilim olish uchun turli xil ko'rinishdagi manbalardir. Shunday ekan, o'z ustida izlanuvchi o'quvchi yoki talaba tayyor referatlarni internetdan shundoq ko'chirib olmaydi, balki boshqa ma'lumotlar bilan solishtirib, qiyoslaydi, tahlil qiladi va fikrini bayon etadi.


Цитата:
Сообщение от Akbarova Mehribonu Посмотреть сообщение
Agar biz o'zimizga kerakli ma'lumotlarni tuli kitob va jurnallardan, ensiklopediyalardan qidirsak o'zimizga kerakli ma'lumotlardan ortig'ini olishimiz mumkin-ku, biz ma'lumotlarni qidirayotganimizda boshqa ma'lumotlarga ko'zimiz tushib uni o'qiymiz va u yodimizda saqlanib qoladi. Biz ma'lumotlarni bittagina kitobdan qidirib cheklanib qolmaymiz, balki bir necha kitoblarni kutubxonalardan qidiramiz, kitobni topgach uni ko'zdan kechiramiz agar u kitobdagi ma'lumot ozroq bo'lsa boshqa kitoblarni ham ko'zdan kechirib chiqamiz.

Bugungi kundagi asosiy muammolarimizdan biri o'zbek internetida o'zbek tilidagi ma'lumotlarning kamligi va bu muammolar yaqin kelajakda bartaraf etiladi, deb o'ylayman. Qachonki manbalar ko'p bo'lsa, Sizning ham qiyoslash imkoningiz ortadi.
Ответить 
Старый 27.02.2008 14:55   #9  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Nozima Tashpulatova Посмотреть сообщение
Men umuman maktab o'quvchisini internetdan va kompyuterdan foydalanishiga qarshiman. buning bir qancha sabablari bor:
Hurmatli Nozimaxon Toshpo'latova!
Kompyuter va internetdan maktablarda ta'lim berish jarayonida foydalanish bu davr talabidir. O'quvchilarni dars davomida kompyuterdan foydalanishga to'g'ri yo'naltira olishimiz kerak. Boshqa davlatlarda o'quvchilar kompyuterdan foydalanishsa-yu, bizning o'quvchilar foydalanishni bilishmasa...

Цитата:
Сообщение от Nozima Tashpulatova Посмотреть сообщение
Birinchidan, bolani rivojlanish davrida ortiqcha kompyuter oldida o'tirishi uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Hamma narsada me'yor bo'lsa, bu sog'liqqa salbiy ta'sir ko'rsatmaydi, menimcha. Bu haqida Ergonomika degan fan ham bor.

Цитата:
Сообщение от Nozima Tashpulatova Посмотреть сообщение
Ikkinchidan, bola kompyuter oldidagi vaqtini har doim ham siz hoxlagandek, referatu ma'lumotlar qidirishga sarflamaydi. turli o'yinlar va musiqa kino ko'rishga sarflaydi. Bu uning psixologik rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Uchinchidan salbiy kontentning mavjudligi bolani ahloqiy va ma'naviy taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Kattalar o'z farzandini yoki o'quvchisini to'g'ri yo'naltira olishi va nazorat qilishi kerak.

Цитата:
Сообщение от Nozima Tashpulatova Посмотреть сообщение
Bundan xulosa shuki o'quvchilarga amaliy topshiriqlar berilishi kompyuter misolida bo'lmasligi kerak. Undan ko'ra, darsda oddiy mashg'ulotlar orqali topshiriqlar berish samaraliroq bo'ladi. masalan Kimyo darsida ishqorlar reaksiyasini amalda ko'rsatilsa, yoki botanika darsida hujayralarni mikroskop ostida ko'rsatish bolada fanga bo'lgan qiziqishni ortishiga olib keladi. Shuning uchun ham hozir makltablarni kompyuterlashtirishdan kora fanga yonaltirilgan labaratoriya jihozlari bilan ta'minlash ko'proq foyda bo'lardi.
To'g'ri, amaliy topshiriqlarni kompyuterda bajarishni uyga vazifa qilib berilishi xato. Biroq ba'zi bir mavzularni kompyuter orqali o'tish yaxshi natija beradi.
Kompyuterdan foydalanish darsning ko'rgazmaliligini oshiradi. Ko'rgazmalilik prinsipi dars berishning oltin qoidasidir. Yuz marta eshitgandan, bir marta ko'rgan afzal, deyishadi-ku! Kompyuterda biz audio, video fayllardan, nazorat qiluvchi trenajyor testlardan foydalansak bo'ladi.

Ba'zi bir mavzularni kompyuter vositasida o'tib yaxshi natijalarga erishganman.

Цитата:
Сообщение от Nozima Tashpulatova Посмотреть сообщение
Internet va kompyuter darslari esa litsey va kollejlarda o'qitilsa kifoya.
Internet va kompyuterda o'tiladigan media darslarni kollej va litseylarda o'qitilishiga maktabdan poydevor qo'yishimiz darkor.
Ответить 
"+" от:
Старый 27.02.2008 15:00   #10  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Chunki referat tayyorlashni buyurgan o'qituvchining o'zi ham bola tayyorlab kelgan referatni o'qimaydi ! ! !
Sinchiklab o'qiydiganlari ham bor. Chunki o'quvchining qay darajada fikrlashi o'qituvchi uchun muhimdir. Shunga qarab u o'quvchisiga ijodiy ish qilishni beradi.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх