Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 01.05.2012 10:54   #51  
Аватар для Sparc
Оффлайн
Сообщений: 1,096
+ 1,249  922/478
– 100  32/25

Uzbekistan
Цитата:
Jon beray jonim oling, janonadir jonimda jon,
Yetmish ikki firqadin o’tgan tanu jonimda qon.

Men netay oshkora ketgandin tag’in keldi nihon?
Ansizin o’tgan tunim har lahzada aylab fig’on.

Dilni hech yoritmading ay, kechaning yulduzlari,
Bas ani sog’inchlarim-la yondiray, manga inon...

Gar U, Kavsar so’zlarini istamas ersa qabul,
Jon beray jonim eting, janonadir jonimda jon.
Цитата:
Сообщение от Сарвиноз Посмотреть сообщение
Жононалигимиз жонимизда эканини тушинмадизми
Шеърни маъносини сиз ҳам тушунмадингиз шекилли.
Бу ерда шоир "жонидаги жони" маъшуқаси ("жанона") эканлигини, маъшуқасиз яшашни маъноси йўқлигини, шунинг учун "жон бериш"ни исташини, "жони"ни маъшуқасига элтишни сўраб ёзган.

"Жононалигимиз жонимизда экани" бутунлай бошқа маъно, аёл киши номидан чиқарилаётган хулоса.

P.S. "Jon beray jonim oling" да иккита жон сўзи ўринли қўлланилган, "janonadir jonimda jon"да манимча бироз сунъий конструкция зўраки чиққан.
Ответить 
"+" от:
Старый 10.05.2012 11:13   #52  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
"Хирқа" сўзини маъносини тополмадим.
Шох бўлса, нега бисотида "мири" ҳам йўқ бўлади ?
Assalomu alaykum, savol uchun rahmat!
Kech javob berayotganim uchun uzr.

''Masnaviyi ma'naviy'' asarida ''Ibrohim Adham'' hikoyasi bor. Tarixda shohlikdan ham voz kechib Alloh ishqi yulida komillik etagini tutganlar ham bo'lgan. Bu she'rdagi shoh obrazida Ibrohim Adhamga ishora berilgan xolos. Lekin bu aynan Ibrohim Adham hazratlari kuylangan degani ham emas. Hayotda shunday kishilar borki, o'zlari bamisli sultondek, hech narsaga muhtoj emasdek ko'rinadilar. Ularni siz sira muhtoj deb o'ylamaysiz; chunki bor bisotlarini elga berib yuradilar. Lekin istagan paytlari bazmi jomni qura oladilar, ularning birdan bir xazinasi ishqdir. Ular uchun har lahza bayram, demak, ular mol-dunyoga hirs quymagan taqvo egalaridir.

Xirqa so'ziga juda chiroyli javob berilibdi, buning uchun forumdoshlarimizdan minnatdorman. Xirqa bu haqiqatan ustki kiyim, odatda darveshlar bitta kiyim bilan kifoyalanganlari uchun ularning kiyimlari juldur, yamoqli bo'lib ketadi.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 10.05.2012 11:22   #53  
Аватар для Kavsar
Оффлайн
Сообщений: 769
+ 2,104  1,209/531
– 1  2/2

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
Шеърни маъносини сиз ҳам тушунмадингиз шекилли.
Бу ерда шоир "жонидаги жони" маъшуқаси ("жанона") эканлигини, маъшуқасиз яшашни маъноси йўқлигини, шунинг учун "жон бериш"ни исташини, "жони"ни маъшуқасига элтишни сўраб ёзган.

"Жононалигимиз жонимизда экани" бутунлай бошқа маъно, аёл киши номидан чиқарилаётган хулоса.
Hurmatli Sparc, bu yerda to'g'ri yondashibsiz. Albatta tez orada savolingizga to'liqroq javob berishga harakat qilaman. O'rinli savollaringiz uchun tashakkur.
__________________
Necha insonlar ko'rdim, siyrati bor surati yo'q. Rumiy
Ответить 
Старый 10.05.2012 19:01   #54  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Kecha "Xotira va qadrlash kuni"da bir qator adiblarimizning suhbatida bo'lib, qator marhum adabiyot namoyandalarimizni xotirlash barobarida hozirgi kundagi adabiyotimizning yutuq va kamchiliklari haqida so'zlashdik. Suhbatda forumimizdagi adabiyot jonkuyari Nigora opa Umarovaning ishlari, Kavsarxon singlimizning "Naynoma" tarjimasiga alohida to'xtalib o'tdik va qator ijobiy fikrlar aytildi...




Do'rmon, 9 may, 2012... "Adiblarimizni xotirlab..." adabiy suhbati qatnashchilari... Yuqoridan, chapdan o'ngga: Davronbek Tojialiyev, Kamina, Azizbek Turdiyev, Abdukarim Mirzaev, Nabijon Boqiy. Pastdan, chapdan o'ngga: Ibrohim Haqqul, Xurshid Davron,
__________________
Мой ЖЖ

Последний раз редактировалось Masud Mahsudov; 10.05.2012 в 19:03.
Ответить 
Старый 11.05.2012 09:02   #55  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
"Жононалигимиз жонимизда экани" бутунлай бошқа маъно, аёл киши номидан чиқарилаётган хулоса.

P.S. "Jon beray jonim oling" да иккита жон сўзи ўринли қўлланилган, "janonadir jonimda jon"да манимча бироз сунъий конструкция зўраки чиққан.
"Jon"ni jonon uchun baxsh etish jins tanlamaydi. Adabiyotda ishq "ishqi avom", "ishqi majoz", "ishqi Haqqa" bo'linadi. Erkakmidir, ayolmidir Haqqa bo'lgan ishqi ortiq yoki kamligi jinsiga ko'ra ajratilmaydi, balki insonlarga nisbatan ko'rsatayotgan mehru shafqati bilan o'lchanadi.
Shu o'rinda e'tiboringizga shoir Mirzo Kenjabekning "Jonning ma'rifiy ma'nolari" haqidagi fikrlarini keltirmoqchiman.
Цитата:
"Jon" istilohining irfoniy va adabiy kitoblarda keltirilgan tarkiblaridan ba'zilari quyidagilardir:
!) g'orati jon- jonni talon qilish, bitirish, yag'mo etish, olish;
2) joni majruh- yaralangan, alamli, ezilgan, qiynalgan jon;
3) jon va jism;
4) gulistoni jon-jonning gulbog'i, katta gulzori, yayrab, yashnaydigan joyi;
5) mashomi jon- jonning mashomi, hid bilish a'zosi, xushbo'yni sezishi;
6) joni jahon--jahonning joni, olamning ruhi, hayoti;
7) sarchashmai jon- jonning sarchashmasi, ilk manbai, ilhom bulog'i;
8) qiblai jon- jonning qiblasi, yo'nalib, talpinib turadigan tomoni;
9) komi jon- a) jonning istagi, tilagi, maqsudi,
b) bahrasi, bahra oladigan makoni;
10) quvvati jon- jonning quvvati, madad, ruh oladigan omili;
11) gireboni jon - jonning yoqasi, jonning chiqar joyi, uzilish holati;
12) oromi jon - jonning orom oladigan, taskin topadigan manbai;
13) munisi jon - jonning hamdami, yori, ulfati;
14) ravzai jon -a)jonning jannati, gulbog'i,
b) jonning maskani, qabr;
15) Iysiyi jon- jonning Iyso Masihi, tiriltiruvchisi, hayot beruvchisi;
16) jongudoz - jonni qiynovchi, qiynoqqa soluvchi, azob beruvchi;
17) jonparvar-jonlantiruvchi, jon baxsh etuvchi, ruh, quvvat yetkazuvchi;
18) jonbaxsh - jon bag'ishlovchi, jon kirituvchi, ruhlantiruvchi.
Ответить 
Старый 11.05.2012 09:22   #56  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Jon beray jonim oling, janonadir jonimda jon,
Yetmish ikki firqadin o’tgan tanu jonimda qon.
Jonning jonon bilan to'lgani ilohiy muhabbatga dalolat qiladi. Muhammad G'azoliy muhabbatni bunday ta'riflaydi:"Bandaning Ollohni sevmog'i Olloh bandasini sevmog'ining alomatidir... Sevgi ildizi sog'lom, shoxlari ko'kka yuksalgan muazzam daraxt kabidir. Bu muhabbat daraxtining mevalari ko'ngillarda, til va a'zolarda ma'rifat va zikr shaklida vujudga keladi. Bundan esa amal tug'iladi. Shunday qilib, xuddi tutun olovga, meva daraxtga dalolat qilganidek, til va a'zolarda vujudga kelgan ma'rifat, zikr va amal muhabbatga dalolat qiladi".
Hazrat Nizomiddin mir Alisher Navoiyda ham,
"Bo'lsa jonon jon ham, chu jonon qildi am,
Jon ketib jonon bila, manga hijron erur..." degan baytlar bor.
Ya'ni, "Jonon bo'lsa, jon ham bordir, jonon ketishga azm qilsa, jon ham jonon bilan birga ketadi. Jon bilan mening o'rtamga hijron tushadi. Ki jon bois men hijronda qolaman..."-deb yozadilar.
Bir nozik nuqtaga e'tiborni qarataylik,, bu-jon bilan inson o'rtasiga tushadigan hijrondir. Jonon ketishga shaylansa, jon ham u bilan birga ketadi;"Jondin menga hijron erur". Navoiy bu ayriliq iborasini olimona va orifona qo'llagan. Chunki jonning badandan ketishi jonning yo'q bo'lishi emas. O'limning ma'nosi jonning jasad degan qolipdan uzilishidir. Jon mavjud, ammo jasaddan ketgan. Jasad ham mavjud, faqat u tuproqqa aylangan. Hashr kunida jon bilan jasad qayta topishadi. Ana shu o'rtadagi masofa hijrondirki, Navoiy bu haqiqatni hayratomuz zarofat bilan majozga tushirgan.
Kavsarxonim ham, balki she'rlarida shunga ishorat qilmoqchi bo'lgandirlar.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 11.05.2012 09:44   #57  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Jon beray jonim oling, janonadir jonimda jon,
Yetmish ikki firqadin o’tgan tanu jonimda qon.
Sulaymon Uludog' Faxruddin Iroqiy sharhiga tayanib, "jonon"ni tasavvufiy ma'noda; 1) Mavlo, Rab, Olloh; 2) Ollohning qayyum sifati, deb izohlaydi.
Jonon- o'z sifati bilan qoim: qadimdirki, ibtidosi yo'q; abadiy tirik-boqiydirki, intihosi yo'q. Jon ham o'z zoti bilan qoim, ammo u jasadga muhtoj bo'lgani holda jononga muhtojdir. Uning qayyumiyyati-bor bo'lib turishi jon tufayli.
Fuzuliy aytadi:
Jonni jonon tilamish, vermamak o'lmas, ey dil,
Ne nizo aylayalim, ul na sanindur, na banim..."
"Jonni jonon so'rayapti, bermaslikning hech iloji yo'q, eydil! Qanday ham nizo, e'tiroz qilaylik, axir, bu jon seniki ham emas, meniki ham emas!... U yaratgan Egasinikidir".
To'g'ri, jasad jonsiz yashay olmaydi, ilmiy mantiq ana shunday, lekin bu o'rindagi "jonsiz umr oson"ligi jonsiz mumkinmasligini bildirmaydi, balki jononsiz yashash mumkin emasligini ta'kidlaydi, ya'ni jonon bo'lmasa tandagi jonga na hojat?
Ответить 
Старый 11.05.2012 10:29   #58  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Sparc Посмотреть сообщение
Цитата:
Kavsar
Jon beray jonim oling, janonadir jonimda jon,
Yetmish ikki firqadin o’tgan tanu jonimda qon.
Цитата:
Сообщение от Сарвиноз Посмотреть сообщение
Жононалигимиз жонимизда эканини тушинмадизми
Шеърни маъносини сиз ҳам тушунмадингиз шекилли.
Сарвиноз, Sparcning gaplarida jon bor. Misralarda Kavsarxonim majoziy ishq haqidagi g'oyani ilgari surganlar. Bu yerda irfon masalasi ko'tarilgan.
"Irfon" Ahmad Ziyouddin al-Kumushxonaviyning "Jomi' ul-mutun" asarida shunday deyilgan: "Olloh taolloni va uning sifatlarini bilmoq ilmlarning eng yuksagi, eng ulug'i, eng foydalisi, eng mukammali, eng sharaflisi, eng porlog'i, ruhga eng ko'p ta'sir etadiganidir..."
Savol tug'ilishi mumkinki, "haqiqat turganda nega tasavvufiy she'riyatda majozdan foydalaniladi?" Dunyo hayoti abadiy hayotdan bir juz' bo'lganidek, dunyodagi barcha narsalar ham juz'iydir. Zohir ko'zi bilan ko'riladigan narsalarga muhabbat bo'lash bor gap. Qur'onda aytiladi: zuyyina lin-nasi xubbush-shahovati minan-nisoi
-"Insonlar uchun ayollarga nisbatan ehtirosli muhabbat ziynatli qilindi..."
Nafsoniy istak ustun bo'lgan joyda muhabbat halokatga yaqinlashadi. I. ekkermanning "Gyote bilan suhbatlar" kitobida bir voqea keltiriladi. Gyotening kotibi yosh bir shoiraning she'rlarini keltirib, uning g'oyat iste'dodli ekanini aytadi. Suhbatda ulug' shoirning tabibi ham bor edi. She'rlar o'qib chiqilgach, "Bu qiz turmushga chiqqach she'r yozishni tashlaydi", deyishadi. "Nega?" deyilganda, qizning ishqiy she'rlarida nafsoniy-ehtirosli istaklar kuchli ekani, u murodiga yetgach, she'rga ehtiyoji qolmasligi aytiladi. Demak, nafsning murodg yetishi sevgigagin emas, iste'dodga ham salbiy ta'sir etishi anglashilmoqda. Albatta, chin muhabbat bilan bog'langan umrlar bundan mustasno.
Ответить 
Старый 06.10.2012 15:12   #59  
Аватар для Quvonchbek Karimov
Оффлайн
Чуст туман ХТМФМТТЭ булими
АКТ мутахассиси
Сообщений: 71
+ 49  49/32
– 0  1/1

UzbekistanОтправить сообщение для Quvonchbek Karimov с помощью ICQОтправить сообщение для Quvonchbek Karimov с помощью MSNМой мир
Цитата:
Сообщение от Mahmud Jurat Посмотреть сообщение
Ғализ жойлари ва имловий хатолари жуда кўп...
Маслахатларингиз учун катта рахмат. Имкон борича камчиликларни тўғрилашга харакат киламан
Ответить 
Старый 06.10.2012 18:12   #60  
Аватар для Отабек Грузин
Оффлайн
НКТ
Сотрудник
AKA:Отабек Грузин
Сообщений: 20
+ 199  9/7
– 11  4/3

South Korea
Цитата:
Сообщение от Mahmud Jurat Посмотреть сообщение
Ғализ жойлари ва имловий хатолари жуда кўп...
Домла! қанақа ғализ жумлалар ҳақда гапирвос? қанақа хато? телефондан киргани кўриниб турубдию. ғийбат ва танқиддан бошқа, ғаламисликдан бошқаям ишила борми7
нима форумга кириб бирон фикрни қолдирган ижодкор силани олдилада имтиҳон топшириши керийми. кимсиз ўзиз, бировни шеърини танқид қиладиган бирон уюшма азосимис. кооота ёзувчимис.
форум қойдаларини бузмиптими, сизга нима7
отизи чорбоғимам бу қўриғлийдигон. сизга ёқмаса котоота кўча ўқиминг шундизми. қигани иш топомий кир изламинг..ҳама авал ўзига жавоб қисин хомми?
ижод кишиси у.агар сиз ижодни, шеърни ҳурмат қисиз бировга тош отганнан кўра, уни айбини излаганнан кўра ўзизи билинг.ФОРУМИ ҒИЙБАТХОНАГА АЙЛАНТИРВОРИБСИЛА Ю?
ШЕЪРЛАРИ ЗЎР. МАСАЛАН БИЗГА ЁҚДИ.
Ответить 
"–" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх