Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 11.11.2010 21:13   #511  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Yuqoridagi hikmatga ilova

Цитата:
Сообщение от Javohir Mahmudjonov Посмотреть сообщение
“Aqlli odam dunyoga moslashishga harakat qiladi, aqlsiz odam esa dunyoni o‘ziga moslashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham taraqqiyot doimo aqlsizlarga bog‘liqdir”. — Bernard Shou
Bu hikmat juda ajoyib ekan, rahmat.

Оффтоп:
Kecha ertalab uydan chiqishimda, onam meni chaqirib bir hikmatni o'qib berdilar. Yuqoridagini o'qib shu yodimga tushdi. Keling, uni to'liq kiritay:


Avvalo odamlar bilan ko'p aralashib yurma. Bordiyu aralashsang, ularning aybu nuqsonlaridan ibrat ol va ularga ozor berma.

Nazm:

Do'stingni har ishda aylasang itob,
Topolmay qolursan aybsiz ahbob.
Suvni gar loyqa, deb ichmasang, ey kas,
Qolursan tashna, yo'q suvlari bexas.
Maholdur aybsiz bo'lmog'i odam,
Yaxshidir sanoqli aybi bor hamdam.

Bir hakim debdurkim: "Gapning yaxshisi o'zi qisqa, lekin sermazmun va malolsiz bo'lganidir". Odob shunday ne'matki, uni to'g'ri iste'mol qilsang behad foyda ko'rasan, u bilan vujudingni xushbo'y qilsang sayqal topasan, agar u bilan sug'orilsang serob bo'lasan. Insoniy odoblar dars odoblaridan afzaldir...

"Unvonul-bayon" arabchadan Abdulaziz MANSUR tarjimasi.
"Islom nuri", 2009, 25 iyun soni.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 12.11.2010 03:58   #512  
Аватар для Abdulaziz Muhammad
Оффлайн
AKA:Aziz
Сообщений: 88
+ 98  119/64
– 0  1/1

United Nations
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Javohir Mahmudjonov Посмотреть сообщение
“Aqlli odam dunyoga moslashishga harakat qiladi, aqlsiz odam esa dunyoni o‘ziga moslashtirishga harakat qiladi. Shuning uchun ham taraqqiyot doimo aqlsizlarga bog‘liqdir”. — Bernard Shou
Bu hikmat juda ajoyib ekan, rahmat.

Оффтоп:
Kecha ertalab uydan chiqishimda, onam meni chaqirib bir hikmatni o'qib berdilar. Yuqoridagini o'qib shu yodimga tushdi. Keling, uni to'liq kiritay:


Avvalo odamlar bilan ko'p aralashib yurma. Bordiyu aralashsang, ularning aybu nuqsonlaridan ibrat ol va ularga ozor berma.
Salom Kavsar!

Sizning postingizni o'qib menga otam bir vaqtlar bergan savollari yodimga keldi, ya'ni:

'Aqlli va dononing farqi nimada?'

Javob berishga urunib ko'rdim. Nazarimda bu so'zlar ma'no jihatdan bir biriga juda o'xshash edi, ba'zida esa xuddiki ular sinonim so'zlardek tuyular edi, ya'ni biri bajargan ishni ikkinchisi ham bajara oladigandek tuyular edi. Xullas kalom, to'g'ri javobni olmaganlaridan so'ng, oxiri o'zlari etib qo'ya qoldilar:

Aqlli inson qiyinchilikdan aqlini ishlatib, to'g'ri fikr va qarorga kelib, chiqib ketadi va bunday qiyinchilikka boshqa tushmaslikka xarakat qiladi. Dono esa aqllining qiyinchilikka tushishi va undan chiqib ketishini kuzata turib tushuna oladi va shu qiyinchilikka tushmaslikka xarakat qiladi.

Последний раз редактировалось Abdulaziz Muhammad; 12.11.2010 в 04:16.
Ответить 
"+" от:
Старый 20.11.2010 14:49   #513  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Mavlono hikmatlaridan

Har kuni uyga mehmonlar kelgani kabi, sening ko'ngil uyingga ham har on yangi fikr, bir aziz musofir kabi keladi, o'rnashadi.
* * *

Ey, mening sevimli do'stim! Sen fikrni, tushunchani inson kabi faraz qil. Chunki inson fikr bilan inson hisoblanadi, fikr bilan tirik va ahamiyatlidir.
* * *

G'am tushunchasi shodlik yo'llarini to'ssa, xafa bo'lma, chunki bu g'am sen uchun sevinch va xursandchilik tayyorlamoqda aslida.
* * *

Ey, Haq yo'lidagi yo'lchi! Shuni yaxshi bilki, har kuni ko'ngilga yangi fikrlar, g'am-anduhlar mehmon bo'lib keladi. Sen ularni kulib-kulib qarshi ol!...

Turk tilidan Saodat Meyliyeva tarjimasi
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 22.11.2010 12:41   #514  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от diydor Посмотреть сообщение
WWW.DIYDOR.UZ sevimli qo'shig'ingizga buyrutma bering va uni bepul ko'chirib oling http://diydor.uz/mp3-baza.html
[MOD]Diydor!
Har bir mavzulardagi xabarlarda reklamaga oid xabarlarni qoldirmoqdasiz.
Bu forum qoidalariga ziddir.Bundan xabardor bo'lsangiz kerak
Цитата:
....спам ва реклама таъқиқланади (реклама учун ажратилган махсус бўлим бундан мустасно).
[/MOD]
Ответить 
Старый 27.11.2010 16:46   #515  
uParty Member
Аватар для Gulnora Voisova
Оффлайн
Сообщений: 589
+ 1,042  486/242
– 0  0/0

Uzbekistan
Кавушинг тор бўлса, дунёнинг кенглигидан нима фойда.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 27.11.2010 18:23   #516  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Eldan andisha qilishlik oqilning ishi,
Allohdan andisha qilishlik orifning ishi.

Qanday majlisda bo'lishni istashing - seni dilingni belgilaydi.

Parhezning past darajasi - taomdan, o'rtachasi - yomon xulq-atvordan va yuqori darajasi jannat umidida qilinadigan ibodatlardan parhez qilishdir.

Qalb ko'zi ochilmaguncha g'ofil so'zini aytaveradi.

Haqiqiy hikmatga nafaqat fahmu farosat bilan, balki xulqu odob bilan ham erishiladi.

Behuda xayollardan qutulishning yagona yo'li shu xayollarning manbasini topib yo'q qilishlikdir.

Sharq hikmatlaridan
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 12.12.2010 00:12   #517  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Хазина яширин бўлса, унга қизиқадилар, очиқ бўлса талайдилар. Сен улардан қайси бирисисан? (бу ҳам бир ҳикмат)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 15.12.2010 17:13   #518  
Аватар для Bobir Samadov
Оффлайн
Guliston Davlat Universiteti
o'qituvchisi
AKA:_-_ MASTER _-_
Сообщений: 727
+ 348  207/161
– 3  23/18

UzbekistanОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью ICQОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью YahooОтправить сообщение для Bobir Samadov с помощью Skype™Аккаунт на TwitterМой мирFacebook
Если человек начинает интересоваться смыслом жизни или её ценностью, это значит, что он болен. Зигмунд Фрейд
__________________
Beshikdan Qabrgacha ilm o'rgan!
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 17.12.2010 00:15   #519  
Аватар для Dj SHOD
Оффлайн
Ишсизман
Рассом
AKA:Dj SHOD
Сообщений: 24
+ 53  5/3
– 1  10/5

UzbekistanОтправить сообщение для Dj SHOD с помощью YahooОтправить сообщение для Dj SHOD с помощью Skype™LiveJournalМой КругМой мирFacebook
Узинг билган яхши нарсаларни, бошкалар билан бахам куришинг - бу ЭЗГУЛИК сари кадамдир..! (Муал. Дж ШОД)
Ответить 
Старый 17.12.2010 00:19   #520  
Аватар для Dj SHOD
Оффлайн
Ишсизман
Рассом
AKA:Dj SHOD
Сообщений: 24
+ 53  5/3
– 1  10/5

UzbekistanОтправить сообщение для Dj SHOD с помощью YahooОтправить сообщение для Dj SHOD с помощью Skype™LiveJournalМой КругМой мирFacebook
Беш нарсани ганимат билингки булар: кариликдан олдин ёшликни, бир ишдан машгул булишдан олдин буш вактни, факирликдан аввал бойликни, улимдан олдин тирикликни, касал булмасдан олдин согломликни ганимат билинг! ("Шайтанат" китобидан, муал. Тохир Малик).
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх