Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Закрыто

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 29.06.2010 21:48   #101  
Аватар для Pfefferminze
Оффлайн
net
net
Сообщений: 497
+ 612  393/230
– 41  22/22

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение
Qitiqlaydigan gaplar

Turkum
(Boshi o`tgan sahifalarda)

Qirg`inbarot urushning oldini oladigan qudratli kuch – muzokara va unda topib aytiladigan hayotbaxsh gaplar! Ona sayyoramizni balo-qazodan asraydigan kuch – yaxshi gap! Buyuk adib Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, so`z – atomdan kuchli! Demak, biror gap-so`zga beparvo qarab bo`lmaydi!

(Davomi bor)

Yomon narsalardan, balo-qazolardan asraguvchi Yagona, tug'magan va tug'ilmagan,18 ming olamni yaratib qo'ygan, 99 nomga ega bo'lgan Madadkorimiz Allohdir!
Ungagina sig'inamiz, Undan faqat madad so'raymiz!
"Ona sayyoraniyu" butun borliqni qiyomatga qadar Yagona Allohning O'zi asraydi.


Eski, daxriy tuzumni esdan chiqarish payti kelib bo'lgan allaqachon.
"+" от:
Старый 29.06.2010 22:03   #102  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Азиз Форум мухлислари!
Бугун не кўз билан кўрайки, электрон почтамга эски танишларимдан бири – Тфупфуғиртпўртзе оғамиздан зардали хат келиб турибди. Кўзларимга ишонмадим. Кеча озроқ ранжиб, жаҳл билан ёзган хатимни наҳот дунёнинг қай бир бурчида жаҳонгашта бўлиб юрган оғамиз ўқиб, дарров хат ёзибди...
У киши юртга қайтиб келгач, форумимизга аъзо бўлиш ниятида эканини ҳам билдирибдилар! Ҳозирча ушбу хатини ўз саҳифамда ёритишимни сўрабдилар. Шу муносабат билан, марҳамат, муҳтарам Тфупфуғиртпўртзе оғанинг хати билан танишишингиз мумкин.
_____________________________________________

“Salom To`lqinboy uka!
Yurtdoshlar, qarindoshlar, do`stlaring sog`-salomat yurishibdimi? Ijod maydonida to`lqinlanib yuribsanmi?
Zamona zaylidan aylanay, yigirma yil ilgari pichirlashib gapirishga ham qo`rqadigan gaplar Haqiqatga aylanib ketdi. Mana, yigirma yilda 20 tadan ortiq davlatni aylanib chiqdim! So`nggi yillarda man dunyoning qaerida bo`lmayin, internetda O`zA va boshqa qator O`zbekiston ommaviy axborot vositalarining saytlarini maza qilib kuzatib yuribman!
So`nggi yillarda www.uforum.uz degan forumlaringni kuzatib, jonim kiryapti. Baraka topinglar.

(Давоми келгуси саҳифада)
Старый 29.06.2010 22:04   #103  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Saning “Gap” degan turkumingni bultur ham qiziqib kuzatgandim. Xafa bo`lmasang bir gap aytay, shuncha gapni kashf etib, tadqiq qilib, o`zing ba’zi do`stlaring bilan gaplashishda madaniyat chegarasidan chiqib ketyapsan. Kecha mani ham o`rtaga tiqishtirganingdan keyin, chidab tura olmadim. Xafa bo`lmasang, bir-ikki og`iz nasihatimni aytmoqchiman.
Yanglishmasam, san bilan yigirma besh yil avval Talabalar shaharchasida tanishgandik. O`sha yigirma besh yillik samimiyatga suyanib, tanqidiy fikr aytsam, xafa bo`lmaysan-de, uka! Do`st achitib gapirar, deganlaridek, do`stona gaplarimni qulog`ingga quyib olsang yutqazmaysan. Bo`lmasa, eshit:
1. Laqab bilan taxallusning farqini bilib ol! Laqabni o`zgalar qo`yadi, taxallusni o`zing tanlaysan. Mening laqabim emas, taxallusim! Uni ham to`g`rilab yoz-de, uka! “Pfutfug`irtpirtze” emas – Pfutfug`irtpo`rtze!

(Давоми келгуси саҳифада)
Старый 29.06.2010 22:05   #104  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
2. O`zbekona gaplarimiz ustida juda ajoyib tadqiqot olib borivotsan. Bu bilan o`zbek tilining naqadar boy ekanligini, dunyoda biror tilga o`xshamagan, o`ziga xos ajoyib jihatlarini mahorat ila ilmiy, publististik va o`rni kelganda adabiy-badiiy jihatdan juda go`zal tarzda yoritib berishga harakat qilyapsan! Bu maqtovdan mag`rurlanib ketma! Hali tanqidiy gaplar ham kam emas. Ya’ni, ancha-muncha gap-she’rlaringni qayta ishlab, qiyomiga etkazishing lozim. Bu boradagi aniq tanqidiy fikrlarimni o`sha she’rlarni yoritganingda bittalab, kerak bo`lsa, hijjalab tushuntiraman.
3. Yanglishmasam, yoshing ellikka yaqinlashyapti-yu, esing kirib el bo`lish o`rniga erkatoylik egaridan tusha olmayapsan. Birovlar bilan muncha gap talashasan? Aytib qo`yay, forumlaringni kuzatib borayotganlar sandan yuz, Bekmirzodan besh yuz, Mas’uddan ming, “Pfefferminze”dan million marta aqlli, farosatli, dunyoqarashi keng insonlardir! Sanlarning bema’ni, mantiqsiz “bahs”ga o`xshash nahs gaplaringni eshitishga (o`qib vaqtini ketkazishga) aslo toqati yo`q! Ular axmoq bo`lsa, san aqlli bo`l, bir gapdan qol, tilingni tiy, uka!
4. San do`st bilan dushmanning farqini bilasanmi? Mas’ud ukang sanga haqiqiy do`stlik qilib, “Gaplarimga e’tibor bermang, asab torlari nozik bo`ladi, uni asrang!” deb maslahat berdi. Nega unga quloq solmayapsan? Uning gapiga amal qil! Ya’ni, hech kimning gapini hozircha o`qima! “Gap haqida gaplar” degan turkumingni tinchgina oxirigacha e’lon qilib ol! Keyin, marhamat, hamma javoblarni o`qib chiqib, bitta qilib javob yozarsan! Uqdingmi, bugundan boshlab hech kimning gapini o`qimay, jimgina turkumingni yoritishda davom et, ukam!

(Давоми келгуси саҳифада)
Старый 29.06.2010 22:05   #105  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
5. Kattalarning gapiga quloq solishga o`rgan! Aqlli pand-nasihatlarga amal qilsang, kam bo`lmaysan. “Ustoz” degan taxallusda yozadigan dono inson sanga qandoq aqlli takliflar bildirdi, a? Ya’ni, katta ko`prik bo`lish uchun odam sal bag`rikengroq bo`ladi-de. San hamma gapga chapanilarcha javob berishga harakat qivotsan. Nima kerak shunaqa qilib? Aslida ular sani masxara qilishvotganini bilasanmi? Tilingni tiysang, ularning o`zlari uyalib qolishadi. Chunki, yuqorida aytganimdek, bu gap-so`zlarni o`qib borayotganlar sanlardan ming-million marta aqlli bo`lsa aqlliki, axmoq emas! Ular qaysi gap qay bir mezonga tushishini juda yaxshi biladilar!
6. Pfefferminze deganlari bilan mani tanishtirib qo`ymoqchi bo`ldingmi? O`zim uni yaxshi taniyman. O`tgan kungi tutiriqsiz gaplarini o`qib rosa kuldim. Tirnoq orasidan kir axtarishga muncha ustomon bo`lmasa, dedim ichimda. Boshqalarni lo`x deb o`ylaydi, shekilli? Xafa bo`lma, Yurtga qaytsam, uni o`zim insofga chaqirib qo`yaman, inshaallax!
Sani mana bu gaplaring tilloga teng:
“Gapning siyosiy ahamiyati shu qadar ulkanki, dilingdagini bemalol gapirish mumkin bo`lgan davlatlarnigina dunyo – demokratik mamlakat deb tan oladi! Xudoga shukr, tilimiz, binobarin, gapimiz qonun himoyasida!”
Bu gapdan siyosiy xato izlaganlar ma’nan siyosiy ko`rdir, degan gapni san aslo ayta ko`rma!
Uni o`qiganlarning o`zlari shundoq odilona xulosa chiqaradilar!
“Xudoga shukr, tilimiz, binobarin, gapimiz qonun himoyasida!” degan tilloga teng gapning birinchi huquqiy asosi O`zbekiston Respublikasining Konstitustiyasida yozib qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasining “Davlat tili to`g`risida”gi qonuni ham buyuk huquqiy asosdir! San, man, “Ustoz”ga o`xshagan kattaroq yoshdagi avlod tilimizning qonun himoyasida bo`la olmagan mustabid tuzum davrini o`z ko`zimiz bilan ko`rganmiz. Shuning uchun san bu ulug`vor gapni qanchalik kuyunchaklik bilan yozvotganingni yurakdan his qilib turibmiz, baraka top, uka!

(Давоми келгуси саҳифада)
Реклама и уведомления
Старый 29.06.2010 22:06   #106  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, ona tilimizdan tortib barcha milliy qadriyatlarimizgacha chinakam qadr topmoqda! Bunday qadrlashlar zamirida qonun degan mustahkam poydevor bordir!
Tirnoq orasidan kir qidiradiganlarning kasbi shu bo`lsa, san naga ular bilan gap talashasan, tushunmadim? Qadringni bil, uka!
Kel, shu bahonada, til va dil erkinligini ifoda etuvchi oshkoralikning ham huquqiy asoslari haqida bir maqolada o`qiganlarimni bayon etsam, o`sha tirnoq orasidan kir qidirganlar barmoqlarini tishlab qolsa ajabmas!
* * *
OShKORALIKNING HUQUQIY ASOSLARI

Huquqiy demokratik davlat siyosatida oshkoralik va so`z erkinligi g`oyat muhim o`rin tutadi. Ular har qanday mamlakat taraqqiyotining asosiy omili hisoblanadi. Mustaqil taraqqiyot yo`lidan dadil borayotgan yurtimizda ham ijtimoiy hayotda oshkoralikning o`rni beqiyos. Demokratiyaga oshkoraliksiz erishib bo`lmasligini hayotning o`zi isbotlagan. Demokratiya huquqiy poydevoriga ega bo`lgani kabi oshkoralikning ham qonuniy asoslari yaratilgan. O`zbekiston davlat mustaqilligiga erishganidan buyon taraqqiyot bosqichida demokratiya va oshkoralik alohida o`rin egallayotganini esa qator qonunlar va hukumat qarorlari misolida ko`rishimiz mumkin.
Avvalo, oshkoralik o`zi nima, degan savolga muxtasar javob, ya’ni, bu atamaning ta’rifi, mazmun-mohiyati, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy faoliyatidagi o`rni "O`zbekiston milliy enstiklopediyasi"ning 6-jildida shunday izohlangan: "Oshkoralik – demokratiyaning zarur sharti; jamoatchilikka muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma’lumot, xabarlarni bilish, muhokama va nazorat etish uchun ro`yi-rost e’lon qilish. Turli darajadagi rahbarlarning jamoatchilik bilan erkin muloqotlari, savol-javoblari va bunda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan keng foydalanish, stenzuraga yo`l qo`yilmaslik oshkoralikni ta’minlashga xizmat qiladi".

(Давоми келгуси саҳифада)
Старый 29.06.2010 22:07   #107  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Demokratik jamiyatda oshkoralik qonun hujjatlarida o`z aksini topmasa, u ijtimoiy voqelikka aylanishi juda mushkul. Respublikamizda oshkoralikning poydevori avvalo qator qonunlarda, Yurtboshimizning ma’ruzalarida qayd etilgani, hukumat qarorlarida o`z ifodasini topgani uning davlat siyosatida qanchalik muhim o`rin tutayotganini ko`rsatadi.
Jilg`alar birlashib irmoqlarga aylangani, irmoqlarlar esa ulkan daryoni hosil qilgani misol qonun chiqaruvchi hokimiyat va davlat siyosati ham dastlab millionlab odamlarning saylovlarda ishtirok etishidan boshlanadi. Har bir fuqaro ovoz berish yo`li bilan deputatlarni hamda davlat rahbarini saylab oladi. Demak, siyosatning ibtidosi saylovlar ekan, oshkoralik ham xuddi o`sha jabhada boshlanishi taqozo etiladi.
O`zbekiston Respublikasining "O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida"gi qonuni 6-moddasi "Saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishdagi oshkoralik", "O`zbekiston Respublikasining referendumi to`g`risida"gi qonuni 7-moddasi "Referendumga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishda oshkoralik", deb nomlanganidanoq bu jarayonda oshkoralikka nechog`li e’tibor bilan qaralayotganini anglash mumkin.

(Давоми келгуси саҳифада)
Старый 29.06.2010 22:08   #108  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Jamiyat taraqqiyotida demokratik saylovlar qanchalik ahamiyatga ega ekanligi barchaga yaxshi ma’lum. "Bo`lib o`tgan saylovlar avvalgilaridan nainki ochiqligi va keskin kurash olib borilishi bilan, balki, avvalo, saylovchilarning bu jarayonlardan har tomonlama xabardorligi, ularga ongli munosabati bilan ham tubdan farq qildi,– deb ta’kidladi Yurtboshimiz Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati qo`shma majlisida.– Fuqarolarimiz saylovlarga mamlakatimiz hayotidagi eng muhim, jamiyatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatiga, demakki, har bir saylovchi taqdiriga ta’sir ko`rsatadigan siyosiy voqea sifatida yondashdilar". Bu esa yangi ikki palatali parlamentning jamoatchilik bilan aloqalarini yanada keng yo`lga qo`yib, bu borada oshkoralikni ta’minlab borishga zamin yaratdi.
Saylov tizimidagi oshkoralik o`z navbatida – qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatida izchil davom etmoqda. Buni qator qonunlar, hukumat qarorlari misolida ham ko`rish mumkin. O`zbekiston Respublikasining "O`zbekiston Respublikasi qonunlarini tayyorlash to`g`risida"gi qonuni 3-moddasida shunday yozilgan: "Qonun loyihalarini tayyorlash oshkoralik, jamoatchilik fikrini o`rganish va hisobga olish asosida, Oliy Majlis deputatlarining, partiya frakstiyalarining (bloklarining), davlat organlari va jamoat birlashmalarining ishtirokida amalga oshiriladi". Qonun loyihalari umumxalq muhokamasi asosiy prinstiplari O`zbekiston Respublikasining "Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to`g`risida"gi qonuni 3-moddasida quyidagicha belgilangan: "ixtiyoriylik; tenglik; oshkoralik; hamma uchun ochiqlik; erkin fikr bildirish".
Shuni e’tirof etish joizki, har qanday jamiyatda ham oshkoralikni ta’minlash unchalik oson kechmaydi. Unga ma’lum darajada to`sqinlik qiladiganlar uchrab turishi sir emas. Biroq, qandaydir to`sqinlik bor ekan, deb qo`l qovushtirib o`tirish ham yaramaydi. Burgaga achchiq qilib, ko`rpaga o`t qo`yish – oshkoralikni ta’minlash yo`lidagi sa’y-harakatlarni chippakka chiqarib qo`yish bilan barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai nazardan javob topish yagona to`g`ri yo`ldir! Ana shundagina amalda haqiqiy oshkoralikka erishish mumkin. Oshkoralik mohiyati – jamoatchilik fikri bilan hisoblashgan holda ish yuritish demak. “Ayni vaqtda matbuot va efir orqali haqiqatni yoritish, odamlarga etkazish har qaysi jurnalistning bilim va tajribasi, uning professional mahoratiga, grajdanlik pozistiyasiga bog`liq ekanini ham unutmasligimiz lozim,– deb ta’kidlagan edi davlatimiz rahbari.– Jurnalistlarimiz o`z mahorati, bilim va iste’dodi hisobidan zamonaviy axborot vositalarining imkoniyatlari, axborot to`plash va uni ommaga etkazishning usul-uslublari haqida etarli malaka va ko`nikmalarga ega”. Binobarin, jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni ta’minlash, jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana shu sa’y-harakatlari jamiyat boshqaruvi tizimida o`z samarasini ko`rsatishi shubhasiz.
Zamonaviy boshqaruv va rahbar ma’naviyati haqida so`z borganda aziz Yurtboshimizning ushbu fikrlari takror-batakror yodga tushadi: “Nafaqat davlat rahbari, avvalambor, buyuk tarix, madaniyat va ma’naviyat egasi bo`lgan xalqimizning bir farzandi sifatida, ana shu bebaho boylikni asrab-avaylash, uni har xil oshkora va pinhona hujumlardan himoya qilish haqida qayg`uradigan bir inson sifatida yuqorida zikr etilgan o`ta muxim va o`ta nozik bu masalalar meni ham ko`pdan buyon o`ylantirib keladi”.
Xo`sh, zamonaviy boshqaruvda oshkoralikni ta’minlash, qonunlar hayotiy va amaliyot bilan uzviy bog`liq bo`lishi uchun nima qilmoq kerak, degan navbatdagi savolga javob topishga to`g`ri keladi. Bu muammoning echimi jamoatchilik fikrini o`rganish bilan izohlanar ekan, qonun loyihalarini "joylarda (viloyatlarda va hokazo) keng muhokama qilish; parlament o`qishlari; ilmiy jamoatchilik va manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning vakillari ishtirokida bevosita qonun chiqaruvchi organda o`tkaziladigan kengashlarda muhokama qilish; tayyorgarlik komissiyalarining kengaytirilgan majlislari; ommaviy axborot vositalarida muhokama qilish; loyiha yuzasidan ilmiy-tadqiqot muassasalarining taqrizini olish" va hokazolar qonun loyihalarini muhokama qilishda oshkoralikni ta’minlash imkonini yaratadi.
Ijtimoiy-siyosiy hayotda oshkoralik – taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. Bu hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bilan bog`liq muammodir. Bunday nazorat aniq mexanizmlarga tayanishi talab etiladi. "Bu mexanizmning asosini uchta muhim tamoyil – qonuniylik, tanqid muhiti va oshkoralik tashkil etadi,– deb yozadi mutaxassislar “Akademiya” nashriyotida 2005 yilda chop etilgan “O`zbekiston jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizastiya va isloh qilish yo`lida” risolasining 115-120-betlarida.– Oshkoralik jamoatchilik nazoratini o`rnatish uchun muhim iqlim yaratishini alohida ta’kidlash zarur".

(Давоми келгуси саҳифада)
Старый 29.06.2010 22:09   #109  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Shuni alohida qayd etish joizki, mamlakatimizda oshkoralik – Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan izchil siyosatning muhim jihatlaridan biridir. Zero, "inson huquqlari va erkinliklarini, so`z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o`tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so`zda yoki qog`ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak, har tomonlama to`g`ri bo`ladi,– deb ta’kidlagandi davlatimiz rahbari.– Sizlarga ma’lumki, jamiyatda oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash masalasi jamoatchilik fikrini o`rganish usul-uslublarining qay darajada rivojlangani bilan ham bevosita bog`liqdir".
Mamlakatimiz taraqqiyoti yo`lida amalga oshirilayotgan eng muhim vazifalardan biri – fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo`lidagi sa’y-harakatlardir. Bu vazifani amalga oshirishda avvalo nodavlat va jamoat tashkilotlarining ahamiyatini yanada kuchaytirishni taqozo etadi. Zero, Yurtboshimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan "Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini hayotga joriy etishda ham oshkoralik siyosatining o`rni beqiyos. Davlatimiz rahbari iborasi bilan aytganda, "axborot sohasini jadal rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari – matbuot, radio-televidenie faoliyatini erkinlashtirish fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish jarayonining uzviy tarkibiy qismiga aylanishi zarur".
Fuqarolik jamiyati sari odimlar ekanmiz, bu yo`lda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog`liq ko`p masalalarni ijobiy hal etishda jamoat, nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini oshirish, xususiy sektor faoliyatini rivojlantirish taqozo etiladi. Buning uchun avvalo jamiyatimizni yanada demokratlashtirish, fuqarolik institutlarini takomillashtirish, xalqimiz siyosiy faolligini yuksaltirishdek muhim vazifalarni hal etish hayotiy zaruratga aylanadi. Respublika miqyosidagi bu ulkan vazifalarni ijobiy hal etishda esa birinchi galda oshkoralikni ta’minlash talab etiladi.
Oshkoralik asosan matbuot erkinligi bilan chambarchas bog`liq ekan, mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Ya’ni, O`zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to`g`risida"gi qonuni (yangi tahriri) 5-moddasi "Ommaviy axborot vositalari erkinligi" deb nomlangan bo`lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: "Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o`z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir".
Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq, o`sha ijroni kim ta’minlashi kerak, degan haqli savol tug`iladi. Aytish mumkinki, har bir sohada faoliyat ko`rsatayotgan mutasaddilargina tegishli qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishlari taqozo etiladi. Yuqorida zikr etilgan matbuot erkinligini ta’minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga tushishini izohlashga hojat yo`q. "Haqiqiy demokratik matbuot ko`rsatma asosida yashay olmaydi va yashashi ham mumkin emas,– degan edi davlatimiz rahbari.– Erkin matbuot real vaziyat sharoitida faoliyat ko`rsatishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning dolzarb muammolarini dadil ko`tarib chiqishi, odamlarni bezovta qilayotgan barcha masalalarni jamoatchilik muhokamasiga havola etishi, hokimiyat va boshqaruv tuzilmalarining qabul qilayotgan qarorlari va faoliyatiga tanqidiy, shu bilan birga, xolis baho berib borishi kerak". Bu o`z navbatida jamiyatda zamonaviy boshqaruvni yanada takomillashtirishga xizmat qilishi shubhasiz.

(Давоми келгуси саҳифада)
Старый 29.06.2010 22:10   #110  
Real ID Group
Аватар для Tulqin Eshbekov
Оффлайн
доцент, журналист
AKA:Тулкин Эшбек
Сообщений: 3,332
+ 2,150  1,466/1,079
– 187  580/281

Uzbekistan
Yurtimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda oshkoralikning o`rni g`oyat muhim. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22-sentyabrdagi "Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 203-qarori mohiyatan ana shu muhim muammolarni hal etishga qaratilgandir. "Davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini ta’minlash, keng jamoatchilik va aholining O`zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarning borishi to`g`risida muntazam xabardor qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizastiyalashning, oshkora fuqorolik jamiyati qurishning muhim yo`nalishi hisoblanadi,– deyiladi qarorda.– Shu bilan birga, davlat va xo`jalik boshqaruvi organlarining ushbu bosqichdagi ishlari axborotlar almashishning zamonaviy talablari va standartlariga hali to`liq javob bermaydi, zarur darajadagi faollik mavjud emas, etarli tashabbuskorlik ko`rsatilmayapti". Demak, har bir tashkilotning jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish davr talabiga aylandi. Qarorda vazirliklar, qo`mitalar, agentliklar, hokimliklar va boshqa organlar tarkibida Axborot xizmatlari tashkil etilishi belgilangani ular faoliyatida oshkoralik siyosatini amalga oshirishda muhim qadamdir. Ayni paytda yurtimizda faoliyat ko`rsatayotgan siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa idoralarda ham shunday tuzilmalar ana shu muhim vazifani amalga oshirishga xizmat qilmoqdalar.
“Bugun hayotning o`zi oldimizga fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining o`rni va rolini yanada mustahkamlash vazifasini qat’iy qilib qo`ymoqda. Ommaviy axborot vositalarini yanada erkinlashtirish, nodavlat matbuot nashrlari, radio, televidenie faoliyatini jonlantirish, ularning Internet global tarmog`iga kirish imkoniyatlarini kengaytirish olib borilayotgan islohotlar siyosatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlashga, kuchli fuqarolik jamiyatining izchil shakllanishiga madad berishi darkor,– deb ta’kidladi Prezident Islom Karimov 2010 yil 28 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma’ruzasida.– Milliy matbuotimizning sifatini, mahorat va ta’sirchanligini oshirish, uni rivojlangan davlatlarning ommaviy axborot vositalari erishgan yuksak talab va mezonlar darajasiga ko`tarish uchun imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ommaviy axborot vositalari sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirishni ta’minlash zarur”.

(Давоми келгуси саҳифада)
Закрыто




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх