Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Библиотеки
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Библиотеки ... в том числе электронные


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 15.12.2014 12:38   #161  
Real ID Group uParty Member Miss uForum
Аватар для Zumrad Shadjalilova
Оффлайн
AKA:Zuma
Сообщений: 539
+ 968  708/250
– 1  4/3

UzbekistanОтправить сообщение для Zumrad Shadjalilova с помощью Skype™Аккаунт на TwitterFacebook
Ўзбекистон Миллий кутубхонасида “Муҳаббат” номли қисса тақдимоти

2014 йил 11 декабрь Ўзбекистон Миллий кутубхонаси кичик мажлислар залида А.Қаҳҳорнинг “Янги аср” нашриётида нашр қилинган “Муҳаббат” номли қиссасининг тақдимоти бўлиб ўтди.



Тақдимотда проф. Умарали Норматов, ф.ф.н. У.Қосимов, шоир Х.Акбаров, Ўзбекистон халқ ҳофизи Ҳ.Ражабий, “Шарқ юлдузи” журнали бош муҳаррири Улуғбек Ҳамдам, А.Қаҳҳор уй-музейи директори Н.Жалолова ва бошқалар иштирок этдилар.



Тадбирни олиб борган Миллий кутубхона бош муҳаррири, шоир Шукур Қурбон Ўзбекистон халқ ёзувчиси, ўзбек адабиёти ва санъати ривожига беқиёс ҳисса қўшган адиб, ўзбек халқининг ҳаёти, инсоннинг ички ва руҳий ҳолати тўғрисида ўлмас асарлар яратган А.Қаҳҳор ҳаёти, ижоди, унинг асарларининг ҳозирги кундаги аҳамияти ва китобларига бўлган эҳтиёж ҳақида гапирди.

Тақдимот маросимида сўзга чиққан проф. У.Норматов йиғилганларга адабиётга шоир сифатида кириб келиб, кейин ҳикоянавис, публицист, романнавис, драматург, журналист, таржимон ҳамда сўз устаси сифатида шуҳрат қозонган улкан адиб Абдулла Қаҳҳорнинг шогирди сифатида ўз хотиралари билан ўртоқлашди.
Қаҳҳоршунос олим, ф.ф.н. У.Қосимов эса унинг ҳиқояларида ғоялар жамият қиёфасини намоён қилгани ва шу туфайли унинг асарлари чинакам ўзбекона наср намунаси деб тан олинганлиги ҳақида сўзлади ва ёшларнинг мустаҳкам дўстлиги, икки қалбнинг оташин ҳиссиётлари мадҳ этилган “Муҳаббат” қиссасининг китобхонлар томонидан севиб ўқилишининг сабабларини санаб ўтди.



А.Қаҳҳор уй-музейи ходими Марҳабо Қўчқорова А.Қаҳҳор асарлариниг илмий тадқиқ этилган ва этилиши керак бўлган жихатлари ҳақида гапирар экан, мазкур музей ходимларининг шу кунгача бажарган илмий изланишлари ҳақида тўхталиб берди.

Тақдимот сўнггида йиғилганларга “Янги аср” нашриётида нашр қилинган “Муҳаббат” номли китоб туҳфа этилди.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 09.11.2015 11:15   #162  
Аватар для albatros
Оффлайн
Сообщений: 881
+ 1,270  830/414
– 4  16/13

UzbekistanОтправить сообщение для albatros с помощью Skype™Facebook
“INFOLIB-2015” IV Milliy axborot- kutubxona haftaligi dasturi


9 noyabr
9:00 Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish
10:00 – 11:00 O‘zbekiston Milliy simfonik orkestrining chiqishi
INFOLIB-2015 IV Axborot-kutubxona haftaligining tantanali ochilishi
11:00 – 14:00 Betgerxonlik – 2015. Foydalanuvchilarning axborot madaniyati va mediasavodxonligini shakllantirishda axborot-kutubxona muassasalarining o‘rni
14:00 – 15:30 Akdemik Aziz Qayumov va professor Dinara Azimovaning “Pyateritsa izumleniy” Alisher Navoiyning “Xamsat ul-mutaxayyiriyn”asari badiiy tarjimasining taqdimoti
16:00 – 17:30 San’atshunoslik fanlari nomzodi Nigora Karimovaning “Muqaddima” loyihasi taqdimoti

10 noyabr
10:00 – 16:30 “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” tanlovi (respublika bosqichi, 1-kun)
11:00 – 13:00 KADATA avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi bo‘yicha trening
17:00 – 18:30 O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va O‘zbkistondagi Italiya elchixonasi musiqa kechasi

11 noyabr
10:00 – 14:00 “Axborot-kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” tanlovi (respublika bosqichi, 2-kun)
14:00 – 15:30 O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron bilan “Yurak, so‘yla abadiyatdan” nomli ijodiy uchrashuv
12:00 – 13:30 Toshkent shahri umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Adabiyot bilimdoni” adabiy viktorina
14:30 – 15:30 Toshkent shahri musiqa kollej va litseylari o‘quvchilari uchun “Musiqa bilimdoni” musiqiy viktorina
15:00 – 16:30 Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun axborot madaniyati va mediasavodxonlik bo‘yicha mahorat darsi
15:30 – 16:00 “Biz kitobni sevamiz!” mavzusida bolalar rasm tanlovi yakunlari (Rus madaniyat markazi bilan hamkorlikda)
16:00 – 17:00 “Barkamol avlod” Markazining musiqiy chiqishi

12 noyabr
10:00 – 11:00 AQShda ta’lim: AQSh oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish
10:00 – 11:00 Ingliz tili bilimlari bo‘yicha xalqaro IELTS testlari: amaliy tavsiyalar
11:00 – 12:00 Ingliz tilini o‘rganishda keng tarqalgan xatolar
11:00 – 12:30 Rassom Alisher Aliqulov bilan ijodiy uchrashuv
11:00 – 12:00 Buyuk Britaniyada ta’lim: oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tizimi to‘g‘risida ma’lumot
12:00 – 13:00 Xat va insho yozish ko‘nikmalari bo‘yicha trening
14:00 – 15:00 Nemis tilini o‘rganish bo‘yicha amaliy tavsiyalar
15:00 – 16:00 Koreys tili bilimlarini aniqlash bo‘yicha xalqaro TOPIC testi va tanlov
15:00 – 16:30 “Jahon adabiyoti” jurnali jamoasi bilan ijodiy uchrashuv
16:00 – 17:30 Xalqaro musiqiy tanlovlar g‘oliblari Sardor Milano va Sabina Mustaevalar bilan ijodiy uchrashuv

13 noyabr
10:00 – 11:00 Xalq amaliy san’ati bo‘yicha seminar-trening
12:00 – 13:30 Badiiy o‘ymakorlik bo‘yicha mahorat darsi
14:00 – 15:30 Gilamdo‘zlik bo‘yicha mahorat darsi
14:00 – 15:30 O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov bilan “Yurak, so‘yla abadiyatdan” nomli ijodiy uchrashuv
14:00 – 15:30 Kashtachilik bo‘yicha mahorat darsi
14:00 – 16:00 Ozarbayjon yozuvchisi Yunus Oguzning “Malika va jodugar” romani taqdimoti
16:00 – 17:00 Milliy madaniy markazlar chiqishlari
17:00 – 17:30 Haftalik yopilishi

PARALLEL TADBIRLAR
• Kutubxonaning yangi a’zolarini ro‘yxatga olishda lotereya o‘tkazish.
• O‘zbekistondagi nashriyotlarning yangi adabiyotlari yarmarkasi.
• O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitob muzeyida kutubxonaning 145 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma.
• Fanlar Akademiyasi Asosiy kutubxonasining ko‘rgazmasi.
• «KINAL FASHION HOUSE» modalar uyining xon-atlasdan milliy kiyimlar ko‘rgazmasi.
• O‘zbekiston Milliy kutubxonasi musiqa fondida saqlanuvchi nodir gramplastinkalar ko‘rgazmasi.
• Kutubxona bo‘ylab mavzulashtirilgan ekskursiyalar.
• «Yangi resurslar – 2015» bilan tanishish imkoniyati.
• Hujjatli va badiiy filmlar namoyishi.
• O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyatini yorituvchi prezentatsiyalar va videolavhalar namoyishi.

Natlib.uz

__________________
Qololmas jahon ichra mangu kishi,Faqat qolg'usi yaxshi nomi, ishi.(Sa'diy)
Ответить 
Старый 22.12.2015 18:02   #163  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Ассалому алайкум! Бизнинг ташкилотда кутубхона очилатёгани муносабати билан унда китобхоналар учун кутувбхонадан компютердан ва интернетдан фойдаланиш коидаларини ишлаб чикишимиз керак. Шу буйича тайёр матнлар булса ёрдам бера оласизми?
Ответить 
Ответить

Метки
библиотека, алишер навои
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх