Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 12.05.2011 09:38   #111  
Аватар для Snejinka
Оффлайн
Сообщений: 5
+ 3  6/4
– 0  2/2

Uzbekistan
Ўзгани айбини кўрсанг қопасан,
Ўзингни айбингга узр топасан
Ответить 
Старый 12.05.2011 09:57   #112  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Jamshid Begmatov
Оффлайн
Сообщений: 1,417
+ 610  1,788/660
– 9  15/9

UzbekistanОтправить сообщение для Jamshid Begmatov с помощью ICQLiveJournal
Бир афғон мақоли жуда ёққан эди:
Бо худододагон сетеза макун, ки худододагонро худо дода аст.
Яъни: Худо берган билан олишмагин, чунки худо берганга худо берган-да.

Масалан, бирор ўйин пайтида хадеб ютаверсангиз (ёки ютқазаверсангиз) айтса бўлади
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 12.05.2011 12:51   #113  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от Jamshid Begmatov Посмотреть сообщение
Бир афғон мақоли жуда ёққан эди:

Масалан, бирор ўйин пайтида хадеб ютаверсангиз (ёки ютқазаверсангиз) айтса бўлади
Оффтоп:
Демак афғон одам билан ўйин ўйнаганда ишлатамиз буни


"Худо бераман деса, қўшқўллаб беради". Менимча ўзбек халқ мақоли.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 15.08.2011 05:52   #114  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
O'zingni bil, o'zgani qo'y.

Maqollar kitobidan topmagan edim, maqol sifatida xalq jonli tilida eshitamiz. Tasavvufshunoslar: O'zing bu - ruhiyating bo'lsa, o'zga - jismingdir. Sen Ruhning quvvayi hofizasi uchun intil, jismning rohati uchun emas, u jismni qo'y o'z holiga. Chunki komillikka o'zlikni tanib, ruhni poklab erishasan mazmunida talqin qilar ekanlar.
Shundan bu iborasifat jumla menga yoqadi, ammo maqolligini aniq bilmasam-da.

Yana bir maqol bor, ko'pchilik uni ikki xil talqin etadi.
Ustoz otangday ulug' yoki ustoz otangdan ulug' deya.

Agar ikkinchisi to'g'ri bo'lsa undan shunday mazmun anglash mumkin ekan:

Qavmlarga Allohning hukmini yetkazib ustozlik qilgan kishilar bu dastlab payg'ambarlar. Biz sevadigan eng yaxshi muallim bu hazrat Rasul akram (s.a.v.) bo'ladilar. Chunki islomni o'rgatdilar. Tog'ri yo'lga boshlab bizni undan ogoh etdilar.

Dastlab Odam (a.s.) ni yaratgach Haq taolo unga ba'zi narsalarning ismini o'rgatdi va farishtalariga "Men siz bilmaydigan narsani bilaman demabmidim" dedi. To qiyomatga qadar Alloh O'zi yaratgan barcha ne'matlar orqali ishoratlar berib Odam (a.s.) avlodiga ta'lim berib keladi. Demak bizning ilk ustozimiz Parvardigorning O'zi ekan.
(Baqara surasi, 30-33, 26-oyatlar)

Agar ushbu ma'noda tushunsak, darhaqiqat Ustoz otalardan ulug' maqomida turishi mumkin ekan. (imxo)
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
"+" от:
Старый 15.08.2011 14:44   #115  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
O'zingni bil, o'zgani qo'y.


Yana bir maqol bor, ko'pchilik uni ikki xil talqin etadi.
Ustoz otangday ulug' yoki ustoz otangdan ulug' deya.

Agar ikkinchisi to'g'ri bo'lsa undan shunday mazmun anglash mumkin ekan:

Qavmlarga Allohning hukmini yetkazib ustozlik qilgan kishilar bu dastlab payg'ambarlar. Biz sevadigan eng yaxshi muallim bu hazrat Rasul akram (s.a.v.) bo'ladilar. Chunki islomni o'rgatdilar. Tog'ri yo'lga boshlab bizni undan ogoh etdilar.

Dastlab Odam (a.s.) ni yaratgach Haq taolo unga ba'zi narsalarning ismini o'rgatdi va farishtalariga "Men siz bilmaydigan narsani bilaman demabmidim" dedi. To qiyomatga qadar Alloh O'zi yaratgan barcha ne'matlar orqali ishoratlar berib Odam (a.s.) avlodiga ta'lim berib keladi. Demak bizning ilk ustozimiz Parvardigorning O'zi ekan.
(Baqara surasi, 30-33, 26-oyatlar)

Agar ushbu ma'noda tushunsak, darhaqiqat Ustoz otalardan ulug' maqomida turishi mumkin ekan. (imxo)
Kavsar, menda yaxshi taklif bor, balki siz Toshkentdagi Xadichai-Kubro qizlar madrassasiga bir borib ko'rasiz, balki dars olarsiz, yoki kurslari bo'lsa qatnarsiz. Har holda ilmingizni u yerda madrasa murabbiylari, ustozlar korrektirovka qilib borishadi hamda ko'p narsaga yo'nalish berishadi. Men ham tikuvchilikda bitta ustizning etagini mahkam tuttdim. Samouchka degan fikrimdan qaytib. Adashib ketaman deb, ustozni borib tanladim. Xudo xohlasa, ro'zadan keyin davom ettiraman...Ustoz ko'rmagan shogird bo'lib qolmaslik kerak, ayniqsa, ilm borasida...ineternet, forum, kabi joylarning auditoriyasi boshqa, har-xil odam kiradi...har-xil fikr bildiradi, Ulardan farqli o'laroq ustoz Sizni tuzatib boradi fikrlaringizni...Bir urnab ko'ring...Meni o'zim ham ko'p ustozlarni yoniga qaytib bormoqchiman. Chunki, judayam ko'p narsa esimdan chiiqb ketibdi..o'zim boshlay desam, yo'q bu xato bo'ladi, ustoz bari-bir ustoz...yo'nalish berib turadigan mas'ul inson bo'ladi...Misol uchn ingliz tilida o'zim doim shug'ullanaman, ustozning keragi yo'q deyman, lekin yaqinda bu fikrga qarhsi chiqidm, Xudo xohlasa ro'zadan keyin IELTS, TOEFL deganlrni topshrish uchun ustoz qidirhsga tushaman, garchi darajam yetishga ko'zim yetsa ham, men bilmaydigan narsa millionta ekaniga aminman...

Mavzuga qaytsam:

Har bir narsaning o'z nomi bor va O'z nomi bilan aytish kerak. Alloh bu Alloh desam, fikrim noaniq bo'ladi. Alloh har qanday illatdan pok, yagona yartguvchi zot. Ustoz deb Siz shikr qilmayapsizmi?! Ustoz maqomi past maqom, 3-4 inchi instantsiya maqomi. Alloh bandalari uchun Yaratguvchi. Uning 99 nomi bor. Maqomi oliy...Ustoz maqomi esa payg'ambarlarga ham yarashmaydi, chunki ular vositachi maqomi ega. Ular Rasul, Xudoning elchisi degan maqomi bor... Ular o'zlaridan hech narsani to'qib aytib bermagan, fikr ham qilishga haddi sig'magan, nima yetkazilsa ularga shuni aytishgan. Biz yerdagi gunohkor bandalarga esa bularni ustoz, murabbiy degan isntantsiyalar yetkazadi va ularga shu maqom berilgan...Har narsaning o'z maqomi bor...
Ustoz bizu-siz kabi oddiy inson bo'lib, har qanday xato qilishga haqli mavjudot Unga xato qilish ham berilgan ayb qilish ham...Xudoni Ustoz deb Siz maqomini ko'taraman deb, aksincha ,pasaytirib qo'ymayapsizmi, zero Alloh Pok. Hamda Bilguvchiroq zot. Ustozlar esa hamma narsani bilmaydi. Bilguvchiroq Alloh deb qo'yadi...Allohni ustoz desak, ustozlarni nima deyish kerak? Xo'p, tusundim, Eng ilk ustoz demoqchisiz. Lekin, men hali biron joyda ilk ustozimiz alloh s.v.t aytganlar degan gapni eshitmadim...shu uchun ulamolarni etaklarini ushlab tursak, yaxshiroq menimcha....


ikkinchi masala, maqol borasida..Ustoz otangdan ulug" yoki Otang kabi ulug"...

tabiiyki, inson tarbiyani, ilmni nafaqat ota-onasidan oladi, balki ustozlaridan ham....ilmning eng ko'p qismini, siru-asrorlarini hamma-hammasini ustozidan o'rganadi...shu sababli, ham ustoz maqomi ota maqomiga tenglartirilgan yoku undan ham ulug'langan...lekin, ortiqcha emas, deb o'ylayman....ba'zi ustoqlar, insoning hayotida shunchalik katta rol o'ynashganki, otasi qilmagan yasxhilikni qilgan, shu uchun ham otangdan ham ulug' degan darajaga ko'tariladi...buni oddiy tushunish kerak, menimcha..

o'zimdan misol qilib aytsam...mening PhD ustozim...erkak kish edi...lekin men himoya kuni unga ikkinchi ota maqomini ramziy ma'noda berdim hammaning oldida...mening hayotimda o'zimning otam qanchalik yordam bergan bo'lsalar, ustozim undan kam qilmadilar...u kishinig xizmatlarini, hayotimda tutgan beqizos o'rinlarini aytib bersam, balki soatlab yozishimga to'g'ri keladi...

shu uchun bu kabi maqollarni, shaxsan o'zim, oddiy tushunaman...

bilmadim, boshqalarda qanaqa fikr bor...

R
Ответить 
Старый 15.08.2011 15:30   #116  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Men yuqorida adashib yozibman...Xudoning 99 ta emas, balki 100 ta nomi bor..

85. zul Jalal
86. val Ikram....

100 ta degan talqin ham bor yuq emas...
Ответить 
Старый 19.08.2011 00:18   #117  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Sanamay sakkiz dema.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 19.08.2011 07:20   #118  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Dastlab Odam (a.s.) ni yaratgach Haq taolo unga ba'zi narsalarning ismini o'rgatdi va farishtalariga "Men siz bilmaydigan narsani bilaman demabmidim" dedi. To qiyomatga qadar Alloh O'zi yaratgan barcha ne'matlar orqali ishoratlar berib Odam (a.s.) avlodiga ta'lim berib keladi. Demak bizning ilk ustozimiz Parvardigorning O'zi ekan. (Baqara surasi, 30-33, 26-oyatlar)
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
Maqomi oliy...Ustoz maqomi esa payg'ambarlarga ham yarashmaydi, chunki ular vositachi maqomi ega. Ular Rasul, Xudoning elchisi degan maqomi bor... Ular o'zlaridan hech narsani to'qib aytib bermagan, fikr ham qilishga haddi sig'magan, nima yetkazilsa ularga shuni aytishgan. Biz yerdagi gunohkor bandalarga esa bularni ustoz, murabbiy degan isntantsiyalar yetkazadi va ularga shu maqom berilgan...Har narsaning o'z maqomi bor...
Yuqorida dalillari qavs ichida berilgan. Opa, agar postlarimni tushuna olmasangiz bunga men aybdor emasman, uzr. Fikrlaringizni o'qidim, lekin qoldirgan postimni sira asossiz deb topa olmadim. Chunki u yerda juda juda yaxshi va chiroyli, odam havas qilsa arzigulik fikr aytilgan.

E'tibor uchun tashakkur, barchamizni salomatlikda va salomat kishilar bilan diydorlashishni nasib etsin.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 19.08.2011 10:01   #119  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Yuqorida dalillari qavs ichida berilgan. Opa, agar postlarimni tushuna olmasangiz bunga men aybdor emasman, uzr. Fikrlaringizni o'qidim, lekin qoldirgan postimni sira asossiz deb topa olmadim. Chunki u yerda juda juda yaxshi va chiroyli, odam havas qilsa arzigulik fikr aytilgan.

E'tibor uchun tashakkur, barchamizni salomatlikda va salomat kishilar bilan diydorlashishni nasib etsin.
Singlim, bu yerda hech kim talashmaydi. Forum fikr bildiradigan joy. Men o'z fikrimni birldirishga haqliman, Siz ham o'z fikringizni bildirishingizga haqlisiz. Fikrga qo'shilish mumkin yoki qo'shilmaslik mumkin, bu har kiming shaxsiy ishi. Menikiga qo'shiling demadim. Mening ham fikrimni tinglab ko'ringchi degan ma'noda yozdim. Meniki ma'qul tushmasa ham xo'p. E'tirozim yo'q. Fikringizga o'zingiz baho beribsiz. Siz nafaqat oz'ingizni, balki madaniyat yo'li bilan boshqalarni ham tinglay oling, hayotda ast qotadi. Kichikni izzat qil degani uchun ham izzat qilib aytayapman. Yanglish o'ylayotgan bo'lsam, vaqt ko'rsatadi va xuddi shuning teskarisi, siz yanglishayotgan bo'lsangiz buni o'zingiz hayotda shohidi bo'lishingiz mumkin.

Har qanday gina-adovatdan muborak kunlarda xalos qoling, savobi o'zingizga...

xabarlarim yoqmasa, bundan keyin ignore, inkor qiling....bundan faqat va faqat xursand bo'laman. Hammani ham dilini topish-oliy maqsadim emas. Ammo, mendan xafa bo'lishlarni ham istamayman, chuki tojiklarda yaxshi maqol bor. A dil ozor, Xudo bezor...


tinchlik va ruhiy osudalik tilab,

Ra'no
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 19.08.2011 10:13   #120  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Jamshid Begmatov
Оффлайн
Сообщений: 1,417
+ 610  1,788/660
– 9  15/9

UzbekistanОтправить сообщение для Jamshid Begmatov с помощью ICQLiveJournal
Цитата:
Сообщение от Pfefferminze Посмотреть сообщение
xabarlarim yoqmasa, bundan keyin ignore, inkor qiling....bundan faqat va faqat xursand bo'laman.
Opalar (singillar), mavzuga tegishli bo'lmagan shahsiy tortishuvlaring uchun forumda ЛС degan narsa bor.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх