Моё меню Общее меню Сообщество Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Ижод хусусида сўз
Сообщения за день Поиск
Знаете ли Вы, что ...
...для каждой темы существует свой раздел. Изучите структуру форума. Если соответствующего раздела нет, то всегда есть раздел "Разное" :)
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Ижод хусусида сўз Ижод аҳли, уларнинг ғояси, ҳаёт қараши, мақсадлари, ютуқлари, орзу ва армонлари.... (Все о творчестве, о людях творчества, их идеях, взглядах, достижениях и целях, мечты…)


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 04.12.2009 13:27   #91  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Shokirbek Посмотреть сообщение
...G'azalni bu yerda keltirishingiz bunga baholiqudrat muxammas bitishimga sabab bo'ldi. Sizlarning tanqid va mulohazalaringizga muhtojman.
G'azalga muxammas bog'lamoq shuarolar oinidur,
Magar she'r tulpor bo'lsa vazn aning zar zinidur.
Ushbu mavzu manzilida yayov-yakkash ketmoqdaman,
Uchqur tulpor keltirdingiz, Sizga Begim tahsinidur.

PS:Uzr, aruz vaznini chuqur, mukammal bilmayman. Qo'ldan kelganicha "Dildagi satrlar"ni bayon ayladim.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 24.12.2009 10:49   #92  
Known ID Group
Аватар для Ska4ka
Оффлайн
AKA:Webmaster
Сообщений: 783
+ 535  314/199
– 103  116/73

Uzbekistan
Agar hurmatli forum a'zolari qarshi bo'lmasalar men ham bir-nechta mumtoz adabiyotga oid kitoblar yuklangan saytlarni ko'rsatib o'tar edim:
http://turklib.uz/ - Turkiston kutubxonasi
http://www.greylib.uz/?category=uzbek - O'zbek tilidagi kitoblar
http://www.ska4ka.uz/uz-audio/ - O'zbek tilidagi audiokitoblar
Ответить 
Старый 28.12.2009 18:07   #93  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Andalibning "Layli va Majnun" dostonini o'qib quyidagi satrlarga duch keldim va shunday fikrga keldimki, Furqatning "Sayding qo'ya ber sayyod" musaddasining yozilishiga ushbu muxammas ham sabab bo'lgan ekan.

Оффтоп:
Muxammas-beshlik she'r shakli.
Musaddas- yettilik she'r shakli.


Цитата:
... Bir Sayyod bir gavzanni domiga ildurub, boshini kesarman bo'lub turganda, Majnun ustiga yetib borib, aydi:- Ey Sayyod, bu jonivorni o'ldurma, ozod qilgin,-deb, Sayyodg'a qarab, bir so'z aydi:

Sayding qo'ya ber sayyod, dilpora ekan mandak,
Cho'llarni kezib yurgan sayyora ekan mandak,
Sartosari hijrondin ham yora ekan mandak,
Ol domingi bo'ynidin, bechora ekan mandak.

O'ldurmak uchun xanjar hardam qilasan angez,
Tut pandimi gar bo'lsang, xayrni yo'lig'a omez,
Qur'onda bitiklikdur: isyon ulug'i - xunrez,
Yeshkin rasaning sayyod, juftiga qo'shulsun tez,
Ol domingi bo'ynidin, bechora ekan mandak.

Besh kun saning davringda, bechora xirom etsun,
Ko'nglidagi g'amlarni yuz qayta harom etsun,
Har qayda qadam tortub, yo'l topsa maqom etsun,
To toqati toq o'lmay yoriga salom etsun,
Ol domingi bo'ynidin, bechora ekan mandek.

Xez aylasun ul jonvar, ohudak uchub juftak,
Borsun bu sifat oqib, ketsun yonibon o'tdak,
G'am-g'ussadin ayrilsun, javzoda biton tutdak,
Bir-birga qo'shulsunlar Horut ila Morytdak,
Ol domingi bo'ynidin, bechora ekan mandak.

Ishq ofatidin, majnun, jo'lidai sardurman,
Avzoini el bilmas, ahvoli digardurman,
Go'yoki qiyomatlik man sanga birodarman,
Bir bandani ozodin, topting savobin san,
Ol domini bo'ynidin, bechora ekan mandak.

Ammo Sayyod, Majnundin bu so'zni eshitib, aydi:- Ey devona, so'zingni qabulqilur erdim, ko'p qashshoqman va ko'p bachchalarim bor. Muni eltib, alarg'a qut qilurman,-dedi. Ammo majnun, Navfal bergan silohlarni boboyi Sayyodga berib, gavzanni bandipoyini yeshib, orqa-boshini silab, qo'yaberdi. Majnun "Voy Layli", deb qars urub ravona bo'ldi,. Ul gavzan ham, orqasidin ergashib yurur erdi. Oni ko'rub, bir necha gavzanlar ham Majnundan hazar qilmay, girdinda yurur erdilar...
Ответить 
"+" от:
Старый 14.02.2010 17:25   #94  
Known ID Group uParty Member
Аватар для Husen
Оффлайн
Erkin ijodkor
Jurnalist
Сообщений: 1,748
+ 2,559  2,642/911
– 20  13/12

Uzbekistan
Ҳар кимки вафо қилса вафо топқусидир,
Ҳар кимки жафо қилса жафо топқусидир,
Яхши киши ёмонлиқ кўрмагай ҳаргиз,
Ҳар кимки ёмон бўлса жазо топқусидир!

Мумтоз адабиётимизда дилбар дея таърифланувчи шоир ва шоҳ Бобур таваллудининг 527 йиллиги муборак бўлсин!
Ответить 
Старый 23.06.2011 11:57   #95  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Bir g'azal tahlili

Ayoqingga tushar har lahza gesu,
Masaldurkim:"Chirog' tubi qorong'u".

Tutarmen ko'zki ko'rsam orazingni,
Ki derlar "Oqqon oriqqa oqar suv".

Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin
"Kishining ko'zidur ore torozu".

ko'zung qonimdin iymonmas ajabdur,
Ki "Qo'rqar qaydakim qon ko'rsa hindu".

Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat
Ki ayturlar: "Tilaganni tilogu".

Lutfiy

Последний раз редактировалось Nigora Umarova; 23.06.2011 в 15:42.
Ответить 
"+" от:
Старый 23.06.2011 16:10   #96  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Bir g'azal tahlili

Bu g'azalda ajoyib so'z sohibi mavlono Lutfiy o'zining ma'shuqasiga bo'lgan ko'ngil izhorini so'z marvaridlaridan tizilgan marjondek ifodalay olgan. G'azalning mazmuni go'zal va mo'jaz doston ma'nosini beradi:

Цитата:
Ayoqingga tushar har lahza gesu,
Masaldurkim: "Chirog tubi qorong'u".
Baytda yorning qaddi tik shamga o'xshatilmoqda. Shamning yonayotgan pilikdan pastki qismi qorong'u bo'ladi. Yorning yuzi yonayotgan shamga qiyoslanmoqda. Uning sochi shu qadar uzun va qalinki, yuzi yorug', pastki qismi qorong'u ko'rinadi.

Цитата:
Tutarmen ko'zki ko'rsam orazingni,
Ki derlar: "Oqqon oriqqa oqar suv"
shoir o'zini bir paytlar oqqib, hozirda qurib qolgan ariqqa o'xshatadi. U oqqan ariqqa suv oqishini kutib umid qilmoqda.: Ma'shuqaning oshiq huzuriga kelishi oshiq uchun qaqrab yotgan ariqdan yana suv oqishiga tenglashtirilmoqda.

Цитата:
Yuzingni tuttum ortuq oyu kundin,
"Kishining kozidur ore torozu"
Xalqda odamning ko'zini torozuga o'xshatish haqida ham maqol bor. Mening ko'zum tarozuga o'xshagani uchun bir pallasida oy va quyosh bo'lsa, ikkinchi pallada ma'shuqa. Ma'shuqamning yuzini ortiq ko'rganim uchun tarozi pallasining shu tomoni bosib turibdi. Oy va quyosh esa ikkinchi pallaga joylashgan va ma'shuqa go'zalligiga chidash bermay osmonga uchib ketgan
Ответить 
"+" от:
Старый 23.06.2011 16:36   #97  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Bir g'azal tahlili

Цитата:
Ko'zung qonimdin iymonmas ajabdur,
Ki "Qorqar qaydakim qon ko'rsa hindu"
Bu yerda "Iymonmas" so'zini "iymanmas-tortinmas" ma'nosida tushunilish so'raladi. So'zda tovush o'zgarish hodisasi bo'lgan "iymonmas" so'zi "iymanmas" so'zining tarixiy XIV asrlardagi varianti hisoblanadi. Mumtoz adabiyotda ma'shuqaning ko'zi va xolini qoraligi uchun hindga o'xshatish an'anasi bor. Bu o'rinda shoir yorining ko'zini hindga o'xshatmoqda. Hind qondan qo'rqadi, degan tushuncha bor. Ammo men ajablanamanki< sening ko'zing hind bo'lsa ham ko'z yoshlarimning qondek oqishidan qo'rqmayapti. Agar qo'rqqanida edi rahm qilardi, men vaslingga yetar edi va ko'z yoshlarim to'xtar edi.

Цитата:
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat
Ki ayturlar: "Tilaganni tilogu".
Mazkur bayt g'azalda ifodalangan hamma orzu-istaklarning xulosasi hisoblanadi. Unda shoir o'z ma'shuqasidan oxirgi marta muruvvat, lutf qilishni so'raydi.. Men odamlar "Tilagan tilagiga yetadi" deganlaridek, senga yetishish uchun iltijo qilaman va agar odamlarning gapida haqiqat bo'lsa, maqsadimga yetaman, deb umid bildiraman, demoqchi shoir.
Ma'lum bo'ladiki, bir jihatdan, maqollar shoir mahoratining namoyon bo'lishi uchun ajoyib vositaga aylangan. Ushbu g'azal orqali biz XIV-XV asrlarda xalq orasida mashhur bo'lgan maqollar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldik.
Ответить 
"+" от:
Старый 27.06.2011 17:35   #98  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Kavsarning iltimoslariga binoan

Цитата:
Сообщение от Kavsar Посмотреть сообщение
Albatta manzur bo'ldi. Menimcha bunday g'azallar sharhi va tahlilini yanada ko'paytirish kerak. O'quvchilargayam juda foydali bo'lardi.

Agar yangilaridan bo'lsa yana kutib qolamiz, shunday paytlarda meniyam bironta g'azalni ishlagim kelib ketadi Baribir o'zimizni mumtoz adabiyot boshqacha-da, nima dediz.... Estetikani hammasi shu mumtozda deb o'ylayman... boshqalarini bilmadim.
Цитата:
Furqatingdin za'faron uzra to'karmen lolalar,
Lolalar ermaski, bag'rimdin erur pargolalar.
Sening firoqingdan rangim za’faron bo’ldi. Ushbu za’faronligim ustiga yana lolalar to’kilmoqda. Za’faronlik ustiga to’kilayotgannni lolalar dema, bu bag’rimning uzilib tushgan parchalaridir. Za’faron asli sarg’ih tus beruvchi xushbo’y o’simlik, sariq rangda bo’ladi. Ushbu matla’da Alisher Navoiy husni ta’lil san’atidan foydalangan holda takrorlanmas timsoliy ifoda yaratgan. Bundan tashqari bag’irning hijrondan ezilib qon bo’lib parchalanishi mubolag’a san’atining ig’roq turiga mansubdir.

Цитата:
Dur tishingdin donayi sabrim qolur bebar, desam,
Kulub ayturkim, ekinning ofatidur jolalar.
Sening dur tishingdin mening sabrim qolmadi desam, aytdiki ekinning ofati unga tushadigan “do’l”, “shabnam”, ko’z yoshidir, deb. Demak, oshiq shoir bu yerda ma’shuqaning shirin so’zligiga hamda oshiqning ko’z yoshlari o’z-o’zini xarob qilishligiga ishora qilmoqda.

Цитата:
Bargi gul uzra yopishibdur shakar har saridin,
Yo magar la'ling uza qaynabdurur tabxolalar.
Gulning bargiga har tarafdan shira yopishibdi. Ma’lumingizkim, shira gulni xarob qiladi-so’litadi. “Gul” so’zi orqali ma’shuqa tasvirlangan. Bu yerda istiora san’ati qo’llangan. Har tarafdan ma’shuqaga keladigan maqtovlar uni so’litadi yoki ular ma’shuqani shu qadar cho’chitdiki la’l(lab)ingga bu maqtovlardan uchuq(tabxola) toshib ketdi.

Цитата:
Tola-tola nay o'qung ko'ksumda go'yo sindikim,
Tevruluptur notavon ko'nglumda bir-bir tolalar.
Go’zalning kiprigi nayga o’xshatilib, ular oshiq ko’ksiga borib sindiki, natijada uning ko’nglidagi har bir tolani titratib yubordi. Faraz qilingki, bir ko’zda nechta kiprik bor-ku, ular o’q sifatida oshiq ko’ksiga borib sanchilsa, oshiqning ahvoli ne kechadi.

Цитата:
Fitnalik to'qquz falak girdingda, jono, turfadur,
Kim, ko'ruptur bir quyosh davrinda mundoq holalar.
Navoiy bu yerda sayyoralarning quyosh atrofida aylanishini nazarda tutmoqda. Sening oldingda to’qqiz sayyora aylanmoqdaki, quyosh bu sayyoralarga markaz bo’lganidan buyon bu holat hali yuz bermagan edi. Sen quyoshdan ham ko’ra nurliroqsanki, natijada to’qqiz falak quyoshning gardishi atrofida emas, balki sening atrofingda aylanmoqda, demoqchi shoir.

Цитата:
Bordilar ahbobu men yig'larmen o'z ahvolima,
Korvondin qolg'an it yanglig'ki, qilg'ay nolalar.
Do’stlarim(ahbob) kelishganda meni o’z ahvolimga karvondan qolib ketgan itdek yig’layotganligimni ko’rishdi, deb tasvirlaydi Navoiy o’z lirik qahramonining holatini. Boshqa xabarlarda ko’rsatib o’tganimdek, bu yerda tamsil san’atidan foydalanilgan hamda ushbu san’atni qo’llashga “It hurar –karvon o’tar” maqoli asos qilib olingan. O’tgan asrlarda karvonning o’tayotganligini karvonning iti hurishidan bilishgan ekan. Xudo ko’rsatmasin-u, karvon iti cho’lda qolib ketsa, u o’limga mahkum qilinganligi bilan teng bo’lgan. Sababi cho’lda na suv va na yemak bor. Agarki o’zga karvon tasodif tufayli cho’ldan o’tib itni qutqarib qolmasa, albatta. Karvondan qolib ketgan itni osmonga qarab uvlashdan(nolishdan) o’zga iloji bo’lmagan. Bu yerda, oshiqning ahvoli – “hayot karvoni”dan qolib ketganligiga mengzanilmoqda.

Цитата:
Ko'hi g'am bo'ldi Navoiy, lolalar-gulgun sirishk,
Tog' agar budur, bale, ashk o'lg'usidur lolalar.
G’amlarimdan tog’ paydo bo’ldiki, ko’zyoshlarim esa bu tog’dagi lolalardir deb tashbehlaydi shoir.
Ответить 
2 "+" от:
Реклама и уведомления
Старый 27.06.2011 17:42   #99  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Hazrat Navoiyning yuqorida sharhi keltirib o'tilgan g'azalining bahri -ramali musammani mahzuf( foilotun, foilotun, foilotun, foilun)

Цитата:
G'azalning lug'ati:

Furqat- ayriliq, judolik.
Za'faron-sarg'ish tus beruvchi xushbo'y o'simlik yoki sariq rang.
Pargola- parcha-parcha, bo'lak; iztirob, alam, qayg'u.
Bebar-hosilsiz, mevasiz, samarasiz, behosil.
Jola-do'l, shabnam; ko'z yoshi.
Tab xola- uchuq.
Nay-qamish, cholg'u asbobi.
Turfa-qiziq, odam aqli hayron qolarli, nodir.
Hola-oy va quyosh atrofidagi gardish.
Ahbob-do'stlar, sirdoshlar.
Ko'h-tog'.
Ответить 
2 "+" от:
Старый 28.06.2011 08:58   #100  
Аватар для Nigora Umarova
Оффлайн
AKA:Nigorabegim
Сообщений: 8,095
+ 8,360  10,318/4,529
– 37  58/50

UzbekistanОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью ICQОтправить сообщение для Nigora Umarova с помощью Skype™Мой КругFacebook
Цитата:
Сообщение от Nigora Umarova Посмотреть сообщение
G'azalning lug'ati:
Nay-qamish, cholg'u asbobi.
Kavsaroy, nay haqida ajoyib tavsifingiz bor edi, uni o'qib hayratda qolgan edim. Teran fikrlar, purma'no gaplar ifoda etilgan edi. Lozim topsangiz uni forumga joylashtirsangiz forumdoshlar ham bahra olsalar.
Ответить 
"+" от:
Ответить




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2025, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх