Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Культура > Министерство по делам культуры и спорта РУз
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 02.03.2012 16:08   #1  
Real ID Group
Аватар для Хиндол Мадраимов
Оффлайн
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Matbuot xizmati boshlig'i
Сообщений: 78
+ 6  42/28
– 0  1/1

UzbekistanАккаунт на TwitterFacebook
Фуқароларни қабул қилиш / Приём граждан

O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri va vazir o'rinbosarlarining fuqarolarni qabul qilish vaqtlari

Kuziev Tursunali Karimovich (Vazir)
Har oyning birinchi juma kuni&nbsp;15:00 dan 17:00 gacha
minister[@]mcs.uz

Sayfullayev Baxtiyor Sayfullayevich
Madaniyat ishlari bo'yicha vazirning birinchi o'rinbosari
Har oyning ikkinchi juma kuni&nbsp;15:00 dan 17:00 gacha.
viceminister1c[@]mcs.uz

Akramov Jasur Anvarovich
Sport ishlari bo'yicha vazirning birinchi o'rinbosari
Har oyning uchinchi juma kuni&nbsp;15:00 dan 17:00 gacha.
viceminister1s[@]mcs.uz

Ahmedov Bahodir Majitovich
Vazir o'rinbosari
Har oyning to'rtinchi juma kuni&nbsp;15:00 dan 17:00 gacha.
viceminister[@]mcs.uz

Qabul «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasining ma'muriy binosida bo'ladi ( Toshkent, Taraqqiyot k., 49/51, "Amir Temur xiyoboni" metro bekati)

Последний раз редактировалось Хиндол Мадраимов; 02.03.2012 в 16:11.
Ответить 
Старый 02.03.2012 16:11   #2  
Real ID Group
Аватар для Хиндол Мадраимов
Оффлайн
Madaniyat va sport ishlari vazirligi
Matbuot xizmati boshlig'i
Сообщений: 78
+ 6  42/28
– 0  1/1

UzbekistanАккаунт на TwitterFacebook
Madaniyat va sport ishlari vazirligi qabulxonasida
fuqarolarni qabul qilish
T A R T I B I



1. Vazirlik qabulxonasida fuqarolar har juma kuni ertalab soat 9-00 dan qabul qilinadi. 9-00dan 13-00 fuqarolar ro'yxatga olinadi, 15-00dan 18-00gacha qabul bo'ladi.

2. Fuqarolarni qabul qilish Vazir, uning o'rinbosarlari, boshqarma boshliqlari hamda Vazirlik ma'sul xodimlari qabul qilish jadvaliga asosan amalga oshiriladi.

3. Fuqarolar "O'zbekteatr" ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasining ma'muriy binosida qabul qilinadi.

4. Qabulxona xodimlariga fuqarolar qabul qilish uchun murojaat qilganda, qabulga keluvchilarni xujjatiga asosan ro'yxatga olish varaqasi to'ldiriladi. Qabul varaqasida fuqarolarning familiyasi, ismi-sharifi va otasining ismi, uning ish joyi, mansabi va yashash manzilgohi hamda murojatning qisqacha mazmuni yozib qo'yiladi.

5. Qabulxona xodimi, qabulga kelgan fuqaroning o'rtaga qo'ygan masalasi yuzasidan vazirning tegishli o'rinbosarlari, bo'lim va kotibiyat boshliqlari, guruh rahbarlari yoki mas'ul xodimlar qabuliga yozib, ro'yxatga olish varaqasini ularga topshiradi. Fuqarolarni qabul qilgandan keyin, qabul o'tkazgan ma'sul shaxs masalani ko'rib chiqish natijalarini varaqaga to'ldirishi yoki uni hal qilish kimga topshirilganligini ko'rsatishi va ijrosini nazorat qilishlari shart.

6. Qabulxonaga murojaat qilgan fuqarolarning muhim dolzarb va ko'pchilik bo'lib kelgan murojaatlari nazoratga olinadi va bir oy muddat mobaynida hal qilinishi kerak.

Agar masala qo'shimcha o'rganish va tekshirishni talab qilsa, tegishli tashkilot, boshqarma rahbarlari Vazirlikga muddatini uzaytirish yuzasidan murojaat qilib ruxsat so'raydilar. Nazoratga olinmagan murojaatlar esa 15 kun ichida hal qilinishi kerak, masalaning ijrosi fuqaroni qabul qilgan xodim tomonidan nazorat qilib boriladi.

7. Qabulga kelgan fuqarolar tomonidan o'rtaga qo'yilgan masalalar bevosita vazirlikning hal etish vakolat doirasiga kirmasa qabulxona xodimlari ularni qayerga murojat etishlarini tushuntiradilar.

8. Vazirlik qabulga kelgan fuqarolar jamoat tartibi qoidalariga qat'iy rioya etishlari, ularni qabul qiluvchi ma'sul xodimga o'z iltimosini yoki masalasini odob saqlab, xushmuomalalik bilan bayon etishlari shart.

9. Jamoat tartibini buzadigan hatti-harakatlarga, haqoratlarga yo'l qo'yadigan, jamoat tartibini va fuqorolarning havfsizligiga tahdid soluvchi, bezorilik ishlarini qiladigan hamda yolg'on tuxmat-bo'xtonlarni tarqatuvchilarga nisbatan tegishli qonunlar doirasida choralar belgilanadi.

10. Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish tartibidagi boshqa masalalar Fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni asosida amalga oshiriladi.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх