Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Учебные заведения > Колледжи и лицеи
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Колледжи и лицеи Средне-специальное образование


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 22.09.2012 17:50   #1  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
T`alim tizimimizdagi xatolik.

12 yillik ta`lim chiqqanida hamma qatori men ham keskin fikrlar bildirmadim, ba`zi joylarda esa yoqlab chiqdim, ammo o`zimga kelib taqalganida bu yerdagi katta xatolikni ko`rdim.
O`g`lim bu yil 9-sinfni bitirdi va oshpaz bo`lishni istashini aytdi. Men uning bu niyatiga qarshi chiqmadim. Oshpazlik bo`yicha kollejga hujjat topshirayotganida unga ehtiyot shart boshqa kollejni ham tanlashni aytishdi. (Agar mabodo kira olmasa hujjatlari avtomat ravishda o`sha kollejga o`tarmish) Bu gapga o`g`lim, agar oshpazlikka o`qimasam boshqa sohaga o`qimayman deb turib oldi va rasmiyatchilik uchun hujjatga boshqa bir kollejni ikkinchi deb yozib qo`ydi. Shu joyda mening boshim qotdi. U kirmoqchi bo`lgan kolejga juda ko`p odam hujjat topshirgan, mabodo kirolmasa, bola rostdan ham bo`ynidan bog`langan itday 3 yil boshqa kollejda o`qiydimi degan savol meni qiynay boshladi. Baxtimga o`g`lim o`sha o`zi orzu qilgan kollejga kirdi va hozir og`zi qulog`iga yetib o`qib yuribdi.
Endi, hudo asrasinu, mabodo kirolmaganida nima bo`lardi? Ilgari tehnikumlarga kirolmagan odamlar keyingi yili kirishga harakat qilib ko`rardi va bir yil yo`qotsa ham o`zi yaxshi ko`rgan kasbni egallardi. Endi esa bolaning kasb tanlash konstitutsion huquqi poymol qilinyapti. Bu to`g`risida biz ko`p baxslashdik, aziz forumdoshlar Sizlar nima deysizlar? Mening-ku o`g`lim kirib oldi va hozir hamma yaratilgan sharoitlardan hursand bo`lib o`qib yuribdi, kirolmaganlar esa majburan boshqa kasb o`rganyaptimi? Axir kasb bir umrga-ku.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 23.09.2012 18:39   #2  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Xmm...

Meni tog'amni qizi pedagogika sohasida o'qish istagida edi, mana shunday ahvolga tushib keyingi yil yana topshirdi. Kirdi. Faqat bir yil politexnika kollejida o'qib yurdi. Lekin O'qishni tugatib shu yili Ped. institutga kirib ketdi. Hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Faqat direktor nomiga boshqa kollejga o'qishini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida ariza yozib hujjatlarini qaytib oldi. Lekin ba'zi bir sohalar masalan: diniy soha yoki harbiy sohadagi o'rta ta'lim muassasalari boshqa kollej talabasini 1- kursga olmasa kerak yana bilmadim.
__________________
Nur bor joyda soya bor.

Последний раз редактировалось Fayzbek; 23.09.2012 в 18:42.
Ответить 
Старый 23.09.2012 19:19   #3  
Аватар для Maestro
Оффлайн
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491  1,658/631
– 1  4/4

Uzbekistan
Оффтоп:
Билмадимку-я, лекин ҳар бир битирувчининг истагини юз фоиз қондириш - утопия. Ну, практически битирувчиларнинг 50-60 фоизи назоратчи (прократура, юриспруденция, солиқ, МВД) , 25-30 фоизи эса врач ва педагог бўлишни истайди. Қолган 10 фоизи бошқа мутахассисликлар ;-). Ветеринарияга ихсослашган бир коллеж раҳбарининг айтишича- бу йил унинг колледжида "недобор" бўлибди ;-)
Ответить 
Старый 23.09.2012 19:52   #4  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Maestro Посмотреть сообщение
Оффтоп:
Билмадимку-я, лекин ҳар бир битирувчининг истагини юз фоиз қондириш - утопия. Ну, практически битирувчиларнинг 50-60 фоизи назоратчи (прократура, юриспруденция, солиқ, МВД) , 25-30 фоизи эса врач ва педагог бўлишни истайди. Қолган 10 фоизи бошқа мутахассисликлар ;-). Ветеринарияга ихсослашган бир коллеж раҳбарининг айтишича- бу йил унинг колледжида "недобор" бўлибди ;-)
To`g`ri, hammaning istagini qondirib bo`lmaydi, ammo bu degani men aytganimni qilasan degani emas-ku. Agar u ota-ona bo`lmasa. Men o`zim o`qituvchi bo`laman deb hech ham o`ylamaganman, ammo bir necha kasbni o`zgartirib, o`z ihtiyorim bilan (ish topolmaganim uchun emas, meni haligacha ishga chaqirishadi) o`qituvchilikka kirganman, birovning zo`ri bilan emas.
Istashni taqiqlash huquqini kim o`ziga olgan, bunday huquq birovga berilganmikan?
Ответить 
Старый 23.09.2012 20:14   #5  
Аватар для Maestro
Оффлайн
Бизнес
Менеджер
Сообщений: 1,292
+ 491  1,658/631
– 1  4/4

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
Istashni taqiqlash huquqini kim o`ziga olgan, bunday huquq birovga berilganmikan?
Ҳа энди, истак ҳам унинг "масштабига" боғлиқда ;-)
Мен космонавт бўлишни истаганман. И что?
Шунинг учун ҳам "отбор" бор - тест, имтиҳон ва х.к.
Менинг қизим бу йил мактабни битирди. "Юрист международник "қилиб тайёрламоқчи эдим... Лекин ўзи врач бўлмоқчи экан. На чора, тиббиёт колледжига топширдик ("боғланган ит овга ярамас"). 450 жойга 1600 ҳужжат топширилган... Ҳеч кимдан илтимос қилмадим, ҳеч ким билан "гаплашмадим"... Билими бор экан, ўз билими билан тестлардан юқори бал билан ўтиб, ўқишга қабул қилинди... Ваҳоланки, қўшни колледжлар бор (недобор бўлиб ётган). Тушуниб турибман, "қолган 1050 таси нима қилади?" демоқчисиз чамамда... Улар ҳам медик бўлишни исташган, как никак... Бу борада мен бирор нарса айтолмайман. Бирор таклиф берасизми?
Ответить 
Старый 24.09.2012 07:11   #6  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Maestro Посмотреть сообщение
Бирор таклиф берасизми?
Hamma gap shunda-da. Shuni ishlab chiqishayaotganda qanday qilib buni o`tkazib yuborishganiga tushunmayman.
Taklif shu. O`sha o`n bir yillik maktab ta`limini qaytairib, maktab ta`limidan keyin o`quvchi istasa oliy o`quv yurtiga kirsin, istasa birorta kollejga kirib hunar egallasin. Yoki shunday kollejlar bo`lsin-ki 9-sinfdan keyin kirish iloji bo`lsin (ilgarigi SPTUlar kabi).
Kimning kim bo`lishni istab keyin u kim bo`lgani haqida gap ketmayapti, o`sha insonning o`z istagi bilan shu kasbni tanlashi haqida gapirilyapti. Siz biror kasbni ihtiyor qildingiz, ammo uni eplolmadingiz, o`z istagigingizga ko`ra boshqa kasbni tanladingiz, biror kasbda odam kerak bo`lgani uchun kimdir sizdan so`ramasdan hujjatlaringizni boshqa joyga topshirib yubormaydi.
Ответить 
Старый 27.09.2012 13:40   #7  
Аватар для Abdunabiyeva Aziza
Оффлайн
Defektolog
Сообщений: 14
+ 59  9/6
– 1  1/1

UzbekistanFacebook
Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
O`sha o`n bir yillik maktab ta`limini qaytairib, maktab ta`limidan keyin o`quvchi istasa oliy o`quv yurtiga kirsin, istasa birorta kollejga kirib hunar egallasin.
Menimcha ilojsiz narsani istayapsiz. Balki tizim o'zgarishi mumkindir, ammo bu o'zgarish orqaga qaytish hisobiga bo'lmasligi aniq. Bu qaytish to'g'ri yechim bo'lgan taqdirda ham...

Цитата:
Сообщение от Ustoz Посмотреть сообщение
kimdir sizdan so`ramasdan hujjatlaringizni boshqa joyga topshirib yubormaydi.
Nega endi so'ramasdan?... O'quvchilar ham, ularning ota-onalari ham maktabni tugatish arafasida ogohlantiriladilar-ku... O'quvchi o'z ixtiyori bilan ikkinchi o'qish joyini tanlaydi... Tanlaganda ham dizayner bo'lishni istagan qiz 1-variant sifatida Respublika dizayn kollejini tanlagan bo'lsa, 2-sifatida veterinariyani tanlamaydi-ku. Shu yo'nalishdagi talab kamroq boshqa kollej yoki litseyni tanlaydi. O'zi sohlagan presstijniy joyga kira olish uchun esa yaxshilab harakat qilish kerak. Bugungi kunda bilimi bor odam hamma joydan o'tib kela olayapti.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 27.09.2012 13:48   #8  
Аватар для Abdunabiyeva Aziza
Оффлайн
Defektolog
Сообщений: 14
+ 59  9/6
– 1  1/1

UzbekistanFacebook
Цитата:
Сообщение от Fayzbek Посмотреть сообщение
Meni tog'amni qizi pedagogika sohasida o'qish istagida edi, mana shunday ahvolga tushib keyingi yil yana topshirdi. Kirdi. Faqat bir yil politexnika kollejida o'qib yurdi. Faqat direktor nomiga boshqa kollejga o'qishini o'zgartirmoqchi ekanligi haqida ariza yozib hujjatlarini qaytib oldi.
Mana bu masalaning yechimi... Kira olmay bir yildan keyin topshirsa ham, yoki majburiy boshqa kollejda o'qib tursa ham baribir o'sha bir yil yo'qotilyapti. Hozirgi tizimda esa bu bir yil o'quvchining bekorchiga aylanib qolmasligini ta'minlaydi. Axir o'zi istagan kollejga kira olmagan o'quvchilarning hammasi ham bir yil yotib olib, chin dildan yaxshilab o'qib tayyorlanadi deya olmaymiz-ku... Bekorchilik va nazoratdan chetda qolish esa turli salbiy holatlarni yuzaga keltirishi ma'lum.
Ответить 
Старый 27.09.2012 15:56   #9  
Аватар для Ustoz
Оффлайн
MAKTAB
O`QITUVCHI
Сообщений: 682
+ 617  543/277
– 8  129/41

Uzbekistan
Men bu yerda hech qanday yechim haqida gapirmagandim, men faqat muammoni qo`yib yechimini Sizlardan so`ragandim, chunki endi qanaqasiga olib qarama bu muammoning menga aloqasi yo`q, ammo yana qanchadan-qancha odam bu muammoga kelajakda ro`baro` keladi.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх