Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...до того как открыть новую тему, стоит использовать поиск: такая тема уже может существовать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 25.05.2011 14:06   #11  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
Avvalo ijod ahli she'r yozish uchun yuragida ilhom bo'lishi kerak.Muhabbatni she'r qilib yozish uchun ham ilhom bo'lmasa yozib bo'lmaydi.U qanday ijodkorki istagan vaqtda istalgan mavzuda she'r yoza olsa...Nahot ilhomsiz she'r bitilsa...
Илҳом ҳам хар хил бўладида...
Илҳом билан битилган шеър исмат даражасига етади дейиш... ёки шундай тушунчага эга бўлиш тўғри эмас...
Ответить 
2 "+" от:
Старый 25.05.2011 16:32   #12  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение

баъзилари уялмасдан бировларнинг хотинларига бўлган муҳаббатини изҳор қилганликларини ҳам эшитганмиз...
Muhtaram Abu Muslim, aynan mana bu shoirning mana bu she'rida ushbu satrlar bor deb misol keltirsangiz yaxshi bo'lardi.

To'g'ri, o'zgalarning yoriga sevgi izhor qilish zamonaviy qo'shiqchilikda juda "urchib" ketgan. Biroq ushbu qo'shiqlarning she'rlari buyurtma asosida yozilgan deb o'ylayman.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 25.05.2011 16:42   #13  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение
(с)
Цитата:
«Ўзбекистон адабиёти ва санъати» газетаси, 1998 йил 16 январь.
Maqola muallifi kim ekan?
Ответить 
Старый 25.05.2011 16:45   #14  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Abu Muslim aka, iltimos, hamma she'rlarni bitta qozonga solib, tahlil qilmang. Siz nazarda tutgan she'rlar hech qachon o'zbek she'riyatiga misol bo'la olmaydi. To'g'ri, kimlardir qo'shiq qilayotgandir, lekin bu degani uning matni namuna tarzdagi she'r, degani emas-ku...

She'r yozar ekansiz, ko'rsating, o'qiylik, baho beraylik... Keyin Siz bilan bu mavzuda baxslashamiz. Fitna bo'lib qolmasin, har qanday fikrimizni asos bilan gapiraylik... Shu bilan birga o'zini shoir, deb tan olgan, lekin o'zidan boshqa hech kim bilmaydigan, she'riyatdan deyarli xabari yo'q kishilarning she'rlarini bizga namuna qilib ko'rsatmang...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 25.05.2011 16:51   #15  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение
Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Agar Siz chindan ham she'riyatni yaxshi tushunib, she'r yoza olganingizda, bu mavzuda Siz bilan istaganingizcha baxslashgan bo'lar edim...
Қойил... (негрлар ҳақида гаплашиш учун негр бўлиш керак эканда - мисол)
She'rni, adabiyotni tubdan tushunmasangiz, tabiiy, she'r, adabiyot haqida Siz bilan baxs yurita olmayman. Masalan, shaxmatni yaxshi o'ynay olmaydigan odam bilan o'ynasangiz, ko'nglingiz to'ladimi? Shaxsan men, yo'q, yuragim siqilib ketadi; 12-13 yurishda mot qilaman-da, keyin umuman o'ynamay qo'yaqolaman...

Yuqoridagi misolingiz juda qo'pol chiqibdi, Sizdek insonga bunday o'xshatishlar qilish yarashmaydi...
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
"+" от:
Старый 25.05.2011 17:14   #16  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
She'r yozish jarayonida ma'naviy va lafziy san'atlardan foydalaniladi. Bu oddiy o'quvchiga "yolg'on so'zlar" bo'lib tuyulishi mumkin, biroq ijodkor ijod qilish jarayonida biror bir so'zni yoki fikrni "kashf etishi" darkor. She'rning botiniy va zohiriy san'ati o'quvchilarni, she'r ixlosmandlarini tortgani uchun ham u she'r-ijod mahsuli hisoblanadi.
O'zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov bilan bo'lib o'tgan suhbatda quyidagi narsalarni aytib bergandilar: "Uchta ayol gaplashib ketishyapti:
-Mening o'g'lim doktor bo'lsa kerak,-deydi birinchisi,-nega desangiz, hozirdan qaysi kasalga nima doriligini aytib beradi.
-Mening o'glim hisobchi bo'lsa kerak,-deydi ikkinchisi,-nega desangiz, hozirdan hisob-kitobni yaxshi ko'radi.
-Mening o'g'lim shoir bo'lsa kerak,-deydi uchinchisi,-nega desangiz, hozirdan yolg'on gapiradi.
Ikki ayolning gapida haqiqat bormi-yo'qmi bilmadim, lekin uchinchi ayolning gapida juda nozik haqiqat bor.

Gar desa Fuzuliy, ki go'zallarda vafo vor,
aldanmaki, shoir so'zi albatta yolondur.


Ha, shoir so'zi yolg'ondur degan gap juda qadimdan qolgan. Rivoyat qiladilarki, Nushirvoni odil shoirlarni huzuriga chaqirib aytibdi: ''Bu ne betavfiqlikki, siz shoirlar mendek odil shoh davronida yolg'on she'rlar yozasizlar? Hech zamonda oshiqning ohu fig'oni sahroga o't qo'yadimi? Qiz bolaning kiprigi o'q bo'lib oshiq yigitning ko'kragiga sanchilarmish. Bu gapga kim ishonadi? Xullas, shu bugundan boshlab kim yolg'on she'r yozsa boshi dorda, mulki talonda".
Shu farmondan keyin uzoq vaqt hech kim she'r yozmay qo'yibdi. nihoyat bir shoir shunday she'r yozibdi:

Tong otsa yulduzlar so'nar osmonda,
Xo'rozlar qichqirar mozandaronda.
Xalafda kechqurun quyosh botadi,
Kechasi odamlar uxlab yotadi.


Nushirvoni odil hech bir yolg'oni yo'q, boshidan-oxirigacha haqiqat bo'lgan ushbu she'rni o'qib yelkasini qisibdi, boshini qashlabdi va yana farmon beribdi: "Shoirlar o'sha o'zining yolg'onini yozaversin".
Shundan, "shoir so'zi yolg'ondur" degan gap qolgan, shundan Fuzuliy: "Aldanmaki, shoir so'zi albatta yolondur",-deya lutf qilgan.
She'riyatning ana shu ''yolg'onida" juda chuqur haqiqat, sehrli haqiqat bor, buyuk ishontirish kuchi bor. Aql bovar qilmas bir qonuniyatga ko'ra kishilar jo'n aytilgan rost so'zga emas, o'sha "yolg'on"ga ishonadi".
Ответить 
Старый 25.05.2011 17:20   #17  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Цитата:
She'r yozar ekansiz, ko'rsating, o'qiylik, baho beraylik...
Менинг шеърларим... қалб дафтаримда битилган, улар мунгли оҳангда бўлиб, баҳо бермоқчи бўлганлар оҳу-зоримга бардош бера олмаслигидан қўрқаман...


Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Biroq ushbu qo'shiqlarning she'rlari buyurtma asosida yozilgan deb o'ylayman.
Мен ҳам шу buyurtma asosida yozilgan шеърлар ҳақида айтяпманда... улар ниҳоятда кўпайиб кетди... buyurtma asosida yozilgan шеърларда холислик, самимият бўладими, сохта-ку ҳаммаси...


Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Maqola muallifi kim ekan?
Адабиётшунос Тоҳир ака Шермуродов


Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
Abu Muslim aka, iltimos, hamma she'rlarni bitta qozonga solib, tahlil qilmang. Siz nazarda tutgan she'rlar hech qachon o'zbek she'riyatiga misol bo'la olmaydi. To'g'ri, kimlardir qo'shiq qilayotgandir, lekin bu degani uning matni namuna tarzdagi she'r, degani emas-ku...
Албатта, ҳамма шеърларни "текис" танқид қилаётганим йўқ... Гап сохта шеърлар ва соҳта шоирлар ҳақида...

Цитата:
Сообщение от Masud Mahsudov Посмотреть сообщение
She'rni, adabiyotni tubdan tushunmasangiz, tabiiy, she'r, adabiyot haqida Siz bilan baxs yurita olmayman.
Сиз қўллаётган услуб маълум ва машхур, опонент тарафни пастга уриб, сизлар билмайсизлар, тушунмайсизлар, етилмагансизлар, лойиқ эмассизлар бизлар билан гаплашишга, хатто олдимизда ҳам туришга, деганга ўхшаш гап қилиб, ғолиб бўлиш... (бахсда)

Майли ўз фикр-мулоҳазаларингиз билан мухлислар билан баҳам кўрмоқчи эмас экансиз, нима ҳам дердик... : ))
зоримиз бор-у, зўримиз йўқ...

Последний раз редактировалось AbuMuslim; 25.05.2011 в 17:22.
Ответить 
Старый 25.05.2011 17:28   #18  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Bilmadim, bu she'r mavzuga naqadar to'g'ri keladimi yoki yo'qmi keltirishni joiz deb bildim. Ma'qul kelmasa oldindan uzr so'rayman:
Цитата:
Rost gap

Tuqqaningga rost gap yoqmasa,
Xotinni-ku gapirmayoq qo'y.
Ro'stgo'y erning har kuni-aza,
Yolg'onchining butun umri to'y.

Sen yoringga to'qib tashla bayt,
Parivash de, ata sarvinoz.
Rost gapingni majlislarda ayt,
To'g'ri so'zni gazetaga yoz.

Pista ko'mir qovursa yoring,
Sen o'shani oh-oh deb yegin.
Tashakkur ayt sovursa boring,
Zahar sochsa "asalim" degin.

To'lib ketsang tog'larga baqir,
Sado bersin nolalaringga.
Xotiningni "jonim" deb chaqir,
U onadir bolalaringga.

U jonfido, umringga hamdam,
Faqatgina bir aybi bordir.
Aybi shuki, yolg'on bo'lsa ham
Bitta shirin so'zingga zordir.

Aslida-ku gunoh yolg'on gap,
lekin gunoh to'la dunyoda
Yolg'on gapir ayolni maqtab,
Rost gap yo'qdir bundan ziyoda.

Erkin Vohidov, 2009-yil
Оффтоп:
Albatta, bu kabi yolg'onni o'z ayolingizga nisbatan ishlating.
Ответить 
Старый 25.05.2011 17:34   #19  
Real ID Group
Аватар для Masud Mahsudov
Оффлайн
Freelancer
consultant
Сообщений: 1,749
+ 4,053  3,248/1,245
– 266  151/145

Uzbekistan
Aka, men Sizni pastga urib, yoki kamsitayotganim yo'q, o'zingiz she'r yozishingiz haqida aytdingiz, o'shanga asosan men o'z fikrimni yozdim... Bu gapim bilan men yaxshi she'r yozaman, deganim yo'q. Men shu sohadan xabarim bor ozmi-ko'pmi, shu sabab, xabari bor odam bilan o'sha narsada gaplashilsa, munozara chiroyliroq bo'lishini eslatib o'tdim.

Siz aytayotgan soxta she'rlar yoki "dordan qochgan" shoirlar haqida baxslashishini esa o'zimga ep ko'rmayman... Unga ketkazilgan vaqtimni boshqa yaxshiroq ishga sarflasam, o'zimga yaxshi... Kechirasiz
__________________
Мой ЖЖ
Ответить 
Старый 25.05.2011 22:51   #20  
Аватар для мафтун
Оффлайн
ТВ
редактор
Сообщений: 522
+ 551  680/326
– 38  11/10

UzbekistanМой мир
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
Gar desa Fuzuliy, ki go'zallarda vafo vor, aldanmaki, shoir so'zi albatta yolondur.


нигора хоним, мархамат килиб Фузулий хазратларига тухмат килмасангиз. Хар тугул рахматли булганига куп булган. тушунмасангиз шоир ва шоира танишларингиз куп, сурамабсиз-да. юкоридаги байтда хазрат Фузулий гузалларда вафо бор деса Фузулий, алданма шоирнинг бу сузлари ёлгондир, деганлар. яъни гузалларда вафо бор деган шоирнинг сузи ёлгондир...
кейинги ривоят хам нихоятда шубхали. мумкин булса, кайдан олагнингизни билдирсангиз.
кейин шеъриятда муболага санъати кулланади. буни Навоийнинг энг машхур байти оркали тушунтирсам, кифоя килар...

Кўзларингдан неча су келгай, деб ўттирманг мени,
Ким бори кон эрди келган бу кеча су келмади
.

Дарвоке, Фузулийнинг юкоридаги байтларини Узбекистон халк шоири Икбол мирзо шундай эслатади.

Фузулий лутф этиб кетган бир замон,
Гузаллар вафосиз, алдокчи дедим.
ёнингда колишга йук эди имкон,
Мен сенинг ёнингда колмокчи эдим...

халк орасидаям бунака гаплар юради:
Бировни куп кутса:
кузим турт булди.

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 26.05.2011 в 09:16.
Ответить 
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх