Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > ZiyoNET
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

ZiyoNET Общественная образовательная сеть ZiyoNET


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 14.01.2009 10:57   #1  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Angry Televizormi? Dilbuzarmi? Tilbuzarmi?

Hisob - kitoblarga qaraganda bir bola kuniga o`rtacha 3 soatdan televizor ko`rsa, bu ko`rsatkich bir yilda 1100 soat bo`ladi. Demak, 70 yoshga to`lgan insonning 7-10 yil umri televizor oldida o`tib ketadi. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining katta qismi zo`ravonlik, kuch ishlatish kabi sahnalar tasvirlargan kino va seriallarni sevib tomosha qilishlarini, juda ozchilik bolalarga mo`ljallangan ko`rsatuvlarni ko`rishar ekan. Bizning go`daklik olamidan ilk hayotga boshlagan, dadil qadamlar qo`yishimizga o`z hissasini, katta miqdorda qo`shgan, ammo hozirgi kunimizda ukajon-u, singillarimizga va bizga ikkinchi yoki uchinchi darajada turib qolgan o`zbek xalq ertaklarining hamiyati kamayib ular o`z o`rnini jahon multipikatlarining zamonaviy va noo`rin qo`yilayotgan yuqori msaviyali seriallarga bo`shatib bera olmayaptimikan. Siz bu savolga ijobiy yoki salbiy fikr berishdan avval o`z aqlingiz yordamida bolajonlarga, kichik yoshdagi o`quvchilar va talabalarning kundalik hayotiga aylanib ulgurgan serial va chet el multfilimlarini tahlil qilsak. Undan so`ng esa sizning fikringizni tinglaymiz. Balki siz “nima bolalarga taqiqlash shartmi, axir bugungi kun talabi shu-ku” deyotgandirsiz. Ha albatta zamonaviy bo`lish kun talabi, ammo zamonaviylikni o`zga xalq seriallari qahramonlarini o`zlashtirishlikbilan emas, balki milliylikni saqlab qolgan, an’analarimizdan chetga chiqmagan holda ulrni ozgina zamonaviy ruhda olib borsak ayni muddao bo`lar edi. hech ahamiyat berganmisiz nega singillarimizda “Barchinoy”, “To`maris”, “Kumush” obrazlariga havas qilib, ulardagi yaxshi hislatlarni emas, jonajon kelgindi seriallardagi qandaydir “Kamila”larning xislatini o`zlarida taqlid qilish yo`li bilan o`rganishyapti. (Ha-ya shu o`rinda bir yaqin kishimdan eshitgan voqeani so`zlab bersam. Ularni aytishlariga qaraganda, bir yoshi kichik qizdan isming nima deb so`raganlarida, u qizaloq “Kamila” deya javob beribdi, so`ng u kishi: shoira Komilaxon ismiga havas qilib qo`yishgan ekanda ota-onang”- deb so`zlasalar, qizaloq”yo`q anavi kinodagi Migelning qizi Kamila borku, o`shaning ismiga havas qilib qo`yishgan ekan. Siz ham taniysiz-mi?” deya savolimga, savol bilan javobni hayratomus ravishda qaytardi.)Ukajonlarimiz-chi, “Alpomish”, “Amir Temur”, “Shiroq”lardek emas, koreys qahramonlari, “Jumong”, “Jangbobo”larning hayratra soluvchi harakatlarining, taqlidchisiga aylanib qolishyapti, nega-ki biz ularning murg`ak qalblariga sezilarsiz soya soluvchi bu seriallarni taqiqlolmaymiz. Chunki biz ham shu seriallarning doimiy tomoshabinlariga allaqachon aylanib ulgurganmiz. Nega ukajonlarimiz hayollari “qilich o`ynatish” san’ati, seriallardagi o`sha qahramonlardan olingan ta’surotlar bilan to`lib-toshmoqda, axir shu seriallardan bir necha yuz ming marotaba yuksak saviyali, tarixiy “Alpomish”, “Mirzo Ulug`bek” kabi filmlarimiz ham juda ko`p-ku, lekin, nega ularni xorijiy serialardan ustun qo`yib ko`rayapmiz, yokibizning e’tiborimiz shunchalik alaqnday film-u, “multik”lar bilan to`lib yotibdimikan?! Bu filmlarimiz zarilmi?! Aslida telekanallarda namoyish etilayotgan filmlar, katta yoshdagi bekajonlar-u, opajonlarimiz uchun mo`ljallangan emas-mi?!Ushbu maqolamizga Xulosani aytmadik. Yaxshisi, o`zingiz aniq bir to`xtamga kelganingiz ma’qul. Qolaversa, har bir narsaninmg yaxshi yomon tomoni bo`lganidek, televizordan ham xayrli maqsadlarda foydalanish mumkin.

Последний раз редактировалось Umida Shodiyeva; 14.01.2009 в 10:59.
Ответить 
Старый 14.01.2009 12:43   #2  
Real ID Group uParty Member
Аватар для Tulkin Yusupov
Оффлайн
AKA:iBlogger
Сообщений: 216
+ 263  97/49
– 12  6/3

UzbekistanОтправить сообщение для Tulkin Yusupov с помощью Skype™LiveJournalАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Bu narsa hozirgi kunda hamma davlatda bor muammo. Bunda sabablar juda ko'p. Ko'pini bilamiz, ko'pini tan olgimiz kelmaydi, ko'piga bilmasdan turtki bo'lamiz.

Muammoni hal qilishning yaxshi yo'li - har bir kishi o'zi uchun, oilasi uchun, do'stlari va atrofdagilari uchun harakat qilish lozim. Ya'ni, nima qilmoq kerak?

TVda bemaza, keraksiz, vaqtni oluvchi ko'rsatuv, serial va filmlardan iloji boricha sekin-asta voz kecha boshlash kerak. To'g'ri, to'liq ko'rmasin demayman. Ba'zan dam olish maqsadida ko'rish lozim, lekin o'zimizni o'zbek tilidagi kanallarimizda ham ba'zan yaxshi, tarbiyaviy, oila bilan ko'rsa bo'ladigan kinolar, ko'rsatuvlar va seriallar beriladi.

Yoshlarimiz, ukalarimiz, farzandlarimizni esa telefizor ko'rishdan ko'ra, foydaliroq ishga vaqtini sarflashimiz kerak. Masalan, sport, tugaraklar. Ko'chada, hovlida, sport maydonchalarida o'ynashlariga ruxsat berish kerak.

E'tibor bergan bo'lsalaringiz, keyingi 5-6 yil ichida, yoshlarimiz ko'chada, sport maydonchalarida to'p o'ynashni kamaytirishgan. O'zimni yoshligimni eslasam, faqat ko'chada to'p tepib o'ynardik. Ham sog'lom, ham do'stlarimiz qurshovida bo'lardik. Hozirchi? Yoshlarimiz televizor, kompyuterning oldidan ketmaydi. Kompyuter uyinlari, TVdagi seriallar, multfilmlar, kinolar ularning ongini zaharlamasdan qolmayapti. Bir urishib ko'ring . . . Bilasiz, shunda . .



Ehtirom ila,
T.Yusupov
Ответить 
Старый 15.01.2009 17:42   #3  
Аватар для orta-turk
Оффлайн
Сообщений: 13
+ 8  19/6
– 0  0/0

Uzbekistan
Yaqinda boshqa uyni ijaraga oldim. Uy egasi 2-3 hafta ichida yangi televizor olib kelishga va'da berdi. Chunki televizorsiz uy ekan.

3-4 kun televizorsiz yashadik. Oilam bilan ko`pincha o`zbekchamas ko`rsatuvlarni ko`rardik ilgari. Ishdan kelib televizor oldida o`tirib ovqat yeyishga odatlangandim. Ko`rsatuv ortidan ko`rsatuv, ularning ortidan turli filmlar qo`shilib, ba'zan kechroq yotib, ertalab turolmasdan, ishga kechikkan paytlarim ham ko`p bo`lardi.

Undan tashqari oilam bilan birga ko`radiganlarimiz kam edi. Odatda, men ko`rayotgani unga yoqmas, oilamga yoqqani menga yoqmas edi. O`rtaga ba'zan qizcham ham o`ralashib, "multik"larini ko`ramanga tushib qolardi.

Televizorsiz o`tayotgan ushbu kunlarimda yuqoridagi tasvirlagan ahvolim o`zgardi. Internet'dan o`zbekcha kinolar olib birga ko`rayapmiz. Yaqinda "Shaytanat"ning 20 seriyasini birga ko`rdik. Qizcham ham ora-sirada 'netdan tushirilgan "qimirlama"-filmlarini (animatsion yoki multiplikatsion filmlar ko`rishga ulgurayapti.

Sezgan foydalarimni bahamlashmoqchiman:

1. Vaqtimga biroz baraka kirganday bo`ldi. Oilam ham bekorga televizorga qarab o`tirmay boshqa ishlarni qilish uchun imkoniyatga ega bo`ldi. (Oldin "kitob o`qisam, uyqum keladi", deb shikoyat qilardi, endi qo`lida kitob ushlab turganining guvohi bo`layapman. Boshqa nimayam qilsin, bechora)

2. Xorij kinolaridagi va mahalliy reklamalardagi biz, erkaklarni qo`zg`atuvchi, behayo manzalardan qutuldik. Ba'zan, qizchamiz bilan birga o`tirgan paytimizda, odamni "qizartirib" yuboradigan reklamalarni qo`yib yuborishardi.

3. Kabellik kanallarga ketadigan pulimizni tejab qolayapmiz. Bo`lmasa shunga ham to`lashga to`g`ri kelardi.

Xullas, oilamning kechagi "uy egasiga olib kel deng, ming`illab tursa yaxshi bo`lardi" degan gapi ijobiy javobsiz qoldi. Biroz umrimizni shu matohsiz o`tkazishga oilamni ham ko`ndirdim. Umid qilamanki, qilgan qarorimizga pushaymon bo`lmaymiz.
Ответить 
Старый 16.01.2009 12:34   #4  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Sizning fikringizni albatta yoqlayman ammo, ba'zi yoshlarimizga ya'ni tenhdoshlarimizga "seriallardan nima olayapsan ?! undan ko'ra ta'siri foydali biror narsa bilan shug'ullan "nima deyishadi bilasizmi? ' ey zamonni ko'rayapsizmi, yoshlarni ishiga aralashgandan ko'ra ishingizni qiling 'deya og'zinigzga urishadi.
Ответить 
"+" от:
Старый 21.01.2009 22:13   #5  
uParty Member
Аватар для Umida Shodiyeva
Оффлайн
академический лицей
Сообщений: 305
+ 1,132  424/181
– 0  1/1

Uzbekistan
Bugungi kun seriallariga ijobiy va salbiy fikrlaringiz?
Ответить 
Старый 22.01.2009 14:24   #6  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Umida Shodiyeva Посмотреть сообщение
Bugungi kun seriallariga ijobiy va salbiy fikrlaringiz?
Qaysi seriallarni nazarda tutyapsiz. Chet el seriallarining salbiy va ba'zan ijobiy sifatlari haqida ko'p bor fikrlashdik. Menimcha navbat milliy seriallarga keldi.
Ответить 
"+" от:
Старый 22.01.2009 14:33   #7  
Known ID Group
Аватар для JUS
Оффлайн
Сообщений: 1,829
+ 814  1,598/765
– 60  19/16

Saudi Arabia
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Menimcha navbat milliy seriallarga keldi.
Негадир манга деярли камдан-кам кўрсамда "Туташ тақдирлар" ёқяпти

Последний раз редактировалось JUS; 22.01.2009 в 14:35.
Ответить 
"+" от:
Реклама и уведомления
Старый 22.01.2009 14:38   #8  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Menimcha navbat milliy seriallarga keldi.
Негадир манга деярли камдан-кам кўрсамда "Туташ тақдирлар" ёқяпти
Менга ""Туташ такдирлар" даги кушик ёкмокда. Мусикаси "Сунбула" кушиги охангида бошланади.
Сериалда миллийлик бор.
Узбекистон халк артисти Пулат Саидкосимовга бундан бир неча йил аввал "Сериалларда роль уйнамаяпсиз.." дейишганида, "Менинг дидимга хос сценарийни учратмаяпман",-деб жавоб берган эканлар.
Актёр бу сериалда роль уйнаяптими, демак сериалнинг савияси хам шунга яраша.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 22.01.2009 в 14:43.
Ответить 
"+" от:
Старый 22.01.2009 14:45   #9  
Аватар для Aziza Abdunabiyeva
Оффлайн
akademik litsey
o'quvchi
Сообщений: 338
+ 760  368/178
– 0  0/0

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev Посмотреть сообщение
Негадир манга деярли камдан-кам кўрсамда "Туташ тақдирлар" ёқяпти
Манам бу сериалли ҳамма қисмини кўра олмаяпман. Лекин ҳозир бошқа нарса ҳақида...Нимагадир миллий сериалларни кўрганда асабийлашиб кетаман. Актёрларнинг суст ижролари, ғалати берилган овозлар туфайли бирорта сериясини ҳам охиригача кўролмайман. Лекин, "Туташ тақдирлар"да кўп ҳаётий мавзуларни ёритишга ҳаракат қилишган.
Ответить 
"+" от:
Старый 22.01.2009 14:50   #10  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Aziza Abdunabiyeva Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от JasurBek Urinboev Посмотреть сообщение
Негадир манга деярли камдан-кам кўрсамда "Туташ тақдирлар" ёқяпти
Манам бу сериалли ҳамма қисмини кўра олмаяпман. Лекин ҳозир бошқа нарса ҳақида...Нимагадир миллий сериалларни кўрганда асабийлашиб кетаман. Актёрларнинг суст ижролари, ғалати берилган овозлар туфайли бирорта сериясини ҳам охиригача кўролмайман. Лекин, "Туташ тақдирлар"да кўп ҳаётий мавзуларни ёритишга ҳаракат қилишган.
Кайсидир жихатдан "Кунгил кучалари"ни эслатади.
Рахматли Машраб Бобоевнинг услуби сезилмокда. Балким бу Санжар Бобоев отасининг услубини яхши эгаллаганини билдирар...
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2024, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх