|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать. | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
ZiyoNET Общественная образовательная сеть |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
02.03.2009 17:44 | #1 | ||
Ayollarni qancha ta'riflasang, qancha ardoqlasang shuncha kam. Afsuski, biz bunday qalb so’zlarini turmush tarzimizda kam ishlatamiz lekin ayolar bayrami borki sizlarning dilingizni xushnud qiladigan shurin so’zlar ila tabbasumingizni uyg’otishga muyasar bo’lganimizdan shukrona qilamiz.
Ayol borki olam munavvar deyishadi. Darhaqiqat bani odamzotni, nafaqat odamzotni balki olamlarnida o'z ziyo nurlarida nurafshon etib turgan ayollarimizning yaqinlashib kelayotgan guzallik va nofosat, samimiylik va baxor ayyomi 8-mart Halqaro xotin-qizlar kuni bilan chin dildan muborakbod etaman. Baxoriy guzallik sizlarni xech qachon tark etmasin. Fursatdan foydalanib "Uforum" ayolarini, opa-singillarimizni va ular orqali butun yurtimiz ayollarini chin dildan baxtimizni bir bo’lagini ulashgan holda tabriklayman. Bayranimgiz muborak aziz ayollar!!! |
|||
|
Ответить |
02.03.2009 22:45 | #2 |
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132
424/181
– 0
1/1
|
Men shu fursaydan foydalanib barcha o'zbek onalarini va onalarining qizlarini ,dilimning tili ila ayyom bilan muborakbod etgum ,garchi oddiy so'zlar bilan bo'lsa ham .
Onasan,opasan ,singilsan ,qizsan, Yuraging qo'rini bergan bir gulsan. Sening uchun boshimni egaman ona, Sening uchun faqat ,jonim ming dona |
|
Ответить |
03.03.2009 13:32 | #3 |
shkola
uchitel
Сообщений: 22
+ 58
21/8
– 0
0/0
|
Men ham barcha opa -singillarimizni, biz uchu yagona bo'lgan onalarimizni yaqinlashib kelayot go'zallik va nafosat bayrami 8- mart Xalqaro xotin qizlar kuni bilan chin yurakdan tabriklayman! Har doim baxtimizga bor bo'ling qalbingizni hech qachon bahoriy kayfiyat tark etmasin, oruzlaringiz armonga aylanmasin....
Daraxtzorni oralar sabo Yaproq uzra tongi shabnami Nega jimsan hayollar aro Ey yurtimning Bibimaryami Qadam bossang Yorishar bog'lar Nigohingda eriydi muzlik Sensiz hayot menga mayuslik Tabiatning ko'rki kamoli O tengsizim O'zbek ayoli Bu she'rni qayaerdadir eshitgandim muallifi esimda yo'q biror joyida xato ketgan bo'lsa oldindan uzur. |
|
Ответить |
03.03.2009 14:29 | #4 |
Сообщений: 1,829
+ 814
1,598/765
– 60
19/16
|
Мен шоир эмасман..., лекин,
Нима қилай шеър ёзаман-да. Совға-салом бўлмаса текин, Ҳеч бўлмаса гап тузаман-да. Бошим қотган нима қилай деб, Ахир байрам бугун сизларга. Январь ойи бўлганмиз-ку еб, Қайтармоқлик шартдир бизларга. Байрамингиз муборак бўлсин!!! Соғлом юринг сиз бахтимизга. Сиз туфайли нурларга тўлсин!!! Уйимиз ҳам, хушвақтимизга. Ўзи асли 8 март, Тенгсиз байрам, бошқа байрамга. Шунинг учун ёзаман-да шарт, Кулиб юринг ҳеч юқмасин гард. Гулимиз ҳам, пулимиз ҳам сиз, Сизлар борсиз, бизлар баҳтиёр Юрагимиз этар доим жиз, Айтинг, бугун биз сизга дасёр. Бахтимизга доимо соғ-саломат, хушчақчақ бўлиб юринглар!!! 8-март нафақат сизларнинг байрамингиз, сизлар баҳона эркаклар ҳам маза қилиб дам олишади ва зиёфат қилишади. Буларнинг ҳаммасига сизлар сабабчисизлар, шунинг учун ҳам доимо ёнимизда бўлинглар!!! |
|
Ответить |
03.03.2009 15:30 | #5 |
|
Man ham shu fursatdan foydalanib barcha ayollarni "8-MART" ayyomi bilan samimiy tabriklayman.Bu kun albatta biz erkaklar uchun ham bayramdir.Siz ayollarning sharofati bilan bizlar ham "8-mart" ni katta bayram sifatida nishonlaymiz.Doimo bizlarning baxtimizga sog'-omon bo'lib yuring.Siz ayollar haqida har qancha samimiy tilaklar kamdir...
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
04.03.2009 16:05 | #6 |
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559
2,642/911
– 20
13/12
|
Муҳтаррам аёллар! Азиз опа-сингиллар!
Барчангизни баҳорнинг илк айёми 8 март - нафосат ва гўзаллик тантанаси билан чин қалбдан муборакбод этамиз. Аслида, сиз азизларни ҳеч иккиланмай Баҳорга қиёс этиш мумкин.. Унинг ҳар бир ташрифи кўнгилларни илитади,қалбларни яшартиради. Оламни безаган баҳор гуллари, муаттар ҳидлари аслида сиздан нусха олгандир, холос. Баҳор ташлаб кетади, дейишади. Йўқ! Баҳор шунчаки, бизни соғинтиришни яхши кўради. Қадрини билади. Аслида, у энг садоқатли вафодор! Ҳамиша ўз вақтида ташрифи билан кўнгилларни хушнуд этаверади... Тўғри, Баҳоройнинг ҳам инжиқликлари бор. Очиқ, тип-тиниқ осмон бағрини бир зумда булутлар эгаллаб, жала қўяди. Майин шабода ўрнини дўл эгаллайди. Аммо, бари ўткинчи. Қанча ноз-карашма қилмасин, барибир у атрофни кўкликка чулғаб, чиройини тўлалигича бизга бахшида қилади. Айёмингиз муборак, Баҳоройлар!!! Последний раз редактировалось Husen; 04.03.2009 в 16:10. |
|
Ответить |
05.03.2009 16:22 | #7 |
Сообщений: 229
+ 357
309/121
– 1
0/0
|
Ayollar haqida gap ketarkan, fursatdan foydalanib, Ayollar nega bu kabi ehtiromga loyiq degan savolga javoban bir hikoyani aytib bermoqchiman. “Bahordan nega buncha yoqimli va go’zalsan deb so’rashganda, u ayoldan andoza olganman, degan ekan. Yozdan nega tafting va harorating yuqori deb so’rashganda, u ayol qalbidan andoza olganman, kuz esa ayol saxovatidan nusxa kuchirganman, qish ayol pokligidan andoza olganman degan ekan. Hayotdan buncha chiroylisan va totlisan deyishganda u ayol muhabbatidan andoza olganman deb javob bergan ekan”.
Последний раз редактировалось Ozoda Umarova; 06.03.2009 в 11:03. |
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
06.03.2009 10:48 | #9 |
Bu Momo Havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin O`psa faqat shamol o`par yuzlarin. Bu Momo Havodan ularga odat: Nozik belda qirqta kokili qavat, Silasa yomg`irlar silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin. Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan, Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan. Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan, Behuda izlamang sira izlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin. Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor, Dugonasi Hayo, dugonasi Or. Ayting, farishtadan nima farqi bor, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?.. Bardoshi oldida tog` — oddiy tuproq, Ular etagidan jannat bir qadam. Beayb Parvardigor, degandek biroq, Yoq emas kichkina kamchiligi ham. Sevadi, Kuyadi, Qiladi alam, Dorga osing, ammo aytmas birovga. Aytmay sevishini sevganiga ham, Tegib ketaverar boshqa kuyovga! TILAGIM SUYUKLI FARZAND, OQILA YOR VA MEHRIBON ONA BO'LISH NASIB AYLASIN.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео Последний раз редактировалось Ozoda Umarova; 06.03.2009 в 11:25. |
|
|
Ответить |
|