Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET > Акции ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Акции ZiyoNET Проводимые промо и рекламные акции, конкурсы в образовательной сфере


 
 
Опции темы Опции просмотра
Старый 06.06.2012 17:12   #14  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Shahlo Ahmedova. Internet mening hayotimda.

Цитата:
Bu quvonchli voqea meni internet tarmog’iga yanada mustahkamroq bog’lab qo’ydi. Shundan so’ng internet markazi men uchun darsdan keyingi asosiy mashg’ulot joyimga aylandi. Har kuni darsdan so’ng shu erga kelib, internet orqali turli tanlovlarni izlab, ustoz yordamida darslarimga kerakli ma’lumotlarni topib, ularni qayta ishlab, o’z bilimlarimni mustahkamlab, turli internet tanlovlarda qatnashib kelyapman.
Internet tarmog’dan foydalanish keyingi yillarda juda ham rivojlandi va kishilarning asosiy ehtiyojlaridan biriga aylanib qoldi. Kompyuter va internet tarmog’idan keng foydalanish juda ham foydali ish ekanligini ko’pchilik qatori men ham aniq tushunib yetdim. Ayniqsa, bu boradagi tushunchalarim 2010 yil iyun oyida MAPRYAL tashkiloti va “Russkiy Mir” jamg’armasi tomonidan e’lon qilingan xalqaro internet tanlov paytida yanada aniqlashdi. Bu tanlov Birinchi Xalqaro Rus Tili Festivali doirasida bo’lib, u butun dunyodagi millati rus bo’lmagan va rus tilini o’rganayotgan yoki bu tilni biladigan kishilar uchun e’lon qilindi. Mana shu voqeaning o’zi ham internet tizimida xalqaro miqyosdagi katta shov-shuvga asos bo’ldi. Jahon Rus tili festivalida qatnashishga talabgor bo’lgan internet foydalanuvchilar har kuni juda ko’p martalab http://mirfest.russkoeslovo.org saytiga kirib, festival doirasidagi tanlov shartlarini bajara boshladik. Bu tanlov shartlariga ko’ra 4ta, ya’ni - kattalar, rus tili o’qituvchilari, talabalar va maktab o’quvchilari nominastiyalari belgilangan edi. Men ham ko’pchilik o’quvchilar singari internet orqali, onlayn usulda, test savollariga javoblar berdim. Bu borada internet markazi ustozi amaliy yordam ko’rsatdilar. Rus tili festivaliga bag’ishlangan tanlovning birinchi turida g’olib bo’lganimni internet orqali festival saytidan bilib oldim.
Tanlovning 2-tur topshiriqlari dekabr oyida boshlandi va 2011 yil may oyigacha davom etdi. Bu turda qatnashish jarayonida internet resurslaridan keng foydalandim, zarur bo’lganda ustozimiz Rustam Badalovdan yordam so’radim. Bu tur shartlariga ko’ra “Men Rus tili festivalidan nimalarni kutyapman” degan mavzuda insho yozib, internet orqali festival qo’mitasiga yubordim. 2011 yil iyun oyi boshlarida tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu quvonchli xabarni men avvaliga festival saytida ko’rib, juda ham xursand bo’ldim. 2011 yil 9 iyun kuni esa mening elektron pochtamga Sankt-Peterburg shahridan, Birinchi Xalqaro Rus tili festivali tashkiliy qo’mitasi nomidan tabriknoma va taklifnoma kelganda, onajonimning ko’zlaridan yoshlar to’kildi. Bu xursandchilik yoshlari edi. Onajonim ko’z yoshlarini artib: “Mening a’lochi qizim, mana ko’rdingmi a’lo o’qiganing uchun, kompyuterni bilib, internetdan foydalanganing uchun bu yutuqlarga erishding”, - deb erkaladilar. Keyin yana, “Men seni hech qachon bunday uzoq va go’zal joylarga sayohatga olib bora olmas edim, bolajonim, bunday baxtga sen o’z bilimlaring bilan erishganingdan juda ham mamnunman!” deb, qo’shib qo’ydilar. Men o’ylaymanki, bu katta ғalabani qo’lga kiritishimda internet, kompyuter saboqlari bergan va internet tizimidan keng foydalanishni o’rgatgan ustozimiz R.Badalovning xizmatlari juda katta bo’ldi. Chunki men kabi uy sharoitida kompyuteri va internet tizimi yo’q o’quvchilarga Toshloq tumanidagi 11- maktabda tashkil etilgan internet markazi ayni mudao bo’lganligini alohida aytib o’tishni hohlayman. O’tgan yili yozgi ta’til davrida ham bu ustoz internet markazida ish olib bordilar va juda ko’p o’quvchilarga kompyuter saboqlarini berdilar. Men esa festival boshlangunga qadar har kuni maktab internet markaziga kelib, Xalqaro Rus tili festivalining saytiga kirib, kundalik yangiliklardan xabardor bo’lib turdim.
Internet tizimining imkoniyatlari juda ham cheksiz va beqiyos ekanligi meni yana bir bor xursand qildi. 2011 yilning 13 sentyabr kuni mening elektron manzilimga quvochli xabar keldi. Bu xabarga ilova qilingan fayl bog’lamida Sankt-Peterburg shahriga samolyotda borib kelishim uchun taqdim etilgan elektron chipta qo’yilgan edi. Bu voqea maktabimiz jamoasini ham quvontirdi. Ushbu elektron biletda 2011 yil 25 oktyabr kuni Farg’onadan Rossiya poytaxti Moskva shahriga uchib ketishimiz, so’ngra Moskvadan Sankt-Peterburg shahriga uchib borishimiz ko’rsatilgan edi. Bu yangilikni ustozimiz R.Badalovga ma’lum qildim. Ustoz ham bu yangilikdan xabardor ekanligini aytib, biz bilan festivalga birga uchib borishini ma’lum qilganda men yanada hursand bo’ldim.
Haqiqatdan ham 2011 yil 25 oktyabr, seshanba kuni Farg’onadan Moskvaga “Boing” samolyotida parvoz qildik. Birinchi bor samolyotda parvoz qilishim bo’lgani uchun meni anchagina hayajon bosdi. O’zimni yomon his qilgan paytimda Marina ismli styuardessa darhol “Fanta” ichimligi bilan siyladi. Samolyotimiz kechki payt Domodedova aeroportiga qo’ndi. Kechasi, soat 10 yarimlarda biz Sankt- Peterburg shahriga qarab uchdik. Tungi soat 12da Pulkovo aeroportiga qo’ndik. Bizni kutib olgan yo’lboshlovchi hamrohligida Pulkovo aeroporti yaqinida joylashgan “Park Inn Pulkovo” mehmonxonasiga joylashdik va bu mehmonxonada 12 kun davomida yashab , festival tadbirlarida faol qatnashdik. Internet tarmog’idan keng va o’rinli foydalanish menga va men singari juda ko’p o’quvchilarga foyda keltirganini Sankt-Peterburg shahriga borganimda guvohi bo’ldim.
Festivalning tantanali ochilish marosimi Rossiyaning shimoliy poytaxtidan 50 km masofada joylashgan Pushkin shahridagi “Tsarskoselskiy” madaniyat saroyida bo’ldi. Festivalning tantanali ochilish marosimida jonajon O’zbekistonimiz nomini sharaf bilan himoya qildik. Festivalga jahonning 80ga yaqin davlatlaridan 500dan ortiq g’oliblar tashrif etdilar. Ular orasida 100 dan ortiq g’olib o’quvchilar bor bo’lib, bizlar qadrdon do’stga aylandik. Men Qozog’istondan kelgan o’quvchi qiz Taisiya , Tojikistonlik Farangis , Mongoliyalik Bilgunsayhan, Moldovalik Olga kabi tengdoshlarim bilan do’stlashib qoldim va xozirda biz internet orqali do’stlik aloqalarini davom ettiryapmiz. Men bilan birga Farg’onadan kelgan g’oliblar orasida Marg’ilon shahridagi 23-maktab o’quvchisi Jasurbek, 25-maktab o’qituvchisi K. Zinatulina, 27-maktab rus tili o’qituvchisi I. Zinatulin, Toshloq tumanidagi transport kolleji o’qituvchisi Sh.Nizomov, nafaqadagi pensionerlardan Sanobar opa Umarova, Shohida opa Isaeva va shifokor Gulnora opa Ro’zimatova, hamda mazkur festivalning Farg’ona viloyatidagi targ’ibotchisi, bizlarni internet saboqlari bilan tanishtirgan ustozimiz R.Badalovlarning borligidan xursand bo’ldim. Festival qatnashchilarning barchasi kompyuter va internet tizimidan keng va unumli foydalangani uchun bunday katta yutuqni qo’lga kiritganliklarini yana bir bor tushunib yetdim.
Festival davomida juda ko’p diqqatga sazavor joylarni maroq bilan tomosha qildik. Dunyoga mashhur Ermitaj muzeylar majmuasini, ulug’ rus shoiri Pushkin muzeyini, mashhur “Avrora” kemasini, hukmdor Ekaterina saroyi, Pushkin shahridagi Pavlov muzeylarini borib ko’rdik. Nevskiy prospekti bo’ylab qilgan piyoda sayrimiz davomida ko’pgina tarixiy binolar bilan tanishib, ko’pgina suratlarni oldik. Rossiya hukmdori bo’lgan Petr Birinchi davrida qurilgan me’moriy yodgorliklar bilan tanishdib, Smolniy va G’alaba maydonlarini borib ko’rdik. Birinchi Xalqaro Rus tili festivalini tashkil etgan MAPRYaL tashkiloti joylashgan Sankt-Peterburg Rus tili universitetida bo’ldik va festival tashkiliy ko’mitasiga O’zbekistondan olib kelgan milliy sovg’a-salomlarimizni topshirdik. Festivalning yopilish marosimi Mariinskiy teatrida bo’ldi va u erda biz katta konstert dasturini tomosha qildik.
Ответить 
Реклама и уведомления
 




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх