Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > Ўзбекона – uforum > Мустаҳкам оила
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Мустаҳкам оила Ота-она ва фарзандлар ўртасидаги муомала, оилавий муносабатлар, фарзанд тарбияси, никоҳ, ажралиш масалалари.


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 13.02.2013 16:53   #41  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Colorado Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Аброр Шокиров Посмотреть сообщение
3 - Imkoniyatlaringiz darajasida dasturxoningizdagi taom hilini ko`paytiring. Erkakni uyga bog`lagan muhim vasilalardan biri suyib iste’mol qiladigan taomlarning dasturxoningizda mavjud bo`lishidir… Ovqatdan keyin choy, qahva, quruq mevalarga o`xshashlarga ham e’tibor qaratingki, qorni to`yar-to`ymas ko`zi oyoq kiyimida bo`lmasin
Доно гапларку, аёллар буни унутмаслиги керак.
Har bir ayol yo'qdan bor qilib dasturxon tuzatishga harakat qiiladi. Kundalik amal qilinadigan yumushlar.
Kelinoyimning ovqatlarini shirin qilgan akamning olib kelgan go'sht-yog'lqari" degan gap bor-ku.
Ответить 
Старый 13.02.2013 17:52   #42  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Colorado Посмотреть сообщение

Оффтоп:
Мухтарам Аброрбек, ФБ да джадидлар ва Абдулла Қодирий туғрисида фикрингизни ўқиб чиққанман, қизиқарли, норасмий, нестандартный, ўйлантирадиган фикирлар. Ижозат берсангиз, форумга кўчириб, мавзу очишга.
Kelar solmas srazu bunaqa mavzularni ochmay turaqolaylik. Hali bu yerdagi userlar bizani mo'yqalamimiz bilan yaxshi tanish emas, shuning uchun sal ora berib turaylik. Jadidchilik harakatini boshqa qirralarini muhokama qiladigan vaqt keladi, yaqinda.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 13.02.2013 18:03   #43  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Abror aka, qachon qaramay ayollarimizga , qizlarimizga maslahat berishadi. Erkaklarimizga, yigitlarimizga ham maslahat beradigan odam topilarmikan yoki erkak kishi ko'chaning odami aqidasiga amal qilib yashamoq kerakmi?
Bilasizmi yoki yo'qmi bilmaymanu, lekin ayollarni tarafini ko'proq o'ylaydigan erkaklardan biriman. Shuning uchun bu 8 ta usulni hozirgi zamon ayollari diqqat e'tiboridan chetta qoldirmasliklari kerak.

Sharq oilalarida erkak topuvchi, ayol shu topganini chiroyli yedirib, saqlashlik funkciyasini bajarishar edi. 20 asrdan boshlab, hammayoq glabalizaciyaga aylanib ketgandan keyin ayollar ham erkaklar bilan tengma teng Topadigan bo'p ketishgan. Tepada keltirilgan misollarni bunday ayollarga unchalik misol qilib bo'lmaydi.
Bu tavsiyamiz uyda erini kutib o'tirgan va qanday qilib bo'lsa ham shu erni o'z uyida ushlay olish yo'llari haqida tavsiya qilinadi.
Agar alohida mavzu ochib "Nima uchun OILAda erkak rais" degan mavzu ochib berseyz, erkaklarni ham bir maqtab, bir joyiga sop qo'yadigan postlar qo'yardik.
Ответить 
"+" от:
Старый 13.02.2013 18:12   #44  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Har bir ayol yo'qdan bor qilib dasturxon tuzatishga harakat qiiladi. Kundalik amal qilinadigan yumushlar. Kelinoyimning ovqatlarini shirin qilgan akamning olib kelgan go'sht-yog'lqari" degan gap bor-ku.
Hitoyga ko'p qatnaganim uchun qiziq bir misol bor. Ishonasizmi yoki yo'qmi, hitoyliklar taomlarida juda kamdan kam go'sht ishlatishadi. Oddiy soya yoki sabzavotlar bilan shunaqa taom tayyorlashadiki "qani **** bo'lsa, shunaqa bo'lsa" divorgin keladi.
Shu yoshlar o'rtasidagi Davlat tamonidagi Qaydnoma borku ZAGS degan, shunda yoshlarning majburiy tibbiy ko'rikdan o'tish kerak degan sharti bor. manga qolsa shunga qo'shimcha sifatida ayollarga "Mashkura pazandachilik kursni tugatgan", a erkaklarga esa "Uy yumushlardagi birinchi yordam yoki qo'l mehnat to'garak talabasi" degan shartni qo'shib qo'ysa. Rosa asqotardi oilaviy hayot jarayonida.
Ответить 
"+" от:
Старый 15.02.2013 14:31   #45  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,101
+ 8,375  10,321/4,531
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Аброр Шокиров Посмотреть сообщение

"Nima uchun OILAda erkak rais" ...
O'zbek ayollari bekorga turmush o'rtog'lariga "xo'jayin" deb murojaat qilishmasa kerak.

Цитата:
Сообщение от Аброр Шокиров Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Har bir ayol yo'qdan bor qilib dasturxon tuzatishga harakat qiiladi. Kundalik amal qilinadigan yumushlar. Kelinoyimning ovqatlarini shirin qilgan akamning olib kelgan go'sht-yog'lari" degan gap bor-ku.
Hitoyga ko'p qatnaganim uchun qiziq bir misol bor. Ishonasizmi yoki yo'qmi, hitoyliklar taomlarida juda kamdan kam go'sht ishlatishadi. Oddiy soya yoki sabzavotlar bilan shunaqa taom tayyorlashadiki "qani **** bo'lsa, shunaqa bo'lsa" divorgin keladi.
Shu yoshlar o'rtasidagi Davlat tamonidagi Qaydnoma borku ZAGS degan, shunda yoshlarning majburiy tibbiy ko'rikdan o'tish kerak degan sharti bor. manga qolsa shunga qo'shimcha sifatida ayollarga "Mashkura pazandachilik kursni tugatgan", a erkaklarga esa "Uy yumushlardagi birinchi yordam yoki qo'l mehnat to'garak talabasi" degan shartni qo'shib qo'ysa. Rosa asqotardi oilaviy hayot jarayonida.
Maqolni ramziy ma'noda qo'llagan edim. Bizda ham suvni qaynatishsa mazali qilib qaynatadigan ayollar bor. Hamma gap yo'qdan bor qilib taom tayyorlash-da va "qo'lning shirinligi"da.
Shuning uchun ham o'zbek oilalarida (oilamizdan kelib chiqqan holda aytmoqdaman) qiz bola esini taniganidan boshlab buvisi yoki onasi yoniga olib uy yumushlarini azandachilik sir-asrorlarini o'rgata boshlashadi.
Uy-ro'zg'orga oid kurslarnig ko'pchiligi ayollarga mo'ljallab ochilgan: "Iffatli kelin", "Mashkura", "Ra'nohoji ona", "O'ktamxon". Erkaklarga mo'ljallangan uy yumushlarini o'rgatadigan kurslar ochilganligini hali eshitganimcha yo'q.
Xalqimizda ham bejizga "Qiz bolaga qirq hunar, yigit kishiga yetmish hunar oz" degan maqol aytilmagandir...
Ответить 
Старый 15.02.2013 16:09   #46  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Er hotin orasida sovuqlik tushib, muqaddas oila qo'rg'oniga dars ketgandan keyin, bu yoshlarni psiholog huzuriga oborish yoki nasihat qilish befoydadir. Undan ko'ra hali er hotin bo'lmasdan turib "Er-Hotin haq huquqlari... Oiladagi erkak va ayol ro'li" mavzusida ta'lim berish kerak. A to hozirgi yoshlar srazu, oddiy qiyinchilik yoki tushunmovchiliklarda bir birini ayblash, sabr qilmaslik, yengiltaklikka yo'l qo'yish kabi hatolarni qilishadi.
Dardni tuzatgandan ko'ra, hali boshlanmagan kasallikka vakcina qilish kerak, immunitet hosil qilishlik uchun.
Ответить 
Старый 03.10.2013 23:20   #47  
Аватар для Qadriyat
Оффлайн
Qadriyat.Uz
Сообщений: 22
+ 0  9/7
– 0  0/0

UzbekistanFacebook
Yuqoridagilarga qo'shimcha tarzda, bizning jamiyatimizda ham ko'p uchraydigan holatlardan birini misrlik olim Vahid Abdussalom shunday ta'rif etadi:
“Ey singlim!
Sen eringni o’zingga isitaman, deb harom folchilarga bording-a… Iymondan ajrading-a… Allohning rasuli qaytargan harom joyga halol pullaringni sarflading-a…
Menga quloq solgin-a, men senga halol sehrni o’rgatay:
Ering seni, farzandlaringni boqaman deb ko’chada ishlab, horib uyga kelganda ro’parasida kulib turgan, eri uchun go’zal kiyimlarini kiygan xushsurat, xushmuomala ayolini ko’rishni istamaydimi? Sen esa bironta marosim bo’lsa birovlar uchun eng go’zal kiyimlarni kiyib, atir-upalar bilan o’zingga oro berasan-u, shularni senga olib bergan ering ishdan kelganda esa dog’lanmagan yog’ hidi ufurib turgan yamoq kiyim bilan uni kutib olasan. Unga yaxshi keldingizmi, deya ko’ngil so’rash o’rniga, kundalik g’alvalaringni gapirasan. Shunday qilishga qilasan-u, keyin folchi qidirib yurasan. Sen uning uchun pardozlanishing va unga go’zal muomala qilishing sehrning halolidir. Sen yana bunda Allohning rizoligini ham topasan.”

http://www.qadriyat.uz/index.php?act=3&nid=102
__________________
Qadriyat.Uz
Ответить 
"+" от:
Старый 28.11.2013 15:08   #48  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Maslahatlar:

Biznesmen o'rtog'iming maslahati: Ayol kishi uylanganinggizda suv ilonga o'xshaydi: jozibali, yurakni titratib yuboradi, zaharsiz. Keyin qoyib bersangiz quriqlikka chiqib chaqqildoq ilonga aylanadi, undan keyin esa Kobraga hatto anakondaga aylanishi mumkin.
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
Старый 28.11.2013 15:16   #49  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Maslahatlar:

Yoshlari 90 ga yaqinlashgan momomning maslahati: Ikki uch farzandli bo'lganingizcha faqatgina yaxshi gaplar aytib murojat qilib janjal qilmay yashasanglar umringiz oxirigacha shunday bo'ladi bobong bilan bir marotaba ham janjallashmaganmiz. Lekin farzandlarimizni urushib qo'ying desam urushdan tirik qaytib farzandlik bo'laman deb oylamaganman (1939-1949 harbiy hizmatda bo'lgan) shuning uchun ham Alloh oldida bergan farzandlariga noshukurlik qilib ularni so'kolmayman derdi. (12 ta farzandlik bo'lganlar hozirgi kunda 9 tasi hayotlar) Bobong o'lib ketdi o'lsam uning yoniga qoysalaring farzandlarimga mendan keyin qanday tarbiya berding desa meni uyaltmanglar...
__________________
Nur bor joyda soya bor.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 22.12.2013 15:01   #50  
Аватар для Fayzbek
Оффлайн
Сообщений: 574
+ 440  311/211
– 78  27/20

Uzbekistan
Arrow Maslahatlar:

90 ga chamalab qolgan bir hoji otaxon bilan birga toyda o'tirib qoldim, oila hotirjamligi uchun shukronalik kerak deya gap boshladi u: 1984 yillar o'glim harbiy xizmatga ketdi, uni orqasidan ko'rish uchun bordim. O'zimiz bilan birga yurtimiz noz ne'matlari qovun meva cheva olib yo'lga chiqdik. Borib turgan uyimiz qo'shnisi vafot qilib qoldi. Uy egasiga taziyaga bormaymizmi desam egnini qisdida o'z ishi bilan ketdi. Men yuvinib artinib taxorat qilib chiqdim. Bir qora moshina kelib ichidan nosilka ko'tarib ikki kishi tushdida o'likni oldiyu ketdi. Men esa qarab qoldim. Keyin ichimda bizni yurtimizdagi musibatda qancha yerlardan tajiya aytishga kelib, yordam qo'lini cho'zib, qayg'ungni bo'lishadi. Quvonchingni ham muborakbod etib kelishadi. Bu oy'lar bilan yo'lim davom ettirdim. Oldimda 50 metrcha odamlar navbatda turgan ekan soddaligim qursin men ham bir antiqa narsa sotyabdimikin deya navbatga turibman, qarasam bodring ekan kilosi 3 so'm (go'sht 1so'm 20 tiyin) buningni meni buzog'im ham emaydiku dedimda navbatdan chiqdim. Bir ikki kun ichida yurtimni so'g'inib, bo'gan voqealardan o'tirib ko'nglim to'lib yig'ladim: hayolimdan yoshligimda chollarning gurungida Horazmdan jannatni bir eshigi ochiladi ekan deb eshituvdim ular sal berirog'in aytibdi. Qarib nimalardir desam aybga yo'ymanglar o'zi asli jannatni o'zi ekan vatanim dedim...
Mana qara noz ne'matlar to'la dasturhon, bir biriga mehribon odamlar, qayg'u g'amda, quvonchda sherik, yana nima kerak bu ne'matlar jannat ne'matlari bo'lsa kerak, shunga shukronalik qilish kerak... Biz tosh chiroqqa moy quyib paxta pilik yorug'ida o'tirardik. Bunday noz ne'matlar qayda eshiklarning teshigini yopish uchub qishda paxta mato tiqardik, bu imoratlar shukronalaik qilishga arzimaydimi, urush yillarini aytmayin qarilar tilda, 16 yoshgacha urushda 15-14 yoshagilarni pzuga olib ketardi har kuni mahallada izu-chu motam kimgadir qora xat kelgan... biz ko'rgan qiyinchilik kunlarni ko'rmagay yoshlar, shukronalik kerak shunda oilada tinchlik vatanda hotirjamlik bo'ladi...
__________________
Nur bor joyda soya bor.

Последний раз редактировалось Fayzbek; 22.12.2013 в 15:13.
Ответить 
"+" от:
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Здесь представлены форумы: UZINFOCOM, ЦППМП, ГКСИТТ, PC.UZ, Microsoft, IBM, HP, Fujitsu, D-Link, Intel, Ассоциация IT, InfoCOM.UZ, BANK.UZ, ActiveCloud, Sarkor Telecom, BUZTON, Cisco Systems, NetDec, EVO, Sharq Telekom, EPSON, Cron Telecom.
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2017, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
Центр UZINFOCOM


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх