|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :) | |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Дойра Все, что связано с проектом Дойра.уз |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
28.10.2011 15:49 | #201 |
Qovoqli kayfiyat Qovoq bir necha ming yildan buyon yetishtirib kelinayotgan sabzavot hisoblanadi. Qovoq o'z tarkibidagi ko'p miqdordagi sellyuloza, suv va biriktiruvchi to'qimalari tufayli ozish uchun yordam beradigan parhezlarda ko'p qo'llaniladi. U ovqat hazm bo'lish jarayonlarini tezlashtiradi, toksinlardan tozalaydi, moddalar almashinuvida ishtirok etadigan ortiqcha mahsulotlarni yo'q qiladi hamda organizmdagi suv balansini tartibga soladi. |
|
|
Ответить |
07.11.2011 19:22 | #202 | ||
Sayyohlik – iqtisodiy rivojlanishning muhim sohasi “O‘zekspomarkaz”da 2 noyabr kuni “Ipak yo‘lidagi turizm-2011” XVII Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi ochildi. “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi, “TNT Expo” ko‘rgazma kompaniyasi va “Buyuk Ipak yo‘li” reklama agentligi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirning ochilishida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning sayyohlik firma va kompaniyalari, mehmonxonalar vakillari, soha mutaxassislari, olim va ekspertlar hamda yurtimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. |
|||
|
Ответить |
07.11.2011 19:23 | #203 | ||
Отабекдан “Бунёдкор” футбол клубига совға Яқинда Тошкентнинг “Бунёдкор” футбол клуби Ўзбекистон чемпионатининг жорий мавсумдаги чемпионлигини нишонлади. “Жар” стадионида Фарғонанинг “Нефтчи” жамоасини 1:0 ҳисобида мағлубиятга учратган “Бунёдкор” аъзолари муддатидан аввал Ўзбекистон чемпиони деган шарафли номга сазовор бўлдилар. |
|||
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
07.11.2011 19:25 | #204 | ||
Маданий трансформация ёхуд инсон онгини эгаллаш Бугунги плюрализмга, турфа қарашларга асосланган жамиятда ижтимоий ҳаётда плюралистик ахлоқ нормаларига амал қилиниши табиий ҳол. Ҳар бир жамият, ҳаттоки ҳар бир индивид ўзининг шахсий ҳаётида ўзига хос тарзда шахсий хулқ атвори ва фикрига эга. Лекин бугунги глобаллашув ва маданий трансформация кечаётган жамиятда муайян кучлар томонидан ўз ғояларини етказиш, аниқроқ қилиб айтганда ғояни зўрма зўраки тиқиштиришнинг минг бир усули ўйлаб топилган ва бу кўп ҳолларда яширин кечади. “Инсон руҳияти билан ўйнашиш болалар гугурт ўйнашидан ҳам даҳшатлироқ оқибатларга олиб келиши мумкин. Бинобарин, психотрон қурол атом бомбасидан ҳам кучлироқдир”, деган эди Россия Тиббиёт фанлари академиясининг мухбир-аъзоси В.П.Казначеев. |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
07.11.2011 19:26 | #205 | ||
Qorxat Qorxat odati ajdodlarimiz yozuv madaniyatiga erta ko’chganlaridan dalolat beradi. Qorxat o’yini vositasida ular o’zlarining serhimmat, qo’li va ko’ngli ochiq, saxiy, badavlat xalq ekanliklarini namoyish qilishgan. Ayni paytda qorxat yordamida orasidan gap qochgan ayrim qabilalar, urug’lar, oilalar, quad-andalar yana qayta yarashib, do’stlashib olishgan. |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
07.11.2011 19:27 | #206 | ||
Pianino chalishni o'rganing! Men kichkina qizaloqligimdan pianino chalishni, u orqali go'zal kuylar ijro etishni orzu qilganman. Shirin orzular ko'kka uchib, boshimdan esa uning ro'yobi yog'ildi! Yaxshi niyat baribir bir kun ushalar ekan. Faqat chin dildan istalsa! |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
07.11.2011 19:28 | #207 | ||
Asalli “Yeyishga ulgurib qol” torti ("медовый") Internetda ushbu rasmni ko’rganimdan keyin kun bo’yi bu tort miyamda aylanib yurdi, kechga yaqin esa uni tayyorlab ko’rmasam uxlolmasligimni angladim. Tayyorlab yeb ko’rganimda esa uning mazzasini hozir so’z bilan ta’riflash qiyin. |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
07.11.2011 19:30 | #208 | ||
Qo‘llarni to‘g‘ri yuvamiz!!! Shaxsiy gigiyenaga rioya etish, ayniqsa qo‘llarni tez-tez yuvib turish yuqumli kasalliklar profilaktikasida muhim rol o‘ynashi haqida oldingi postlarimizda ham aytib o‘tgandik. Shu mavzuni rivojlantirgan holda, bugun o‘zining va yaqinlarining salomatligiga |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
08.11.2011 18:14 | #209 | ||
Rossiya Davlat Yoshlar Kutubxonasi yoki zamonaviy kutubxona qanday bo’lishi kerakligi haqida [foto-sayohat] Hammamizga ma’lum bo’lgan “Jonli Jurnal”dagi «Оттенки Серого» blogida Rossiya Davlat Yoshlar Kutubxonasi haqida ajoyib bir reportaj berilgan ekan. U rang-barang suratlarga boy bo’lib, kutubxonaning loyihalar bilan ishlash bo’limi mudiri, bir qator bloglar muallifi Anton Purnikning fikr-mulohazalari bilan keltirilgan. Shu blog-postning qisqacha tarjimasini suratlari bilan birga sizning etiboringizga havol qilmoqchimiz. |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
|