Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ОБРАЗОВАНИЕ > Библиотеки
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Библиотеки ... в том числе электронные


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.12.2010 11:21   #1  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Post Infoteka.uz yangiliklari

Aziz do'stlar,

Ushbu mavzuda bugungi kunda yangilanib borayotgan kutubxonalarimiz hamda dunyo mamlakatlarida kutubxonashunoslik sohasida to'plangan boy tajriba xususida matnlar chop etib boriladi. Bu manbalarning barchasi Doira.Uz loyihasi atrofida tashkil qilingan Kutubxona 2.0 hamjamiyatidagi maqolalardir.


Saytning (shu jumladan ushbu mavzuimizning) asosiy maqsadi:

- soha xodimlarini dolzarb mavzulardagi, o'zbek tilidagi materiallar bilan ta'minlab borish;
- talabalarga axborot madaniyati va axborot savodxonligi bo'yicha ta'limiy materiallarni uzatish;
- keng ommani kutubxonalar, turli-tuman axborot resurslari va asboblaridan boxabar qilib borish.

Sizni ushbu mavzular muhokamasiga chorlab qolamiz.
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 07.12.2010 11:22   #2  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan

Kutubxona 2.0 - Internet texnologiyalari vositasida kutubxona xizmatlarini ko'rsatish bo'lib, bunda foydalanuvchiularning faol ishtiroki va ular orasida hamda ular bilan hamkorlikka alohida e'tibor beriladi. Web 2.0 da bo'lgani kabi, foydalanuvchining to'la funksional elektron katalog bilan muoqoti davomida va kontentdan boshqalar bilan birgalikda foydalanib borgani sayin katalog yaxshilanadi hamda mazmunan boyib boradi.

Kutubxonachilar kataloglarni axborot qidirishda va undan foydalanishda yanada qulay va samarali qilish uchun uni modernizatsiyalash ustida tinimsiz ish olib boradilar. Bunda barcha yangilanishlar foydalanuvchilar ehtiyojlari va talablariga moslashtiri olib boriladi. Kutubxona kataloglarining yangi tipi "yopiq axborot zahiralari" emas, balki, o'zaro bog'langan kompyuter platformalari ko'rinishida bo'ladi.



Teglar: kutubxona 2.0, nazariya
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 07.12.2010 11:50   #3  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Rossiya Davlat Kutubxonasi va XEROX hamkorlik o’rnatdi

Rossiya Davlat Kutubxonasi Yevropadagi eng yirik kutubxona sifatida Ginness Rekordlar Kitobiga kiritilgan (bunda Britaniya kutubxonasi mamlakatning orolda joylashgani sababi hisobga olinmagan ko’rinadi – tarj.). Ushbu dargohda Rossiya va uning tashqarisida yaratilgan, 367 tildagi hujjatlar saqlanadi. Kutubxonaning hozirgi fondi xaritalar, notalar, audioyozuvlar, noyon kitoblar, dissertatsiyalar, gazetalar va boshqa formatdagi resurslardan ibora bo’lib, 43 milliondan ortiqni tashkil qiladi.
Rossiya Davlat Kutubxonasi (RDK) fondidan so’nggi 140 yil ichida mashhur olimlar, amaliyotchilar, talabalar va chet ellik mehmonlar foydalanib kelishadi.



Teglar: copyright, mdh, mualliflik huquqi, rossiya
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 07.12.2010 11:59   #4  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
O’zbekiston bozorida elektron riderlar



Elektron riderlar, ya'ni elektron kitoblarni mutolaa qilishin uchun mo'ljallangan qurilmalar, O'zbekiston bozori uchun bir yangilikdir. Dunyo bozorida 2000-yillarning o'rtalaridan paydo bo'lgan Sony Reader, Amazon Kindle va boshqa riderlar hozirda kitobsevarlarning sevimli gadjetiga aylanib ulgurgan. Yaqin vaqtlargacha bizning mamlakatimizda riderlar deyarli sotilmas, xorijdan buyurtma orqali keltirishga to'g'ri kelardi. Ammo, endilikda eletrkon riderlarni mamlakatning ichida, o'zbek so'mida sotib olish mumkin. Joriy yilning avgust oyidan Farg'ona shahrida ECTACO kompaniyasi tomonidan JetBook seriyasidagi riderlari ishlab chiqarila boshlandi.


Teglar: ectaco, elektron kitoblar, o'zbekiston, riderlar, texnologiyalar
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 07.12.2010 15:53   #5  
uParty Member Known ID Group Ultimate
Аватар для OmoN
Оффлайн
програмщег
Сообщений: 4,970
+ 2,749  5,086/2,116
– 69  99/68

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Otabek Посмотреть сообщение
O’zbekiston bozorida elektron riderlar
Мана бу ерда ёзилишича...
Цитата:
Kompaniya tomonidan yilning oxirigacha 9,5 ming dona JetBook ishlab chiqarilishi kutilmoqda. ECTACO filiali Toshkent shahrida mavjud, hamda mahsulotlar dilerlar tomonidan Andijon, Marg'ilon, Samarqand va Qo'qon shaharlarida yetkazib beriladi. Jetbook ning hozirda ikkita versiyasi bor: o'rnatilgan akkumulyator bilan ishlaydigan, mp3-pleyeri bor qurilmaning narxi - 660.000 so'm. AA batareykalarida ishlaydigan va mp3 imkoniyati ko'zda tutilmagan JetBook Light ning marxi esa 660.000 so'm.
Ажойиб. Демак икки ҳил имкониятга эга бўлган қурилмалар бир хил нархда эканда...
__________________
Ошибки прошлого, мудрость будущего. (с)Д.Тернер.
Ответить 
"+" от:
Старый 07.12.2010 15:59   #6  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от OmoN Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Otabek Посмотреть сообщение
O’zbekiston bozorida elektron riderlar
Мана бу ерда ёзилишича...
Цитата:
Kompaniya tomonidan yilning oxirigacha 9,5 ming dona JetBook ishlab chiqarilishi kutilmoqda. ECTACO filiali Toshkent shahrida mavjud, hamda mahsulotlar dilerlar tomonidan Andijon, Marg'ilon, Samarqand va Qo'qon shaharlarida yetkazib beriladi. Jetbook ning hozirda ikkita versiyasi bor: o'rnatilgan akkumulyator bilan ishlaydigan, mp3-pleyeri bor qurilmaning narxi - 660.000 so'm. AA batareykalarida ishlaydigan va mp3 imkoniyati ko'zda tutilmagan JetBook Light ning marxi esa 660.000 so'm.
Ажойиб. Демак икки ҳил имкониятга эга бўлган қурилмалар бир хил нархда эканда...
Xato ketibdi, uzr! Ikkinchi riderning narxi 600 ming bo'lishi kerak. Maqolada qo'g'rilab qo'ydim. Rahmat sizga.
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 07.12.2010 16:13   #7  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Kutubxona ochiq fondlari: afsonami yo haqiqat?




Hech kimga sir emas, kutubxonalarning bosh maqsadi – aholining axborot va bilimga bo’lgan ehtiyojini qondirish. Bilimlar hamma uchun ochiq bo’lishi kerak hamda kitobxon o’ziga kerakli kitobni javonlar orasida yurib, o’z qo’li bilan ushlab, varaqlab ko’rib, xullas, yaqindan tanishgan holda tanlab olisga haqi bor. Ammo, bizning kutubxonalarimiz fondlari yopiq, unga faqatgina kutubxona xodimlarigina kira olishlari mumkin.


Teglar: kutubxonashunoslik, o’zbekiston
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 09.12.2010 09:11   #8  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Dunyodagi eng qimmat kitob sotildi


7 dekabr kuni Londonning Sotbi (Sotheby's) auksionida rassom va naturalist Jon Jeyms Odyubonning "Amerika Qushlari" (The Birds of America) kitobi sotilgan. The Guardian gazetasida yozilishicha, ismini aytishni istamagan xaridor kitob uchun 7,3 million funt ($10,3 mln.) to'lagan. Bu esa ochiq auksionda kitob uchun to'langan eng yuqori narxdir (bu kabi boshqa faktlarni bizning "Qiziqarli faktlar: ajoyib va g'aroyib kitoblar" sarlavhali maqolamizda o'qishingiz mumkin).

Amerika Qo'shma Shtatlari hududida uchrovchi qushlar haqidagi bu to'rt tomlik katalog 97,5 х 65 formatga ega bo'lib, qo'lda chizilgan 435 nafar ofort (metall plastinaga tushirilgan suratlar) bilan bezalgan. Ushbu asar kitob bosish tarixining noyob namunasi hisoblanadi.

Katalogning bunchalik katta o'lchamga ega ekanligi muallif Odyubonning qushlar tasvirini natural kattalikda yetkazib berish istagi bilan bog'liq. 1827-1838 yillarga oid bu durdona o'zining qiymati bilan ilgari ham rekord o'rnatgan: 2000 yilda Kristi (Christie's) auksioni savdolarida uning uchun $8,8 mln. to'langan.

Sotbi auksioni boshlanishidan oldin kitobning muallifi uni alohida-alohida sahifalarini sotishi haqidagi mish-mishlar paydo bo'lgan edi. Ammo, bu gaplar asossiz bo'lib chiqdi va bu noyob nashrning butunligi asrab qolindi.



Teglar: auksion, kitoblar
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 09.12.2010 09:16   #9  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Googlening yangi servisi - Google eBookstore

Googlening yangi servisi - Google eBookstore


BBC News ning xabar berishicha, 6 dekabr kuni Google kompaniyasi oz'ining birinchi elektron kitoblar do'konini ishga tushirgan. Unda asosan ingliz tilida bo'lgan 3 milliondan ortiq kitoblar sotuvga qo'yiladi. Google eBookstore (loyihani ishlab chiqish jarayonida uning nomi Google Editions edi) saytida xaridorlar kompaniyaning hamkorlari bo'lgan nashriyotlar tomonidan yetkazib berilgan kitoblarni xarid qilishlari mumkin. Hozirda bu do'kon faqatgina AQSh hududida faoliyat ko'rsatadi va 2011 yildan boshlab Yevropa mamlakatlari aholisi ham shu imkoniyatga ega bo'ladilar (tahlilchilarning aytishicha, o'shanda elektron kitoblar bozori narxi ikki baravarga oshadi). Kitoblarni o'qishda esa hech qanday cheklovlar deyarli mavjud emas: ularni brauzerlar orqali noutbuk kompyuterlarida, Android OS o'rnatilgan portativ qurilmalarda, iPad planshetida, smartfonlarda va Sony Reader hamda Nook kabi bir qator riderlarda o'qish mumkin.

Google eBooks servisining imkoniyatlari haqida ushbu videotaqdimotda tanishib chiqish mumkin. Aytib o'tganimizdek, zamonaviy bestsellerlar va boshqa kitoblarni hozircha AQSh hududidagi foydalanuvchilargina sotib olishlari mumkin, ammo ko'p sonli bepul kitoblar bilan Google akkauntiga ega har qanday foydalanuvchi tanishib chiqishi mumkin.



Teglar: elektron kitoblar, google, google ebookstore
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
Старый 09.12.2010 19:29   #10  
Аватар для Otabek
Оффлайн
Сообщений: 250
+ 184  118/82
– 0  2/2

Uzbekistan
Kitobsiz kelajak yoki Internetning ilm ahliga ta’siri

Kitobsiz kelajak yoki Internetning ilm ahliga ta’siri


Ilmiy va ommaviy adabiyotda elektron kitoblarning xususiyatlari, kelajakdagi o'rni haqida ko'p va xo'p yozilgan. Sir emaski, elektron matnga yo'l topish oson, kerakli qismlarini qidirib topish uchun ham qulayliklar mavjud. Ayni paytda, elektron matnni o'qish jarayonida diqqatni jamlashda muammolar tug'iladi. Qabul qilinayotgan axborotni eslab qolish ham oddiy qog'ozdagidan qaraganda samarasizroq. Shubhasiz, hozirgi kunda ilmiy faoliyatda elektron shakldagi axborot va bilim manbalarining soni va ahamiyati ortib bormoqda. Shu bilan birga, o'qish va uqishning yangi shakli an'anaviy vositalar o'rnini bosa olmaydi.

David Bell o'zining "Kitobsiz kelajak"maqolasida shu yo'nalishda fikrlab, raqamli texnologiyalar va Internet ta'sirida ilmiy tadqiqot ishlarining o'zgacha tus olishi va buning oqibatlari haqida so'z yuritadi. Ushbu post maqolaning qisqartirilgan tarjimasidir.
Eslatma: maqola birinchi shaxsdan nomidan, muallif D.Bell tomonidan bayon qilinadi.






Teglar: digital libraries, elektron kitoblar, elektron kutubxonalar, kitob, kitobsiz kelajak
__________________
Infoteka.Uz
Ответить 
"+" от:
Ответить

Метки
библиотеки, kutubxonalar, texnologiyalar
Опции темы
Опции просмотра




Здесь представлены форумы: UZINFOCOM, ЦППМП, ГКСИТТ, PC.UZ, Microsoft, IBM, HP, Fujitsu, D-Link, Intel, Ассоциация IT, InfoCOM.UZ, BANK.UZ, ActiveCloud, Sarkor Telecom, BUZTON, Cisco Systems, NetDec, EVO, Sharq Telekom, EPSON, Cron Telecom.
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2017, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
Центр UZINFOCOM


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх