Avtotransport vositalarini ixtiyoriy sug‘urta qilish
|
|
Qisqa mazmuni
Foydalanishga yaroqli barcha turdagi avtotransport vositalarini, ularning qo‘shimcha uskunalari va ehtiyot qismlarini zararlanishi yoki yo‘qotilishi, avtofuqarolik javobgarligi hamda haydovchi va yo‘lovchilarni yo‘l-transport hodisasi natijasida olgan tan jarohatidan sug‘urtaviy himoya.
Sug‘urta ob’yektlari
Sug‘urta qildiruvchining Avtotransport vositalariga egalik qilishi, foydalanishi va boshqaruviga bog‘liq, hamda Sug‘urta qildiruvchining, uchinchi shaxslarning yoki haydovchi va/yoki yo‘lovchilarning hayoti, sog‘lig‘i, mulkiy manfaati.
Sug‘urta tavakkalchiliklari
Avtotransport vositalarini olib qochish, o‘g‘irlik, bosqinchilik, yong‘in, portlash, yo‘l transport hodisalari, jismlarning urilishi, tabiiy ofatlar.
|