|
|
Знаете ли Вы, что ... | |
![]() |
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума. |
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >> |
Школы Школьные темы |
Ответить |
|
Опции темы | Опции просмотра |
![]() |
#31 |
![]() |
Фаробий файласуф бўлган... Мусика хакидаги рисоласида хам фалсафий килиб фикр берган... Файласуфлар хар дойим хам тўғри бўлавермайди... : )
Кейин бу масалага илмий фактлар билан ёндашсак... Фаробий даражасидаги бошка буюк буюк олимларимиз бор, уларнинг мусика хакидаги салбий фикрларини келтирсам орамиздаги тушунмовчилик давом этаверади... Комил инсон хакида алохида мавзу очсангиз, шу мавзуда фикр алмашишимиз мумкин... Бу ғоя бошкаларга хам кизик бўлиши мумкин чунки миллий мафкурамизда хам, бу ғоя мавжуд. |
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#32 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Farobiy faylasuf bo'lgani bilan bir qatorda musiqa ilmi bilan ham shug'ullangan-ku? Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf o'zlarining bir ma'ruzalarida Forobiyning saroy majlis ahlini kuy chalib uxlatib chiqib ketganliklari haqida ham gapirganlar-ku? |
|
|
Ответить |
![]() |
#33 |
![]() |
![]() Марсликлар хужуми деган макола бор экан... Бир ўкиб кўрингчи... http://muslimaat.uz/content/view/509/117/ |
|
Ответить |
![]() |
#34 | ||||||
![]() ![]() |
Цитата:
Balkim siz Olimlarning musiqa haqidagi salbiy fikrlarini keltirarsiz, lekin aminmanki, salbiy fikrlar foydalilarining oldida hech qancha emas. Цитата:
Цитата:
Цитата:
Цитата:
Balkim yuqorida tilga olingan Olimlarning musiqani bu qadar tanqid ostiga olishga va faqat bir tomonlama ya'ni zararli tomonlarinigina ko`rishga, o`tgan asrimizning o`rtalaridan boshlab kirib kelgan yangicha musiqiy ijod yo`nalsihlarining kirib kelishi sabab bo`lgandir. Balkim, Ular bunday nafosatdan, go`zallikdan bahra olishdan "mahrumdirlar"?! Aslida, musiqaning alkogon va narkotik moddalar bilan taqqoslaydiganlar juda katta xato qilishadi. Agar taqqoslovchilar olimlar bo`ladigan bo`lsalar unda ikki karra xato va yana xato qilganlar. Mumkin bo`lsa bir savolga javbo bersangiz. Qur'oni karim oyatlari avval boshidan ohangdor qilib o`qilganmi yoki keyinchalik shunday xulosaga kelinganmi? Xo`sh, nima uchun oyatlar ohang yordamida o`qiladi? Mavzu maktablarda musiqa fanining o`qitilishi borasida borar ekan shuni aytishim mumkinki, mu'amoning yechimi eng avvalo o`qituvchilarga, ustoz va murabbiylarga borib taqaladi. Undan ham aval esa musiqa fanidan o`qituvchilarni tayyorlab beruvchi oliygohlarga borib taqaladi. Mayli maktablarda musiqa cholg`ulari bo`lmasin, mayli o`sha fortopiano ham bo`lmasin, lekim aziz musiqa oqituvcihlar va barcha o`qituvchilar, eng avvalo o`quvchilarning didini, ongini tarbiyalaylik. Последний раз редактировалось Husniddin Ato; 18.07.2008 в 11:04. |
||||||
|
Ответить |
3 "+" от:
|
![]() |
#35 | |
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Musiqashunos sifatida "Musiqaning qanday tarbiyaviy ahamiyatlari bor?"-degan savolga marhamat qilib javob bersangiz. |
|
|
Ответить |
Реклама и уведомления | |
![]() |
#36 | |||
![]()
Сообщений: 1,829
+ 814
1,598/765
– 60
19/16
![]() |
Цитата:
O'sha olimlar, doktorlar keltirgan fakt va metodlarni o'zlariga qarshi qilib ko'rsatib qo'yadigan fakt va metodlarni ham topib beradiganlar bor ekan forumdoshlarimiz ichida. Deganim muhokama yaxshiroq bo'larmidi. Цитата:
Boshqa tomondan misol keltirsak. Siz yoshligingizda biror qizni sevib qolganmisiz, u qiz sizni tashlab ketganmi, agar sizda bo'lmagan bo'lsa biror do'stingizda bo'lgandir. O'sha vaqtdagi yigitni xolatini his qila olasizmi. Shunaqa vaziyatda ham miyyadagi qanchadan-qancha xujayralari o'lishidan xabaringiz bormi. Shu darajada davom etaversa, u haqiqiy jinni bo'b qolishi hech gapmas. Undan musiqa tinglab qiynalsa oldingi xolatdan yengilroq kechmasmikan-a. Yana bilmadim bu mani tor doiradagi fikrlarim edi. ![]() ![]() ![]() Цитата:
Tarbiyaviy ahamiyatlari haqida keyin to'xtalarmiz albatta, lekin bir voqeani esingizga solmoqchi edim. Maktab o'quvchisiga uyali telefon kerakmi degan mavzuda o'zingiz keltirgan misol. Ziyoda qo'shig'i talqinida. Qarang musaqani foydasi sizning adabiyot darsingizdayam bo'lgan ekan. ![]() Последний раз редактировалось JUS; 31.07.2008 в 14:02. |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
![]() |
#37 |
![]() |
Мусиканинг салбий тарафларини санаб ўтиришга хозир имконим йўк... шунинг учун узр, аммо мен фикримни айтдим... ва фикримда коламан... : )
Энди мен бир икки савол берсам... Музиканинг яхши ёмони бўладими? ва кимнинг, бу музика яхши, буниси эса ёмон, деган сўзлари кабул килинади... ? |
|
Ответить |
![]() |
#38 |
![]() ![]() ![]() |
Албатта, яхши бор жойда ёмон бор, лекин мен яхши деган нарса сизга ёкмослиги мумкин. Музиканинг яхшилигини факат сизнинг калбингиз айтади.
__________________
ZiyoNet.uz - Все про образование, науку, культуру и спорт: Деятели| Образование| Учреждения| Блоги| Форум| Гранты Прими участие в развитии сети ZiyoNet: Создай сайт на ZiyoNet| Добавь книгу в библиотеку| Загрузи видео |
|
Ответить |
2 "+" от:
|
![]() |
#39 | ||
![]() ![]() ![]() ![]() |
Цитата:
Musiqaning salbiy va ijobiy tomonlarini anbglab yetganman. Bu borada forumdoshlarning qimmatli fikrlarini bilmoqchi edim... |
||
|
Ответить |
![]() |
#40 | ||
Цитата:
Оффтоп: HUKMDORNI YIG‘LATGAN DARVESH Rivoyat qilishlaricha, darveshona kiyingan Forobiy Halab shahrining ko‘chalarida musiqa chalib yurganligi haqida shahar hukmdoriga kimdir xabar yetkazadi. Shahar hukmdori bu darveshni huzuriga keltirishlarini buyuradi. Choparlar Forobiyni hukmdor huzuriga yetaklab kelganlarida, shahar hukmdori o‘z yaqinlari bilan kayfu safo qilib o‘tirgan bo‘ladi. Hukmdor keltirilgan darveshga qarab: — Aytishlariga qaraganda sen musiqa asboblarini juda yaxshi chalar emishsan, shu to‘g‘rimi? — deb so‘raydi. — Demak, ular adashmaganlar, — deb javob beradi Forobiy. — Unday bo‘lsa, — deydi hukmdor, — sen shunday musiqa chalginki, biz o‘tirganlar xoxolab kulib yuboraylik, tanalarimiz ham larzaga kelsin. — Xo‘p bo‘ladi, — deb Forobiy ichak uzdi musiqa chalib, hammani kuldiradi. — Endi, — deydi hukmdor, o‘zini kulgidan zo‘rg‘a to‘xtatib, — sen bizlarni yig‘latib yuboradigan musiqa chalib ber. — Buyrug‘ingiz men uchun vojib, — deb Forobiy shunday mungli musiqa chaladiki, o‘tirganlarning barchasi yig‘lashga tushadi. Yig‘idan o‘zini zo‘rg‘a to‘xtata olgan hukmdor, ko‘zlarini artib, yana darveshga yuzlanib deydi: — Ofarin. Endi qo‘lingdan kelsa, musiqa chalib, bizlarni uxlatgil, biroz dam olib, o‘zimizga kelib olaylik. Shunda Forobiy boshqa bir mo‘jazgina musiqa asbobini qo‘liga olib, shunday mayin, nafis tovushda musiqa chaladiki, o‘tirganlarning barchasi uyquga ketganidan foydalanib, bir varaq qog‘ozga quyidagilarni yozib, saroydan chiqib ketadi: «Sizlarni kuldirib, yig‘latib, keyin uxlatib, musiqa chalgan darvesh aslida Forobiy edi». Uyqudan cho‘chib uyg‘ongan hukmdor varaqdagi yozuvga ko‘zi tushib, musiqa chalgan darveshni topib, zudlik bilan uni yana saroyga keltirishlarini buyuradi. Choparlar qanchalik qidirmasinlar, darveshni topishning iloji bo‘lmaydi. Chunki bu vaqtda Forobiy shahardan chiqib ketishga ulgurgan edi.
__________________
Har doim ham haqligingga ishonaverma!:offtopic: |
|||
|
Ответить |
"+" от:
|
|